Verbal muloqotning asosiy shartlari va qoidalari uning
Download 41.25 Kb. Pdf ko'rish
|
Muzaffar Abdumutalibovich Qurbanov
- Bu sahifa navigatsiya:
- Alimova Ma’muraxon Raximberdiyevna 2-kurs magistranti Annotatsiya
- Kalit so’zlar
VERBAL MULOQOTNING ASOSIY SHARTLARI VA QOIDALARI UNING BARYERLARI Muzaffar Abdumutalibovich Qurbanov Phd Andijon Davlat Chet Tillar Instituti Alimova Ma’muraxon Raximberdiyevna 2-kurs magistranti Annotatsiya: Ushbu maqolada verbal muloqotning qo’llanilish shartlari, qoidalari va uning baryerlari ifodalangan.Hamda noverbal muloqot haqida ma’lumot berilgan. Kalit so’zlar: nutq, muloqot, verbal, noverbal, lingvistika, kommunikatsiya,mimika. Kirish Bashariyat ichra mavjud ne`matlar ichida til eng murakkab, ko`p qirrali hodisa bo`lgani tufayli uni yaxlit shaklda o`rganish, undagi ayrim birliklarga aniq va mukammal, yagona ilmiy tavsif berish mushkul. Til faqatgina kishilar o`rtasidagi aloqa vositasi, tafakkurni yuzaga chiqarish shakligina emas, balki “har bir millatning dunyoda borlig`ini ko`rsatadigan oinai hayoti…”, dunyodagi bilimlarni o`rganish va to`plash, voqelikni anglash shakli hamdir. Shu bois bo`lsa kerak, til hodisalariga nisbatan yondashuvlarda bir-biriga o`xshash va farqli xulosalar (fikr, munosabat) juda ko`p uchraydi, tilning mohiyatini to`liq ochish uchun yangi-yangi ilmiy tadqiqotlar amalga oshiriladi. Insonning hayvonot olamidan farq qiluvchi, uning fiziologik, psixik va ijtimoiy rivojlanish qonuniyatlarini aks ettiruvchi asosiy xususiyatlardan biri nutq deb ataluvchi alohida psixik jarayonning mavjudligi hisoblanadi. Nutq – bu odamlarning til vositasida muloqot qilishi. Gapira olish va begona tilni tushunish malakasiga ega bo‘lish uchun tilni bilish va undan foydalana olish zarur Muloqot - insonlar o’rtasida yuzaga kelgan ehtiyojlaridan kelib chiqib aloqa bog’lanishlari rivojlanishining ko’p qirrali jarayonidir. Muloqotning yana bir jihati munosabatga kirishuvchilarning o’zaro birgalikdagi xarakati-nutq jarayonida faqat so’zlar bilan emas, balki imo-ishora va xarakatlar bilan ham axborot ayirboshlashdan iborat. 1 Lingvistik nuqtai nazardan muloqot asosan verbal va noverbal turlariga bo’linadi. Professor I.Yildirim mulokot turlarini verbal muloqot (sozlu ileti§im), noverbal muloqot (sozsuz ileti§im) va yozuv muloqoti (yazili ileti§im) 1 Супрун А. Методы изучения лексики. –Минск: БГУ, 2001. – 306 guruxlariga, inglizzabon mamlakatlarida esa ular verbal, noverbal, yozuv, tinglash va muloqot turlariga ajratib chiqilgan. O’z navbatida, muloqotning /shaxsiy, shaxslararo, guruh va ommaviy shakllari xam mavjud. 2 So’z orqali muloqot (verbal muloqot) o'zaro munosabatning asosiy vositasidur. Verbal muloqotda asosiy o’rinni so’zning qo’llanishi, aniqligi uning ifodalanishi va hammabopligi tovushlar, so’zlar talaffuzi ohang ifodasi va mohiyati egallaydi. Noverbal muloqot til, tovush nutqning qo’llanishiga asoslanmagan bo’lib , bu mimika, imo - ishoralar, pantomimika , sensor yoki tana orqali aloqalar vositasidagi muloqot hisoblanadi. 3 Verbal muloqot o’z navbatida og’zaki nutq va yozma nutq muloqotlariga bo’linadi.Tabiiyki og’zaki muloqot til ishtirokidagi muloqot. Yuzma yuz, telefon aloqalari, suhbat jarayonlari, bahs munozaralar, ma’ruzalar til ishtirokida amalga oshiriladi. Yozma muloqot esa so’zlashuv jarayoni yozuvda matnda aks etadi, shuningdek ular o’z o’rnida rasmiy va norasmiy turlarga bo’linadi. Demak, professor Albert Mehrabian fikricha yuzma yuz muloqot paytida yetkaziladigan xabarning 7foizi verbal, 38 foizi paraverbal va 55 foizi noverbal muloqotni tashkil etadi. 4 Verbal muloqot malakasini sha kllantirish og’zaki nutq avvalgidek kommunikatsiya (muloqot)ning eng ko’p ommalashgan shakli bo’lib qolmoqda. So’zlovchini tushunishlari uchun faqat yaxshi diksiyaga ega bo’lishning o’zi kamlik qiladi Lekin kundalik turmushda og’zaki nutq oddiylikni talab qiladi va bu holat insonlarda xavotir, ishonchsizlik, ba‘zan esa qo’rquv paydo qiladi. Og’zaki nutq ustida ishlashni lug’at boyligini kengaytirishdan boshlash mumkin. Martin Iden D.Londonni eslaymiz. U yozuvchi bo’lishga qaror qilib, har kuni belgilangan m iqdorda yangi so’zlarni o’rganishni boshlagan. Bu unga yordam bergan. Hozir, odatda xorijiy tillarni o’rganish uchun yangi so’zlar o’rganiladi. 5 Qadimdan so'z buyuk shifobaxsh kuch-qudratga ega bo'lib kelgan. So'z odamzod zabonidagi eng aziz gavhardir. Mashhur yunon hakimi Buqrot «Inson ruhini davolamay, tanga shifo berib bo'lmaydi», deb ta'kidlaganida aynan «so'z»ni nazarda tutgan. Zero, I.V. Gyote aytgandek, «so'zni ishonch 2 Нурмонов А. Ўзбек паралингвистик воситалари // Танланган асарлар. 1-жилд. –Т.: Академнашр, 2012 –Б. 1 3 Kurbanov M.A. Paralingvistika/Oquv qollanma.-Andijon: STEP BY PRINT Mchj, 2021.-217b 4 Mehrabian А. - Silent Messages: Implicit Communication of Emotions and Attitudes. — 2nd. — Belmont, CA: Wadsworth, 1981. 5 https://uzsmart.uz/library/pdf.php?id=55408 bilan gapir, eshituvchilarga ta'sir etish esa o'z o'zidan kelib qoladi». Qadimgi hind tabibi Sushruta: «So'z muloyim, yoqimli va umidvor qila oladigan, ruhga taskin berguvchi bo'lmog'i lozim», deb yozgan edi. Bu fikrlar hozirgi zamonda ham dolzarbdir. 6 Download 41.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling