Ajratma tashxis. Paratif, virusli sinusit, ozuqadan zaharlanishlardan farqlash lozim.
Paratif bilan 10 kunlikdan boshlab kasallanadi. Bakteriologik tekshirilganda qo‘zg‘atuvchilari topiladi. Paratifda ba’zi antibiotiklar va nitrofuran preparatlari effekt beradi, virusli gepatitda esa yo‘q. Ozuqadan zaharlanish yilning istalgan faslida uchrashi mumkin.
Davolash - davolanmaydi.
Immunitet va immunizasiya. Immunlangan o‘rdak qon zardobi yaxshi effekt beradi, teri ostiga yuboriladi. Kasallik statsionar tus olgan xo‘jaliklar uchun o‘rdaklar emlanib qon zardobi tayyorlanishi kerak.
Qarshi kurashish tadbirlari. Kasallikning tashqaridan kirishiga yo‘l qo‘ymaslik, to‘yimli ozuqa ratsioni bilan ta’minlash, sanitar - gigiyenik holat talab darajasida bo‘lishini ta’minlash zarur. Kasallik bor xo‘jaliklardan inkubatsiya uchun tuxum olmaslik zarur. Inkubatsiyaga qo‘yilgan tuxumlar 1-chi kuni va 30 kuni formalin bug‘i bilan dezinfeksiya qilinadi. Guruhlar yoshlari bir xil bo‘lsin. Har bir partiya jo‘ja chiqishi bilan inkubatoriya tozalanib, dezinfeksiya qilinadi. O‘rdak jo‘jalarini qabul qilishgacha o‘rdakxona tayyorlanadi. Pol yumshoq ohak bilan 0,2 kg 1 m2 to‘shama bilan qo‘shib solinadi. Temperatura 28° C dan past bo‘lmasin, havoning nisbiy namligi 55-60 % bo‘lsin. 1 m2 yerga o‘rdak jo‘jalari 14 boshdan oshmasin.
Nazorat savollari:
Kasallik qo‘zg‘atuvchisi, kelib chiqish sabablari?
Tashxisi va qaysi kasalliklardan qarqlash lozim?
Kasallikda immunitet qanday?
Kasallikka qarshi kurashish tadbirlari?
186
KURKALAR KASALLIKLARI (gemorragik enterit) VA UNGA QARSHI
KURASHISH
Reja: 1. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi, kelib chiqish sabablari.
Klinik belgilari, tashxisi, qiyosiy tashxisi, oldini olish va davolash.
Kasallikka qarshi kurash tadbirlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |