Vii sinf jahon tarixidan savol-javoblar
Download 107.62 Kb.
|
363fe8d03d0a6669c5b04c5e5e37a064 VII SINF JAHON TARIXIDAN SAVOL-JAVOBLAR
12 - PARAGRAF
1. “Bayt ul-Xikma”ga (Donishmandlar uyi) qaysi xalifa davrida asos solingan ? Horun ar-Rashid 2. Horun ar-Rashid hukm surgan yillar ? 786-809-yillar 3. “Bayt ul-Xikma” qaysi shaharda tashkil etilgan ? Bag’dodda 4. “Bayt ul-Xikma” kimni davrida o’ziga xos ilmiy muassasaga aylanadi ? Ma’mun davrida 5. “Bayt ul-Xikma” kutubxonasida qancha kitob saqlangan ? 400 ming jild 6. “Bayt ul-Xikma” ni qaysi akademiya bilan qiyoslash mumkin ? Platon (Aflotun) akademiyasi bilan 7. Yevropa tibbiyoti XVII asr o’rtalariga qadar bilim va amaliy tavsiyalarni kimlarning asarlaridan olgan ? Ibn Sino va Abu Bakr ar-Roziy 8. Tarixda birinchi bo’lib matematika faniga kim asos soladi ? Muhammad Xorazmiy 9. Yevropaliklardan avval Arab sayyohlaridan kimlar Hiniston va Xitoyda , Afrika va Sharqiy Yevropaning eng chekka rayonlarida bo’lib qaytishgan ? Al-Ma’sudiy, Ibn Dast , Ibn Fadlan , Ibn Battuta 10. Musulmon adabiyoti dastlab qaysi tilda yaratilgan ? Arab tilida 11. Musulmon adabiyoti nechanchi asrdan fors tiliga tarjima qilinadi ? X asrdan 12. Arab adabiyotining ajoyib durdonasi qaysi ? “Ming bir kecha” 13. Arab xalifaligida san’atning barcha sohalariga nisbatan qaysi soha yuksak taraqqiy etgan ? Me’morchilik 14. Al-Humro saroyi qaysi shaharda joylashgan ? Ispaniyaning Granada shahrida 15. Kardova masjidi qaysi davlatda joylashgan ? Ispaniyada 16. Hasan masjidi qaysi shaharda joylashgan ? Qohira shahrida 17. Qanday naqshlar arabeska naqshlari deyiladi ? Arab yozuviga o’xshash jimjimador naqshlar 18. Arab yozuvi qachon va qaysi yozuv asosida ixtiro qilingan ? VI asrda Suriyada oromiy yoki arab xristianlari ixtiro qilgan oromiy alifbosi asosida 19. Arab yozuvi necha harfdan iborat bo’lgan ? 28 ta 20. Arab musiqachisi va qo’shiqchisi Ziriyab nechanchi asrda yashagan ? IX asrda 21. Ziriyab Bag’dodda qaysi xalifa saroyida hizmat qilgan ? Horun ar-Rashid. U keyinchalik Ispaniyaga ko’chib ketadi 22. Kim turli fasllarda mavsumga qarab kiyinishni joriy etgan ? Ziriyab 23. Kim bazmda taomlarni dastlab suyuq sho’rvalar, so’ng go’shtli taomlar, undan keyin qushti va nihoyat shirinliklarni dasturhonga tortish turlarini joriy qilgan ? Ziriyab 24. Yunonistonda mil.avv. V-IV asrlarda qanday hammomlar bo’lgan ? Xususiy, davlat va ommaviy hammomlar 25. Rim imperiyasida hammomlar nima deyilgan ? Term Download 107.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling