Vii sinf jahon tarixidan savol-javoblar
Download 107.62 Kb.
|
363fe8d03d0a6669c5b04c5e5e37a064 VII SINF JAHON TARIXIDAN SAVOL-JAVOBLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’QITUVCHI: TO’RAYEV ABDUSATTOR ISONBOYEVICH.
42 - PARAGRAF
Afrika aholisining aksari qismi qachongacha tashqi dunyodan uzilgan holda yashaydi? Milodiy I ming yillik oxirigacha O’rta asrlarda Afrikada Sahroyi Kabirning janubida qaysi qabilalar yashagan? Barbar va tuareg O’rta asrlarda G’arbiy Afrikada qaysi qabila yashagan? Fulbe O’rta asrlarda Sharqiy Afrikada qaysi qabilalar yashagan? Masayi, galla, sidamo, tigre Afrikaning sharqida Misr, Arabiston, Hindiston bilan savdo aloqalari ta’sirida qaysi davlatlar tashkil topgan? Nubiya va Aksum Qadimgi Nubiya va Aksum davlatlari hozirgi qaysi davlat hududiga to’g’ri keladi? Efiopiya Qayerlik savdogarlar VII asrda G’arbiy Sudan yerlariga O’rta dengiz sohillaridan Afrikaga yuksak qadrlanuvchi tuz va boshqa mollarni keltirishgan? Arab savdogarlari VII asrda Afrikada savdo yo’llari kesishgan joylarda vujudga kelgan yirik qasaba – qo’rg’onlar qaysilar? Aukar, Gana, Tombuktu, Gao, Mali O’rta asrlarda Afrikaning Niger va Senegal daryolari havzasida vujudga kelgan dastlabki davlatlar qaysilar? Gana, Mali, Songai G’arbiy Sudandagi VIII asrda tashkil topgan dastlabki davlat qaysi? Gana Gana davlati nechanchi asrda o’z taraqqiyotining cho’qqisiga yetadi? X asrda Afrikaning o’rta asrlardagi dastlabki davlatlari qaysilar? Gana, Mali, Songai, Aksum Gananing daromad manbalaridan biri savdodan keladigan boj to’lovlari bo’lib, bojning asosiy qismini qaysi xalqlar to’lagan? Arablar, barbarlar, yahudiylar O’rta asrlarda Gananing asosiy boyligi nima bo’lgan? Oltin O’rta asrlarda Gana podshosi va zodagonlari qaysi maxsulot savdosidan katta foyda olgan? Oltin va tuz O’rta asrlarda Gana podshosining kuchli qo’shini bo’lib, undagi 200 ming askarning qanchasi kamonchilar bo’lgan? 40 minggi O’rta asrlarda Marokash sultoni Abu Bakr nechanchi yilda katta qo’shin bilan Ganani istilo qilib, uni talagan? 1076-yilda O’rta asrlarda Ganada marokashliklarga qarshi qo’zg’olon nechanchi yilda ko’tariladi? 1087-yilda Mali davlati nechanchi asrda davlat sifatida shakllanadi? VIII asrda Qaysi davlatning qudrati Malining keyingi rivojiga to’sqinlik qiladi? Gana Mali aholisi nechanchi asrda islomni qabul qiladi? XI asrda O’rta asrlarda Maliga musulmon savdogarlarining ko’chib kelishini tezlashtirgan omil qaysi bo’lgan? Malini islom dinini qabul qilishi Mali o’z taraqqiyotining cho’qqisiga nechanchi asrda yetadi? XIII asrda Mali davlati kimni davrida o’z taraqqiyotining cho’qqisiga yetadi? Sundiata Keyt Sundiata Keyt hukm surgan davr? 1230-1255-yillar Mali hukmdori Muso I nechanchi yilda haj safariga boradi? 1324-yilda Muso I haj safariga qancha jangchi hamrohlik qiladi? 8 ming jangchi, 500 ta qul. U safarga 10-12 tonna oltinni olib ketgan O’rta asrlarda Mali davlatining poytaxti qaysi shahar bo’lgan? Niara Mali davlatida hukmdorning shaxsiy gvardiyasi kimlardan tuzilgan edi? Qullardan O’rta asrlarda Afrikaning qaysi davlatida qullarga munosabat o’ziga hos bo’lib, xorijdan keltirilgan qullar xo’jaliklarda oila a’zolaridek yashagan, qullarning farzandlari esa erkin kishilarga aylangan? Mali Mali davlati qachonga kelib zaiflashadi? XIV asr oxiri Mali davlatining zaiflashuviga nima sabab bo’ladi? Feodal tarqoqlik, sulolaviy nizolar Mali davlati nechanchi asrda butunlay parchalanib ketadi? XV asrda O’rta asrlarda songai qabilalari qayerda yashaganlar? Gana va Malining shimoliy-sharqidagi yirik savdo markazlaridan biri Gao atrofida I ming yillik boshlarida songailar tuzgan davlat qaysi davlat ta’sirida bo’lgan? Mali Songailarning mustaqil davlati qachon va kim tomonidan tuziladi? XIV asr oxirida Almi tomonidan Songailar davlatining poytaxti qaysi shahar bo’lgan? Gao Songailar davlati nechanchi asrlarda nihoyatda kuchayadi? XIV-XV asrlarda XIV-XV asrlarda Niger daryosi havzasida o’z hukmronligini o’rnatgan davlat qaysi? Songai O’rta asrlarda Songailar davlatining asosiy daromad manbayi nima bo’lgan? Tranzit savdo va oltin konlari Songai davlati nechanchi asrda Marokash sultoni tomonidan bosib olinadi? XVI asr oxirida Aksum davlati qayerda vujudga kelgan? Hozirgi Efiopiyaning shimolida Aksum davlatining yuksalishi nechanchi asrlarga to’g’ri keladi? IV-V asrlarga Aksum davlati hukmdori va uning ayonlari nima sababdan xristian dinini qabul qilgan? Davlatning Rim imperiyasi , keyinchalik Vizantiya bilan yaqin iqtisodiy va madaniy aloqada bo’lganligi VII asrda Aksum qo’shinini qaysi davlat qo’shini mag’lubiyatga uchratadi? Arab xalifaligi Aksum davlati nechanchi asrda parchalanib ketadi? XI asrda Rivoyatlarga ko’ra Aksumning birinchi hukmdori kim bo’lgan? Podsho Sulaymonning Arabiston malikasidan tug’ilgan o’g’li Menelik Aksumda nechanchi asrda mahalliy yozuv islohoti o’tkaziladi? IV asrda Aksumda IV asrda yaratilgan mahalliy yozuv hozirgacha Afrikaning qaysi davlatida saqlanib qolgan? Efiopiya G’arbiy Sudan xalqlari madaniyatining yuksak taraqqiyotida kimlarning ta’siri katta bo’lgan? Arablarning G’arbiy Sydanning qaysi shahridagi madrasada o’rta asrlarda ilohiyotdan tashqari tarix, fiqh, matematika, astronomiya kabi fanlar o’qitilgan? Tombuktu Afrikaning qaysi shahridagi shoh saroyidan o’rta asrlarga oid jezdan ishlangan podsho va a’yonlarning bo’rtma rasmlari topilgan? Benin O’QITUVCHI: TO’RAYEV ABDUSATTOR ISONBOYEVICH. Download 107.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling