Vii sinf jahon tarixidan savol-javoblar


Download 107.62 Kb.
bet8/35
Sana14.02.2023
Hajmi107.62 Kb.
#1196440
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   35
Bog'liq
363fe8d03d0a6669c5b04c5e5e37a064 VII SINF JAHON TARIXIDAN SAVOL-JAVOBLAR

8-PARAGRAF
1. Qaysi slavyan qabilalari varyaglarga elchilar jo’natib o’zlariga knyaz yuborishlarini so’raydi? Sharqiy slavyanlar
2. Sharqiy slavyanlar taklifiga binoan Rusga kelgan aka-ukalar kimlar? Ryurik, Sineus va Truvor
3. Ryurik qayerda knyazlik qiladi? Novgorodda
4. Sineus qayerda knyazlik qiladi? Beloozerada
5. Truvor qayerda knyazlik qiladi? Izborskda
6. Novgorodda 879-yilda Ryurikni o’rniga kim hokimiyatga keladi? O’g’li Igor yosh bo’lganligi tufayli qarindoshi Oleg
7. Knyaz Oleg 882-yilda qayerni egallaydi? Kiyevni
8. Kiyev Rusi davlatiga kim asos soladi? Oleg
9. Oleg va keyingi knyazlarning asosiy vazifalari nima bo’lgan? 1-Xazar xoqonligi hukmidan ozod bo’lish; 2-Sharqiy slavyan qabilalarini birlashtirish; 3-Tashqi dushmanlardan davlat chegaralarini asrash; 4-Vizantiya bilan manfaatli savdo munosabatlarini o’rnatish.
10. Kiyev Rusi knyazi Oleg qaysi hududlarni birlashtiradi? Shimolda Ladoga ko’lidan janubda Dneprning quyilishigacha yerlarni
11. Oleg qo’shini qachon Konstantinopolga hujum qilib vizantiyaliklardan katta o’lpon olishga erishadi? 907-yilda
12. 907-yilgi Vizantiya va Kiyev Rusi o’rtasidagi shartnomaga ko’ra Rus savdogarlari... Vizantiyada bojsiz savdo qilishga erishadi
13. Knyaz Igor o’z hukmronligini qaysi qabilalarga qarshi urushdan boshlaydi? Ko’chmanchi bijanaklarga qarshi urushdan
14. Knyaz Igor hukm surgan davr? 912-945-yillar
15. Knyaz Igor X asrning 40-yillarida Vizantiyaga qarshi necha marta yurish qiladi? 2 marta
16. Knyaz Igor 945-yilda qaysi qabilalar bilan to’qnashuvda xalok bo’ladi? Drevlyan qabilalari bilan to’qnashuvda
17. Igor vafotidan so’ng Kiyev knyazligini kim boshqaradi? O’g’li Svyatoslav balog’atga yetguniga qadar rafiqasi Olga
18. Knyaz Olga Rus mavqeyini qanday yo’l orqali yuksaltirishga intiladi? Mohirona diplomatiya orqali
19. Knyaz Olga xristianlikni qachon qabul qiladi? X asrning 50-yillari o’rtalarida
20. Knyaz Olga qayerga borganda xristianlikni qabul qiladi? Konstantinopolga borganda
21. Knyaz Olganing qaysi o’g’li xristian dinini qabul qilishdan bosh tortadi? Svyatoslav
22. “Agar men bir o’zim boshqa dinga o’tsam,drujinam ustimdan kuladi” bu so’zlar qaysi knyazga tegishli? Svyatoslav
23. Svyatoslav qachon hokimiyatni egallaydi? 964-yilda. 22 yoshida
24. Svyatoslav xazarlarning qaysi poytaxtini egallaydi? Itil
25. Svyatoslav kimlar bilan bo’lgan jangda xalok bo’ladi? Dnepr bo’yida ko’chmanchi bijanaklar bilan bo’lgan jangda
26. Svyatoslav vorislari orasidagi kurash nechanchi yillarda bo’ladi? 972-980-yillarda
27. 980-yilda Kiyev Rusi taxtini kim egallaydi? Vladimir
28. Qachon va kimni davrida Kiyev Rusi xristianlikni qabul qiladi? 988-yil Vladimir davrida
29. Kiyevga boj to’lashdan bosh tortgan Novgorod noibi kim? Yaroslav
30. Kiyev knyazi Vladimir qachon vafot etadi? 1015-yilda
31. Kiyev Rusida Yaroslav hukm surgan davr? 1019-1054-yillar
32. Qaysi Kiyev Rusi knyazi 1036-yilda bijanaklarni butunlay mag’lub etadi? Yaroslav
33. Kiyevda avliyo Sofiya ibodatxonasini qurdirgan knyaz kim? Yaroslav
34. Kiyevda avliyo Sofiya ibodatxonasini qurilgandan keyin qaysi shaharlarda shunday ibodatxonalar quriladi? Polosk va Novgorodda
35. Qaysi knyaz davrida Kiyevda xristian ruhoniylarini tayyorlaydigan o’quv yurti tashkil etiladi? Vladimir davrida
36. Novgorodda 300 ruhoniy tayyorlaydigan bilim yurtini kim ochadi? Yaroslav
37. Yaroslav davrida qaysi shaharlarda yilnomalar tuzila boshlanadi? Avval Kiyevda, so’ng 1050-yilda Novgorodda
38. Kiyev Rusining qaysi shahrida Vizantiyadan keltirilgan yunon tilidagi kitoblarni ruschaga tarjima qilish yo’lga qo’yigan? Poytaxt Kiyevda
39. Qaysi Kiyev Rusi knyazi davrida Rusning Yevropa mamlakatlari bilan munosabatlari muvaffaqiyatli rivojlanadi? Yaroslav davrida
40Yaroslavning o’g’illaridan biri qaysi Vizantiya imperatorining qiziga uylanadi? Konstantin IX
41. Yaroslavning qaysi qizlari Fransiya, Vengriya, Norvegiya qirollariga turmushga chiqadi? Anna, Anastasiya, Yelizaveta
42. Qaysi knyaz davrida rus yerlarining dastlabki yozma qonunlari to’plami “Rus haqiqati” tuziladi? Yaroslav
43. “Donishmand” nomini olgan Rus knyazi kim? Yaroslav
44. “Rus haqiqati”ga qanday qonunlar kiritilgan? Fuqaro va jinoiy ishlar bo’yicha qonunlar
45. Ko’chmanchi qipchoqlar XI asrning o’rtalarida qaysi hududlarni egallaydi? Yoyiq daryosidan Dunaygacha bo’lgan hududlarni
46. Qipchoqlarning Rus knyazlik yerlariga dastlabki hujumlari qachon bo’ladi? XI asrning 60-yillarida
47. Qaysi Rus knyazi 1095-yilda ilk bor qipchoq xonlaridan ikkitasini qo’shinini yengadi? Vladimir Manamax
48. Kiyev Rusida Vladimir Manamax hukm surgan davr? 1113-1125-yillar
49. Kimning vafotidan so’ng Kiyev Rusi siyosiy tarqoqlik bosqichiga kiradi? Vladimir Manamax

Download 107.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling