Vii sinf jahon tarixidan savol-javoblar


Download 107.62 Kb.
bet9/35
Sana14.02.2023
Hajmi107.62 Kb.
#1196440
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   35
Bog'liq
363fe8d03d0a6669c5b04c5e5e37a064 VII SINF JAHON TARIXIDAN SAVOL-JAVOBLAR

9-PARAGRAF
1. Buyuk Karl tomonidan 789-yilda qanday maktablar joriy qilinadi? Xalq maktablari
2. Xalq maktablari qanday joylarda tashkil etilgan? Ibodatxonalar qoshida. Oddiy xalq farzandlarini o’qitishni ruhoniylarga buyurilgan
3. Qaysi tarixchi-rohib asarlaridan biz Buyuk Karlning hayoti va faoliyati haqida ma’lumot olamiz? Eyngard
4. Kimni zamondoshlari “mehnatsevar chumoli” deb atashgan? Eyngardni
5. Qaysi fransuz qiroli Italiyadan ikkita mashxur qo’shiqchini taklif qilib, saroyda qo’shiqchilar xorini tuzdiradi? Buyuk Karl
6. “Ellinizm” nima? Yunon va Sharq madaniyatini aralashuvi natijasida vujudga kelgan madaniyat
7. O’rta asrlarda “fanlar onasi” nomini olgan shahar qaysi? Afina
8. Afina akademiyasiga mil.avv.IV asrda kim asos solgan? Platon
9. V asrda yashagan tarixchi kimlar haqida “ular o’zlarini yarim xudo, o’zgalarni esa yarim eshak deb hisoblaydilar” deb yozgan? Afina akademiyasida o’qiygan talabalar haqida
10. Kim Afina akademiyasini yopish haqida farmon chiqaradi? Yustinian
11. Magnavr oliy maktabi qachon va qaysi shaharda ochiladi? IX asrda Konstantinopolda
12. Konstantinopolda qachon huquqshunoslik va falsafa fakultetlaridan iborat universtitet ochiladi? 1045-yilda
13. Vizantiyaning qaysi shahrida o’rta asrlarda oliy tibbiyot maktabi faoliyat yuritgan? Konstantinopolda
14. “Grek olovi”qachon ixtiro qilinadi? VII asrda
15. “Mozaika” nima? Fransuzcha “muzalarga bag’ishlangan” degani bo’lib, bir hil yoki turli xomashyo bo’laklaridan ishlangan tasvir
16. “Freska”nima? fransuzcha “freseo”, ya’ni “yangi” degani bo’lib, nam suvoq ustiga rangdor qilib ishlangan rasm
17. “Ikona”nima? Xristian diniga mansub dindorlarning sajda qiladigan avliyolari tasviri
18. Diniy ikonaning eng qadimgisi nechanchi asrga mansub? II asrga . IV asrdan taraqqiy etadi
19. Tasvirning vizantiyacha uslubi nimasi bilan ajralib turgan? Suratlar uyg’unligi, bo’yoqlar serjiloligi bilan
20. Hozirgi Istambuldagi mozaika va freskalari bilan qaysi monastir o’z davrining ajoyib me’moriy yodgorligi hisoblanadi? Xori monastiri (Qahriya masjidi)
21. Konstantinopoldagi Avliyo Sofiya ibodatxonasi qaysi imperator davrida qurilgan? Yustinian I davrida
22. Avliyo sofiya ibodatxonasi nechanchi yillarda qurilgan? 532-537-yillarda
23. Avliyo Sofiya ibodatxonasi gumbazining diametri qancha? 31,5 metr. Unga 40 ta deraza o’rnatilgan
24. X-XI asrlarda to’g’ri burchakli ibodatxonalar o’rniga qanday ko’rinishdagi ibodatxonalar quriladi? Xochsifat,o’rtasi xoch gumbazli ibodatxonalar
25. Janubiy va sharqiy slavyanlar madaniyatiga qayerning madaniyati kuchli ta’sir ko’rsatgan? Vizantiyaning
26. Kiyev Rusi qayerdan xristian dinini qabul qiladi? Vizantiyadan
27. Kiyev Rusidagi dastlabki ibodatxonalar qayerlik ustalar tomonidan qurilgan? Vizantiyalik
28. O’rta asr Yevropasida eng yuksalgan me’morchilik uslubi qaysi? Roman uslubi
29. Roman uslubida qurilgan Fransiyadagi eng mashxur binolar qaysilar? Puate, Klyuni, Arl.
30. Roman uslubida qurilgan Germaniyadagi eng mashxur binolar qaysilar? Shpeyer, Vorms, Maynts va Axendagi cherkov
31. Ilk o’rta asrlarda Yevropada ritsarlar ko’pincha qanday qilib imzo chekishgan? Ikkita chiziq tortgan
32. Ilk o’rta asrlarda Yevropada darslar qaysi tilda olib borolgan? Lotin tilida
33. Ilk o’rta asrlarda Yevropa maktablarida antik davrdan qolgan qaysi fanlar o’qitilgan? “yetti erkin san’at”
34. “Trivium” nima? Grammatika, diolektika va ritorika
35. “Kvadrium” nima? Murakkab fanlar tarkibi bo’lib, unga arifmetika, geometriya, musiqa va astronomiya kirgan

Download 107.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling