Vii sinf jahon tarixidan savol-javoblar


Download 107.62 Kb.
bet7/35
Sana14.02.2023
Hajmi107.62 Kb.
#1196440
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   35
Bog'liq
363fe8d03d0a6669c5b04c5e5e37a064 VII SINF JAHON TARIXIDAN SAVOL-JAVOBLAR

7-PARAGRAF
1. Yozma manbalarda vizantiyalik tarixchilar tomonidan “slavyan” atamasi nechanchi asrdan ishlatiladi? VI asrdan
2. Slavyan qabilalari haqidagi dastlabki ma’lumotlar yunon-rim tarixchilari asarlarida nechanchi asrdan tilga olinadi? Mil.avv.II-I asrlardan
3. Slavyan qabilalari VI-VII asrlardan qayerlarda yashaydilar? G’arbda Elba daryosidan, sharqda Visla daryosiga qadar, shimolda Boltiq dengizidan, janubda Dunay daryosiga qadar cho’zilgan hududlarda
4. Slavyanlar nechta guruhga bo’lingan? 3 ta bular: g’arbiy, janubiy va sharqiy slavyanlar
5. G’arbiy slovyanlarga qaysi xalqlar kirgan? Chexlar, polyaklar, lujichanlar, slovaklar
6. Janubiy slovyanlarga qaysi xalqlar kirgan? Bolgarlar,serblar,xarvatlar,slovenlar,chernogorlar,makedonlar va bosniyaliklar
7. Sharqiy slovyanlarga qaysi xalqlar kiradi? Ruslar, ukrainlar va beloruslar
8. Slavyanlarning asosiy mashg’uloti nima bo’lgan? Deqonchilik
9. Qaysi tarixchini yozishicha slavyanlar boshoqli ekinlardan arpa va tariqni ko’p ekkan? Vizantiyalik Mavrikiy
10. Yozma manbalarda slavyanlarning xalq yig’ini nima deyiladi? “veche”
11. Slavyanlarning diniy tasavvurlari qanday ko’rinishda bo’lgan? Tabiat kuchlari va ajdodlar ruhiga sig’inish ko’rinishida
12. Slavyanlarda osmon xudosi nima deyilgan? Svarog
13. Slavyanlarda momoqaldiroq va yashin xudosi nima deyilgan? Perun
14. Slavyanlarda hosildorlik xudosi nima deyilgan? Jiva
15. Bolgariya podsholigi hozirgi qaysi hududda joylashgan? Bolqon yarim orolining shimoliy qismida
16. Bolgariya podsholigiga qachon va kim tomonidan asos solingan? VII asr oxirida Asparux tomonidan
17. Bolgariya podsholigi nechanchi asrda yirik davlatga aylanadi? IX asr boshlarida
18. Bolgariya podsholigi kimni davrida o’z qudratining cho’qqisiga erishadi? Buyuk Simon davrida
19. Buyuk Simon hukm surgan davr? 893-927- yillar
20. Bolgariya podsholigi X asr oxirida qaysi davlat tomonidan bosib olinadi? Vizantiya
21. Bolgariya podsholigi yashagan yillar? 1-bosqich: 680-1018-yillar. 2-bosqich: 1187-1396-yillar. 3-bosqich: 1908-1944-yillar
22. Chex qabilalari qaysi daryo bo’ylarida yashaganlar? Vltava
23. Ilk o’rta asrlarda chex qabila ittifoqi boshida qaysi xonadon turgan? Prjemislovichlar
24. Buyuk Moraviya hozirgi qaysi hududga to’g’ri keladi? Chexiyaning sharqiga
25. Buyuk Moraviya qachon vujudga kelgan? IX asr oxiri X asr boshlarida
26. X asr boshlarida Buyuk Moraviya qaysi ko’chmanchi qabilalar tomonidan parchalanadi? Vengerlar
27. Buyuk Moraviya parchalangach uning hududi qaysi davlat tarkibiga kiradi? Chexiya
28. Knyaz Vatslav hukm surgan davr? 920-935-yillar
29. Qaysi Chexiya knyazi Pragada avliyo Vit ibodatxonasini qurdiradi? Vatslav
30. Qaysi Chexiya knyazi o’limidan so’ng chexlarning asosiy milliy avliyosi, chex davlatining homiysi sifatida e’zozlanadi? Vatslav
31. Qachon Chexiyada alohida episkoplik tashkil qilinadi? 973-yilda
32. Qaysi chex knyazi Krakov va Gnezgolarni egallab u yerdan avliyo Adalbert Boytex hokini Chexiyaga olib keladi? Bratislav I
33. Bratislav II ga imperatorlik unvonini bergan Germaniya imperatori kim? 1085-yilda Genrix IV
34. Genrix IV nima uchun Bratislav II ga imperatorlik unvonini taqdim etgan? Genrix IV Rim papasiga qarshi kurashda yordam berganligi uchun
35. Polsha davlatining asosi qaysi qabilalar bo’lgan? Gnezno rayonida yashagan polyan slavyan qabilalari
36. Polyan knyazlik sulolasining afsonaviy asoschisi kim? Piast
37. Piastlar sulolasining birinchi knyazi kim? Meshko I
38. Meshko I qachon xristianlikni qabul qiladi? 966-yilda
39. Meshko I ning qaysi o’g’li “jasur” yoki “buyuk” nomini oladi? Boleslav I
40. 1018-yilda Boleslav I qaysi Rus knyazi qo’shinini tor-mor etadi? Yaroslav Mudriy (Donishmand)
41. Polsha davlatiga qachon va kim tomonidan asos solinadi? X asr o’rtalarida Meshko I tomonidan
42. Meshko qaysi hududda yashovchi polyak qabilalarini birlashtiradi? Visla daryosi havzasidagi
43. Qaysi Polsha knyazi qo’shinlari Polsha mustaqilligini saqlab qolish uchun german imperatoriga qarshi kurash olib boradi? Boleslav I

Download 107.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling