Vi bob elektrolitik dissotsilanish
*******************************************
Download 407.94 Kb.
|
III-KITOBCHA
*******************************************
Qotishmalar 1.Massalari bir xil bo`lgan kaliy bilan natriydan iborat 4 g qotishmaga 4 ml suv ta`sir etishidan necha litr (n.sh.) vodorod ajralib chiqadi. A) 1,55 B) 0,78 C) 0,62 D) 0,88 2.Natriy bilan kaliyning 0,85 g qotishmasiga mo`l suv ta`sir ettirilganda, ml (n.sh.) gaz ajralib chiqdi. Shu qotishmada ikki atom kaliyga necha atom natriy to`g`ri keladi. A) 4 B) 13 C) 2 D) 1 3.20 g natriy, kaliy va misdan (massalar nisbati tegishli ravishda 1;2;2) tayyorlangan qotishma suvga tashlandi. Bunda (n.sh.da) qancha litr vodorod ajralib chiqadi. A) 14,2 B)12,5 C) 11,2 D) 4,25 4.Massa ulushi 36% oltin tutgan mis qotishmasining 4 g miqdorini eritish uchun tarkibida necha gramm nitrat kislota bo`lgan eritma talab etiladi. Nitrat kislota NO holigacha qaytariladi. A) 6,72 B) 4,2 C) 3,8 D) 2,8 5.Tarkibida mis qo`shimchasi bo`lgan10 g oltin kukuniga konsentrlangan nitrat kislota qo`shib qizdirildi. Bunda (n.sh. da) o`lchangan 112 ml gaz ajralib chiqdi. Reaksiya natijasida qanday gaz chiqqan va kukundagi misning massa ulushi necha foizni tashkil etadi. A) NO2;3,2 B) SO2;3,2 C)NO;12,8 D) NO2;1,6 6. Mis va ruxdan iborat 120 g qotishmadagi misning massa ulush 60% bo`lsa, unga necha gramm rux qo`shilganda Cu3Zn5 tarkibli qotishmaga aylandi. A) 122 B) 140 C) 92 D) 74 7. Mis va oltindan iborat 70 g qotishmadagi misning massa ulushi 80% bo`lsa, unga necha gramm oltin qo`shilganda Cu3Au tarkibli qotishmaga aylanadi. A) 50,65 B) 43,47 C) 49,35 D) 30,65 8.Natriy va qalaydan iborat 200 g qotishmadagi natriyning massa ulushi 20,5% bo`lsa, unga necha gramm qalay qo`shilganda Na2Sn3 tarkibli qotishmaga aylanadi. A) 92 B)41 C) 212 D) 159 9.Rux va oltindan iborat 26,2 aralashmaga mo`l miqdorda suyultirilgan xlorid kislota qo`shildi. Olingan gaz avval 400°C li mis(II) oksidi bo`lgan nayga, undan so`ng, fosfor (V) oksidi bo`lgan nayga (t=25°C) kiritildi. Agar ikkinchi nayning massasi 1,8 g ga ortgan bo`lsa, boshlang`ich aralashmadagi oltinning massasini (g) toping. __ 10.Massasi 75 g bo`lgan ohaktoshning parchalanishidan hosil bo`lgan karbonat angidrid, reaksiya unumi 0,75 ga teng bo`lganda, qancha massa (g ) o`yuvchi kaliy bilan reaksiyaga kirishib, o`rta tuz hosil qiladi. A) 40 B) 84 C) 20 D) 45 11. Cu va Al dan iborat 25 g qotishmaga konsentrlangan HNO3 bilan ishlov berilganda 2240 ml (n.sh.) az ajralib chiqdi. Qotishma tarkibini (%) mos ravishda toping. A) 12,8; 87,2 B) 51,2; 48,8 C) 25,6; 74,4 D) 75,6; 24,4 12.Pt va Al ning 72 g qotishmasi suyultrilgan nitrat kislatada eritildi, hosil bo`lgan eritma mol miqdorda ishqor bilan qizdirilganda 43,2 g temir (II) oksidni to`liq qaytarish uchun etarli bo`lgan gaz ajraldi. Qotishmadagi Al ning massa ulushini (%) da aniqlang. (qotishmadagi Al ni nitrat kislata bilan to`liq reaksiyaga kirishgan.) A) 75 B) 25 C) 40 D) 60 13. Pt va Al ning 57,6 g qotishmasi suyultrilgan nitrat kislatada eritildi, hosil bo`lgan eritma mol miqdorda ishqor bilan qizdirilganda 21,6 g temir (II) oksidni to`liq qaytarish uchun etarli bo`lgan gaz ajraldi. Qotishmadagi Pt ning massa ulushini (%) da aniqlang. (qotishmadagi Al ni nitrat kislata bilan to`liq reaksiyaga kirishgan.) A) 75 B) 25 C) 40 D) 60 14. Qalay va kumushning ikki xil qotishmasi malum birinchi qotishmada bu metallar 2:5 massa nisbatda bo`lgan ikkinchisida esa 7:6 massa nisbatda. Qalay va kumushning massa nisbati 11:27 bo`lgan 54 kg yangi qotishma olish uchun birinchi qotishmani qanday massada (kg) da olish kerak. A) 8 B) 22 C) 26 D) 28 Download 407.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling