Vaziyatga huquqiy baho bering!
Download 24.82 Kb.
|
xalqaro jinoyat oraliq
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazariy savollar
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi B. ismli shaxs 5 yildan buyon Qozog‘iston Respublikasida mehnat migranti sifatida ishlab yashab kelmoqda. 2021-yil 15-noyabrda Qozog‘iston Respublikasi fuqarosi G. ga nisbatan qilgan tuxmat jinoyati uchun Janubiy Qozog‘iston viloyati Turkiston shahar jinoyat sudi hukimi bilan 6 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Fuqaro B. bu haqida O‘zbekiston Respublikasida istiqomat qiluvchi xotini Z. ga xabar berdi. Fuqaro Z. erining jazosini ijro etilishini O‘zbekiston Respublikasida davom ettirishini so‘rab Jizzax viloyati Paxtakor tumani prokuraturasida ariza bilan murojaat etdi. Paxtakor tumani prokuraturasi “har bir shaxs qilgan jinoyati uchun jazo olishi va jazoni aynan jinoyatni sodir etgan joyda olishi kerak” deb fuqaroning arizasini qaytardi. Fuqaro Z. mazkur vaziyat bo‘yicha ya’ni erining jazosini O‘zbekiston Respublikasida davom ettirish tashkil etish bo‘yicha huquqiy yordam so‘rab O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga murojaat etdi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi “Xalqaro-huquqiy boshqarmasi” fuqaroga “bunday huquqiy yordamni amalga oshirish mumkin emas chunki bizni maxbuslarni topshirish bo‘yicha Qozog‘iston Respublikasi bilan shartnomamiz mavjud emas” deb javob berdi. Vaziyatga huquqiy baho bering! 1. Qanday jinoyat huquqining prinsplarini mavjud? 2. Ekstraditsiya bilan ozodlikdan mahrum qilingan shaxslarni topshirishning qanday o’xshash va farqli jihatlari bor? Nazariy savollar: 1. “rationae loci” va “rationae temporis” yurisdiktsiyalari nima ta'rif bering. 2. Xalqaro jinoyat huquqida orqaga qaytish kuchining yo'qligi printsipining mohiyati va ahamiyati. Bizga berilgan kasuz bo’yicha O’zbekiston Respublikasi fuqarosi hisoblangan B. ismli shaxs Qozog’iston hududida jinoyat sodir etadi va jazoni ham Qozog’iston hududida o’taydi. Jinoyat sodir etgan shaxsning turmush o’rtog’i esa bundan xabar topadi va erining jazosini ijro etilishini O‘zbekiston Respublikasida davom ettirishini so‘rab Jizzax viloyati Paxtakor tumani prokuraturasida ariza bilan murojaat etadi hamda, yuqoridagi muammolar yuzaga keladi. Yuqoridagi kasuz savollariga javob berishdan oldin mahkumni, fuqaroligi bo’lgan davlatga topshirish nima uchun kerakligini aniqlashtirib olishimiz zarur. Ozodlikdan mahrum qilingan shaxslarni jazo o’tashi uchun fuqaroligi bo’yicha o’z davlatiga topshirish xalqaro huquqda, xalqaro hamkorlikning asosiy va alohida yo’nalishi sifatida belgilanadi. Mahkumni topshirishdan ko’zlangan asosiy maqsad davlat o’z fuqarolarini manfaatlarini chet elda ham, ozodlikdan mahrum qilinganda ham himoya qilishdir. Zero, amaldagi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 22-moddasida O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida ham, uning tashqarisida ham o‘z fuqarolarini huquqiy himoya qilish va ularga homiylik ko‘rsatishni kafolatlashi ko’rsatib o’tilgan. Bundan tashqari hammamizga ma’lumki, mahkumni jazoni ijro etishi uchun katta miqdorda mablag’ sarflanadi. Ushbu holatlar mahkumni topshirishga asos bo’ladi. Albatta, har qanday holatda ham ozodlikdan mahrum qilingan shaxsni fuqaroligi bo’yicha o’z davlatiga topshiravermaydi. Kazusimizga ko’ra, Qozog’iston va O’zbekiston o’rtasida shartnoma bormi va ular ratifikatsiya qilgan konvensiyalarga asoslanib, fuaqro B. ni jazoni o’tashi uchun topshirish masalasini ko’rib chiqamiz. Demak, fuqaro B.ning jazosini O‘zbekiston Respublikasida davom ettirish tashkil etish so‘rovi huquqiydir. Lekin Jizzax viloyati Paxtakor tumani prokuraturasi tomonidan “har bir shaxs qilgan jinoyati uchun jazo olishi va jazoni aynan jinoyatni sodir etgan joyda olishi kerak” degan vajlari bir tomondan to’g’ri, bir tomondan xato hisoblanadi. Har bir shaxs shak-shubhasiz, qilgan jinoyati uchun jazo olishi kerak. Ammo jazoni aynan jinoyat sodir etgan joyda o’tashida bir qancha istisnolar mavjud. O’zbekiston Respublikasi bosh Prokuraturasi esa ushbu vaziyatda mahbus jazosining ijrosini O’zbekistonda davom ettirishning iloji yo’qligini Qozog’iston bilan shartnoma yo’q ekanligida deb asoslaydi. Ushbu holatda Bosh prokuraturaning ushbu xulosasini asosli desak ham bo’ladi. Ya’ni o’zaro kelishuv yo’qligi sababli, fuqaro B.ni ishi murakkab bo’ladi( jazoni ijro etish O’zbekistonda davom etishi mumkin, faqat rasmiy hamkorlik yo’qligi sababli bir qancha murakkabliklari mavjud bo’ladi). O’zarolik prinsipini qo’llagan holda, Qozog’iston O’zbekistonga mahbusni topshirishi mumkin. Yuqoridagilarni inobatga olgan holda shuni aytishimiz mumkinki, Bosh prokuraturaning keltirgan vajlari bir tarafdan to’g’ri, ya’ni rasmiy shartnoma ikki davlat o’rtasida yo’qligi sababli bu ish imkonsiz, ammo ikkinchi tarfdan davlatlar o’zarolik prinsipini qo’llagan holda fuqaro B. ni O’zbekistonga topshirishi mumkin. Download 24.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling