Vii sinf jahon tarixidan savol-javoblar
Download 107.62 Kb.
|
363fe8d03d0a6669c5b04c5e5e37a064 VII SINF JAHON TARIXIDAN SAVOL-JAVOBLAR
29 – PARAGRAF
1. Ilk o’rta asrlarda Yevropada bino va hatto qasrlar ham nimadan qurilgan ? Yog’ochdan 2. G’arbiy Yevropada qurilish sohasi nechanchi asrdan taraqqiy eta boshlaydi ? XI asrdan 3. G’arbiy Yevropada qurilishda toshdan foydalanishga nechanchi asrdan o’tiladi ? XI asrdan 4. G’arbiy Yevropada toshdan dastlab qanday binolar quriladi ? Ibodatxona va monastirlar 5. XI asrda qurilish toshlari bo’lmagan Angliya va Polshada saroylar va ibodatxonalar nimadan qurilgan ? Pishiq g’ishtdan 6. Fransiya, Italiya va Germaniyada ilk o’rta asrlarda dastlab qanday qurilish uslubi hukmron bo’lgan ? Roman uslubi 7. O’rta asrlarda Yevropada qanday uslubda qurilgan ibodatxonalar qalin devorli, baland minorali va tor derazali, salobatli uzun bino bo’lgan ? Roman 8. O’rta asrlarda Yevropada roman uslubida qurilgan binolarning o’ziga xos tomoni nima bo’lgan ? Deraza tepasi, ibodatxonaga kiraverish ichki gumbazlar yarim doira shaklidagi ravoqlar bilan bezatilgan 9. Laax monastiri qayerda joylashgan ? Germaniyada 10. Laax monastiri nechanchi asrda qurilgan ? XI asrda 11. Laax monastiri qaysi uslubda qurilgan ? Roman uslubida 12. O’rta asrlar an’anasiga ko’ra Yevropada shahar markazida eng ko’rkam va ulug’vor bino qaysi bo’lgan ? Cherkov 13. Yevropa me’morchiligida roman uslubini siqib chiqargan uslub qaysi ? Gotika uslubi 14. Yevropada gotika uslubida qurilgan binolar nimasi bilan xususiyatlangan ? Balandligi bilan 15. Gotika uslubida qurilgan Yevropadagi eng mashxur inshootlar qaysilar ? Parijdagi Bibi Maryam, Ruan , Reyms va Shartr hamda Milan ibodatxonalari 16. Bibi Maryam, Ruan, Reyms hamda Shartr ibodatxonalari qaysi davlatda joylashgan ? Fransiya 17. Milan ibodatxonasi qaysi davlatda joylashgan ?Italiya 18. G’arbiy Yevropada X asrdan XII-XIII asrlargacha hukm surgan badiiy uslub qaysi ? Roman uslubi 19. “Roman” so’zining ma’nosi nima ? “rimniki” 20. Gotika uslubi qachon va qayerda vujudga kelgan ? XII asrda Shimoliy Fransiyada 21. Gotika uslubi nechanchi asrda yuksak darajada rivojlanadi ? XIII asrning 1-yarmida 22. Avliyo Mark ibodatxonasi va Dojlar saroyi qayerda joylashgan ? Venetsiyada 23. Avliyo Mark ibodatxonasi va Dojlar saroyi qaysi uslubda qurilgan ? Vizantiya uslubida 24. Ispaniyaning Seviliya shahridagi masjid va Al-Qasar qasri qaysi uslubda qurilgan ? Arab uslubida 25. Granadadagi Al-Humro saroyi qaysi uslubda qurilgan ? Arab uslubida 26. O’rta asrlarda haykaltaroshlikni rivojlanishi qaysi soha bilan bog’liq bo’lgan ? Me’morchilik 27. O’rta asrlarda Yevropada haykallarning asosiy buyurtmachilar qaysi tashkilot bo’lgan ? Cherkov 28. O’rta asrlarda eng ko’p uchraydigan haykallar qanday haykallar bo’lgan ? Bibi Maryam haykallari 29. Bibi Maryam haykallari Yevropada nima deyilgan ? Madonna 30. O’rta asrlarda qaysi haykallarda onaning farzandga mehr-muhabbati mujassamlashgan ? Bibi Maryam (Madonna) 31. Antik davr haykallarida nima ulug’langan ? Inson tanasining go’zalligi 32. O’rta asr haykallarida haykaltaroshlar nimani ifodalashga intilgan ? Insonlardagi tashqi go’zallik orqali o’z qahramonlatining o’y hayollar, hislarini ifodalashga intilgan 33. O’rta asr haykaltaroshlari nima uchun inson haykallarini nimjon, ozg’in, xunuk ko’rsatilgan ? Iloh, avliyo-anbiyolar oldida ojizligini ifodalagan 34. Qanday uslubdagi haykallarda inson qiyofasi, tanasi bir muncha tabiiyuroq tasvirlangan ? Gotika uslubidagi haykallarda 35. O’rta asrlarda Yevropada qanday uslubda qurilgan ibodatxonalar devorlari va shiplarini diniy mavzudagi su’ratlar bezab turgan ? Roman uslubida 36. O’rta asrlarda Yevropada qaysi uslubda qurilgan cherkovlarda derazalar orasida rasmlar chizish uchun joy qoldirilgan ? Gotika uslubida 37. O’rta asrlarda Yevropada qanday uslubdagi cherkovlar derazalalriga oddiy oynalar o’rniga vitrajlar solingan ? Gotika 38. “Vitraj” nima ? Tiniq rangli shishalardan yasalgan su’rat yoki bezaklar 39. “Miniatura” nima ? Fransuzcha “miniature” , lotincha “minium” so’zlaridan olingan bo’liob, “qizil bo’yoq” degan ma’noni anglatadi 40. Kitoblarni bezash uchun tasvir nima deyiladi ? Miniatura 41. Badiiy usullari o’ta nafis bo’lgan kichik hajmli tasviriy san’at nima deyiladi ? Miniatura 42. Nechanchi asrlardan G’arbiy Yevropada ritsarlar hayoti , harbiy yurishlar va jasoratlarini ifodalovchi xalq qo’shiqlari hamda qissalari shakllana boshlaydi ? VIII-IX asrlardan 43. “Roland haqida qo’shiq” dostoni qachon yaratilgan ? XII asrda 44. “Roland haqida qo’shiq” dostoni nima haqida ? Buyuk Karlning Ispaniyaga yurishlari va franklar jasorati haqida 45. “Sid haqida qo’shiq” dostoni qachon va kimlar tomonidan yaratilgan ? XII asrda Ispanlar tomonidan 46. “Sid haqida qo’shiq” dostoni nima haqida ? Ispanlarning arablarga qarshi milliy ozodlik kurashi haqida 47. “Nibelunglar haqida qo’shiq” dostoni qayerda yaratilgan ? Germaniyada 48. “Nibelunglar haqida qo’shiq” dostoni nima haqida ? Xunnlarning burgundlar (nibelunglar) davlatini tor-mor etishi haqida 49. O’rta asrlarda yaratilgan qaysi dostonda o’rta asr folklori ertaklar, afsonalar, rivoyatlar bilan qorishib ketgan ? “Nibelunglar haqida qo’shiq” 50. Ritserlarning Sharqqa salb yurishlari davomida to’plagan boy taasurotlari asosida adabiyotning yangi sohasi ritserlar romanlari yozish qachondan vujudga keladi ? XII asrdan 51. O’rta asrlarga oid ritserlar romanlari orasida eng mashxuri qaysi turkumga kiruvchi romanlar hisoblanadi ? Bretan qiroli Artur haqidagi asarlar turkumiga 52. “Tristan va Izolda” qanday janrdagi asar hisoblanadi ? Tragediya 53. “Tulki haqida roman” asari qayerda yaratilgan ? Fransiyada 54. “Tulki haqida roman” asarida feodal nima sifatida tasvirlangan ? Ahmoq Ayiq 55. “Tulki haqida roman” asarida ritser nima sifatida tasvirlangan ? Ochko’z bo’ri 56. “Tulki haqida roman” asarida ishbilarmon va oqil shaharlik nima sifatida tasvirlangan ? Tulki 57. “Tulki haqida roman” asarida qirol nima sifatida tasvirlangan ? Sher 58. “Tulki haqida roman” asarida ruhoniy nima sifatida tasvirlangan ? Eshak 59. Gumanistlar kimlar ? Madaniyatning yangi arboblari bo’lib, insonni o’rganishni o’zlarining asosiy vazifasi deb biluvchilar 60. “Renssans” atamasining ma’nosi nima ? Fransuzcha “uyg’onish” degani 61. Yangi madaniyat bilan antik davr madaniyati aloqadorligini ko’rsatuvchi atama qaysi ? Renessans 62. O’rta asrlarda qaysi soha vakillari yashash va mehnat qilish imkoniyatini yuksak baxt deb tushungan ? Gumanistlar 63. O’rta asrlarda gumanistlar qaysi xalqlar madaniyatini o’rganishga katta e’tibor bergan ? Yunon va Rim 64. O’rta asrlarda gumanistlar antik davr va uyg’onish orasidagi (V-XV asrlarni) davrni nima deb atashgan ? Nodonlik, jaholat asri 65. O’rta asrlarda gumanistlar gumanizm davrini (XVI asrni) nima deyishgan ? “Yangi zamon” 66. O’rta asrlarda Uyg’onish davri madaniyati markazi qayer bo’lgan ? Florensiya 67. O’rta asrlarda qaysi shahar savdodan keladigan daromatdan Yevropaning eng boy shahriga aylanadi ? Florensiya 68. XV asrda qaysi shahar Italiyaning madaniyat markaziga aylanadi ? Florensiya 69. O’rta asrlarda eng mshxur rassomlar, haykaltaroshlar, me’morlar qaysi shahardan chiqqan ? Florensiyadan 70. Yevropadagi birinchi akademiya qaysi ? Kruska akademiyasi 71. Kruska akademiyasi qachon ochilgan ? 1582-yilda 72. Kruska akademiyasi qaysi shaharda tashkil topgan ? Florensiyada 73. Italyan tilidagi dastlabki katta lug’at qaysi akademiyada nashr etilgan ? Kruska akademiyasida 74. Yevropaning o’rta asrlardagi ikkinchi madaniyat markazi qaysi shahar bo’lgan ? Venetsiya 75. Venetsiyada nechanchi asrdan kitob chop etish yuksaladi ? XV asrdan 76. XV asrda Venetsiyadagi eng mashxur bosmaxona qaysi bo’lgan ? Aldo Manutsiya 77. Ilk uyg’onish va gumanizmning Yevropadagi dastlabki vakili kim bo’lgan ? Franchesko Petrarka 78. Franchesko Petrarka yashagan yillar ? 1304-1374-yillar 79. “Qo’shiqlar kitobi”, “She’riy maktublar” asarlarini muallifi kim ? Franchesko Petrarka 80. Franchesko Petrarkaning do’stlari va davomchilari kimlar ? Bokachcho va Salyutati 81. Kimlarning ijodi XV asr boshlarida Italiyada ilk gumanizm davrini yakunlaydi ? Bokachcho va Salyutati 82. Jovanni Bokachcho yashagan yillar ? 1313-1375-yillar 83. Jovanni Bokachchoning butun umri qaysi shaharlar bilan bog’liq kechadi ? 84. “Dekameron” asari muallifi kim ? Jovanni Bokachcho 85. Yangi uslub novellalarini yozishni boshlab bergan kim ? Jovanni Bokachcho 86. Jovanni Bokachchoning qaysi asarida gumanistik g’oyalar umumlashgan bo’lib, insonning yuksak fazilatlari o’z ifodasini topgan ? “Dekameron” 87. Kolyuchcho Salyutati yashagan yillar ? 1331-1406-yillar 88. Kolyuchcho Salyutati qayerda yashagan ? Florensiyada. U yuqori davlat lavozimida ishlagan Download 107.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling