Vaziyatni fuqarolik qonunchiligi asosida tahlil qiling


-modda. Majburiyatni bajarishdan bir tomonlama bosh tortishga yo‘l qo‘yilmasligi


Download 62.04 Kb.
bet3/11
Sana21.04.2023
Hajmi62.04 Kb.
#1374250
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Fuqarolik 9-kazus

237-modda. Majburiyatni bajarishdan bir tomonlama bosh tortishga yo‘l qo‘yilmasligi
Majburiyatni bajarishdan bir tomonlama bosh tortish va shartnoma shartlarini bir tomonlama o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi, qonunchilikda yoki shartnomada nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
.
238-modda. Majburiyatning kelishilgan va maqbul usulda bajarilishi
Majburiyat kelishilgan va taraflar uchun maqbul usulda bajarilishi shart.
Majburiyatni bajarish usuli, agar bu usul majburiyatning mohiyatidan anglashilmasa va qonunchilik bilan belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa, shartnomada ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
239-modda. Majburiyatning qismlarga bo‘lib bajarilishi
Oldingi tahrirga qarang.
Basharti boshqacha tartib qonunchilikda, shartnomada nazarda tutilgan bo‘lmasa yoki ish muomalasi odatlaridan yoxud majburiyatning mohiyatidan anglashilmasa, kreditor majburiyatning qismlarga bo‘lib bajarilishini qabul qilmaslikka haqli.
240-modda. Majburiyatning tegishli shaxs uchun bajarilishi
Agar boshqacha tartib taraflarning kelishuvida nazarda tutilgan bo‘lmasa va ish muomalasi odatlaridan yoki majburiyatning mohiyatidan anglashilmasa, qarzdor majburiyatni bajarish chog‘ida ijroni kreditorning o‘zi yoki bu ish uchun u vakolat bergan shaxs qabul qilayotganligini isbotlashni talab qilishga haqli bo‘ladi va bunday talabni qo‘ymaganlik oqibatlari xavfi uning zimmasida bo‘ladi.

259-modda. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Majburiyatning bajarilishi neustoyka, garov, qarzdorning mol-mulkini ushlab qolish, kafillik, kafolat, zakalat hamda qonunchilik yoki shartnomada nazarda tutilgan boshqacha usullar bilan ta’minlanishi mumkin.
(259-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Majburiyatning bajarilishini ta’minlash to‘g‘risidagi kelishuvning haqiqiy emasligi ushbu majburiyatning (asosiy majburiyatning) haqiqiy emasligiga olib kelmaydi.
Asosiy majburiyatning haqiqiy emasligi uning bajarilishini ta’minlaydigan majburiyatning haqiqiy emasligiga olib keladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 260264290292299311-moddalari.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 24.09.1999-yildagi “Fuqarolik kodeksini tatbiq qilishda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar to‘g‘risida”gi 16-son qarorining 13-bandi.
LexUZ sharhi
Qarang: sud amaliyoti.
Oldingi tahrirga qarang.

Download 62.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling