Vii sinf jahon tarixidan savol-javoblar
Download 107,62 Kb.
|
363fe8d03d0a6669c5b04c5e5e37a064 VII SINF JAHON TARIXIDAN SAVOL-JAVOBLAR
3-PARAGRAF
1. Buyuk Karlning yashagan yillarini ayting? 742-814-yillar 2. Buyuk Karlning hukmronlik yillarini aniqlang? 768-814-yillar 3. Pipin Pakana yashagan yillarni aniqlang? 714-768-yillar 4. Buyuk Karlga buyuk laqabi nima uchun berilgan? 53 ta harbiy yurishga boshchilik qilgani, yirik saltanat tuzgani, bu davlatda yangi qonunlar, maorif va madaniyatga asos solganligi uchun 5. Buyk Karlning 773-yildagi habiy yurishlari qaysi davlatga qarshi bo’ladi? Italiyada germanlarning langobard qabilasi tuzgan davlatga qarshi 6. Buyuk Karl tomonidan Langobardlar qiroli Dezideriy mag’lub etilgandan so’ng sochi olinib qayerga jo’natiladi? Korvey monastiriga 7. Arab xalifaligi istilo qilgan Ispaniyaga Buyuk Karl qachon muvaffaqiyatsiz yurish qiladi? 778-yilda 8. Pireney yarim orolining arablardan tortib olingan hududlarida franklar tuzgan viloyat qaysi? Ispan markasi 9. Sakslar qaysi hududda yashaganlar? Reyn daryosining o’ng sohilida 10. Buyuk Karl saklarga qarshi necha yil urush olib boradi? 30 yildan ortiq (772-804-yillarda) 11. Germanlarning Buyuk Karlga bo’ysunmagan so’nggi yirik qabilasi qaysi? Sakslar 12. Buyuk Karlga kim imperatorlik tojini kiydiradi? Rim papasi Lev III 13. Buyuk Karlga qachon va qayerda imperatorlik toji kiydiriladi? 800-yil dekabrda avliyo Pyotr ibodatxonasida 14. Buyuk Karl imperatorlik tojini kiygach uning muhrida qanday yozuv bo’ladi? “Yangi Rim imperiyasi” 15. Qaysi so’z nemischadan olingan bo’lib, otliq degan manoni anglatadi? Ritsar 16. Ilk o’rta asrlarda ritsarlar bo’linmasida kimlar xizmat qilgan? Boy zamindarlar, ya’ni jangovor ot va qurol aslaxa sotib olishga imkoni bo’lgan kishilar 17. “Feod” so’zining ma’nosi nima? Nemischa qo’rg’on , mulk 18. Franklar davlatida eng muhim lavozimlar (vazirliklar) qaysilar bo’lgan? 1. Moliya, 2.soliq, 3.harbiy vazirlar, 4.dasturxonchi, 5.otxona boshlig’i, 19. Franklar davlatida yirik qabilalar boshliqlari nima deyilgan? “gersog” 19. Qaysi so’z nemischa saylangan harbiy yo’lboshchi. Keyinchalik merosiy qabila boshlig’i manosini anglatadi? “Gersog” 21. Franklar davlatining qaysi lavozimi yillar o’tib eng yuksak unvonga aylanadi? “gersog” 22. Franklar davlatida yirik bo’lmagan hududlarni kimlar boshqargan? “Graf” 23. Qaysi so’z nemischa qirol tayinlagan amaldor manosini anglatadi? “graf” 24. Franklar davlatida gersog unvoni avvaldan meros bo’lsa, graflarni kim tayinlagan? Imperatorlar 25. Buyuk Karl o’z davlat chegaralarini mustahkamlash maqsadida qanday mamuriy birliklar tuzadi? Markalar 26. Qaysi so’z nemischa chegara harbiy viloyati manosini anglatadi? Marka 27. Franklarda chegara viloyati hokimlari nima deyilgan? Markgraflar 28. Franklar davrida kimlar imperatorning joylardagi vakili bo’lib, uning buyruqlarini bajargan? Yepiskoplar va yirik monastir abbatlari 29. Franklar imperiyasining zaiflashuvi va parchalanishiga yo’l ochib bergan omil nima? Graflar o’z hokimiyatlarini meros qilib qoldirishga intilishi 30. Arab xalifasi Horun ar-Rashid Buyuk Karlga qayerni in’om qiladi? Quddusdagi Iso payg’ambar qabri joylashgan yerni 31. Franklar imperiyasida graflar hokimiyatini kuchayishiga nima sabab bo’lgan? Qirolning sud ishlari boshqaruvini graflarga topshirishi 32. Verden shartnomasi qachon imzolangan? 843-yilda 33. Verden shartnomasiga ko’ra Franklar imperiyasi hududida qaysi davlatlar vujudga keladi? 1.Fransiya, 2. Germaniya, 3.Italiya, Download 107,62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling