Вестник аграрной науки узбекистана №6 (12/2) 2023 O‘zbekiston agrar fani xabarnomasi


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/15
Sana18.10.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1707775
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
maqola compressed

TADQIQOT NATIJALARI VA ULARNING 
MUHOKAMASI 
Suv xo‘jaligi vazirligi Irrigatsiya va suv muammolari 
ilmiy-tadqiqot instituti olim va mutaxassislari tomonidan fermer, 
dehqon, tomorqa еrlarida takroriy ekin sifatida ko‘chat qilib, 
sholi еtishtirish texnologiyasi bo‘yicha ilmiy asoslangan 
tavsiyalar tayyorlangan. U sug‘oriladigan va turli darajada 
sho‘rlangan еrlarda sholini bug‘doydan keyin takroriy ekin 
sifatida ko‘chat usulida ekishning afzalliklari, suv va boshqa 
resurslardan tejamli foydalanish, еrlarning meliorativ holatini 
yaxshilash va shu asosda sholi pishish davrini 20–25 kunga 
tezlashtirish hamda hosildorlikni oshirish to‘g‘risidagi muayyan 
ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan. 
Bu texnologiyani qo‘llash natijasida har gektar еrda yillik 
suv sarfi 40 foiz, urug‘lik sholi 60 foiz, kimyoviy gerbitsidlar 
sarfi 100 foiz, mineral o‘g‘itlar sarfi 25 foiz, mehnat sarfi 40 
foizgacha tejaladi hamda sholining 20–25 kun erta pishishiga 
imkoniyat yaratilib, gektaridan 3-3,5 tonnadan ortiq sholi hosili 
olinadi.
1
O‘simliklar ontogonezini tavsiflovchi eng muhim 
jarayonlar – o‘sish va rivojlanish hisoblanadi. Ushbu ikki 
ko‘rsatkich 
o‘simliklar 
tanasidagi 
barcha 
hayotiy 
reaksiyalarning natijasi hisoblanib, bu jarayonlar bir-biriga 
uzviy bog‘liqdir. Bunda o‘sish va rivojlanish umumiy bir 
1
https://yuz.uz/news/sholichilik-yangi-samarador-texnologiyalar 


O‘ZBEKISTON AGRAR FANI XABARNOMASI 
114
ВЕСТНИК АГРАРНОЙ НАУКИ УЗБЕКИСТАНА № 6 (12/2) 2023
yaxlitlikni tashkil etib, o‘simlik tanasida kechadigan fiziologik 
va biokimyoviy jarayonlarga, o‘simlikning ildiz orqali va 
havodan oziqlanishiga, energiya bilan ta’minlanishiga, umuman, 
assimilyatsiya va dissimilyatsiyada ishtirok etuvchi barcha 
jarayonlar yig‘indisiga bog‘liq bo‘ladi [1, -30-33b.]. 
Shu bilan birga [2, -19-22b.] tomonidan o‘simlikning 
o‘sish 
va 
rivojlanish 
dinamikasiga 
meteorologik, 
agrotexnologik, tuproq, suv va boshqa bir necha omillarning 
ta’siri ham katta. Ushbu omillarning sholi o‘simligini o‘sib 
rivojlanishiga bog‘lab, turli davrlarda bir qancha izlanishlar olib 
borilgan. 
Tadqiqotda sholining kechpishar «Tarona» va «Iskandar» 
navlarini o‘simligining turli muddatlarda va usullarda 
ekilishining o‘sib rivojlanishiga ta’siri aniqlandi.
Toshkent viloyati sharoitida olingan ma’lumotlarga ko‘ra, 
sholining tuplanish davriga kelib har ikki nav orasida ham, ekish 
muddatlari va usullari orasida ham farqlar ajrala boshladi, ya’ni 
«Tarona» sholi navining bo‘yi gektariga ekish muddatlarida 
mutanosib ravishda 42; 47 va 53 sm ni tashkil etgan bo‘lsa, 
o‘rtapishar «Iskandar» sholi navida ushbu ko‘rsatkich 38, 42, va 
45,0 sm bo‘lganligi ko‘zatildi. 
Shuni ta’kidlash joizki, ro‘vaklash davriga kelib, sholining 
kechpishar «Tarona» sholi navida eng yuqori ko‘rsatkich 
birinchi aprelda kassetaga va o‘ttizinchi aprelda dalaga ekilgan 
(127 sm) variantda kuzatilgan bo‘lsa, o‘rtapishar «Iskandar» 
sholi navida ushbu muddatda ekilgan variantda 123 sm ni tashkil 
etdi. 

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling