Ventelyator qurilmalari turlari va qòllanilish kulami
-rasm. O’q chiziqli ventilyator sxemasi
Download 0.76 Mb.
|
5-tajriba ishi. Markazdan qochma va o’q chiziqli ventilyatorning
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.3-rasm. O’q chiziqli bir pog’onali ventilyator VOK-1.5.
5.2-rasm. O’q chiziqli ventilyator sxemasi.
Horijiy mamlakatlar (Germaniya, Chexiyada va boshqa mamlakatlarda ) ishlab chiqariladigan meridianal tezlangan oqimli-turboo’qiy ventilyatorlar qo’llanilmoqda (6.3-rasm) ishchi kuraklar chegarasida ko’ndalang kesim qisqarib borgani uchun oqim tezligi oshib boradi. Bunday payitda oddiy ventilyatorlardan farq qilib ventilyatorda dinamik bosim hosil bo’ladi u to’g’irlovchi apparat 4, va diffuzor 6 da statik bosimga aylanadi. Turboo’qiy ventilyator oddiy o’qiy ventilyatorga qaraganda (bir hil sharoyitda) kattaroq bosim hosil qilib kamroq shovqinga ega. Bir pog’onali o’qiy ventlyatorlar 2 kPa gacha bosim hosil qilib, bosimni oshirish uchun ko’p pog’onali bo’lishi kerak. Asosan kon korxonalarida ikki pog’onali o’qiy ventilyator keng qo’llaniladi. Xorijiy davlatlarda uch va to’rt pog’onali o’qiy ventilyator ham qo’llaniladi. Kon sanoatida ko’p turdagi o’qiy ventilyator keng qo’llaniladi. Asosan hozirgi paytda qo’yidagi turdagi ventilyator ishlatilmoqda: VOD, VOK, VOKD, VOKR (V-ventilyator, O-o’qiy, K-kuraklari buralgan, D-ikki pog’onali, R-reverslik). Hozirgi paytda K-06 seriyadagi bir pog’onali buralgan kurakli VOK va ikki pog’onali buralgan kurakli VOKD turlari keng qo’llanilmoqda. 4.3-rasmda VOK-1,5 ventilyator qurilmasi ko’rsatilgan. 5.3-rasm. O’q chiziqli bir pog’onali ventilyator VOK-1.5. 1-ishchi kurak, 2-tekislovchi apparat, 3-kojux, 4-kollektor, 5-old tomon obtekatel, 6-aylana diffuzor, 7-korennoy val, 8-transmissiyali val, 9-radial podshipnik, 10-radial-tayanch podshipnik, 11-tishli mufta, 12-rama. Ishchi g’ildirakning buralgan kuraklari po’lat varaqlardan payvandlanib tayyorlanadi yoki alyuminiyda quyma holda yasaladi. Kuraklar ishchi g’ildirak vtulkasiga konus zatvorlar yordamida mahkamlanadi. Havoni ishchi g’ildirakka bir tekisda zarbasiz keltirish uchun o’qiy ventilyatorlar kollektor va oldingi oqib o’tuvchi qism bilan jihozlangan. Bosh ventilyator qurilmalarining o’qiy ventilyatorlarining texnik tavsifi 2-jadvalda keltirilgan O’qiy ventilyatorlar reversiv mashina bo’lib ishchi g’ildirak aylanish yo’nalishini o’zgartirib, havo oqimining yo’nalishini o’zgartirishi mumkin. Bunda bosim va unumdorlik nihoyatda pasayadi. SHaxta sharoyitida ko’pincha havo oqimining yo’nalishini o’zgartirishga to’g’ri keladi. Havo oqimining yo’nalishini o’zgartirganda kerakli ko’rsatgichlarga erishish uchun (havo oqimi miqdori o’rtacha ko’rsatkichning 60% dan kam bo’lmasligi kerak) Dongiprouglemashda to’g’rilovchi-yo’naltiruvchi apparat ishlab chiqilgan, bu apparatlar bilan VOKR turidagi ventilyatorlar jihozlangan. Xorijiy davlatlarda gorizontal o’qli ventilyatorlardan tashqari vertikal o’qli ventilyatorlar ham qo’llaniladi. Ulardan foydalanish qurilish hajmini kamaytirib ishchi g’ildirakka havo kelishini yaxshilaydi. 2-jadval Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling