Vaziyatga huquqiy baho bering? 2-kazus


Vaziyatni muhokama qiling


Download 27.11 Kb.
bet7/11
Sana30.10.2023
Hajmi27.11 Kb.
#1733688
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
kazuslar-oraliq-nazorat-uchun

Vaziyatni muhokama qiling.

14-Kazus
Numonovning otasi 2003-yilda Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-bandi asosida firibgarlik jinoyatini sodir qilganlikda ayblanib 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilinadi. Numonovga vasiy qilib tayinlangan Rashidov Numonovni o`zining uyiga olib ketib, otasining uyini sotish uchun kim oshdi savdosiga qo`yadi. Keyinchalik mazkur uyning pulidan o`ziga ikkita xususiy magazin qurib oladi. 2009-yilda qabul qilingan Amnistiya akti tufayli Numonovning otasi jazodan ozod qilinadi va o`g`lining vasiyidan uyini talab qilganida Rashidov pulni ishlatib yuborganligini ma'lum qiladi.
Vaziyatga huquqiy baho bering.

15-kazus
Yakka tartibdagi tadbirkor “Baxromov I.D.” bir necha yil davomida ijara shartnomasi asosida “O‘zelektrtarmoq” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli binodan foydalangan. Ijaraga olish davrida yakka tartibdagi tadbirkor foydalanayotgan poldagi quvurlardan suv sizib chiqishi oqibatida pastki qavatni suv bosgan va “O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyatining “O‘zelektrtarmoq” aksiyadorlik jamiyatiga omonatga saqlash uchun topshirilgan mulkiga zarar yetkazilgan. “O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati tomonidan “O‘zelektrtarmoq” aksiyadorlik jamiyatidan ushbu zarar uchun tovon undirish talab qilingan.
Ayni paytda 2014-yil yakuni bo‘lganligi sababli “O‘zelektrtarmoq” aksiyadorlik jamiyati yakka tartibdagi tadbirkorni ijara shartnomasini bekor qilish niyatidan uch hafta oldin ogohlantirgan. Biroq, yakka tartibdagi tadbirkor bunga e'tiroz bildirdi, chunki uni uzaytirish zarurati shartnomaning imtiyozli shartlaridan kelib chiqadi. “O‘zelektrtarmoq” aksiyadorlik jamiyati yakka tartibdagi tadbirkor bilan dastlabki shartnoma tuzgan, lekin asosiy shartnomani tuzishdan bosh tortgan.
Yakka tartibdagi tadbirkor “Baxromov I.D.” iqtisodiy sudga “O‘zelektrtarmoq” aksiyadorlik jamiyatini mavjud dastlabki shartnoma asosida 25 yil muddatga ijara shartnomasini tuzishga majburlash talabi bilan murojaat qilgan.
Bunday vaziyatda “Ijaraga berish markazi” unitar korxonasi ushbu ijara shartnomasini tuzishga e’tiroz bildirgan, chunki bahsli binoning mulk huquqi “O‘zelektrtarmoq” aksiyadorlik jamiyatiga tegishli emasligi va yangi muddat ommaviy axborot vositalarida e'lon qilinganligi uchun ijara shartnomasining tuzilishiga e’tiroz bildirgan.
Sudlanuvchi “O‘zelektrtarmoq” aksiyadorlik jamiyati tegishli davlat ro‘yxatidan o‘tish zarurligi, dastlabki kelishuv uchun ro‘yxatdan o‘tish shart emasligi sababli 25 yil muddatga shartnoma tuzishning imkoni yo‘qligini asoslab, shartnoma tuzishdan bosh tortgan.

Download 27.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling