Vaziyatli keys


Download 10.43 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi10.43 Kb.
#184754
Bog'liq
VAZIYATLI KEYSS


VAZIYATLI KEYS

  • “Boburnoma” asarida Z.M.Bobur Navoiy haqida alohida fikr bildirib o’tgan. “Alisherbek naziri yo’q kishi edi...” degan fikrlar Sizga yod bo’lib ketgan bo’lsa, ajab emas. Biroq “Boburnoma”da berilgan yuksak baholar bilan bir qatorda, Navoiy ijodining ayrim jihatlari: “Mezonul-avzon”, “Munshaot” asarlari va forsiy devoniga nisbatan salbiy baholar mavjud. Bunday salbiy fikrlarning tug’ilishi haqida Boburshunos olim Saidbek Hasanov o’z ilmiy ishida ikkita taxminni ilgari suradi. Birinchidan, Boburning ushbu salbiy fikrlari hali Navoiy ijodi bilan to’liq tanishib chiqishga ulgurmagan paytda yozilgan bo’lishi mumkin deyiladi. Ikkinchi sababi uchun esa Hammurapi davrida qo’l chopilishi bilan jazolangan. Fuzuliy ham bundan tashvishlangan va bu haqida gapira turib, shunday degan: “Asarlarim 3 toifa insonning qo’liga tushib qolmasin: yomon mushtariy, soxta tanqidchi va ular”. Diqqat savol, S.Hasanov fikricha, Boburning Navoiyni tanqid qilishiga ikkinchi sabab nima bo’lgan?

  • SAVOLLARGA JAVOBLAR:

  • Bu savolga javob berishda biroz mantiqqa suyanamiz. Tarixdan bilamizki hammurappi qonunlariga ko'ra kishi o'g'irlik qilgani uchun qo'li kesilgan. Kimnjng qo'li kesilgan bòlsa u umr bo'yi o'g'ri sifatida malomat qilingan. Bundan kelib chiqadiki Bobur Navoiyni o'g'irlikda ayblaganmi? Aslo yo'q. Buni asarlarga bog'laydigan bo'lsak Bobur Navoiyning ijodida biroz ungacha bo'lgan ijodkorlarning ijod uslubini yoki ijodkorlar asaridan keltirilgan ayrim qaydlarni ko'rgan bòlishi mumkin bu esa ,balki Boburning nazdida ko'chirmachilik(o'g'rilik) bo'lib tuyulgan bòlsa ajab emas. Meningcha,Bobur Navoiy ijodida ko'rgan shu jihatlarga salbiy baho bergan bo'lishi mumkin.



  • 2014 yilda chop etilgan “Zahiriddin Muhammad Bobur entsiklopediyasi”da Bobur asarlarining leksikasi va frazeologiyasi haqida ham so’z yuritilgan. Mazkur maqolada qiziq bir faktga ko’zim tushdi. Bobur bir tushunchani ifoda etish uchun bir qancha so’zlardan foydalangan. Ular orasida sizu biz bugungi kunda ham foydalanadigan so’zlardan tashqari, pos, pahr, giri, gari, pul kabi so’zlardan ham foydalangan. SHuningdek, bu maqsadda sutning pishishi ham eslab o’tilgan. Bundan tashqari Bobur ajoyib eksperiment, tajriba o’tkazgani ham ma’lum bo’ladi. Mazkur tajriba natijasiga ko’ra, bir qancha xulosalarga kelingan. Masalan, ko’p marta “Qulhuvalloh”ni bismillohi bilan (ya’ni gap “Ixlos” surasi haqida ketmoqda) o’qish, ko’p marta “Fotiha”ni bismilloh bilan o’qish hamda juda ko’p marta ko’zni yumib ochish eslab o’tilgan. Diqqat savol: Bobur qanday tajriba o’tkazib ko’rgan edi?

Download 10.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling