Vii sinf jahon tarixidan savol-javoblar


Download 107.62 Kb.
bet1/35
Sana14.02.2023
Hajmi107.62 Kb.
#1196440
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Bog'liq
363fe8d03d0a6669c5b04c5e5e37a064 VII SINF JAHON TARIXIDAN SAVOL-JAVOBLAR



VII SINF JAHON TARIXIDAN SAVOL-JAVOBLAR
1 – PARAGRAF
1. O’rta asrlar tarixi nechanchi asrlarni o’z ichiga oladi ? V-XV asrlarni
2. O’rta asrlar tarixi nechta davrga bo’linadi ? 2 ta . Bular: 1-davri V asr oxiri XI asr o’rtalari . 2-davri XI asr o’rtalaridan XV asr oxirigacha
3. O’rta asrlar tarixi manbalari nechta asosiy qismga bo’linadi ? 2 ta bular : Yozma va moddiy manbalar
4. Yevropada xalqlarning buyuk ko’chish jarayoni nechanchi asrlarni o’z ichiga oladi? Milodiy IV-VI asrlarni
5. Yevropaga sharqdan xunnlarning hujumi qachon boshlanadi ? IV asrdan
6. Yevropada II asrdan iqlimning soviy boshlashi natijasida qachonga kelib ekinzorlar qo’riqqa suv havzalari va ularga yaqin yerlar botqoqliklarga aylanadi ? V asrdan
7. Xalqlarning buyuk ko’chish jarayonini qaysi qabilalar boshlab bergan? Xunn qabilalari
8. Xalqlarning buyuk ko’chishini asosiy sabablari nima? 1-Yangi yerlaga talabning ortishi, 2-sharqdan xunn qabilalarining hujumi, 3-iqlimning o’zgarishi
9. Rim imperiyasining shimoliy chegaralarida yashagan varvar qabilalari II-IV asrlarda qanday tuzumda yashaganlar? Urug’chilik tuzumida
9,Ilk o’rta asrlarda german qabilalari qanday uylarda yashagan ? Yog’och uylarda
10. Qadimgi german qabilalari bo’lgan franklar, vestgotlar, ostgotlar, vandallar, burgundlar, langobardlar qaysi daryolar havzasida yashaganlar? Reyn va Elba daryolari havzasida
11. Germanlarda qachondan aholi sonini ko’payishi xo’jalikda dehqonchilikning ahamiyatini oshiradi ? Milodiy asr boshlaridan
12. Germanlarning asosiy mashg’uloti nima bo’lgan? Chorvachilik
13. Germanlarda yerga ishlov berish asosan kimlarning vazifasi bo’lgan? Ayollar va qariyalarning
14. Germanlarda erkaklar jangdan bo’sh paytlarida nima bilan shug’ullangan? Ovchilik bilan
15. Rimliklar Rimdan chetda yashab , noma’lum tilda gaplashadigan barcha xalqlarni nima deyishgan? Varvarlar
10. Qadimgi germanlar tarixi haqidagi boy ma’lumotlarni kimlarning asarlarida uchratish mumkin? 1.Yuliy Sezarning “Galliya urushi haqida xotiralar” 2. Rim tarixchisi Tatsitning “Germaniya”
16. Qaysi tarixchining yozishicha germanlar temir va boshqa ma’danlarni qazib olish, eritishni bilganlar? Tatsit
17. Germanlarda II-IV asrlarda hunarmandchilikning qaysi sohalari taraqqiy etgan? To’qimachilik, 2.yog’ochsozlik, 3.zargarlik, 4.teri – ko’nchilik,
19. Germanlarda ichki savdoda eng muhim ashyo qaysi bo’lgan? Temir
20. Germanlarda qachon urug’chilik jamoasi qo’shnichilik jamoasiga aylanish uchun sharoit yetiladi? V-VI asrlarda
21. Germanlarda qachondan mulkiy tengsizlik kuchayadi? IV asrdan
22. IV asrda germanlarda shakllangan toifalar qaysilar? 1.Zodagonlar, 2.erkin kishilar, 3.yarim ozod kishilar
23. Germanlarda qabila boshlig’i zodagonlarning oliy vakili nima deyilgan? Konung
24. Normann qabilalarida harbiy yo’lboshchi nima deyilgan? Konung
25. Qattiq , qatronli va tiniq rangli sariq ma’dan nima deyilgan? Qahrabo
26. Germanlarda kimlar qabiladoshlarini shaxsiy na’muna, ishonch, xurmat asosida boshqargan? Konung
27. Konung saylangandan so’ng qanday olqishlangan? Qalqon ustiga ko’tarib
28. Geman qabilalari qachondan keng hududni nazorat qiluvchi qabila ittifoqlariga birlasha boshlaydilar? IV-V asrlarda
29. Bir necha yuz ming kishidan iborat bo’lgan german qabilalari qaysilar? .Alemann, got, frank
30. Germanlarning eng katta qabilalari qaysilar? .Alemann, .got, .frank
31. V asr boshlarida Pireney yarim oroli va Galliyaning bir qismida tashkil topgan dastlabki varvarlar davlati qaysi? Vestgot qirolligi
32. Vandallar qayerda o’z davlatlariga asos soladilar? Shimoliy Afrikada
33. Ostgotlar qayerda o’z davlatlariga asos soladilar? Italiyada
34. Franklar qayerda o’z davlatlariga asos soladilar? Galliyada
35. Angl-saksllar qayerda o’z davlatlariga asos soladilar? Britaniyada
36. Yevropada feodal jamiyatga o’tish qachondan boshlanadi? 476-yildan
37. Nechanchi asrdan boshlab germanlarda bahorgi va kuzgi bug’doy o’rniga dukkakli ekinlar ekish boshlandi ? Milodiy IV asrdan
38. Nechanchi asrdan germanlarning ayrim qabila boshliqlari Rim noiblariga yollanma harbiy hizmatga o’ta boshlaydi ? IV asrda
39. Milodiy IV asrda qaysi qabilalar Rim qo’shinlari harbiy yurishlari paytida alohida jagovor birlik sifatida qatnashgan ? German qabilalari
40. Ilk o’rta asrlarda Rim imperiyasi chegaralarini tashqi dushmanddan himoyalashni qaysi qabilalar o’z zimmasiga olgan ? Germanlar
41. Ilk o’rta asrlarda qanday jarayon germanlarda ijtimoiy taraqqiyotni yanada tezlashtiradi ? Xristianlik dinini tarqalishi

Download 107.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling