Vaziyatli keys Keys №1 Ishtirokchini xarid qilish tartib-taomillarida ishtirok etishdan chetlatish shartlari


Keys №2 76-modda. Xarid qilish tartib-taomillari ustidan jamoatchilik nazorati


Download 20.97 Kb.
bet2/3
Sana15.06.2023
Hajmi20.97 Kb.
#1485836
1   2   3
Bog'liq
keys (2)

Keys №2
76-modda. Xarid qilish tartib-taomillari ustidan jamoatchilik nazorati
Xarid qilish tartib-taomillari ustidan jamoatchilik nazorati davlat xaridlarini rivojlantirish va takomillashtirishga ko‘maklashish, davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilik talablari buzilishlarining oldini olish va ularni aniqlash hamda davlat buyurtmachilarini, vakolatli davlat organlarini aniqlangan qoidabuzarliklar haqida xabardor qilish maqsadida amalga oshiriladi. Xarid qilish tartib-taomillari ustidan jamoatchilik nazorati ochiqlik va shaffoflik prinsiplarini ro‘yobga chiqarish vositasida amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, shuningdek qonunchilikda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan nodavlat notijorat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishga haqli. Jamoatchilik nazoratini amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, shuningdek qonunchilikda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan nodavlat notijorat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari:
davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilikni takomillashtirishga doir takliflar tayyorlashga;
xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirish va shartnomalarni bajarishning borishi to‘g‘risida axborot taqdim etish haqidagi so‘rovlarni davlat buyurtmachilariga yuborishga;
xarid qilish tartib-taomillari yuzasidan mustaqil monitoringni va davlat xaridlari samaradorligini baholashni, shu jumladan ularning ushbu Qonun talablariga muvofiqligini baholashni amalga oshirishga;
tekshiruv tadbirlarini o‘tkazish tashabbusi bilan davlat organlariga murojaat qilishga;
davlat buyurtmachisi, davlat xaridlari elektron tizimi operatori, vakolatli organ, xarid komissiyalari va ularning a’zolari harakatlarida (harakatsizligida) qoidabuzarliklar aniqlangan hollarda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilishga;
qonunchilikka muvofiq sudga murojaat qilishga haqli.

Download 20.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling