Вестник аграрной науки узбекистана №6 (12/2) 2023 O‘zbekiston agrar fani xabarnomasi
Download 0.53 Mb. Pdf ko'rish
|
maqola compressed
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘ZBEKISTON AGRAR FANI XABARNOMASI 114 ВЕСТНИК АГРАРНОЙ НАУКИ УЗБЕКИСТАНА № 6 (12/2) 2023
TADQIQOT NATIJALARI VA ULARNING
MUHOKAMASI Suv xo‘jaligi vazirligi Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti olim va mutaxassislari tomonidan fermer, dehqon, tomorqa еrlarida takroriy ekin sifatida ko‘chat qilib, sholi еtishtirish texnologiyasi bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar tayyorlangan. U sug‘oriladigan va turli darajada sho‘rlangan еrlarda sholini bug‘doydan keyin takroriy ekin sifatida ko‘chat usulida ekishning afzalliklari, suv va boshqa resurslardan tejamli foydalanish, еrlarning meliorativ holatini yaxshilash va shu asosda sholi pishish davrini 20–25 kunga tezlashtirish hamda hosildorlikni oshirish to‘g‘risidagi muayyan ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan. Bu texnologiyani qo‘llash natijasida har gektar еrda yillik suv sarfi 40 foiz, urug‘lik sholi 60 foiz, kimyoviy gerbitsidlar sarfi 100 foiz, mineral o‘g‘itlar sarfi 25 foiz, mehnat sarfi 40 foizgacha tejaladi hamda sholining 20–25 kun erta pishishiga imkoniyat yaratilib, gektaridan 3-3,5 tonnadan ortiq sholi hosili olinadi. 1 O‘simliklar ontogonezini tavsiflovchi eng muhim jarayonlar – o‘sish va rivojlanish hisoblanadi. Ushbu ikki ko‘rsatkich o‘simliklar tanasidagi barcha hayotiy reaksiyalarning natijasi hisoblanib, bu jarayonlar bir-biriga uzviy bog‘liqdir. Bunda o‘sish va rivojlanish umumiy bir 1 https://yuz.uz/news/sholichilik-yangi-samarador-texnologiyalar O‘ZBEKISTON AGRAR FANI XABARNOMASI 114 ВЕСТНИК АГРАРНОЙ НАУКИ УЗБЕКИСТАНА № 6 (12/2) 2023 yaxlitlikni tashkil etib, o‘simlik tanasida kechadigan fiziologik va biokimyoviy jarayonlarga, o‘simlikning ildiz orqali va havodan oziqlanishiga, energiya bilan ta’minlanishiga, umuman, assimilyatsiya va dissimilyatsiyada ishtirok etuvchi barcha jarayonlar yig‘indisiga bog‘liq bo‘ladi [1, -30-33b.]. Shu bilan birga [2, -19-22b.] tomonidan o‘simlikning o‘sish va rivojlanish dinamikasiga meteorologik, agrotexnologik, tuproq, suv va boshqa bir necha omillarning ta’siri ham katta. Ushbu omillarning sholi o‘simligini o‘sib rivojlanishiga bog‘lab, turli davrlarda bir qancha izlanishlar olib borilgan. Tadqiqotda sholining kechpishar «Tarona» va «Iskandar» navlarini o‘simligining turli muddatlarda va usullarda ekilishining o‘sib rivojlanishiga ta’siri aniqlandi. Toshkent viloyati sharoitida olingan ma’lumotlarga ko‘ra, sholining tuplanish davriga kelib har ikki nav orasida ham, ekish muddatlari va usullari orasida ham farqlar ajrala boshladi, ya’ni «Tarona» sholi navining bo‘yi gektariga ekish muddatlarida mutanosib ravishda 42; 47 va 53 sm ni tashkil etgan bo‘lsa, o‘rtapishar «Iskandar» sholi navida ushbu ko‘rsatkich 38, 42, va 45,0 sm bo‘lganligi ko‘zatildi. Shuni ta’kidlash joizki, ro‘vaklash davriga kelib, sholining kechpishar «Tarona» sholi navida eng yuqori ko‘rsatkich birinchi aprelda kassetaga va o‘ttizinchi aprelda dalaga ekilgan (127 sm) variantda kuzatilgan bo‘lsa, o‘rtapishar «Iskandar» sholi navida ushbu muddatda ekilgan variantda 123 sm ni tashkil etdi. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling