Verbal muloqotning asosiy shartlari va qoidalari uning


Verbal muloqotning asosiy shartlari va qoidalari quyidagilardan


Download 41.25 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana16.11.2023
Hajmi41.25 Kb.
#1777539
1   2   3
Bog'liq
Muzaffar Abdumutalibovich Qurbanov

Verbal muloqotning asosiy shartlari va qoidalari quyidagilardan 
iborat 
Donolar hikmatlari asnosida so'z atalmish zar-oltin yoinki cho'g' bilan 
qanday munosabatda bo'lgan ma'qul? Bu haqda quyidagi bandlar orqali 
ma'lumot olish mumkin: 
1. Bir kishi so'z boshlaganda juda zarurat bo'lmasa tashlab ketmang
oxirigacha eshiting. So'zlagan vaqtingizda qichqirmang, qizishib ketmang, 
odob, tarbiya doirasidan chiqmang.
2. Yolg'on aralashtirib so'zlamang, to'g'ri so'zlang, hech kimni g'iybat 
qilmang,
birovning gapini orttirib, ko'paytirib so'zlamang. 
3. Tilingizni yomon so'zlarga o'rgatmang, eshitgan hamma gapni to'g'ri 
deb ishonavermang, tekshiring, to'g'ri bo'lsa so'zlang. Nutqingizni juda cho'zib 
yubormang. 
4. Muloqotda biror kishi haqida noloyiq so'zlar aytmang. Boshqalarga 
gap bermasdan faqat o'zingizgina so'zlab, hammani bezor qilmang, 
odamgarchilik
so'zda emas, balki amalda ekanini unutmang.
5. Ota-bobongizni, o'zingizni hadeb maqtab, kerilib yurmang. 
Kamolotdan, ya'ni mukammallikdan mahrum bo'lgan odamga quruq so'z bilan 
maqtanib yurish soyasida kamolot kelmaydi. 
6. Biror narsa to'g'risida so'rasalar, qo'pollik bilan emas, odob tarbiyasiga 
rioya qilib javob bering. Tinglovchi kishi so'zingizni yana qaytarib aytishni 
so'rasa, yo'q demay, qaytarib ayting. 
7. Agar bir voqea to'g'risida gapirmoqchi, fikringizni bayon qilmoqchi 
bo'lsangiz, avvalo yaxshilab o'ylab, tarbiya odobiga rioya qilib, muloyimlik 
bilan so'zga kirishing, so'zingizni qasam ichib quvvatlamang, o'z fikringizga 
o'zingiz
hayron bo'lib qolmang, o'z flkriga hayron bo'lish - nodonlar odati, qasam 
ichib: «Mening so'zim to'g'ri», - deb da'vo qilish yolg'onchilik alomatidi 
8. Zaruriyat bo'lmasa, qayg'u-alamli xabarlarni so'zlamang. Hikoya yo'li 
bilan bo'lsa ham odob, tarbiyaga qarshi bo'lgan so'zlarni og'zingizga olmang.
Zimmangizga omonat qo'yilgan sirlarni fosh qilmang. 
6
https://studfile.net/preview/16840266/page:16/ 


9. Hech kimni yomon so'zlar bilan tilga olmang, ta'na va tuhmatdan uzoq 
bo'ling, jamoa oldida ikki kishining pichirlab so'zlashuvi odobsizlikdir, buni 
yodingizdan chiqarmang. 
10. Ota-
bobolarimiz, «Yaxshi so'z-jon ozig'i, yomon so'z-bosh qozig'i» 
deganlar. Bobolarimizning bu hikmatli so'zlariga amal qiling, hamma bilan 
yaxshi muomalada bo'ling, hech kimning diliga ozor bermang, yaxshilik 
qilishni o'zingizga odat qilib oling. To'g'rilik sizga yo'ldosh bo'lsin, egrilikdan 
uzoq yuring.
Yaxshi so'zlash ham buyuk san'atdir. 
So'z orqali muloqot (verbal muloqot) o'zaro munosabatning asosiy 
ko'rinishidir, bunda quyidagi qoidalarga rioya qilmoqlik maqsadga muvofiq: 

Download 41.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling