Vi bob elektrolitik dissotsilanish


Download 407.94 Kb.
bet4/83
Sana07.05.2023
Hajmi407.94 Kb.
#1438807
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83
Bog'liq
III-KITOBCHA

Dissotsilanish darajasi (α =n/N)
1.Kaliy sulfatning dissotsilanmagan molekulalari soni 80 ta bo‘lsa, eritmadagi ionlar sonini hisoblang. (α=75%). A) 25 B) 240 C) 320 D) 720


2.Eritmada 400 ta xlor ioni mavjud bo‘lsa, dissotsilanmagan kalsiy xlorid molekulalari sonini hisoblang. (α=80%).
A) 50 B) 200 C) 60 D) 150


3.Eritmada 600 ta ion mavjud bo‘lsa, dissotsilanmagan litiy sulfat molekulalari sonini hisobang. (α═80%)
A) 50 B) 150 C) 120 D) 250


4.Eritmada 400 ta xlor ioni mavjud bo‘lsa, dissotsilangan kalsiy xlorid molekulalari sonini hisoblang. (α=80%). A) 50 B) 200 C) 60 D) 150
5.Eritmada 720 ta ion mavjud bo‘lsa, dissotsilanmagan natriy sulfat molekulalari sonini hisoblang. (α=80%)
A) 60 B) 180 C) 240 D) 300


6.Bariy xloridning dissotsilanmagan molekulalari soni 40 ta bo‘lsa, eritmadagi xlor ionlari sonini hisoblang. (α=75%) A) 160 B) 120 C) 240 D) 75


7.Natriy sulfatning dissotsilanmagan molekulalari soninig dissotsilangan molekulalardan xosil bo`lgan aniyonlar soniga nisbati 19 ga teng bo`lsa, Natriy sulfatning dissotsilanish darajasini (α %) da aniqlang? A) 82 B) 87 C) 75 D) 90


8.Temir (III) nitratning dissotsilanmagan molekulalari tarkibidagi atomlar soni dissotsilangan molekulalardan xosil bo`lgan ionlar soniga teng bo`lsa, Temir (III) nitratning dissotsilanish darajasini (α %) da aniqlang?
A) 76 B) 93 C) 81 D) 87


9.Ammoniy fosfatning dissotsilanmagan molekulalari tarkibidagi atomlar soni dissotsilangan molekulalardan xosil bo`lgan aniyonlar soniga teng bo`lsa, Ammoniy fosfatning dissotsilanish darajasini (α %) da aniqlang?
A) 90 B) 83 C) 95 D) 87


10.Xrom (III) nitratning dissotsilanmagan molekulalari tarkibidagi atomlar soni dissotsilangan molekulalardan xosil bo`lgan aniyonlar soniga teng bo`lsa, Xrom (III) nitratning dissotsilanish darajasini (α %) da aniqlang?
A) 76 B) 93 C) 81 D) 87


11.Al2(SO4)3 eritmasi tarkibidagi aniyonlar massasi 71,76*10-24g (suvning dissotsilanishini hisobga olmang) bo`lsa, eritmadagi aniyonlar sonini toping? (α=75%) A) 150 B) 450 C) 300 D) 50


12.Kalsiy xlorid eritmasi tarkibidagi aniyonlar massasi 2,83*10-23g (suvning dissotsilanishini hisobga olmang) bo`lsa, eritmadagi katiyonlar sonini toping? (α=80%)
A) 480 B) 720 C) 240 D) 60


13.Kalsiy xlorid eritmasi tarkibidagi aniyonlar massasi 2,83*10-23g (suvning dissotsilanishini hisobga olmang) bo`lsa, dissotsilanmagan kalsiy xlorid molekulalari sonini toping? (α=80%)
A) 480 B) 720 C) 240 D) 60


14.Natriy sulfatning dissotsilanishidan xosil bo`lgan aniyonlar soni dissotsilanmagan molekulalar soniga nisbati 9 :1 bo`lsa, dissotsilanish darajasini (α %) da aniqlang? A) 82 B) 87 C) 75 D) 90



Download 407.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling