Vaziyatga huquqiy baho bering? 2-kazus


Vaziyatni fuqarolik qonunchiligi asosida tahlil qiling


Download 27.11 Kb.
bet5/11
Sana30.10.2023
Hajmi27.11 Kb.
#1733688
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
kazuslar-oraliq-nazorat-uchun

Vaziyatni fuqarolik qonunchiligi asosida tahlil qiling.
10-Kazus
Fuqaro U.K. o'ziga qarashli "damas" rusumli avtomashina boshqarib ketayotgan payt piyodalar o'tish joyida fuqaro T.R.ni urib yuborib yo'l transport hodisasi sodir etadi. Yo'l transport hodisasi natijasida fuqaro T.R. o'ng oyoq son qismi yopiq sinishi, bosh qismida yopiq jarohat bilan kasalxonada da'volanadi hamda kasalxona xarajatlari uchun 10 mln so'm sarflaydi. Ushbu ish bo'yicha sud jarayonida fuqaro T.R. fuqaroviy da'vogar sifatida haydovchi U.K.dan yetkazilgan 10 mln so'm miqdoridagi zarar, mehnat qobiliyati kamayganligi uchun to'lov hamda ma'naviy zararni qoplash uchun 5 mln so'm talab qilganida haydovchi U.K. transport vositasidan ijara shartnomasi asosida foydalanishi, qonunchilikka ko'ra ashyo yetkazgan zarar uchun uning mulkdori javobgar bo'lishi, qolaversa, haydovchining fuqarolik-huquqiy javobgarligi sug'urta qilinganligini ma'lum qilib, ushbu majburiyatni uning zimmasiga yuklash noqonuniy ekanligini ta'kidlaydi.
Vaziyatga huquqiy baho bering.

11-Kazus
12 yoshli Anvar yagona qonuniy vakili hisoblangan otasi Tohir, hamda o‘zining sog‘lom va quvvatli buvisi Halima aya bilan Buxoro shahrida yashaydi.
5-fevral 2018-yil kunnning ikkinchi yarmida odatdagidek Anvar, buvisi (Halima aya) bilan birgalikda tadbirkor Lobarga tegishli bo‘lgan maxsus elektrotovarlar do‘koniga boradi. Anvar tadbirkor Lobarning do‘koni peshtaxtasiga qo‘yilgan «Super-Cool» nomli, 1 million 800 ming so`m sotuv narxi belgilangan, yangi modelli quloqchinni unga sotib olib berishlarini anchadan beri orzu qilardi. 1 million 800 ming so`m – odatdagi bozor bahosi bo‘lib hisoblanadi.
Anvar otasi Tohirdan har oy “cho‘ntak xarajatlari” uchun oladigan puldan tejab qolib, 1 million 200 ming yig‘ib qo‘ygan mablag‘i bor edi. Bundan tashqari, otasi Tohir fevral oyi uchun pul berayotgan vaqtida: “shu quloqchinlarni olish uchun ushbu mablag‘ bilan xohlaganingni qil”- degan edi. Lekin afsuski, tadbirkor Lobar peshtaxtadagi «Super-Cool» modelli quloqchinni bahosi 1 million 800 mingga sotayotganligini Anvar bildi. Shunga qaramasdan do‘kon peshtaxtasiga qo‘yilgan quloqchinni 1 million 200 ming so`m bahoda sotib olishi taklifini aytdi. U quloqchinni nima bo‘lgan holda ham olishni istadi va Lobarga 8.02.2018 gacha o‘ylab ko‘rishini taklif qildi. Anvar o‘zining taklifini tasdiqlash va fikrini jiddiyligini isbotlash uchun 1 million 200 ming so`m qiymatni «Super-Cool» quloqchini oldida qoldirdi. Tadbirkor Lobar Anvarning xafa bo‘lganini payqab, yana bir bor o‘ylab ko‘rishini aytdi.
Kechki ovqatlanish vaqtida tadbirkor Lobar ushbu voqea haqida o‘zining 15-yoshli o‘g‘li Nodir bilan muhokama qildi. U onasining do‘konida to‘liq shtatda xodim sifatida ishlaydi, notarius tomonidan tasdiqlangan yozma va ommaviy e’lon asosida do‘kon bitimlarini tuzishga vakolatli bo‘lib hisoblanadi. Shu bilan birgalikda u Anvarni yaxshi taniydi. Nodir 1 million 200 ming so`m ushbu quloqchin uchun yaxshi baho ekanligi, sotuvga qo‘yilgan model oldingi chiqarilgan model deb hisoblab, uning hozirgi paytdagi bahosi 1 million 70 ming so`m deb noto‘g‘ri taxmin qiladi.
3.2.2018 tadbirkor Lobar o‘g‘li Nodirga ishonchsizligi sababli ular o‘rtasida janjal kelib chiqadi. Qizg‘in munozaradan keyin Lobar o‘g‘lining do‘konda vakillik huquqlaridan va ishlash huquqidan mahrum qiladi. Bunga qaramasdan, Nodir 8.02.2018 da Tohirni (Anvarning otasini) shaharda uchratib, unga Anvar quloqchinlarni 1 million 200 ming so`m bahoda sotib olishi mumkinligini aytadi.
Tadbirkor Lobar buni bilib juda xafa bo‘ladi va u Tohirni ushbu xabarni Anvarga yetkazishni unutganligiga umid qilganligi keyinchalik ma’lum bo‘ladi. Shu asos bo‘yicha ham bitimni haqiqiyligiga ikkinlandi.Ushbu masalani uzil kesil hal qilish uchun u kunning ikkinchi yarmida Anvar, Halima aya va Tohirlarning uyiga bordi. U yerda u Tohirga quloqchin modeli bo‘yicha anglashilmoqchilik bo‘lganligi uchun ushbu shartnomani haqiqiy emas deb xisoblashini tushuntirishga xarakat qildi va pulni qaytarib berdi.
Bir soat vaqt o‘tib Anvar uyga kelganida Tohir unga bo`lgan vaziyatni tushuntirdi, u do`konga borib, Lobardan unga quloqchilarni 1 million 200 ming so`m bahoda berilishini talab qildi.

Download 27.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling