III. DENROLOYIHA QISMI.
Tanlangan mavzu bo’yicha mexmonhona binosining hududini manzarali daraxtl va gullar (tanlngan mavzuga qanday daraxtlar loyialanadi, qanday gular, nomlari, shakli ta’rifi rasimlari bilan ma’lumotlar beriladi) bilan dizayn loyihasining bosh rejada joylashuvi to’g’risida ma’lumot, (7-10bet).
Dendroloyiha.(chizma A3 farmatda)Tanlangan mavzu bo’yicha mexmonhona binosining hududini manzarali daraxtl va gullar bilan dizayn loyihasining bosh rejada joylashuv chizmasi. Chizmada keltirilgan har bir element to’grisidagi ma’lumot qaydnomada aks etishi kerak.Shartli belgilari ko’rsatilib o’tilishi shart.
Lilak, Araliya, begoniya,palma
Uy palmasi oddiy o'simlikdir bu yopiq sharoitda sekin o'sadi. Palma daraxtining vatani tropik va subtropikdir. Palma daraxti barglari yordamida go'zallik va ajoyib ko'rinish yaratadi. Ular yupqa uzun barglarning to'p yoki doirasini hosil qiladi, ba'zi turlari keng barglarga ega. Yashil barglarni olib tashlash o'simlik uchun qiyin. Hech qanday sababsiz buni qilmaslik kerak.
Araliya
Shefflera - Aralievlar oilasiga mansub doimiy yashil o'simlik. Turlarga qarab, u daraxt, liana yoki buta bo'lishi mumkin.
Begoniya (Begonia) — begoniyadoshlar oilasiga mansub bir yillik va koʻp yillik oʻsimliklar turkumi. 800 ga yaqin turi, asosan, issiq mamlakatlarda (Avstraliyadan tashqari) man-zarali oʻsimlik sifatida bogʻlarda, bizda xonalarda oʻstiriladi. Bargi yuraksimon, gullari oq. qizil yoki pushti. Urugʻi, bargi yoki qalamchasidan koʻpaytiriladi.
Qizil begoniya
Lilak. Bu ajoyib o’simlik deyarli hamma joyda ekiladi. Uning gullash cho’qqisi may oyida va biroz iyun oyining boshlarida sodir bo’ladi. Uning yoqimli hidi har qanday odamni quvontiradi va uyda vazaga joylashtirilgan lilac novdasi har doim bahoriy kayfiyat elementini beradi.
Bu Buta atirgul
Tikanli qoraqarag’ayning moviy turi.
Tikonli qoraqarag’ay. Shimoliy Amerikada tarqalgan. Ushbu qoraqarag’ay may-iyun oylarida gullaydi, oktyabrda qubbalari pishib yetiladi. Ushbu qoraqarag’ayning ninabarglari moviy va kumushsimon ranglari tufayli qoraqarag’aylar orasida eng chiroylisi hisoblanadi.
Irg’ay ( Cotoneaster) buta o’simlik, pushti rangda to’pgul hosil qiladi. Mevasi kuzda hosil beradi.Irg’ay sovuqqa chidamli, yorug’sevar, yer tanlamaydigan buta. Hushmanzara bo’lib, kuzda barglari tiniq yashil rangga kiradi.
Alberta ekzoxodrasi bo’yi 2-4 mga yaqin buta. U may oyida gullaydi. Alberta ekzoxordasi yorug’sevar, qurg’oqchilikka va sovuqqa chidamli o’simlik. Yer tanlamaydi. Joylarni ko’kalamzorlashtirish maqsadida to’da to’da qilib ekish mumkin.
Sada qayrag’och.
Sada qayrag’och kata daraxt, shox-shabbasi keng, qalin piramida shaklida, po’stlog’I yorilgan qora rangda, barglari qalin, cho’zinchoq, tuxumsimon, cheti ikki qator tishchali. U bog’larda kata ariqlar bo’yida ekiladi. Qurg’oqchilikka chidamli daraxt.
Majnuntol.
Majnuntol bo’yi 8-10m, diametri 50-60 sm bo’lgan daraxt. Shoxlari uzun, ingichka bo’lib, ko’pincha pastga osilib turadi.
Magoniya.
Magoniya, bizda, asosan, manzarali buta sifatida ekiladi, chunki uning guli va barglari juda go’zal. Sovuqqa, qurg’oqchilikka chidamli.
Doim yashil shamshod
Shamshod daraxti soyasevar o’simlik. Shamshod daraxti doim yashil, sovuqqa chidamsiz bo’lib, ayrim vaqtlarda -20®C, -25®C sovuqqa chiday oladi.
XULOSA
Barcha davlatlarda Mehmonxona dizayni uning ko’p qirralarini ochib beradi. Shuning uchun uning “Interyeri” va “Ekstryeri”iga alohida e’tibor qaratilishi lozim. Talabalarda arxitekturaviy landshaft dunyoqarashini shakllantirish, ularning landshaft loyihalash malakasini egallashi va amaliy loyihalash ishlarida qo’llay olishi bo’yicha ko’nikmalarga ega bo’lishi lozim. Bundan tashqari:
Malakali Kadr intererlarni loyihalashning asosiy tushunchalarini milliy va xorijiy tajribalar misolida tadbiq qila olishi
O’zbekistonning tabiiy-iqlim sharoitlari, milliy odatlar va an’analarni turar joy va jamoat binolari loyihasi va qurilishida o’sha tajribalarni qo’llash (ishlatish)ni tushuntirishi;
intererlarni jamiyatning ijtimoiy xususiyatlarini e’tiborga olgan holda loyihalashni bilish
xonalarning o’zaro texnologik aloqalarini e’tiborga olgan holda loyihalashni bilish
intererlar loyihasida fazoviy-kompozitsion masalalarni echish va konstruktiv echimlarni to’g’ri qo’llay olishi
insonlarning psixofiziologik xususiyatlarini hisobga olgan holda intererlarning yorug’lik va rang echimlarini topa olishi
intererlarda qurilish materiallarini xonalarga mos ravishda tanlay bilishi
me’yoriy hujjatlar (QMQ, ShNK) dan to’g’ri foydalanishni bilishi
Shart hisoblanadi, bu bilim va ko’nikmalarni ega Kadr hech ikkilanmasdan Raqobat bozorida o’z o’rniga ega Mehmonxonani yarata olishda o’z bilim va ko’nikmalarini qo’sha oladi. Biz bu kurs ishida ko’plab yangi bilimlarga ega bo’ldik. Chet elning ko’plab mashhur mehmonxona zanjirlari mehmonxonalarining ustunlik va kamchilik taraflarini, bugungi kunda foydalanayotgan loyihalarining qanchalik to’g’ri ekanligini tahlil qilib o’rgandik. Bundan tashqari Dendroloyihalash ishlarini ham amalga oshirishni o’rgandik.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |