«veterinariya sanitariya ekspertizasi» kafedrasi “tasdiqlayman”


Pishloq va brinzani tarkibini aniqlash


Download 3.15 Mb.
bet73/266
Sana31.01.2024
Hajmi3.15 Mb.
#1829713
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   266
Bog'liq
Sut va sut mahsulotlari 2023-yil majmua

Pishloq va brinzani tarkibini aniqlash.
Tekshirish uchun o‘rtacha namuna olish. Qadoqlangan pishloq yoki brinzani soni 1-100 gacha bo‘lsa, 1-7 dona namuna olinadi. Agar qadoqlarning soni 100 dan ko‘p bo‘lsa 5-7 dona namuna yetarli. Namuna maxsus shuplar yordamida olinadi. Namuna olish vaqtida shup, pishloq yoki brinzaning ichki qatlamiga botirilib, 5-7 sm ichkaridan olinadi, namunadan pishloqning po‘stloq qismi (1,5 sm) ajratiladi. Pishloqning namuna olingan joyi 100-200o kizdirilgan parafin bilan to‘ldiriladi yoki qizdirilgan pichoq yoki biron metal bilan eritilib, namuna olingan joy to‘ldiriladi. Tekshirish uchun olingan namuna miqdori 50 g dan kam bo‘lmasligi va 0-3oS bir kundan ortiq saqlanmasligi kerak.
Pishloq mahsuloti.
Pishloq oqsilli sut mahsulotidir.
Pishloq eng sifatli sutdan tayyorlanadi.
Laboratoriyada pishloqning tarkibidagi qo‘yidagi ko‘rsat-kichlari aniqlanadi:



  • • tarkibidagi yog‘.

  • • namlik miqdori.

  • • quruq moddasi.

  • • quruq modda tarkibidagi yog‘ miqdori.

  • • nordonligi.

Pishloqning hisol bo‘lshida sutning tarkibidagi kazein oqsili muhim ahamiyat kasb etadi. Pishloq tayyorlashda ishlatiladigan sutning tarkibidagi yog‘ miqdori kazein miqdoriga tenglashtiriladi.
Pishloqning hosil bo‘lishi uchun ma’lum muddat talab etiladi.
Pishloq uchun ishlatiladigan sut shirdon fermenti yoki pepsin yordamida uyutiladi.
Pishloq yoki brinzaning nordonligini aniqlash.
Terner nordonlik deb, 100 g mahsulot tarkibidagi kislotalikni neytrallash uchun sarflanadigan NaOH yoki KOH ni 0,1 n eritmasining sarflangan miqdoriga aytiladi.
Aniqlash usuli.
1. Pishloq yoki brinzadan tarozi yordamida 5 g o‘lchab olinib, chinni kosachaga solinib, unga harorati 35 – 40 oC bo‘lgan 50 ml distillangan suv solinib, maxsus ezgich yordamida eziladi va suv bilan yaxshilab aralashtiriladi. Ustidan 2-3 tomchi fenolftaleinning 1 % spirtdagi eritmasidan tomizilib, NaOH yoki KOH ning 0,1 n eritmasi bilan och pushti rangga aylanguncha titrlanadi, hosil bo‘lgan rang bir minut davomida yo‘qolmasligi kerak.
Pishloq yoki brinzaning nordonligini aniqlash uchun, titrlashga sarflangan ishqorning miqdori 20 ga ko‘paytiriladi.
Misol: 5 g pishloqni titrlash uchun 11 ml 0,1 n ishqor sarflangan, demak, 11 x 20o = 220oT ga teng.

Download 3.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling