Vi-bob: tijorat banklarining likvidlilik risklari va ularni boshqarish


Download 105.12 Kb.
bet1/10
Sana04.11.2023
Hajmi105.12 Kb.
#1747370
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
6-MAVZU.TIJORAT BANKLARINING LIKVIDLILIK RISKLARI VA ULARNI BOSHQARISH.

VI-BOB: TIJORAT BANKLARINING LIKVIDLILIK RISKLARI VA ULARNI BOSHQARISH.



§ 6.1. Likvidlilik risk tushunchasi, mazmuni va ularining bank faoliyatiga ta’siri.
§ 6.2. Likvidlilik risklarga ta’sir qiluvchi omillar va ularni tahlil qilish.
§ 6.3. Likvidlilik risklarni aniqlash, ularni baholash metodlari va ularni oldini olish chora-tadbirlari.
§ 6.4. Likvidlilik risklarini kamaytirish va boshqarish.


Bobga tegishli asosiy tayanch atama va iboralar:
Likvidlilik tavakkalchiligi, to‘lovga layoqatlilik, retrospektiv tahlil, perspektiv tahlil, bank aktivlarining sifati, bank imiji, lahzali likvidlilik koeffitsiyenti, joriy likvidlik koeffitsiyenti, leveraj koeffitsiyenti


§ 6.1. Likvidlilik risk tushunchasi, mazmuni va ularining bank faoliyatiga ta’siri


Me’yoriy hujjatlarda likvidlilik tavakkalchiligi - bankning o‘z moliyaviy majburiyatlarini to‘liq yoki qisman bajara olmasligi natijasida bankda yuzaga keladigan moliyaviy yo‘qotish bilan bog‘liq tavakkalchilik -deb ta’rif berilgan.1


Bankning likvidlilik tavakkalchiligi asosan, aktiv va passivlarning so‘ndirilish muddatlarining o‘zaro nomuvofiqligi oqibatida yuzaga keladi. Bankning likvidlilik tavakkalchiligini boshqarish "Tijorat bankining likvidliligini boshqarishga bo‘lgan talablar to‘g‘risida"gi nizom (ro‘yxat raqami 559, 1998 yil 2 dekabr) talablari asosida amalga oshiriladi.
Tijorat bankining faoliyati va uning samaradorligi, eng avvalo uning likvidligiga bog‘liq. Likvidligi bo‘lmagan bank to‘lovga layoqatli bo‘la olmaydi. Amalda aynan nolikvidlik banklarning to‘lovga layoqatsizligining asosiy sababi bo‘lib, ularni bankrotlikka va bank tizimining beqarorligiga olib keladi.
«Likvidlik» atamasi lotincha «Liquidus»so‘zidan olingan bo‘lib, suyuq, oquvchi ma’nosini beradi. U turli korxonalar, birlashmalar, firmalar va banklarning o‘z majburiyatlarini o‘z vaqtida bajara olish (qarzni to‘lash) imkoniyatini bildiradi.
Barqaror talabga ega bo‘lgan pul vositalari, bank depozitlari, qimmatli qog‘ozlar, moddiy aylanma vositalar va pulga tez aylantiriladigan aktivlar likvid vosita (mablag‘)lar deb yuritiladi.

Download 105.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling