Vii sinf jahon tarixidan savol-javoblar
Download 107.62 Kb.
|
363fe8d03d0a6669c5b04c5e5e37a064 VII SINF JAHON TARIXIDAN SAVOL-JAVOBLAR
2-PARAGRAF
1. Franklar qaysi hududda yashaganlar? Reyn daryosining quyi oqimida 2. Franklarda kimlarga uzun soch qo’yib yurish mumkin bo’lgan? Qirol oilasiga mansub kishilarga 3. G’arbiy Rim imperiyasi qulaganidan keyin Galliyada kim mustaqil knyazlik tuzadi? Rim noibi Egidiy 4. Franklarning Galliyaga hujumida ularga kim rahbarlik qiladi? Merovinglar sardori Xlodvig 5. Xlodvig 486-yilda Suasson shahri yaqinida kimni mag’lub etib, Franklar davlatiga asos soladi? Egidiyning o’g’li Siagriyni 6. Franklar tuzgan davlat X asrgacha qanday nomlar bilan atalgan? Sulolalar nomi bilan 7. X asrdan Parij atrofidagi qaysi viloyat davlat nomiga asos bo’lib, u Fransiya deb atalgan? Li de Frans 8. Varvar qabilalari yo’lboshchilari ichida Xlodvig birinchi bo’lib xristianlikni qayerdan qabul qiladi? Rimdan 9. Xlodvigning o’g’illari kimlar? .Xildebert,.Xlotar,.Xlodomer,.Teodorix. Bu miniatyura 1493-yilda ishlangan 10. Sen’orning o’z vassaliga harbiy hizmati evaziga in’om etilgan yer-mulk nima deyiladi? “benefitsiy” 11. O’rta asrlarda G’arbiy Yevropada ixtiyorida qaram dehqonlari va mayda feodal vassallari bo’lgan yer egasi nima deyilgan ? sen’or 12. Shimoliy Galliyada tashkil topgan frank qirolligi 534-yil qayerni istilo qiladi? Burgundiyani 13. Shimoliy Galliyada tashkil topgan frank qirolligi 536-yil qayerni istilo qiladi? Provansni 14. Franklar bo’ysundirgan german qabilalari qaysilar? 1.Tyuring , 2.aleman ,3.bavar, 15. Franklar davlatida viloyatlarni kimlar boshqargan? Graflar 16. Franklar qirolligida graflar sudning qarori bilan yig’lgan jarimani qancha qismini qirol xazinasiga yuborgan? 1/3 qismini 17. Erkin franklarning yuzlik yig’nlari boshlig’i, yuzboshi nima deyilgan? “tungin” 18. Yerga to’la egalik qilish: G’arbiy Yevropa feodal jamiyatida avloddan – avlodga meros bo’lib o’tadigan yer-mulk nima deyilgan? “allod” 19. Xlodvig buyrug’iga binoan yozilgan franklarning ananaviy odatlari to’plami nima deyilgan? “Sali haqiqati” 20. Ilk o’rta asrlarda franklarda ijtimoiy tuzum bo’lib, qabila yo’lboshchilari kimlardan saylab qo’yilgan ? Harbiy ishda alohida jasorat ko’rsatganlardan 21. Frank qabilalari boshqa german qabilalaridan nimasi bilan farqlangan ? Franklar gotlar va langobardlar kabi hayvon terisidan emas matodan kiyim kechak kiyib, soch soqolini olib yurishgan. Tashqi ko’rinishi ham farq qilgan 1. Franklar qanday tuzumda yashaganlar ? Urug’chilik tuzumida 2. Franklarning boshqa german qabilalaridan farqlanishiga qanday omil ta’sir ko’rsatgan ? Rim-gallar bilan yaqin qo’shniligi. Ular hayvon terisidan emas , matodan kiyim kiyishgan 3. Qanday omil franklarga Rim madaniyati bilan tanishishga imkon beradi ? Xristian dinini qabul qilishi Download 107.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling