Vaziyatli keys Keys №1 Ishtirokchini xarid qilish tartib-taomillarida ishtirok etishdan chetlatish shartlari


Download 20.97 Kb.
bet3/3
Sana15.06.2023
Hajmi20.97 Kb.
#1485836
1   2   3
Bog'liq
keys (2)

Vaziyatga qarang: Viloyat hokimligi homiklik binosini qaytadan tamirlash kerak degan qarorga keldi. Ta’mirlash ishlari davomida binoning barch eshik hamda romlarini almashtirish ham ko’zda tutilgan. Lekin bundan 3 yil oldin binoning eshik hamda romlarining deyarli 40 foiz qismi yangilangan edi. Shunga qaramasdan hokimlik binoning hamma romlarini almashtirmoqchi. Buning ustiga hokimlik tanlab olgan taklif narxi hozirgi kundagi bozor narxidan 2 baravar qimmat qilib ko’rsatilgan. Bu haqida matbuotga ma’lumot tarqalgandan so’ng jamoatchilik o’rtasida norozilik keltirib chiqardi. Shundan so’ng jamoatchilk hokimiyatdan bu shartnoma bo’yicha hisob berilishi uchun so’rov yubordi hamda bu ishni tekshirish uchun davlat organlariga murojat qildi.
Yuqoridagi holat yechimi yuzasidan fikrlaringizni bildiring:
1.Yuqoridagi holatga ko’ra jamoatchilik davlat buyurtmachisidan hisob so’rashga haqlimi?
2.Jamoatchilik nazoratining davlat xaridlari amalga oshirilishidagi o’rni hamda ta’siri qanday?
3.Jamoatchilik nazoratini yanada kuchaytirish uchun yana qanday takliflar bera olasiz?
Yechimi:
1.Davlat xaridlari to’g’risidagi qonuning 10-bob 76-moddasiga ko’ra xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirish va shartnomalarni bajarishning borishi to‘g‘risida axborot taqdim etish haqidagi so‘rovlarni davlat buyurtmachilariga yuborishga, xarid qilish tartib-taomillari yuzasidan mustaqil monitoringni va davlat xaridlari samaradorligini baholashni, shu jumladan ularning ushbu Qonun talablariga muvofiqligini baholashni amalga oshirishga, davlat buyurtmachisi, davlat xaridlari elektron tizimi operatori, vakolatli organ, xarid komissiyalari va ularning a’zolari harakatlarida (harakatsizligida) qoidabuzarliklar aniqlangan hollarda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilishga haqli.
2.Jamoatchilik nazoratining bo’lishi asosiz pullar sarf bo’lishi va davlat xaridi da turli xil adolatsizliklar bo’lishinioldini oladi. Agar jamoatchilik nazorati bo’lsa biror noo’rin sarf xarajatlar bo’lgan taqdirda hisob so’rashi hamda byudjet pullari asossiz ishlatilishini oldini olish mumkin.
3.Jamoatchilik nazoratini yanada kuchaytirish uchun hamma amalga oshirilgan va amalga oshirilayotgan davlat xaridlari haqida ochiq malumotlar bazasini shakllantirshi va istalgan odam bu malumotlardan foydalana olishi kerak.
Download 20.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling