Vii sinf jahon tarixidan savol-javoblar
Download 107.62 Kb.
|
363fe8d03d0a6669c5b04c5e5e37a064 VII SINF JAHON TARIXIDAN SAVOL-JAVOBLAR
30 – PARAGRAF
1. Germaniyada ishlab chiqarish kuchlarining o’sishi nechanchi asrdan boshlanadi ? XII asrdan 2. Germaniyada Reyn daryosi bo’ylarida vujudga kelgan qaysi shaharlar XII asrda yirik hunarmandchilik va savdo markazlari bo’lgan ? Kyoln, Vorms 3. Germaniyada Mayn daryosi bo’ylarida vujudga kelgan qaysi shahar XII asrda yirik hunarmandchilik va savdo markazlari bo’lgan ? Frankfurt 4. Germaniyada Dunay daryosi bo’ylarida vujudga kelgan qaysi shaharlar XII asrda yirik hunarmandchilik va savdo markazlari bo’lgan ? Ulm, Nyurenberg, Augusburg 5. Germaniyada Frankoniyaliklar sulolasining so’nggi vakili kim ? Genrix V . Uning o’g’li bo’lmagan 6. Genrix V dan keyin Germaniya taxtiga kim o’tiradi ? Saksoniya gersogi Lotar 7. Lotar hukm surgan davr ? 1125-1137-yillar 8. Germaniyada Lotardan keyin voris bo’lmaganligi uchun taxt qaysi sulola qo’liga o’tadi ? Shtaufenlar sulolasi 9. Shtaufenlar sulolasi Germaniyani nechanchi yillarda boshqargan ? 1138-1254-yilarda 10. Shtaufenlar sulolasining eng mashhur vakili kim ? Fridrix I Barbarossa 11. Fridrix I Barbarossa hukm surgan davr ? 1152-1190-yillar 12. Fridrix I Barbarossa dastlabki istilolarini qaysi hududga qaratadi ? Italiyaga 13. Fridrix I Barbarossa va Rim papasi o’rtasidagi nifoqning sababi nima ? Papaning o’zini imperator hokimiyatidan ustun qo’yishi 14. Fridrix I Barbarossani Italiyani o’zining viloyatlaridan biriga aylantirish maqsadiga Italiyadagi qaysi shaharlar qarshi chiqadi ? Milan va Lombardiyaning bir necha shaharlari 15. Nechanchi yilda Ronkal vodiysida chaqirilgan seymda Fridrix I Barbarossaning Italiyada hokimiyati cheklanmagan deb e’tirof qilinadi? 1158-yilda 16. Fridrix I Barbarossa qayerdan eng bilimdon huquqshunoslarni chaqirtirib , qonunlar majmualarini tuzdiradi ? Boloniyadan 17. Italiyada Fridrix I Barbarossaga qanday vakolatlar beriladi ? Jinoiy ishlar, sud qilish, tanga chaqa zarb etish, shahar hokimlarini tayinlash 18. Fridrix I Barbarossa qanday nom oladi ? “Yerdagi jonli qonun” 19. Italiyada Milan boshchiligidagi Lombardiya shaharlari qachon bosqinchilarga qarshi qo’zg’olon ko’taradi ? 1162-yilda 20. Fridrix I Barbarossa tomonidan Italiyadagi qo’zg’olonni bostirishda Milan shahri aholisiga shaharni tashlab ketish uchun necha kun vaqt beriladi ? 8 kun 21. Milan shahri XII asrning 60-70-yillarida – qayta tiklanib Germaniya imperatori Fridrix I Barbarossaga qarshi jangga hozirlik ko’ra boshlaydi 22. Italiyada Liga qo’shinlari bilan Fridrix I Barbarossa qo’shinlari o’rtasidagi Lenyano janggi qachon bo’lgan ? 1176-yilda 23. Lenyano janggidan keyin Fridrix I Barbarossa Shimoliy Italiya shaharlariga qanday huquq berishga majbur bo’ladi ? Kommuna 24. “Kommuna” nima ? Shaharni o’zini-o’zi boshqarish huquqi 25. Fridrix I Barbarossadan keyin kim taxtga o’tirgan ? Genrix VI 26. Fridrix I Barbarossaning o’g’li Genrix VI kimga uylanandi ? Sitsiliya malikasi Konstansiyaga 27. Fridrix I Barbarossaning o’g’li Genrix VI Sitsiliya malikasi Konstansiyaga uylangandan keyil Italiyaning qaysi qismini qo’lga kiritadi? Janubini 28. Germaniya siyosatiga o’z ta’sirini o’tkazgan Rim papasi kim ? Innokentiy III 29. Fridrix I Barbarossaning 18 yoshli nabirasi Fridrix IIni german knyazlari qirol deb tan olishiga erishgan Pim papasi kim ? Innokentiy III 30. Fridrix II o’zining imperatorligini yigirma yilidan ko’pini qaysi davlatlarda o’tkazadi ? Italiyada va Sitsiliya qirolligida 31. Fridrix II saroyida qaysi millat olimlari to’plangan edi ? Arab, vizantiyalik va yahudiy olimlari 32. Germaniya imperatori Fridrix II qaysi tillarni bilgan ? Arab va yunon 33. Fridrix II qaysi tilda asarlar yozgan? Lotin 34. Fridrix II qaysi tilda she’rlar yozgan ? Italyan 35. Fridrix II ning qayerdagi saroyi Arab xalifalarining saroyini eslatgan ? Palermodagi 36. Fridrix II qaysi sohalarning havaskori bo’lgan ? Sharq musiqasi, raqslari, adabiyoti va she’riyati hamda me’morchiligi 37. Sharq hukmdorlarining bir nechtasi bilan do’st tutingan German imperatori kim ? Fridrix II 38. Qaysi Germaniya imperatori mamlakat bo’ylab harakatlanganda uni filbonlar va jangchilar o’tirgan fillar kuzatib borgan. Fillar ortidan tuyalar , yo’lbarslar, sherlar, qoplonlar yetaklab borilgan ? FridrixII 39. Qaysi Germaniya imperatorining devonxonasida lotin tilining nozik jihatlaridan foydalanib maktublar , hujjatlar bitilib, unga butun Yevropa taqlid qilgan ? Fridrix II 40. Fridrix II ni qaysi asari hozirgacha saqlanib qolgan ? “Qushlar bilan ov qilish” 41. Qaysi Germaniya imperatori qator maktablar bilan birgalikda Neapol universtitetiga asos solgan ? Fridrix II 42. Qaysi universtitet cherkov yoki shahar kengashi tomonidan emas , balki hukmdor tomonidan tashkil etilgan birinchi universtitet hisoblanadi ? Neapol 43 Zamondoshlari Fridrix II ga nima deb nom berishadi ? “Jahon hayrati” 44. Jahon tarixida kim “G’alati imperator ” nomini olgan ? Fridrix II 45. Qaysi Germaniya imperatori g’alaba va mag’lubiyatsiz salibchi nomini olgan ? Fridrix II 46. Qaysi Germaniya imperatori imperatorlik tojini kiyish marosimida Falastinga salib yurishini tashkil qilishga qasamyod qiladi ? Fridrix II 47. Germaniya imperatori Fridrix II birinchi marta qaysi papa tomonidan cherkovdan holis deb e’lon qilinadi ? Grigoriy IX 48. Grigoriy IX nechanchi yillarda hukm surgan ? 1227-1241-yillarda 49. Rim papasi Grigoriy IX ni qaroriga qarshi borib Fridrix II nechanchi yilda Suriyani bosib oladi ? 1228-yilda 50. Oltinchi salib yurishi qachon boshlangan ? 1228-yilda 51. Oltinchi salib yurishida Fridrix II Misr sultoni bilan muvaffaqiyatli muzokaralar olib borib , qaysi hududlarni tinch yo’l bilan egallab oladi ? Quddus, Vifliyem, Nazaret 52. Fridrix II ni olib borgan siyosatidan norozi bo’lgan papa qaysi shaharga interdikt e’lon qiladi ? Quddusga 53. Qaysi Germaniya imperatori yepiskop yordamisiz Iso payg’ambar qabri joylashgan ibodatxona mexrobidan Quddus qiroli tojini olib o’zi tantanali ravishda boshiga kiyadi ? Fridrix II 54. Fridrix II ikkinchi marta qachon cherkovdan holis deb e’lon qilinadi ? 1245-yilda 55. Fridrix II ni qaysi nabirasi ritserlik taomiliga qarshi jallod kundasida qatl etiladi ? 16 yoshli Konradin 56. Germaniyada 1254-1273-yillarda – umuman imperator saylanmaydi 57. Germaniyada 1273-yilda kim taxtga o’tqaziladi ? Rudolf Gabsburg 58. Germaniyada gabsburglar taxtda uzoq yillar turishi uchun qaysi sulolaga qarshi kurash olib borishi kerak edi ? Lyuksemburglar 59. Gabsburglarning 369 yillik imperatorlik davri nechanchi yildan boshlanadi ? 1437-yildan 60. Germaniyada qaysi sulolalar hukm surgan ? Saksoniyaliklar, Frankoniyaliklar, Shtaufenlar, Lyuksemburglar, Gabsburglar 61. XIV-XV asrlarda Germaniya shimolidagi shaharlarning yuksalishiga nima sabab bo’ladi ? Nemis knyazlari salibchi ritserlarining Boltiq bo’yiga istilolari 62. Germaniya shimolidagi shaharlar XIV asrning o’rtalariga kelib qaysi ittifoqqa birlashadi ? Ganza ittifoqiga 63. Qachon Ganza ittifoqi Shimoliy dengizda savdodagi raqobatchisi Daniya qiroliga jiddiy zarba beradi ? XIV asrning 70-yillarida 64. Ganza ittifoqidan tashqari Germaniyaning janubi va g’arbiy qismidagi shaharlar nechanchi asrlarda yuksaladi ? XIII-XV asrlarda 65. O’rta asrlarda Dunay sohili bo’ylab joylashgan 90 ta shaharni birlashtirgan ittifoq qaysi ? Shvabiya ittifoqi 66. O’rta asrlardagi qaysi savdo ittifoqi Italiya shaharlari bilan bevosita bog’liq edi ? Shvabiya ittifoqi 67. XIII-XV asrlarda Yevropadagi qaysi shaharlar movut, surp, ip-gazlama ishlab chiqarishda, metall buyumlar, qurol-aslahalar yasashda yetakchi mavqe tutgan ? Augsburg, Ulm, Nyurenberg 68. O’rta asrlarda Germaniya shaharlari qaysi savdo ittifoqlarga birlashgan edi ? Ganza , Shvabiya 69. O’rta asrlarda Reyn daryosi bo’ylab joylashgan g’arbdagi shaharlar qaysilar ? Kyoln, Vorms, Strasburg 70. O’rta asrlarda Reyn daryosi bo’ylab joylashgan g’arbdagi shaharlar Kyoln, Vorms, Strasburgda qaysi sohalar rivojlangan edi ? Metall ishlab chiqarish va movut to’qish 71. O’rta asrlarda Reyn daryosi bo’ylab joylashgan g’arbdagi shaharlar Kyoln, Vorms, Strasburg shaharlari qaysi davlatlar bilan savdo-sotiq olib borgan ? Niderlandiya, Fransiya va Italiya Download 107.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling