Idoradagi ishlarni avtomatlashtirish. Ko`pgina hujjatlar faqat “qisman” tarjimani talab etadi. Atama so`zlar va tushunchalar asliyat tilida qolishi kerak.
Masalan, kompyuterga doir adabyotlarda programma, operatsion sistemalar va ishlab chiqaruvchi kompaniyalari nomlarini tarjima qilish yoki ularni o`zgartirish maqbul emas.
Avtomatik tarjima sistemasi ma’lum so`z yo so`z birikmasini tarjima qilmasligi uchun ushbu so`zni band qilish darkor. Band qilingan so`zlar axborot panelidagi Band qilingan so`zlar qo`shimcha varaqchasidagi ro`yxatda sanab o`tiladi. Hujjat matnida band qilingan so`z uchrashi bilan u boshqa rangda ajralib ko`rinadi. Band qilingan so`zlar ro`yxatiga biron bir so`zni qo`shish uchun ajratish va Сервис / Зарезервировать (servis / band qilish) buyrug`ini berish yoki Tarjima asboblar panelidagi Зарезервировать слова (so`zni band qilish) bandini tanlash kerak.
Xujjatni programma ichki formatida saqlash paytida band qilingan so`zlar ro`yxati ayl bilan birgalikda saqlanadi. Promt programmasida, shuningdek band qilingan so`zlar ro`yxatini keyinchalik tarjima qilinayotgan hujjatga ulash bilan birgalikda mustaqil ravishda saqlash, shuningdek shunday ro`yxatni boshqa hujjatdan olish imkoni ko`zda tutilgan.
Band qilingan so`zlarning yagona lug`atidan foydalanish imkoniyati bir mavzuga aloqador bir guruh hujjatlar bilan yoki bitta katta hujjatning ko`plab qismalari bilan ishlashda nihoyatda qulaydir.
Do'stlaringiz bilan baham: |