Vii sinf jahon tarixidan savol-javoblar


Download 107.62 Kb.
bet28/35
Sana14.02.2023
Hajmi107.62 Kb.
#1196440
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   35
Bog'liq
363fe8d03d0a6669c5b04c5e5e37a064 VII SINF JAHON TARIXIDAN SAVOL-JAVOBLAR

33 - PARAGRAF
1. Mo’g’ullar istilosidan keyin Rus yerlarining birlashishiga qanday omillar yordam beradi ? Hunarmanchilik va savdoning jonlanishi , turli viloyatlar o’rtasida aloqalarning kuchayishi, qishloq xo’jaligidagi siljishlar, Oltin O’rda zulmiga qarshi kurash
2. XIV asrning boshlarida rus yerlarining yangi markazlari sifatida yuksala boshlagan shaharlar qaysilar ? Tver va Moskva
3. Moskva knyazi Yuriy Danilovichning O’zbekxonga o’z sadoqatini ko’rsatishi qaysi knyazning halokati bilan tugaydi ? Tver knyazi Mihailning
4. Ivan Kalita hukm surgan davr ? 1325-1340-yillar
5. Ivan Kalita qayerning knyazi bo’lgan ? Moskva
6. Moskva knyazi Dmitriy Ivanovich taxtga kelganda necha yoshda edi ? 10 yoshda
7. Dmitriy Ivanovich balog’atga yetguniga qadar Moskva knyazligi siyosatini kim boshqaradi ? Mitropolit Aleksey boshchiligidagi boyarlar kengashi
8. Oltin O’rda nechanchi asrdan siyosiy nizolar davriga kirib , u deyarli 20 yil davom etadi ? XIV asrning o’rtalaridan
9. Moskva knyazi Dmitriy Ivanovich mo’g’ullar ustidan dastlabki g’alabaga qachon erishadi ? 1378-yil Voje daryosi bo’yidagi jangda
10. Dmitriy Ivanovich hukm surgan davr ? 1359-1389-yillar
11. Knyaz Dmitriy Ivanovich Oltin O’rda tumanboshisi Mamay ustidan qachon va qayerda g’labaga erishadi ? 1380-yilning sentabrida Kulikovo maydonida
12. Dmitriy Ivanovich Kulikovo maydonida Mamay ustidan erishgan g’alabasi evaziga qanday nom oladi ? Donskoy
13. Kulikovo maydonidagi jangdan ikki yil o’tib kim Moskva ustidan o’z hukmronligini o’rnatadi ? To’xtamishxon
14. 1391-yilda Oltin O’rda ustidan kim g’alaba qozonadi ? A.Temur
15. 1391-yilda Oltin O’rda ustidan qayerda g’alaba qozonadi ? Qunduzchada
16.A.Temur 1395-yilda Oltin O’rda hukmdori To’xtamishxon ustidan qayerda g’alaba qozonadi ? Tarak daryosi bo’yida
17. Rus yerlari va Sharqiy Yevropa xalqlarining mo’g’ullar zulmidan ozod etilishida kimning harbiy harakatlari hal qiluvchi ro’l o’ynaydi ? A.Temur
18. Kimni davridan boshlab Moskva Oltin O’rdaga boj to’lamay qo’yadi ? 1480-yildan Ivan III
19. Rus yerlari ustidan Oltin O’rdaning hukmronligi necha yil davom etadi ? 250 yil

  1. PARAGRAF

1. Saljuqiylar sulolasiga kim asos solgan ? Saljuq
2. Saljuqbek boshchiligidagi o’g’uz qabilalari Old Osiyoga harbiy yurishlari qachondan kuchayadi ? XI asrdan
3. Saljuqiylar davlati qaysi hududlarda tashkil topadi ? Vizantiya va unga qo’shni Eron, Iroq, Ozarbayjon, Sharqiy Armanisonda
4. Nima uchun Sharqiy Rim imperiyasi ko’chmanchi saljuq turk qabilalariga qarshilik ko’rsata olmaydi ? Ichki ziddiyatlardan zaiflashganligi sababli
5. Vizantiyaning yollanma qo’shini 1071-yilda kim tomonidan tor-mor etiladi ? Alp Arslon
6. 1071-yilda Vizantiya yollanma qo’shinlari va Saljuq turk sultoni Alp Arslon qo’shinlari o’rtasida qaysi jang bo’ladi ? Mansikert
7. 1071-yilgi Mansikert janggida qaysi Vizantiya imperatori halok bo’ladi ? Roman IV Diogen
8. Saljuqiylar davlati qaysi hududlarni o’z ichiga olgan edi ? Yaqin va O’rta Sharq, qisman Movorounnahr
9. Saljuqiylar davlatiga kim asos soladi ? Saljuqning nabirasi Sulton To’g’rulbek
10. Saljuqiylar davlati nechanchi yillarda faoliyat ko’rsatgan ? 1038-1308-yillarda
11.O’g’uzlar nechanchi asrga kelib Kichik Osiyoni to’liq bosib oladi ? XI asr oxiriga kelib
12. Saljuqiylarda feodal davlat nechanchi asrlarda uzil-kesil shakllanadi ? XII-XIII asrlarda
13. Saljuqiylarda davlat yerlarining katta qismi kimlarga berilgan edi ? Harbiylar va amaldorlarga iq’to tarzida xizmatlari evaziga berilgan edi
14. Saljuqiylarda iqto’ yerlari dastlab me’rosiy mulk bo’lmasdan , qanday shart bilan berilgan ? Xizmat muddati davomida foydalanish sharti bilan
15. Saljuqiylar davrida eng yirik shaharlar qaysilar bo’lgan ? Ko’nyo , Suvas, Qaysariya. Ularda o’n minglab aholi yashagan
16. Saljuqiylar davlatida sulton devoni hujjatlari va yozishmalar qaysi tilda olib borilgan ? Fors
17. Jaloliddin Rumiy o’z ijodining asosiy qismini qaysi shaharda o’tkazgan ? Ko’nyo
18. Jaloliddin Rumiy yashagan yillar ? 1207-1273-yillar
19. Turk xalqining shakllanish jarayoni nechanchi asrda kuchayadi ? XIII asrning 20-30-yillarida
20. Mo’g’illar Saljuqiylar davlatiga nechanchi yilda bostirib kiradi ? 1243-yilda
21. Saljuqiylar davlati nechanchi asrda parchalanib ketadi ? XIV asrning boshlarida
22. Usmon beyligi qayerda tashkil topgan ? Kichik Osiyoning shimoliy-g’arbiy hududida
23. Usmoniylar sulolasining asoschisi kim bo’lgan ? Usmon
24. Usmon hukm surgan davr ? 1299-1326-yillar
25. Usmon davrida qaysi hudud bosib olinadi ? Bursa shahri va uning atroflari
26. Usmoniylardan kimni davrida Vizantiya shaharlari bo’lgan Nikeya va Nikomediyalar olinib, turklar qora dengiz sohillariga chiqadi ? O’rxon
27.Usmoniylardan kimlarga bey unvoni qabila boshliqlari yig’inida berilgan ? Usmon va O’rxonga
28. Usmoniylar davlatida dastlab beylarning asosiy vazifasi nima bo’lgan ? Turkiy qabilalar harbiy kuchlarini, qo’shni hududlarni istilo qilishini ta’minlash
29. Usmoniy hukmdorlardan kimni davrida vazir lavozimi ta’sis etiladi ? O’rxon
30. Usmoniy hukmdorlardan kimni davrida tanga pul zarb qilinib, davlat yerlari ma’muriy birliklarga bo’linadi ? O’rxon
31. Usmoniy hukmdorlardan kimni davrida harbiy islohot o’tkazilib, qo’shin piyoda va otliq qismlarga, alohida harbiy birliklarga aylantiriladi ? O’rxon
32. “Musallam” bu – Usmoniy turklarda harbiy otliq qism
33. Usmoniylar davlati qaysi hududlarni o’z ichiga olgan edi ? Kichik Osiyo, Sharqiy Yevropa, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika, qisman Kavkaz va Qirm
34. Usmoniylar davlati nechanchi yillarda mavjud bo’lgan ? 1299-1922-yillarda. 623 yil
35. Usmoniylar istilosiga qadar Bolqon yarim orolida qaysi davlatlar bo’lgan ? Vizantiya, Serbiya, Bolgariya, Bosniya
36. Qanday omillar Vizantiya, Serbiya, Bolgariya, Bosniya kabi davlatlarni turklar istilosiga qarshi birlashuviga imkon bermaydi ? Siyosiy tarqoqlik va ichki ziddiyatlar
37. Usmoniy turklarning Bolqondagi dastlabki bosqinlari nechanchi yillarda bo’ladi ? 1353-1357-yillarda
38. Usmoniy turklarning Bolqondagi dastlabki bosqinlari 1353-1357-yillarda bo’lib , uning asosiy qismini keyingi necha yil davomida egallaydi ? O’ttiz yil
39. Bolqon bosib olingach , poytaxt qayerga ko’chiriladi ? Bolqondagi Edirne shahriga
40. Edirne shahri yana qanday atalgan ? Adrianopol
41. Usmoniy turklar qachondan Serbiyaga xujum boshlaydi ? XIV asrning 80-yillaridan
42. Usmoniy turklar qachon serb qo’shinlarini tor-mor etadi ? 1389-yil Kosovo maydonida
43. Usmoniy turklar Bolgariya poytaxti Tirnovo shahrini qachon egallaydi ? 1393-yilda
44. Usmoniy turklar qachon Nikopol yaqinidagi jangda venger, valax, bolgarlardan tuzilgan 60 minglik ritsarlar qo’shinini yengadi ? 1396-yilda
45. Turk sultoni Yildirim Boyazid hukm surgan davr ? 1389-1402-yillar
46. “Yildirim” so’zining ma’nosi nima ? Shiddatli. (Chaqmoq)
47. Boyazid tomonidan qaysi shaharni qamal qilinishi Yevropani sarosimaga solgan ? Konstantinopol
48. Kimnning qo’shini 1402-yilda Anqara yaqinidagi jangda Boyazid qo’shinini yengadi ? A. Temur
49.A. Temur tomonidan Boyazid qo’shinini yengishi Vizantiyaning yana necha yil yashashiga imkon yaratdi ?
50 yil
50. Usmoniylar sultoni Mehmed II hukm surgan davr ? 1451-1481-yillar
51. Usmoniylar sultoni Mehmed II tomonidan Konstantinopol qachon bosib olinadi ? 1453-yil 29-mayda
52. Vizantiyaning so’nggi imperatori kim bilan bo’lgan jangda halok bo’ladi ? Mehmed II
53. Usmoniylar Konstantinopolga qanday nom berishadi ? Istambul
54. Kimni davrida Usmoniylar davlati poytaxti Istambulga ko’chiriladi ? Mehmed II
55. Usmoniylar davlatining qudrati nimada edi ? Yaxshi tashkil etilgan otliq va piyoda qo’shin, lashkarboshilik hususiyatlariga ega sultonlarning hukmdorga sadoqatli yanicharlar piyoda qo’shinining bo’lishi
56. Usmoniylar qo’shinni kuchaytirish maqsadida harbiylarga qanday yer bergan ? 3-5 ming piastr daromad keltiradiga tumori
57. Usmoniylarda tumori yer qanday yer bo’lgan ? Turklarning va harbiylarning xizmati evaziga beriladigan yer
58. Usmoniylarda otliq qo’shin soni qanchaga yetgan ? 150 ming suvoriy
59. Usmoniylar davlatida sulton gvardiyasi jangchilari XIV asr o’rtalaridan kimlardan olingan ? Asirga olingan eng sog’lom va baquvvat xristian bolalaridan
60. Yanicharlar Usmoniylarning qaysi shaharlardagi g’alabalarida katta hissa qo’shgan ? Varna, Kosovo, Konstantinopol
61. Usmoniylar qaysi hududni egallaganidan keyin Yevropa va Osiyoni bog’lab turgan savdo yo’llari ustidan nazorat o’rnatadi ? Vizantiya poytaxtini
62. XV asrning ikkinchi yarmida Usmoniylar o’z istilolarini davom ettirib 1475-yilda qaysi hududni egallaydi ? Qirim yarim orolini
63. Qirim yarim oroli bo’ysundirilgach ko’p o’tmay qaysi hududlar turklar vassalligini tan oladi ? Moldaviya va Valahiya
64. Old Osiyda turklar qaysi hududlarni bosib olgan ? Mesopotamiya, Armaniston, Gruziyaning g’arbiy qismini, keyinroq Suriya va Arabistonni
65. Usmoniylar davlatida qachonga kelib madaniyatning turli sohalari: adabiyot, tasviriy san’at va me’morchilik ravnaq topadi ? XV asrning oxirida
66. Shoira Mehri Xotun va Mulla Mahmud qaysi davlat shoirlari bo’lishgan ? Usmoniylar davlati
67. Millati grek bo’lgan Xoja Sinonning butun jahonga tanilishiga nima sabab bo’lgan ? U qurgan me’morchilik durdonalari
68. Xoja Sinon yashagan yillar ? 1490-1588-yillar
69. Xoja Sinon faoliyati davrida nechta inshoot qurilishiga boshchilik qilgan ? 300 dan ortiq
70 “Bahriya” atlasining muallifi kim ? Piri Rais
71. “Bahriya” atlasida qaysi dengizlar o’z aksini topgan ? O’rta, Qora va Egey dengizlari
72. Usmoniy turklar yozuvchisi Evliya Chalabiyning ko’p jildli asari qaysi ? “Sayohatnoma”
73. Usmoniy turklar yozuvchisi Xoja Xalifaning qaysi asarida arab va Yevropa manbalari asosida jahonning turli mamlakatlari tasvirlangan ? “Jahonnoma”

Download 107.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling