Vii-ix asrlarda Movorounnahrda islom dini yoyilishining ta`lim-tarbiyaga ta`siri
Download 0.96 Mb.
|
Islom dini movorounnahrda
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sahih al-Buxoriy" va "at-Tarix
Insoniyat madaniyatiga benazir hissa qo‘shgan barcha islom ahliga ma’naviy ozuqa baxsh etgan Imom al-Buxoriy ahamiyatiga ko‘ra Qur’oni Karimdan keyingi ikkinchi diniy manba deb e’tirof etilgan ≪Al-Jome’ as-Sahih≫ kitobidan keyin yaratgan ≪al-Adab al-Mufrad≫ (≪Adab durdonalari≫) asarida axloqiy qadriyatlarni bayon etadi.
Buxoriy yaratgan «Al-Adab al-mufrad» («Adab durdonalari») asari katta tarbiyaviy ahamiyatga molik benazir to‘plamdir. 1322 hadis va xabar jamlangan bu asar Turkiya va Misrda bir necha marta chop etilgan. Uning o‘zbekcha tarjimasi 1990 yili Toshkentda nashr qilingan. Roviylarning kunyalariga bag‘ishlangan «Kitob al-kuna» («Kunyalar haqida kitob») 1940 yili Hindistonda chop etilgan.
"Agar biror hadisni yodlashni istasang, eng avvalo unga amal qil",
Payg'ambar alayhissalomning hadislariga nisbatan qiziqishi bo'lgan Buxoroning amiri Xolid ibn Ahmad az-Zuhliy imom al-Buxoriyni o'z saroyiga kelib, unga va uning o'g'illariga "Sahih al-Buxoriy" va "at-Tarix" kabi asarlaridan saboq berishini talab qiladi. Shunda alloma amirdan kelgan xabarchiga: "Men ilmni xor qilib, uning hukmdorlar eshigiga olib bormayman",-degan javobni berdi.
Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling