Vaziyatga huquqiy baho bering!


Qanday jinoyat huquqining prinsplarini mavjud?


Download 24.82 Kb.
bet2/4
Sana21.11.2023
Hajmi24.82 Kb.
#1792842
1   2   3   4
Bog'liq
xalqaro jinoyat oraliq

1. Qanday jinoyat huquqining prinsplarini mavjud?
Har bir huquq sohasining prinsiplari bo’lgani kabi xalqaro jinoyat huquqining ham prinsiplari mavjud. 2019-yilda nashrdan chiqqan, Umarxanova Dildora Sharipxanovna va Ochilov Xasan Rashidovich hammuallifligidagi “Xalqaro jinoyat huquqi” darsligiga ko’ra Xalqaro jinoyat huquqi prinsiplari 3 turi keltirilgan bo’lib, ular ham o’z navbatida bir qancha prinsiplarni o’z ichiga oladi.

  • Xalqaro huquqning umumtan olingan prinsiplari;

  • Xalqaro jinoyat Sudi Statutida aks etgan prinsiplar (maxsus prinsiplar);

  • Jinoyat ishlari bo‘yicha davlatlararo hamkorligiga oid xalqaro shartnomalar va milliy qonunchilikdagi o‘ziga xos rahbariy prinsiplar.

Masalan, 1998-yilda Xalqaro Jinoyat Sudi Statutining 3-bo‘limida xalqaro jinoyat huquqining maxsus prinsiplari belgilandi.

  • Nullum crimen sine lege;

  • Nulla poena sine lege;

  • Ratione personae prinsipi (ortga qaytish kuchining yo‘qligi);

  • Xalqaro huquq doirasidagi jinoyatlar uchun shaxsiy jinoiy javobgarlik prinsipi;

  • 18 yoshga yetmagan shaxslar uchun yurisdiksiyadan intisnolik prinsipi;

  • Mansabdan kelib chiqib ish yuritishga yo‘l qo‘ymaslik prinsipi;

  • Komandir va boshqa boshliqlarning javobgarligi prinsipi;

  • O‘tish muddati qo‘llanilmasligi prinsipi;

  • Sub’ektiv tomon prinsipi;

  • Jinoiy javobgarlikdan ozod etilish prinsipi;

  • Dalillardagi yoki huquqdagi xato prinsipi;

  • Boshliqning buyrug‘i va qonun imzolah prinsipi.1

Yana bir yuqoridagi kazusga taaluqli prinsip Jinoyat ishlari bo‘yicha xalqaro hamkorlik prinsipi sanaladi. Ushbu prinsipga ham olimlar tomonida turli xil fikrlar berilib, ikkiga bo’lib o’rganishni tavsiya qilishgan. Ular:



  • jinoyat ishlari bo‘yicha xalqaro hamkorlik mexanizmini amalga oshirishda yurisdiksiyani belgilab beruvchi prinsip;

  • jinoyat ishlari bo‘yicha xalqaro hamkorlik masalalariga taalluqli protsessual harakatlarni tartibga soluvchi prinsiplarga2 bo’linadi.

Jinoyat ishlari bo’yicha xalqaro hamkorlik masalalariga taaluqli protsessual harakatlarni tartibga solishda o’zarlik prinsipi muhim rol o’ynaydi. Ya’ni bizga berilgan kazusda ham ikki davlat o’rtasida rasmiy o’zaro shartnoma yo’qligi sababli ushbu prinsip katta sahnaga chiqishi lozim.
O‘zarolik prinsipi xalqaro jinoyatda hamda xalqaro hamkorlikda qo’l keladigan yechimlardan biri hisoblanadi. Istalgan shartnoma yoki kelishuv o‘zaro bir-biriga foyda keltirishi zarur. Ushbu prinsip jinoyat huquqida ancha muddatdan beri ma’lum va qo’llanilib kelinmoqda. Mazkur prinsipni “sizdan ugina, bizdan bugina” qabilida tushunsak ham bo’ladi. Ya’ni Qozog’iston agar o’zarolik prinsipini qo’llab mahbusni O’zbekistonga bersa, kelajakda Qozog’iston jinoyat sodir etgan fuqarosini so’rab murojaat qilganda O’zbekiston ham beradi.

2.Ekstraditsiya bilan ozodlikdan mahrum qilingan shaxslarni topshirishning qanday o’xshash va farqli jihatlari bor?


Ekstraditsiya bilan ozodlikdan mahrum qilingan shaxslarni topshirishning farqlarini tushunib olish muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu institutlar asosan, xalqaro jinoyat huquqida xalqaro hamkorlikni asosiy yo’nalishi sifatida ko’riladi hamda o’xshash tarafi sifatida jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan javobgarlik muqarrarligini ta’minlash vazifasini bajaradi.
Ekstraditsiya so’zining mazmuni, ko’plab huquqiy darsliklarda keltirilishicha, bir davlatdan boshqa bir xorijiy davlatga o‘z fuqarosini yoki chet el fuqarosini ushlab berish sanaladi. Ozodlikdan mahrum qilish esa, mahkumga nisbatan jiddiy cheklash choralarini qo’llash tushuniladi.
Yuqoridagi kazusda eksrtaditsiya qilishni emas, balki ozodlikdan mahrum qilingan shaxsni jazo ijrosini O’zbekistonda davom ettirilishi so’ralgan. Ya’ni ekstraditsiyada davlat jazoni o’zi ijro etmaydi va ushlab beradi.


Download 24.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling