Veterinariya va zooinjeneriya fakulteti tabiiy va umummutaxassislik fanlar kafedrasi


Download 238.94 Kb.
bet2/2
Sana15.03.2023
Hajmi238.94 Kb.
#1270050
1   2
Bog'liq
mi.diag.tezak vs jigar

Tezakni mikroskopik tekshirish.
Ozgina tekshiriladigan tezak predmet oynachasiga surtilib distillangan suv bilan aralashtiriladi. (katta bo’laklari ajratiladi) yopqich oynacha bilan yopiladi. Yoki yopqich oynachani yopmasdan ham mikroskop ostida ko’rish mumkin. Kraxmal donachalari lyugol eritmasi bilan bo’yalgan, to’q ko’k rangga kiradi.
Yog’ tomchilari Sudan – 3 eritmasi bilan bo’yalganda sarg’ish rangga kiradi.
Tezakni kimyoviy tekshirish.
Tezakni tekshirganda distillangan suv bilan bir necha marta aralashtiriladi, bir nechamarta filtrlanadi, uksus kislota bilan yengil achitiladi va filtrlangandan keyin Geller probasi o’tkaziladi.
Geller probasi. 5 ml Geller reaktiviga pipetka yordamida 5 ml tekshiriladigan filtrat qo’yiladi. Agar oqsil bo’lsa filtrat qo’yilgan chiziq bo’ylab oq bulutsimon xalqa xosil bo’ladi.
Qonni aniqlash.
Benzin probasi. Buyum oynachasiga qalin qatlamda tezak surkaladi, yangi tayorlangan benzidin yeritmasidan 2 - 3 tomchi uksus kislotaga (pichoq uchiga ozgina benzidin olinadi va 5 ml muzli uksis kislotasi bilan aralashtiriladi) va shuncha 3 % li vodorod pereoksidi qo’shiladi. Shisha tayoqcha bilan aralashtiri-ladi. Ijobiy reaksiyada birinchi 2 minutda tezakda ko’k - yashil rang paydo bo’ladi. 2 minutdan keyin paydo bo’lgan rang o’zgarmaydi. Bu proba yordamida tezakda (0,24) qon bo’lganligi aniqlanadi.
V Tekshirish natijalari.
1 To’g’ri ichak

  • Saqlanadigan modda

  • Shilliq pardaning harorati

  • Og’riqliligi

  • Namligi

  • O’smalar, yot narsalar

  • Butunligining buzilishi

2 Ichak

  • Joylanishi

  • To’liqligi

  • Og’riqliligi

  • Saqlanadigan moddalar turi

  • Saqlanadigan moddalar konsistensiyasi.

3 Defekasiya

  • Chastotasi

  • holati (pozasi)

4 Tezak
Tezak miqdori, shakli, rangi, konsistensiyasi, hidi,aralashmalar, qoplamalar, kraxmal donachalari, oqsil, qon.

Jigarni tekshirish


Jigar diafragma orqasida qorin bo’shlig’ining oldingi qismida o’ng tomonda joylashib, jigarning yuqori qism oxirgi qovurg’alar ostida joylashgan bo’ladi.
Jigar osmotr, palpasiya, perkussiya, rentgenografiya va biopsiya usullari bilan tekshiriladi. Osmotr o’tkazganda jigar kasalligiga xos bo’lgan belgilar bor-yo’qligi aniqlaniladi. Jigar kasalliklarida quyidagilar kuzatiladi.
Birinchi bosqich - ishtahaning buzilishi, loxaslik yoki nafas olish tizimi kasalliklar belgilari yoki ovqat hazm qilish tizimi kasalliklarining belgilari kuzatiladi. 1- bosqichda tipik belgisi yo’qligi sababli klinik aniqlash usuli yo’q, qonni laboratoriyada tekshirilib aniqlanadi.
Ikkinchi bosqich axolik tezak, siydik sarg’aygan, shilliq pardalar sarg’aygan, kattargan va ishtaha umuman bo’lmaydi.
Uchinchi bosqichda organizmning zaharlanish belgilari kuzatiladi. Palpasiya paytida oxirgi qovurg’a orqasidan me’yorda jigar palpasiya qilinmaydi. Kasalliklar paytida jigar kattarib, oxirgi qovurg’a orqasidan palpasiya qilinadi. Bunda jigar yuza xarakteri, jigar o’zining holati, og’riq sezishi aniqlaniladi. Perkussiyada jigar joylashgan joyi aniqlaniladi.

Foydalanilgan adabiyotlar



  1. M.B.Safarov, S.B.Eshburiyev “Klinik diagno’stika fanidan maruzalar matni”, Samarqand 2017

  2. Safarov M.B. «Kirish, umumiy tekshirish usullari, ayvonlar bilan dastlabki tanishish, hayvonlarni umumiy tekshirish». Klinik diagnostika fanidan o’quv qo’llanma, Samarqand, 1992.

  3. B.B.Bakirov, P.B.Boboyev «Hayvonlarning ichki yukumsiz kasalliklari» Samarqand, 1993

  4. Safarov M.B., Raxmonov A.O. «Umumiy diagnostika». Klinik diagnostika fanidan uslubiy qo’llanma. Samarqand, 2006

  5. www.ziyonet.uz

  6. www.fermerlar.uz

  7. https://uz.m.wikipedia.org

Download 238.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling