Vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


O’zbekiston Respublikasida davlat moliyaviy nazorat organlarining amaldagi holati va tahlili


Download 195.43 Kb.
bet5/7
Sana17.06.2023
Hajmi195.43 Kb.
#1522714
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Moliya va soliqlar5 BETLIK

3.O’zbekiston Respublikasida davlat moliyaviy nazorat organlarining amaldagi holati va tahlili.

O’zbekiston Respublikasi rahbariyati tomonidan davlat nazoratini tashkil etish muammosiga qayta qurish jarayonida juda katta e’tibor berilmoqda va quyidagi me’yoriy xuquqiy xujjatlar qabul qilindi: O’zbekiston Respublikasining 1992 yil 13 yanvar №504-XII “O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi O’zbekiston Respublikasi davlat nazorati qo’mitasini tashkil etish to’g’risida”gi Qonuni, O’zbekiston Respublikasining 1992 yil 9 dekabr № 734-XII “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi Qonuni, mazkur Qonunning yangi tahriri O’zbekiston Respublikasi 2000 yil 26 maydagi 78-II son Qonuniga muvofiq tasdiqlangan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 16 fevral “O’zbekiston Respublikasida davlat nazorati tizimini takomillashtirishning ayrim choralari to’g’risida”gi Farmoni, 1996-yil 8 avgustdagi “Tekshirishlarni tartibga solish va nazorat qiluvchi organlarning faoliyatini muvofiqlashtirishni takomillashtirish to’g’risida” kabi hujjatlar qabul qilinib, amaliyotga joriy etildi. Ushbu ishlar yana davom ettirilib, 2000-yildan xozirgi davrgacha O’zbekiston Respublikasi moliyaviy nazoratni amalga oshirish bo’yicha ko’plab qonunchilik aktlari qabul qilindi. (O’zbekiston Respublikasining Byudjet Kodeksi, “Davlat byudjetining g’aznachilik ijrosi to’g’risida”gi Qonunlar, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 13 dekabrdagi №UP-3161 Farmoni, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 15 noyabrdagi Qarori va boshqalar). O’zbekiston Respublikasi ham moliyaviy nazorat sohasida jahondagi rivojlangan davlatlar tajribasidan kelib chiqqan holda, ularda mavjud bo’lgan moliyaviy nazorat tizimiga o’tish borasida muhim bo’lgan ishlar amalga oshirilmokda. Jumladan, har tomonlama xolis bo’lgan, ijroiya hukumatiga emas,balki qonun chiqaruvchi davlat organiga bo’ysunuvchi O’zbekiston Respublikasi hisob palatasi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 21-iyundagi PF-3093 sonli «O’zbekiston Respublikasi hisob palatasini tashkil etish to’g’risida»gi farmoniga asosan tashkil etildi. Moliyaviy nazoratni tashkil etishda uning turlarini to’g’ri belgilash muhim hisoblanadi. Shu jihatdan moliyaviy nazoratni 3 turga bo’lish maqsadga muvofiq hisoblanadi: byudjet-moliyaviy nazorati, moliyaviy-xo’jalik (tadbirkorlik, tijorat) nazorati, mustaqil audit. (3-javdal).





Download 195.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling