Vii sinf jahon tarixidan savol-javoblar


Download 107.62 Kb.
bet5/35
Sana14.02.2023
Hajmi107.62 Kb.
#1196440
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Bog'liq
363fe8d03d0a6669c5b04c5e5e37a064 VII SINF JAHON TARIXIDAN SAVOL-JAVOBLAR

5-PARAGRAF
1. Rim legionlari qachon Britaniyani tashlab Italiyaga qaytadi? 407-yilda
2. 407-yildan Rim legionlari Britaniyada qaysi qabilani o’z holicha qoldiradi? Kelt
3. Rim legioni 407-yilda Britaniyani tark etgandan keyin shimoldan qaysi qabilalarning hujumlari boshlanadi ? Pikt va skott
4. Piktlardan himoyalanish maqsadida britt qabilalari qaysi german qabilalaridan yollanma drujinalarni taklif etadi? Yut, angl va saks
5. Yut, angl va saks qabilalari qayerda yashaganlar? Germaniyaning shimoli va Yutlandiyada
6. Britaniyaga germanlar dastlab nechta kemada kelishadi? 3 ta
7. V asr o’rtalarida Britaniyaning Kent viloyatini kimlar bosib oladi? Yutlar
8. Germanlarning istilosidan keyin keltlar qayerga ko’chib ketadi? Fransiyaning shimoliy-g’arbidagi Armorika viloyatiga
9. Qaysi hudud britlarning ommaviy ko’chishidan keyin Bretan nomini oladi? Armorika viloyati
10. VI asrning boshlarida kim britlarni birlashtirib germanlarga qarshilik ko’rsata boshlaydi? Amvrosiy Avrelian
11. Amvrosiy Avrelianni dostonchilar nima deb atay boshlaydilar? Artorius yoki Artur
12. Yevropaning turli mamlakat yozuvchilari qirol Artur va uning qaysi do’stlari haqida asarlar yozishadi?
1. Ritser Lanselot, 2.qirolicha Jenevra, 3.sehirgar Merlin,
13. Angl-sakslar tomonidan Britaniyaning katta qismi qachon bosib olinadi? 600-yillarda
14. Angl-sakslar bosqiniga uchramagan britt qabilalari qayerlarda saqlanib qoladi? Irlandiya va Shotlandiyada, qisman Britaniyaning g’arbiy chekkasida
15. Angl-saks qabilalari Britaniya yerlarida 7 ta qirollik tuzgan bo’lib, bular qaysilar? .Nortumbriya, .Mersiya, .Sharqiy Angliya, .Uesseks, .Sasseks, .Esseks, .Kent
16. Britaniya orolining sharqiy va markaziy qismida joylashgan angllar qaysi qirolliklarga asos soladi? Nortumbriya, Mersiya, Sharqiy Angliya qirolliklariga
17. Sakslarning Britaniya janubidagi qirolliklari qaysilar? Uesseks, Sasseks, Esseks
18. Britaniyadagi yettinchi qirollik Kent qirolligiga kimlar asos slogan? Yutlar
19. Angllarning qaysi qirolligi keyinchalik tili ingliz mamlakati esa Angliya nomini oladi? Mersiya
20. 842-yilda Londonni kimlar bosib oladi? Normannlar
21. London shahri qachon qurilgan? Milodiy 43-yilda
22. London shahri qayerda va kimlar tomonidan quriladi? Rimliklar tomonidan Temza daryosining shimoliy qismidagi keltlar yashaydigan joyda
23. London qachon qirollar qarorgohiga va Angliyaning rasmiy poytaxtiga aylanadi? 1066-yilda normannlar istilosi oqibatida
24. Britaniya orolida daniyaliklar tomonidan bo’ysundirilmagan qirollik qaysi? Uesseks qirolligi
25. Uesseksda kim taxtga kelishi bilan daniyaliklar hujumini to’xtatadi? Buyuk Alfred
26. Buyuk Alfred hukm surgan davr? 871-900-yillar
27. Buyuk Alfred qachon daniyaliklar bilan tinchlik sulhini tuzadi? 879-yilda
28. 879-yilda Buyuk Alfred daniyaliklar bilan tuzgan tinchlik sulhiga ko’ra … Britaniya oroli 2 ga bo’linib janubiy-g’arbiy hududlar Alfredga, shimoliy-sharqiy hududlar daniyaliklarga beriladi
29. 879-yilgi sulhga ko’ra Buyuk Alfred davlati va daniyaliklar chegarasi qayerdan o’tadi? London va Chechter oralig’idagi rimliklar qurdirgan tosh yo’lak bo’ylab o’tadi
30. 879-yilgi sulhga ko’ra skandinavlarda qoldirilgan yerlar qanday nom oladi? Daniya qonunlari viloyati yoki inglizcha “denlo”
31. Vikinglar kimlar? VIII asr oxiri XI asr o’rtalarida Yevropa mamlakatlariga dengiz yo’li orqali savdo-sotiq uchun borgan, qaroqchilik va bosqinchilik qilgan skandinavlar
32. Vikinglarni Rusda nima deb atashgan? Varyaglar
33. G’arbiy Yevropada vikinglarni nima deb atashgan? Normannlar
34. IX asrda vikinglar qayerni bosib olishadi? Shimoli-sharqiy Angliyani. X asrda esa shimoliy Fransiyani bosib olishadi
35. Uesseksda daniyaliklar hujumidan keyin qaysi tilni biladigan odamlar deyarli qolmaydi? Lotin tilini
36. Kim angl-saks qonunlarini yozishni va Angliya tarixiga oid ma’lumotlar to’plashni buyurib, “Anglosakson salnomasi”ni tuzdiradi? Buyuk Alfred. Salnoma 250 yil davom ettiriladi?
37. Angliya qirolligi qachon Daniya qununlari viloyatini o’ziga qo’shib oladi? X asrning so’nggi choragida
38. Daniya qiroli 1013-yilda qayerga o’z qo’shinini tushiradi? Ingliz sohiliga (Britaniya oroliga)

Download 107.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling