yil 15-mart sanasida O‘zbekiston Respublikasida davlat va jamiyat hayotiga doir muhim masala referendumga qo‘yildi. Toshkent shahar Uchtepa tumanida vaqtinchalik ro‘yxatda turuvchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi B.Saidov referendumga ovoz berish uchun borganda ovoz beruvchilar ro‘yxatida uning ismi sharifi yo‘qligi ma’lum bo‘ldi. Ovoz berish uchastkasi kotibi fuqaro B. Saidov yashash joyida vaqtinchalik ro‘yxatda turganligi tufayli saylovchilar ro‘yxatiga kiritilmaganligini ma’lum qildi. Doimiy turar joyida tashkil etilgan ovoz berish uchastkasida referendumda qatnashishi to‘g‘risida ma’lumot berildi. Bundan norozi bo‘lgan fuqaro B.Saidov prokuratura organiga shikoyat qildi. Prokuratura xodimi ushbu masala sudga tegishli deb shikoyatni rad etdi. Bu orada referendum tugab, natijalar chiqdi.
Savol: Vaziyatga huquqiy baho bering. Referendumda ovoz berish tartibini qonun hujjatlari asosida yorting.
Do'stlaringiz bilan baham: |