«veterinariya sanitariya ekspertizasi» kafedrasi “tasdiqlayman”


Download 3.15 Mb.
bet67/266
Sana31.01.2024
Hajmi3.15 Mb.
#1829713
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   266
Bog'liq
Sut va sut mahsulotlari 2023-yil majmua

Qatiqni tayyorlash
1. Sut qozonga solinadi va tezda 85 oC da pasterlanadi.
2. Ushbu idishda 35-40 o C haroratgacha sovutiladi.
3. Sutni miqdoriga nisbatan 5 % ishchi ivitqi solinib aralashtiriladi.
4. Idishlarga qo‘yib 35-38 o C haroratli termostatga qo‘yiladi.
5. Uyush jarayoni 4-6 soat kechadi. Nordonligi 75oT bo‘lishi kerak.
6. Tayyor mahsulot 8oC ga sovitiladi. Sifatli qatiqning nordonligi 80-120oT bo‘lib, zardobi ajralmasligi lozim. Bir xil quyuqlikka ega bo‘ladi.


Yogurt tayyorlash.
1. Bu mahsulotni tayyorlashda termofil, streptokok va bolgar tayoqchalaridan ivitqi sifatida foydalaniladi. Bu ivitqi, yangi tayyorlangan va sovumagan holda, nordonligi 50 - 80oT bo‘lishi kerak.
2. Yogurt uchun sutning yog‘liligi 1-2 %, ayrim hollarda 5 % bo‘lishi mumkin. Sut uzoq muddatda pasterlanadi va 45oC ga sovutiladi va unga 2-3 % miqdorda ivitqi solinadi.
3. Ivitqi solingan sutlar idishlarga joylanadi va uyush jarayoniga qo‘yiladi.
4. Yogurt sifatli bo‘lishi uchun, uni uyush jarayonining vaqti muhim hisoblanadi Aktiv uyush jarayonida 2-3 soat davomida uning nordonligi asta ortib boradi (Harorati 42-45oC). Ushbu tartibda tayyorlangan yogurt hidi va ta’mi xushbuy bo‘lib, quyuq bo‘ladi.
Kefirni tayyorlash.
1. Ishchi ivitqisi tayyorlanadi. Buni uchun pasterlanib 20-25o C ga sovutilgan sutga 1/10 nisbatda kefir zamburug‘lari solinadi va uyush jarayoniga qo‘yiladi. Bu jarayon 10 - 12 soat kechadi. Ivitqi elak orqali o‘tkazilib, 6-8o C haroratda saqlanadi.
2. Kefir zamburuglari yuviladi va yangi yog‘sizlantirilgan sutga solinib, keyingi kun uchun ivitqi tayyorlanadi.
3. Ivitqi yaxshilab aralashtiriladi va kefir uchun tayyorlangan sutni miqdoriga nisbatan 5-10 % solinadi. Sutni harorati 18 - 20o C.
4. Ivitqi solingan sut aralashtirilib idishlarga solinadi. 18-20o S haroratda (uy haroratida), 24 soat saqlanadi. Tayyor mahsulot 8-10o S sovutiladi va sotuvga chiqariladi.
5. Agar kefir kasal buzoqlar uchun tayyorlangan bo‘lsa unda yog‘siz sutdan tayyorlanadi va 30o C ga sovutilgan holda unga ivitqi solib, tayyorlanadi. Uyush vaqtida, vaqti-vaqti bilan aralashtirilib turiladi.



Download 3.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling