Vi bob elektrolitik dissotsilanish
*******************************************
Download 407.94 Kb.
|
III-KITOBCHA
*******************************************
Faradey qonunlari asosidagi masalalar 1.10 minut davomida 7 A elektr toki kadmiy sulfat eritmasidan o‘tkazilganda, katodda qancha (g) kadmiy ajraladi? A) B) 1,6 C) D) 2,44 E) 14,6 2.15 minut davomida 1,25 A kuchga ega bo‘lgan tok mis(II)sulfat eritmasidan o‘tkazilsa, katodda qancha (g) mis ajralib chiqadi? A) 0,037 B) 0,37 C) 0,75 D) 0,073 E) 0,40 3.Kuchi 3 A bo‘lgan tok 40 min davomida kumush nitrat eritmasidan o‘tkazilganda, katodda qancha (g) kumush ajralib chiqadi? A) 8,06 B) 28,02 C) 16,10 D) 4,03 E) 18,05 4.Kuchi 5 A bo‘lgan tok 15 minut davomida kalsiy xlorid suyuqlanmasidan o‘tkazilganda, qancha miqdor (g) kalsiy xlorid parchalanadi? A) 9,3 B) 0,93 C) 0,83 D) 4,3 E) 2,6 5.Kuchi 15 A bo‘lgan tok 15 minut davomida mis(II)xlorid eritmasidan o‘tkazilganda, qancha (l, n.sh.da) xlor ajraladi? A) 2,24 B) 1,9 C) 1,57 D) 1,30 E) 4,7 6.Kumush nitrat eritmasidan massasi 6,72 g bo‘lgan kumushni ajratib olish uchun 18 A kuchga ega bo‘lgan tokni eritmadan qancha vaqt (s) davomida o‘tkazish kerak? A) 500,4 B) 193,2 C) 931,8 D) 913,0 E) 333,6 7.Qo‘rg‘oshin(II)xlorid suyuqlanmasidan katodda 15 g qo‘rg‘oshin ajralib chiqishi uchun kuchi 2,75 A bo‘lgan tokni necha soat davomida o‘tkazish kerak? A) 1,41 B) 2,15 C) 2,51 D) 1,52 E) 2,85 8.10 g o‘yuvchi natriy olish uchun osh tuzi eritmasidan kuchi 2,2 A bo‘lgan tokni necha soat davomida o‘tkazish kerak? A) 14,8 B) 15,8 C) 3,82 D) 4,79 E) 3,05 9.Faradey qonunlarining ta’rifi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan. 1. Har xil elektrolitlarning eritmalaridan bir xil miqdordagi elektr toki o‘tkazilganda, elektrodlarda ajralib chiqadigan moddalarning massasi ularning kimyoviy ekvivalentlariga teskari proporsional bo‘ladi; 2. Elektrodlarda ajralgan modda miqdori elektrolit eritmasidan o‘tgan elektr toki miqdoriga teskari proporsionaldir; 3. Har xil elektrolitlarning eritmalaridan bir xil miqdordagi elektr toki o‘tkazilganda, elektrodlarda ajralib chiqadigan moddalarning massasi ularning kimyoviy ekvivalentlariga to‘g‘ri proporsional bo‘ladi; 4. Elektrodlarda ajralgan modda massasi elektrolit eritmasidan o‘tgan elektr toki miqdoriga to‘g‘ri proporsionaldir; A) 1,2 B) 1,3 C) 1,4 D) 3,4 E) 2,4 10.Kaliy ishqori eritmasi orqali 6 A tok 30 min davomida o‘tkazilganda (n.sh.da) qancha (ml) gaz ajraladi? A) 1805 B) 1927 C) 1792 D) 1880 E) 1427 11.Sulfat kislota eritmasi orqai 3 A tok kuchi 1 soat davomida o‘tkazilganda ajraladigan vodorodning hajmini (n.sh.da) toping. A) 11,2 B) 1,12 C) 2,24 D) 1,25 E) 5,6 12.Doimiy tok manbaiga ketma – ket ulangan AgNO3, CuSO4 va AuCl3 eritmalari orqali 20 minut davomida kuchi 5 A bo‘lgan tok o‘tkazildi. Katodlarda hosil bo‘lgan metallarning yuqoridagi qator tartibidagi massalari (g) quyidagilardan qaysi biriga mos keladi? A)1;1;1 B)2,5;2;1 C)6,7;2; 4 D)2; 5;1E) 4;6,7; 3 13.Tarkibida 0,1 mol simob(II)xlorid va 0,2 mol mis (II)xlorid bo‘lgan eritma orqali 1 soat davomida 10 amper doimiy tok o‘tkazilgan. Anodda ajralib chiqqan modda , uning hajmi (l) va massasini (g) aniqlang. A) xlor, 13,25; 4,2 B) xlor, 26,4; 8,4 C) xlor 39,7;12,5 D)kislorod, 3;2,1E) kislorod, 6; 4,2 14.Rux sulfat tuzining suvli eritmasidan 1 soat davomida kuchi 1,5 A bo‘lgan tok o‘tadi. Katodda qanday modda va necha gramm ajralib chiqadi? A) N2; 0,6 B) Zn; 3,27 C) S; 1,83 D) O2; 1E) Zn; 1,83 15.Mis nitrat tuzining suvli eritmasidan 2 soat davomida kuchi 5 A bo‘lgan o‘zgarmas tok o‘tkazildi. Bunda katodda qanday modda va qancha miqdorda ajralib chiqdi? A) Cu, 32 g B) N2, 1 g C) N2, 0,5 g Download 407.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling