Lug`atni tanlash
Foydalanilayotgan lug`atlar ro`yhati axborot panelidagi foydalaniladigan lug`atlar qo`shimcha varaqasida keltirilgan. Lug`atlar ko`rsatilgan tartibda ko`riladi, shu bilan birga keyingi lug`atga o`tish ko`rilayotgan lug`atda kerakli soz bo`lmagan taqdirdagina amalga oshiriladi. Tarjima sifati nafaqat lug`atlarning soni, balki ularning programmada terilish tartibiga ham ta’sir ko`rsatadi.
Shunga alohida e’tibor berish kerakki, programmadagi terilishda, odatda birinchi bo`lib iste’mol lug`ati turadi. Iste’mol lig`atlari tahrir qilish va o`zgartirish uchun ochiq bo`ladi. Shu tariqa, foydalanuvchi tomonidan to`ldirilgan va o`zgartirilgan maqolalar birinchi navbatda e’tiborga olinadi.
Foydalanilayotgan lug`atlar ro`yxatini ozgartirish uchun Словари (lug`atlar) menyu bandini va tarjimaning kerakli yo`nalishini tanlash kerak. Shuningdek, tarjima asboblar panelidagi Словари (lug`atlar) bandini bosish mumkin. Bunda tarjimaning tanlangan yo`nalishiga muvofiq keluvchi qo`shimcha varaqadan iborat bo`lgan Словари (lug`atlar) muloqot oynasi ochiladi.
Bu muloqot oynasi qo`shimcha lug`atlarni ko`rish, ulash va o`cherish, yangi iste’mol lug`atlarni yaratish, shuningdek, lug`atlarni ko`rish tartibini boshqarish imkonini beradi.
Shu bilan birga “har extimolga qarshi” qo`shimcha lug`atlarni qo`shish tavsiya etilmaydi, chunki bu programma ishini sekinlashtiradi va tarjima sifatiga salbiy ta’sir ko`rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |