Vazirligi urganch davlat universiteti
Download 327.33 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qabul qildi: Yusupova Ozoda Urganch-2023 1
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TALIM VAZIRLIGI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya (sirtqi) yo`nalishi 201-guruh talabasi Abdalyazova Ruxsoraning parazitologiya fanidan MUSTAQIL ISHI Topshirdi: Abdalyazova Ruxsora Qabul qildi: Yusupova Ozoda Urganch-2023 1 Mavzu: Odamlarda parazitlik qiladigan soxta oyoqlilarning muhim vakillari, umumiy tavsifi, sistematik o’rni va keltirib chiqaradigan kasalliklari Reja 1.Odamlarda parazitlik qiluvchi soxta oyoqlilarning muhim vakillari va umumiy tavsifi 2. Odamlarda parazitlik qiluvchi soxta oyoqlilarning sistematik o’rni 3. Odamlarda parazitlik qiluvchi soxta oyoqlilarning keltirib chiqaradigan kasalliklari 5. Xulosa. 6. Foydalanilgan adabiyotlar. 2 Bir hujayrali hayvonlar (Protozoa) kichik olamiga 39 mingdan ortiq tur kiradi. Ko‘pchilik turlari dengiz va okeanlarda, chuchuk suvlarda yashaydi. Ayrim turlari tuproqda hayot kechiradi. Ulaming orasida o‘simliklar, hayvonlar hamda odam organizmida parazitlik qilib yashaydigan turlari ham anchagina. Bir hujayrali hayvonlar, nomidan ko‘rinib turganidek, morfologik jihatdan tanasi bitta hujayradan tashkil topgan bo‘lsa-da, lekin fiziologik jihatdan mustaqil individlar bo‘lib, alohida holda ko‘p hujayrali hayvonlarga o‘xshab, butun organizmga tegishli barcha vazifalami o‘zi bajaradi. Bir hujayrali hayvonlar kichik olami o‘z navbatida 5 ta tipga bo‘linadi: 1. Sarkomastigoforalar (Sarcomastigophora). 2. Sporalilar (Sporozoa). 3. Miksosporidiyalar (Micsosporidia). 4. Mikrosporidiyalar (Microsporidia). 5. Infuzoriyalar (Infuzoria). Bulardan sporalilar, miksosporidiyalar va mikrosporidiyalar tiplariga kiruvchi barcha turlari parazitlik qilib hayot kechiradi. Sarkomastigoforalar va infuzoriyalar tiplariga kiruvchi bir hujayrali hayvonlar, asosan, erkin holda hayot kechiradi. Lekin ulaming orasida ham mahsuldor hayvonlar va odamda parazitlik qilib, og‘ir kasalliklar, hatto, o‘limga olib keladigan turlari bor. Sarkomastigoforalar tipiga 18 mingdan ortiq tur kirib, sarkodalilar va xivchinlilar sinflariga bo‘linadi. SARKODALILAR (SARCODINA) sinfiga 11000 ga yaqin tur kiradi. Parazit holda yashaydigan turlari asosan amyobalar (Amoebina) turkumiga mansubdir. Odam va hayvonlarda amyobalar turkumining bir necha turlari parazitlik qiladi. Ular orasida ichburug1 (dizenteriya) amyobasi (Entomoeba histolytica) odamlarning yóg'on ichagida parazitlik qilib, amyobiaz, ya'ni qonli ichburug' bilan og'rishga sabab bóladi. Umuman, odam organizmida amyobalarining 5 ta turi uchraydi. Ularning 4 tasi zararsiz hisoblanib, asosan yo‘g‘on va ko‘r ichaklardagi bakteriyalar hisobiga yashaydi. Dizenteriya amyobasini birinchi marta 1875-yilda rus shifokori A.F. Lesh aniqlagan va bu amyobaning patogenli (zararli) bo‘lishini isbotlagan. Ichburug' amyobasining kattaligi 20-30 mikronga teng (1-rasm). 3 Download 327.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling