Vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


-jadval.Moliyaviy nazoratni tashkil etish tamoyillari4


Download 195.43 Kb.
bet3/7
Sana17.06.2023
Hajmi195.43 Kb.
#1522714
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Moliya va soliqlar5 BETLIK

2-jadval.Moliyaviy nazoratni tashkil etish tamoyillari4

Ob’ektivlik va kompetentlik (layoqatlilik, qodirlik) nazoratchilar tomonidan amaldagi qonunchilikka so’zsiz itoat etilishini, taftish ishlarini amalga oshirishning belgilangan (o’rnatilgan) standartlariga (andozalariga) qattiq rioya etish asosida nazoratchilar ishining yuqori kasbiy darajada bo’lishini taqoza etadi. Oshkoralik davlat nazoratchilarining jamotchilik va ommaviy axborot vositalari bilan doimiy aloqada bo’lishini ko’zda tutadi. Ana shu asosiy printsiplardan amaliy xarakter kasb etuvchi moliyaviy nazoratning quyidagi boshqa printsiplari kelib chiqishi mumkin:


 natijalilik;
 nazoratchilar tomonidan talab qilinadigan talablarning aniqligi va
mantiqiyligi;
 nazorat sub’ektlarining sotib oluvchanmasligi;
 tekshirish va taftish dalolatnomalarida keltirilgan ma’lumotlarning
asoslanganligi va isbotlanganligi;
 preventivlik (moliyaviy buzilmalar ehtimolining ogohlantiriluvchanligi);
 moliyaviy jinoyatlar bo’yicha shubhalanilayotgan shaxslarning aybsizlik
(sudgacha) prezumptsiyasi;
 turli nazorat organlari faoliyatlarining muvofiqlashtiruvchanligi va
boshqalar;
Moliyaviy nazorat moliyaning maxsus funktsiyasi bo’lib, uning maqsadi moliyaviy resurslarni boshqarish qonuniyligi va samaradorligi bo’yicha qabul qilingan andozalardan chetga chiqish hollarini aniqlash, bunday chetga chiqishlar mavjud bo’lganida esa, ularni tuzatish va oldini olish bo’yicha tegishli choralarni o’z vaqtida qabul qilishdan iborat. U nazoratning boshqa turlaridan farqli o’laroq, ijtimoiy ishlab chiqarishning barcha sohalarida mavjud bo’lgan holda, pul jamg’armalari harakatining butun jarayonida kuzatiladi. Shu sababli moliyaviy nazorat har qanday ishlab chiqarishda xo’jalik yuritish mexanizmining ob’ektiv ravishda zaruriy bo’lgan tarkibiy qismidir, deb tasdiqlash mumkin. Moliyaviy nazorat davlat nazoratining tarkibiy qismi bo’lib hisoblanadi. Moliyaviy nazoratning mohiyati uning vazifasida o’z ifodasini topadi. Moliyaviy nazorat, masalan, moliyaviy mablag’lar holati ustidan olib boriladigan nazorat yoki byudjetni to’ldirish, markazlashgan va markazlashmagan pul jamg’armalaridan foydalanish operatsiyalari ustidan olib boriladigan nazorat va boshqa ko’rinishlarda bo’lishi mumkin.
Moliyaviy nazorat obyektlari bo‘lib iqtisodiyotdagi barcha subyektlarning pul jamg‘armalarini shakllantirish, taqsimlash va ulardan foydalanish, shuningdek moddiy, mehnat va boshqa resurslarni jalb qilish jarayonidagi pul oqimlari yoki munosabatlari hisoblanadi.
Moliyaviy nazoratning predmeti quyidagi moliyaviy ko‘rsatkichlardan iborat:

  • turli darajadagi byudjetlarning daromadlari va xarajatlari;

  • soliq to‘lovlarining hajmlari;

  • xo‘jalik yurituvchi subyektlarning daromadlari;

  • xo‘jalik yurituvchi subyektlarning muomala xarajatlari;

  • tannarx va foyda;

  • uy xo‘jaliklarining daromadlari va xarajatlari;

  • va boshqalar.

Moliyaviy nazoratning predmeti hisoblangan yuqoridagi ko‘rsatkichlarning ko‘plari hisobli ko‘rsatkichlar hisoblanadi va bu narsa, o‘z navbatida, ularning amaldagi normativ hujjatlarga muvofiq ravishda hisoblanishining to‘g‘riligi va ishonchliligini tekshirishni (nazorat qilishni) taqozo etadi.
Moliyaviy nazorat subyektlari bo‘lib vakolatli davlat organlari, shuningdek, moliyaviy qonunlarga rioya qilinishini tekshirish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega bo‘lgan nodavlat tashkilotlar va muassasalari hisoblanadi.
Nazorat ostida bo‘lgan subyektlarga davlat hokim iyati organlari, mahalliy boshqaruv organlari, korxonalar, tashkilotlar, muassasalar va moliyaviy bitimlarni bajaruvchi jismoniy shaxslar kiradi.
Davlat moliyaviy nazoratining maqsadi davlat moliyaviy faoliyatining qonuniyligi va samaradorligini ta’minlash sifat ida belgilanishi mumkin.
Davlat moliyaviy nazoratining asosiy maqsadini amalga oshirish (vipolneniya), ya’ni moliyaviy faoliyatning qonuniyligi va samaradorligini ta’minlash davlatning moliyaviy siyosatiga bog‘liq ravishda muayyan vazifalarni hal qilish orqali amalga oshiriladi:

  • Davlat markazlashtirilgan va markazlashmagan pul mablag‘larini shakllantirishda davlatning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash;

  • Davlat daromadlarini shakllantirish va ulardan oqilona foydalanish ustidan tegishli nazoratni ta’minlash;

  • Nazorat organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish va takomillashtirish;

  • Hokimiyat organlari tomonidan tegishli moliyaviy resurslarni to‘plash, taqsimlash va ulardan foydalanish funksiyalarini bajarilishini nazorat qiladi;

  • Tashkilotlar va jismoniy shaxs larning davlat organlari va tashkilotlari oldidagi moliyaviy majburiyatlarning bajarilishini tekshirish;

  • Byudjetdan mablag‘ oluvchilarni byudjet mablag‘laridan maqsadli foydalanishni tekshirish;

  • Korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning moliyaviy faoliyat ini tekshirish;

  • Subyektlar tomonidan naqd pul hisob-kitoblari va kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalariga amal qishlinishini tekshirish;

  • Valyuta va valyuta operatsiyalarni o‘tkazish qoidalariga rioya etilishini ta’minlash;

  • moliya sohasida jinoyatlarning oldini olish va oldini olish.

Moliyaviy nazorat moliya funksiyalarining amalga oshirilish shakli bo‘lib xizmat qiladi. U ham davlatning va ham boshqa barcha iqtisodiy subyektlarning manfaatlari va huquqlarini ta’minlashga qaratilgan.
Moliyaviy nazorat, bir tomondan, o‘zaro ta’sirchan va ikkinchi tomondan, mustaqil bo‘lgan ikki sohaga bo‘linadi:

  • davlat moliyaviy nazorati;

  • nodavlat moliyaviy nazorati.

Davlat moliyaviy nazorati bu davlatning asosiy qonunlariga tayanadigan va hokimiyat hamda boshqaruv konkret organlari iqtisodiy-huquqiy harakatining kompleksli va maqsadga yo‘naltirilgan tizimidir.
Davlat moliyaviy nazoratning ahamiyati va o‘rnini obyektiv baholanishi uchun uni ikki jihatdan ko‘rib chiqish kerak: tor va keng ma’noda.
Keng ma’noda davlat moliyaviy nazorati – samarali davlat moliya siyosatini amalga oshirish uchun mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash va davlat moliyaviy jarayonida davlat manfaatlarga rioya etilishini ta’minlaydigan tartibga solish chora-tadbirlarining yig‘indisidir.
Tor ma’noda davlat moliya nazorati esa mamlakatning samarali va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi maqsadida davlat va mahalliy hokimliklarning davlat pul fondlari mablag‘larini shakllantirish, taqsimlash va ulardan foydalanish jarayoni ning qonuniy va maqsadga muvofiqligi ustidan davlat hokimiyat organlari va boshqa vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladigan nazoratdir.
Davlat moliyaviy nazorati davlatning moliya siyosatini amalga oshirishga va moliyaviy barqarorlik uchun sharoitlarni yaratishga qaratilgan. Bu narsa eng avvalo, barcha darajalardagi byudjetlar va nobyudjet fondlarni ishlab chiqish, muhokama qilish, tasdiqlash va ijro etish, korxona va tashkilotlar, banklar va moliyaviy korporatsiyalarning moliyaviy faoliyati ustidan nazoratni anglatadi. Agar u umummilliy iqtisodiy manfaatlar bilan belgilangan (aniqlangan) bo‘lsa, bu holda davlat moliyaviy nazoratchilari ham davlat sektorida,ham xususiy hamda korporativ biznes sektorida taftish va tekshirishlarni amalga oshirish huquqiga ega bo‘ladi. Biroq iqtisodiyotning nodavlat sektorida davlat tomonidan amalga oshiriladigan moliyaviy nazorat faqat soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni ham qo‘shib olgan holda davlat oldidagi pul majburiyatlarining bajarilishi sohalarini, ularga ajratilgan byudjet subsidiyalari va kreditlarini sarflashda maqsadga muvofiqlilik va qonuniylikning rioya qilinishi va shuningdek, hukumat tomonidan o‘rnatilgan pul hisob-kitoblarini tashkil qilish, buxgalteriya hisobi va hisobotni yuritish qoidalariga rioya etilishini qamrab oladi.
Nodavlat moliyaviy nazorati ikkiga bo‘linadi: ichki (firma ichidagi, korporativ) va tashqi (auditorlik).
Taraqqiy etgan mamlakatlarda moliyaviy nazorat tizimi, asosan, bir tipda bo‘lib, quyidagi elementlardan tashkil topadi:

  • bevosita mamlakatning parlamenti yoki Prezidentiga bo‘ysunuvchi hisob palatasi. Bu tashkilotning bosh maqsadi davlat mablag‘larining sarflanishi ustidan umumiy nazoratni o‘rnatishdir;

  • asosan soliqli daromadlarning davlat xazinasiga kelib tushishini nazorat qiluvchi va mamlakat prezidenti, hukumati yoki moliya vazirligiga bo‘ysunuvchi soliq muassasi;

  • quyi tashkilotlarini tekshiruvchi va taftish qiluvchi davlat tashkilotlarining tarkibidagi nazorat q iluvchi organlar;

  • hisobot hujjatlarining ishonchliligini va moliyaviy operatsiyalarning qonuniyligini tijorat asosida tekshiruvchi nodavlat nazorat xizmatlari;

  • asosiy vazifasi xarajatlarni qisqartirish, moliyaviy oqimlarni optimallashtirish va foydani oshirish bo‘lgan ichki nazorat xizmatlari.


Download 195.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling