Vi bob elektrolitik dissotsilanish


Ammoniy sulfid qanday muhitga ega? A) ishqoriy B) neytral C) kuchli kislotali D) kislotali 19


Download 407.94 Kb.
bet17/83
Sana07.05.2023
Hajmi407.94 Kb.
#1438807
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   83
Bog'liq
III-KITOBCHA

18.Ammoniy sulfid qanday muhitga ega?
A) ishqoriy B) neytral
C) kuchli kislotali D) kislotali


19.Qaysi tuzlar faqat anioni hisobiga gidrolizga uchraydi? 1.KCN; 2.NaF; 3.KClO4; 4.CuSo4; 5.ZnCl2; 6.FeCl2; 7.KNO2;
A) 1.2.3 B) 2.3.4 C) 1.2.7 D) 3.5.7


20.Gidrolizga to‘liq uchraydigan tuzlarni ko‘rsating?
1) alyuminiy xlorid; 2) alyuminiy sulfat;
3) alyuminiy sulfit; 4) alyuminiy fosfat;
5) alyuminiy silikat; 6) alyuminiy atsetat;
A) 1,2 B) 2,3 C) 4,5 D) 3,6 E) 5,6


21.Tuzlarning qaysi birining eritmasi ishqoriy muhitga ega?
1.kaliy yodid; 2.kaliy silikat; 3.alyuminiy sulfat; 4.kaliy sulfid; 5.kulfideulfat; 6.kaliy gipoxlorit;
A) 3,4,5 B) 1,3,5 C) 1,2,3 D) 4,5,6 E) 2,4,6


22.Qaysi tuz qaytmas gidrolizda qatnashadi?
A) kaliy yodid B) ammoniy ftorid
C) natriy ftorid D) mis(II)xlorid


23. Qaysi tuzning gidrolizi oxirigacha boradi?
A) (NH4)2CO3 B) KF C) KJ D) FeCl3 E) AlCl3


24.Temir(III)sulfat eritmasi qanday muhitga ega bo‘ladi?
A) kuchsiz kislotali
B) kuchli kislotali
C) neytral D) kuchsiz ishqoriy


25.Quyidagi tuzlarning qaysilari suvli eritmada gidrolizga uchraydi?
1.kaliy nitrat; 2.rux xlorid; 3.kalsiy xlorid; 4.ammoniy nitrat; 5.bariy nitrat; 6.ammoniy fosfat;
A) 1,2,3 B) 2,3,4 C) 2,5,6 D) 2,4,6 E) 1,3,6


26.Tuzlarning gidrolliz reaksiyasida muhit qanday bo‘lishi mumkin?
1. asosli; 2. kislotali; 3. neytral;
A) 1 yoki 2 B) 1 yoki 3 C) 2 yoki 3 D) 1,2 yoki 3
E) faqat 1


27.Natriy atsetat tuzi qaysi ionlar hisobiga gidrolizda qatnashadi?
A) atsetat ioni B) natriy ioni
C) vodorod ioni D) gidroksid ioni E) barcha ionlar


28.Kuchsiz asos bilan kuchli kislotadan hosil bo‘lgan tuz gidrolizga uchraganda, gidrolizda qanday ionlar qatnashadi va muhit qanday bo‘ladi?
A) tuzning kationi; muhit ishqoriy
B) tuzning anioni; muhit kislotali
C) tuzning kationi ham, anioni ham; muhit neytral
D) tuzning kationi ham, anioni ham; muhit ishqoriy
E) tuzning kationi; muhit kislotali


29. Kuchsiz kislota bilan kuchli asosdan hosil bo‘lgan tuz gidrolizga uchraganda, gidrolizda qanday ionlar qatnashadi va muhit qanday bo‘ladi?
A) tuzning kationi; muhit kislotali
B) tuzning anioni; muhit ishqoriy
C) tuzning kationi; muhit ishqoriy
D) tuzning anioni; muhit kislotali
E) tuzning kationi ham, anioni ham; muhit neytral


30.Kuchsiz asos bilan kuchsiz kislotadan hosil bo‘lgan tuz gidrolizga uchraganda, gidrolizda qanday ionlar qatnashadi va muhit qanday bo‘ladi?
A) tuzning kationi; muhit ishqoriy
B) tuzning anioni; muhit kislotali
C) tuzning kationi ham, anioni ham; muhit deyarli neytral
D) tuzning kationi; muhit kislotali
E) tuzning anioni; muhit ishqoriy


31.Ko‘p asosli kuchsiz kislotadan va kuchli asosdan hosil bo‘lgan o‘rta tuz gidrolizga uchraganda, qanday tuz hosil bo‘ladi va muhit qanday bo‘ladi?
A) o‘rta tuz; muhit neytral
B) nordon tuz; muhit kislotali
C) asosli tuz; muhit kislotali
D) nordon tuz; muhit ishqoriy
E) o‘rta tuz; muhit ishqoriy


32.Ko‘p kislotali kuchsiz asosdan va kuchli kislotadan hosil bo‘lgan tuz gidrolizga uchraganda, qanday tuz hosil bo‘ladi va muhit qanday bo‘ladi?
A) asosli tuz; muhit ishqoriy
B) asosli tuz; muhit kislotali
C) nordon tuz; muhit ishqoriy
D) nordon tuz; muhit kisdotali
E) o‘rta tuz; muhit neytral


33.Quyidagi tuzlarning qaysilari gidroliz reaksiyasida qatnashadi? 1.natriy nitrat; 2.potash; 3.kaliy gidrofosfat; 4.kalsiy xlorid
A) 1,2 B) 2,3 C) 1,3 D) 3,4 E) 1,4


34.Quyida keltirilgan qaysi tuzlar to‘la gidrolizga uchraydi?
1.kaliy nitrat; 2.ammoniy xlorid;
3.alyuminiy atsetat;
4.temir(III)sulfat; 5.xrom(III)karbonat;
A) 1,2 B) 2,3 C) 3,5 D) 3,4 E) 1,5


35. Gidroliz natijasida kislotali muhit hosil qiladigan tuzlar juftini tanlang.
A) mis(II)xlorid va natriy silikat
B) temir(III)xlorid va mis(II)nitrat
C) kaliy sulfid va tulfideIulfide
D) natriy ftorid va natriy sulfat
E) ammoniy atsetat va rux nitrat


36.Qaytmas gidrolizga uchraydigan tuzlarni ko‘rsating.
1.(NH4)2CO3;2.Na2CO3; 3.(NH4)2SiO3; 4.BaSiO3; 5.Na2SiO3; 6.Cu(CH3COO)2
A) 1.3.6 B) 1.3.5 C) 1.2.6 D) 1.3.4 E) 3.4.6


37.Qaysi tuz suvda eritilganda, indikator rangini o`zgartirmaydi?
A)AlCl3 B) Cu(NO3)2 C) KCl D) K2S E) Na2CO3



Download 407.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling