Viii – sinf o‘zbekiston tarixi


Download 499.5 Kb.
bet3/3
Sana25.06.2023
Hajmi499.5 Kb.
#1654743
1   2   3
Bog'liq
8-sinflar

Bu na gumbazdir, eshigi, tuynigidan yo‘q nishon,
Necha gulgun pok qizlar manzil aylabdur makon.
Tuynigin ochib, alarning holidan olsam xabar,
Yuzlarida parda tortug‘liq tururlar, bag‘riqon.
A) Nodira B) Uvaysiy C) Maxmur D) Gulxaniy
60. Eskiqo‘rg‘on qal’asi yonida qurilgan shaharni aniqlang.
A) Namangan B) Marg‘ilon C) Qo‘qon
D) Andijon
61. Mulla Olim Mahmudxo‘janing “Tarixi Turkiston” asari Toshkentda qachon nashr etilgan?
A) 1882-yil B) 1898-yil C) 1912-yil D) 1915-yil
62. Mulla Olim Mahmudxo‘janing “Tarixi Turkiston” asarida yozilishicha, Qo‘qon xonligidagi qaysi mansab egasi o‘z lavozimidan tashqari, katta shaharlardan biriga hokimlik ham qilgan?
A) parvonachi B) mingboshi C) otaliq
D) qo‘shbegi
63. Buxoro xonligidagi dodxoh lavozimiga teng bo‘lgan Qo‘qon xonligi mansabini aniqlang.
A) parvonachi B) xudaychi C) otaliq D) rais
64. Toshkent hokimi Yunusxoja bilan yaqin aloqada bo‘lgan Bukey Sulton qaysi bo‘lis hokimi bo‘lgan?
A) Qorasuv B) Qorakesak C) Qurama
D) Sayram
65. Buxoro amirligi va Qo‘qon xonligining Toshkent bekligiga nisbatan munosabatlarining keskinlashuviga nima sabab bo‘lgan edi?
A) Turkiston va O‘tror shaharlarining Toshkent bekligiga qo‘shib olinishi
B) Toshkent bekligining Katta qozoq juzlarini bo‘ysundirishi
C) Toshkent bekligining Kichik qozoq juzlarini bo‘ysundirishi
D) Markaziy Osiyo bilan Rossiyaning savdo munosabatlarida Toshkentning yetakchilik qilishga intilishi
66. Ma’lumki, 1799-yil Qo‘qon xoni Olimxon tomonidan Toshkent ustiga qo‘shin jo‘natilgan edi. Ushbu jang qayerda bo‘lgan edi?
A) Chirchiq bo‘yidagi Qorasuv mavzeida
B) Ko‘krev daryosi bo‘yida
C) Chinoz va Toshkent oralig‘ida
D) Sirdaryoning chap sohilida
67. 1799-yil Qo‘qon xonligi qo‘shinlarini mag‘lubiyatga uchratgan Yunusxoja qaysi hududni o‘z bekligiga qo‘shib oladi?
A) Sayram va uning atrof qishloqlarini
B) Qurama mavzeini
C) Qorakesak bo‘lisi va Qorasuv mavzeini
D) Turkiston va Tarozni
68. Ma’lumki, Toshkent xoni Yunusxoja tomonidan ikki turdagi pul muomalaga chiqarilgan bo‘lib, ular ...
A) dinor va dirham deb atalgan
B) rupiya va tanga deb atalgan
C) rupiya va fals-chaqa deb atalgan
D) katta dinor va kichik dirham deb atalgan
69. Manbalarda yozilishicha, 1787-yil Toshkentga qayerdan 27773 so‘mlik rus va chet el mollari keltirilgan?
A) Irbitdan B) Sibirdan C) Troiskdan
D) Petropavlovskdan
70. Sibir ma’muriyati tomonidan A. T. Beznosikov va T. S. Burnashevlar Toshkentga jo‘natilganidan 80 yil avval qaysi Xiva xoni taxtga chiqqan edi?
A) Shohniyoz B) Eltuzarxon C) Sherg‘ozixon
D) Elbarsxon
71. Bir yilda sodir bo‘lgan voqealarni aniqlang.
A) Toshkent elchilari Sankt-Peterburgga borib, imperator Aleksandr I qabulida bo‘ldi, Yunusxoja vafot etdi
B) mustaqil Toshkent bekligiga asos solindi, Toshkent qo‘shinlari Chirchiq bo‘yida Olimxon qo‘shiniga zarba berdi
C) 24 kishidan iborat Toshkent karvoni nechanchi yilda Semipalatinsk shahriga bordi, Norbo‘tabiy vafot etdi
D) Olimxon o‘ziga “xon” unvonini qabul qildi, G‘urumsaroyda jang bo‘ldi
72. Toshkent hokimi Yunusxoja vafot etgach, uning o‘rniga kim taxtga o‘tirdi?
A) Islomxoja B) Jahongirxoja C) Yusufxoja
D) Sultonxoja
73. Qaysi Qo‘qon xoni davrida ayrim diniy arboblar imtihon qilinib, yolg‘onchiligi fosh etilganlari jazolangan?
A) Umarxon B) Olimxon C) Muhammad Alixon
D) Shohruxbiy
74. 1792-yil Muhammadxoja va Azizxoja boshliq Toshkent savdo karvoni Rossiyaning qaysi shahriga jo‘natilgan edi?
A) Irbitga B) Sibirga C) Troiskga
D) Petropavlovskga
75. Toshkent Qo‘qon xonligi tomonidan nechanchi yilda bosib olindi?
A) 1809-yil B) 1803-yil C) 1806-yil D) 1800-yil
76. Qo‘qon xoni Umarxonning Buxoro bilan o‘rnatgan do‘stona munosabatlari nima sababdan uzilib qoldi?
A) Buxoro amirining Qo‘qonga qilgan ikki yurishi
B) Umarxon tomonidan chegara hududda harbiy istehkomlarning qurilishi
C) Jizzax va O‘ratepa hududlari masalasidagi kurash
D) Umarxonning Turkiston va Toshkentni butunlay bosib olishi
77. Julek, Qamishqo‘rg‘on, Oqmachit, Qo‘shqo‘rg‘on harbiy istehkomlari kim tomonidan qurilgan?
A) Umarxon B) Olimxon C) Muhammad Alixon
D) Xudoyorxon
78. Quyidagi qaysi Qo‘qon xonini ruhoniylar turli axloqsizlik va shariatga qarshi jinoyatlarda ayblab, unga qarshi ochiq targ‘ibot olib borishgan?
A) Umarxonni B) Olimxonni C) Xudoyorxonni
D) Muhammad Alixonni
79. Qo‘qon shahrining darvozalari nima sababdan 12 tani tashkil etgan?
A) shaharga 12 ta ariqdan suv kirishi sababli
B) shahardan 12 ta savdo yo‘lining o‘tganligi sababli
C) shaharning ma’muriy jihatdan 12 ta dahaga bo‘linganligi sababli
D) shahar aholisi 12 ta o‘zbek urug‘idan iborat bo‘lganligi sababli
80. Quyidagi allomlarni ularning asarlari bilan to‘g‘ri ko‘rsating.
1) Abdulkakim Fazliy Namangoniy; 2) Muhammad Hakimxon To‘ra ibn Sayid Ma’sumxon; 3) Junayd Mulla Avaz Muhammad Mulla Ro‘zimuhammad; 4) Mulla Ali qori Qunduziy.
a) “Umarnoma”; b) “Tarixi jahonnomayi”; c) “Tavorixi manzuma”; d) “Muntaxab ut-tavorix”.
A) 1-a, 2-d, 3-b, 4-c B) 1-a, 2-c, 3-b, 4-d
C) 1-b, 2-d, 3-a, 4-c D) 1-c, 2-a, 3-b, 4-d

VIII BOB.



1. Boburiylarning qaysi hukmdori davrida Hindiston – Buxoro munosabatlari keskinlashdi?
A) Akbarshoh B) Jahongirshoh
C) Shoh Jahon D) Avrangzeb Olamgir
2. Pyotr I ni Xiva xonligini Rossiya tobeligiga olishi nima sababdan amalga oshmay qoldi?
A) Ustyurtda xivaliklarning rus qo‘shinlariga tinimsiz hujum qilishi
B) chor Rossiyasining “Shimoliy urush” bilan bandligi
C) qishning erta kirib qolishi va rus qo‘shinlarining bunga tayyor emasligi
D) rus qo‘shinlari orasida kasallik va sarosimaning boshlanganligi
3. Qozoq juzlarining Rossiya tobeligiga o‘tgan yilini to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni aniqlang.
1) Kichik juz; 2) O‘rta juz; 3) Katta juz.
a) 1732-yilda; b) 1739-1740-yillarda; c) 1747-yilda
A) 1-a; 2-c; 3-b B) 1-c; 2-b; 3-a C) 1-a; 2-b; 3-c
D) 1-b; 2-a; 3-c
4. Angliya va Rossiya davlatlari o‘rtasida Buxoro, Xiva, Qo‘qon xonliklari hududlari uchun raqobatchilikning kuchayishiga nimalar sabab bo‘ldi?
1) O‘rta Osiyo orqali Hindistonga, undan dengizga chiqish imkoniyatlari; 2) o‘z mollarini sotish va undan mo‘may daromad olish uchun O‘rta Osiyo bozorlarini egallash istagi; 3) O‘rta Osiyoning boy xomashyo manbalariga ega bo‘lishga intilishlari; 4) Angliya va Rossiyaning O‘rta Osiyo hisobiga yangi mustamlakalarga ega bo‘lish yo‘lidagi urinishlari; 5) O‘rta Osiyo davlatlarining Sharqqa chiqish uchun o‘ziga xos darvoza ekanligi.
A) 2, 3, 4 B) 1, 3, 5 C) 1, 2, 3 D) 1, 2, 3, 4, 5
5. Qaysi omillar Rossiya olib borgan siyosatda harbiy yo‘l bilan O‘rta Osiyoni ishg‘ol etish tomon burilish ro‘y berganligining yaqqol isboti hisoblanadi?
A) qozoq juzlarini o‘z fuqaroligiga olishi
B) A.Bekovich-Cherkasskiy boshchiligida ekspeditsiyaning jo‘natilishi
C) Raim va Kopal istehkomlarining qurilishi
D) 1839-yil Xivaga Perovskiyning hujumi
6. Quyidagi qaysi omil Buxoro va Afg‘oniston munosabatlarini yomonlashuviga sabab bo‘lgan edi?
A) markazlashgan Afg‘oniston davlatining tashkil topishi
B) har ikkala tomonning Amudaryo janubida yashovchi o‘zbek qabilalari yerlarini bosib olishga intilishi
C) afg‘on hukmdori Ahmadshohning Chag‘oniyon viloyatini bosib olganligi
D) Buxoro qo‘shinlarining Amudaryodan janubdagi afg‘on qabilalari yerlariga hujumlari
7. Ma’lumki, 1789-yil Afg‘oniston hukmdori Temurshoh va Buxoro amiri o‘rtasida sulh imzolangan bo‘lib, unga ko‘ra ikki davlat o‘rtasidagi chegara qaysi hudud qilib belgilandi?
A) Amudaryo B) Balx C) Murg‘ob D) Talikon
8. Qo‘qon – Xitoy munosabatlari qachon yanada keskinlashdi?
A) XVIII asr 70-yillarida B) XIX asr o‘rtalarida
C) XIX asr 20-yillarida D) XIX asr oxirlarida
9. Muhammad Alixon Sharqiy Turkistonliklarni Xitoyga qarshi qo‘llab-quvvatlash maqsadida ular ixtiyoriga kim boshchiligida qo‘shin jo‘natgan edi?
A) Ibrohim dodxoh B) Haqquli C) Muhammadbek
D) Hakim To‘ra
10. XVI-XIX asrlarda Buxorodan Hindistonga boradigan asosiy savdo yo‘li qaysi shahardan o‘tgan?
A) Hirot B) Badaxshon C) Kobul D) Balx
11. 1832-yilgi Xitoy - Qo‘qon shartnomasi qaysi shaharda imzolangan edi?
A) Qashg‘ar B) Pekin C) O‘sh D) Qo‘qon
12. Xiva taxti vorisi Muhammad nechanchi yilda Pyotr I ga elchi yuborib, Xivani Rossiya tobeligiga qabul qilishni so‘ragan edi?
A) 1709-yil B) 1700-yil C) 1703-yil D) 1712-yil
13. XVI-XVII asrlarda Buxoro va Xiva xonliklariga Rossiyadan … marta elchi kelgan edi.
A) 18 B) 15 C) 20 D) 12
14. 1619-yilda Moskvaga borgan Imomqulixonning elchisini aniqlang?
A) Xoja Nafas B) Ibrohimbiy C) Qulibek
D) Odambiy
15. Pyotr I tomonidan O‘rta Osiyoga yuborilgan Ivan Buxgols ekspeditsiyasi qayerda istehkom qurgan edi?
A) Yamishchev ko‘lida
B) Tobol daryosi bo‘yida
C) Yorkentda
D) Irtish daryosi o‘rta oqimida
16. Ivan Buxgols ekspeditsiyasi nima sababdan muvaffaqiyatsizlikka uchragan edi?
A) Qishning erta kirganligi va oziq-ovqat zaxiralarining tugaganligi
B) Qalmoqlar hujumiga uchrashi
C) Ko‘chmanchi qozoqlarning tez-tez uyushtirib turgan hujumlari
D) Xiva xonining tashabbusi bilan ekspeditsiya vakillarining qirib tashlanishi
17. 1734-yil O‘rta Osiyoga boradigan harbiy guruhning boshlig‘i I. Kirillov kim bo‘lgan?
A) armiya polkovnigi B) Orenburg gubernatori
C) senat kotibi D) arman savdogari
18. 1825-yil O‘rta Osiyoga Murkrofd boshchiligida ingliz ekspeditsiyasi yuborilgan bo‘lib, ekspeditsiya tarkibida necha kishi bo‘lgan?
A) 80 kishi B) 70 kishi C) 34 kishi D) 100 kishi
19. F. Berg boshchiligida Rossiya hukumati nechanchi yil O‘rta Osiyoga yuborilgan edi?
A) 1826-yil B) 1825-yil C) 1831-yil D) 1807-yil
20. Quyidagi voqealarning xronologik ketma-ketlikda berilganini toping.
1) Or qal’asi qurildi 2) Elchi Qulibek Peteburgga bordi 3) O‘rta juz qozoqlari Rossiya tobeligiga o‘tdi 4) Kichik juz Rossiya tobeligiga o‘tdi.
A) 2, 4 ,1, 3 B) 1, 2, 4, 3 C) 3, 2, 4, 1
D) 2, 3, 1, 4
21. Qaysi rus elchisi Buxoroda 3,5 yil turgan edi?
A) I. Xoxlov B) I. Kirillov C) F. Berg
D) F. Beneveni
22. “Orol dengizida Rossiya bayrog‘ini ko‘tarish” va Buxoro va undan Hindistonga boradigan yo‘lni ochish rejasi qaysi ekspeditsiyaga tegishliligini aniqlang?
A) I. Buxgols B) I. Kirillov
C) Bekovich-Cherkasskiy D) V. Perovskiy
23. Angliya Afg‘onistonga harbiy harakatlarni boshlagan yilni aniqlang.
A) 1870-yil B) 1840-yil C) 1839-yil D) 1832-yil
24. Jahongirxoja boshchiligidagi Sharqiy Turkistonliklarning Xitoydan mag‘lubiyatga uchrashiga nimalar sabab bo‘lgan edi?
1) Qo‘qon xonining Sharqiy Turkistonga yuborgan qo‘shinini chaqirib olishi; 2) qo‘zg‘olonchilar safida mustahkam birlikning yo‘qligi; 3) Qo‘qon – Buxoro munosabatlarining buzilishi va Qo‘qon xonining Buxoro bilan ovoraligi; 4) Jahongirxoja qo‘shinlari sonining ikki barobar kamligi; 5) Qo‘qon qo‘shinlarining jang tugagandan so‘ng yetib kelishi; 6) Jahongirxoja qarindoshlarining xiyonatga qo‘l urushi va Xitoy hududiga qochib ketishi.
A) 1, 2, 3 B) 2, 3, 5, 6 C) 2, 6 D) 2, 5, 6
25. 1789-yil Afg‘oniston hukmdori Temurshoh Balxga qarshi qancha lashkar bilan yurish qildi?
A) 70 ming B) 100 ming C) 80 ming D) 30 ming
26. Xitoydan mag‘lubiyatga uchragan Sharqiy Turkiston hokimi Yusufxoja o‘z yerini tashlab Farg‘ona vodiysiga kelgan edi. U bilan yana qancha uyg‘ur oilasi ko‘chib kelganini aniqlang?
A) 30 ming B) 70 ming C) 25 ming D) 100 ming
27. Xitoy hukumati nechanchi yilda Qo‘qonning Sharqiy Turkistonda yuritadigan savdo ishlarini taqiqladi?
A) 1825-yil B) 1832-yil C) 1829-yil D) 1759-yil
28. 1583-1600-yillarda Buxoro xonligi elchilari Maskvada necha marta bo‘lishgan edi?
A) 5 marta B) 2 marta C) 23 marta D) 12 marta
29. Buxoro xonligiga kelib, 23 ta rus asirini ozod qilishga erishgan Rossiya elchisini aniqlang.
A) F. Beneveni B) I. Xoxlov C) I. Kirillov
D) F. Berg
30. 1832-yilgi Xitoy – Qo‘qon shartnomasiga ko‘ra Qo‘qon xonligi qanday imtiyozlarga ega bo‘ldi?
1) Xitoy esa Sharqiy Turkistonda Qo‘qonlik savdogarlar faoliyatini taqiqlashni bekor qilgan; 2) Qo‘qon savdogarlariga Sharqiy Turkistonda boj to‘lamasdan savdo qilish huquqi berilgan; 3) Sharqiy Turkistondan Qo‘qon savdogarlari chiqarib yuborilganda ulardan tortib olingan mol-mulklari evaziga Qo‘qon xoniga tovon to‘langan; 4) xonlik hududiga ko‘chirilgan uyg‘ur aholisi 5 yilgacha Xitoy tomonidan moliyaviy taminlanishi ko‘rsatilgan; 5) Sharqiy Turkistonda savdo qiluvchi O‘rta Osiyolik savdogarlar to‘laydigan to‘lovlarni yig‘ib olish huquqi Qo‘qon xonligiga berilgan; 6) Qo‘qon xoni Xitoy hududi orqali Hindiston bilan savdo qilish huquqiga ega bo‘lgan.
A) 1, 3, 6 B) 1, 2, 3, 5 C) 2, 4, 6 D)1, 3, 4, 6
31. Moskvaga borib, podsho Mixail Romanov qabulida bo‘lgan Buxoro elchisini aniqlang.
A) Qulibek B) Mahammadbek C) Odambiy
D) Hoja Nafas
32. 1583-1600-yillarda Moskvada Xiva elchilari necha marta bo‘lishgan?
A) 5 B) 8 C) 6 D) 2
33. Quyidagi qaysi voqea ta’sirida Pyotr I o‘zbek xonliklariga kirib borish maxfiy rejasini tuzadi?
A) 1713-yili Xiva elchisi Xoja Nafas Sankt-Peterburgga borgach, podsho Pyotr I ga Amudaryo sohillaridagi qumlar oltinga boyligini, sohilda istiqomat qiluvchi aholi ko‘p miqdorda oltin yuvib olayotganini aytgandan keyin
B) 1717-yil A. Bekovich-Cherkasskiy va 1715-yil Ivan Buxgols ekspeditsiyalarining barbod bo‘lishidan keyin
C) Xiva xoni Shohniyoz 1700-yilda Pyotr I huzuriga yashirincha elchi yuborib, Xivani Rossiya tobeligiga qabul qilishni so‘rashi hamda xonlik taxti vorisi Muhammadning ham shunday qilganidan keyin
D) XVI asrda jahondagi yirik davlatlar tomonidan dunyoni bo‘lib olish boshlangan davrda Rossiya tomonidan Qozon, Astraxan, Sibir xonliklarining zabt etilganidan keyin
34. Rossiya hukumati 1721-yili Florio Benevenini O‘rta Osiyoga elchi qilib jo‘natgan edi. Unga qanday vazifalar topshirilgan?
1) Rossiya elchisiga Sharq mamlakatlariga olib boradigan suv va quruqlik yo‘llarini o‘rganish; 2) rus savdosini kengaytirish imkoniyatlarini aniqlash; 3) Kaspiy va Orol dengizlari sohillaridagi oltin konlari xaritasi chizish; 4) Buxoro xonini Rossiya bilan ittifoq tuzishga ko‘ndirish; 5) xonga rus gvardiyachilarini taklif qilish; 6) Hindistonga boriladigan savdo yo‘llari xaritasini chizish; 7) qayerda qancha oltin borligini aniqlash va ularni xaritaga tushirish; 8) xonlikdagi qal’a va qo‘shinlar ahvolini o‘rganish; 9) Qo‘qon xoni bilan Afg‘onistonga qarshi ittifoq tuzish; 10) xonlikning Eron va Xiva bilan o‘zaro munosabatlarini o‘rganish.
A) 1, 3, 6, 9 B) 2, 3, 6, 9, 10 C) 1, 2, 4, 5, 7, 8, 10
D) 2, 3, 7, 9, 10
35. Rossiya fuqaroligini qabul qilgan O‘rta juz xonligi hukmdorini aniqlang.
A) Surtoyshi B) Semekexon C) Bulakayxon
D) Abulxayrxon
36. O‘zini arman savdogari deb tanitgan ingliz elchisini aniqlang.
A) U. Murkrofd B) F. Berg C) F. Beneveni
D) A. Byorns
37. Rus podshosi Nikolay I huzuriga elchi yuborib, Raim istehkomining qurilishidan noroziligini bildirgan Qo‘qon xonini aniqlang.
A) Umarxon B) Sheralixon C) Murodxon
D) Xudoyorxon
38. Nima sababdan Qo‘qon-Xitoy munosabatlari keskinlashdi?
A) Shimoliy savdo yo‘llarining Xitoy tomonidan bosib olinishi
B) sharqiy turkistonliklarning Qo‘qon xoniga qarshi qo‘zg‘olonining Sin imperiyasi tomonidan qo‘llab- quvvatlanishi
C) Xitoy hukumati Qo‘qonning Xitoyda yuritadigan savdo ishlarini taqiqlashi
D) Qo‘qon xoni Muhammad Alixonning sharqiy turkistonliklarning Sin imperiyasiga qarshi boshlangan milliy-ozodlik kurashiga aralashuvi
39. Quyidagi qaysi ekspeditsiya o‘zi bilan olib kelgan 80 sandiq buyumlarni Buxoro qushbegisiga ko‘rsatgan edi?
A) F. Berg B) U. Murkrofd C) A. Byurns
D) F. Benevini
40. Afg‘oniston hukmdori Temurshoh hukmronlik qilgan yillarni aniqlang.
A) 1747-1773-yillar B) 1790-1806-yillar
C) 1773-1793-yillar D) 1793-7803-yillar

VIII – SINF JAHON TARIXI

I BOB.


1. An’anaviy jamiyat nima?
A) kishini kishiga qonun bilan majburlab bog‘lab qo‘ymagan jamiyat
B) ishlab chiqarish va taqsimot shakllari qat’iy belgilab qo‘yiladigan jamiyat
C) faqat tabiatda bor mahsulotlarni o‘zlashtirmasdan iste’mol qilinadigan jamiyat
D) ishlab chiqarish an’analari faqat ma’lum bir davlat hududida amalga oshiriladigan jamiyat
2. Kapitalizm feodal jamiyatidan qaysi xususiyatlari bilan farq qiladi?
1) xususiy mulkdan va yollanma mehnatdan foydalanishda kishilarga keng erkinlik berganligi; 2) kishini kishiga qonun bilan majburlab bog‘lab qo‘ymaganligi; 3) insonning qobiliyati, salohiyati, g‘ayrati va shijoatiga katta yo‘l ochganligi; 4) hayot uchun zarur bo‘lgan narsa va mahsulotlarning deyarli hammasini o‘zi ishlab chiqaradigan xo‘jalik; 5) Yevropada an’anaviy jamiyatning davom etganligi
A) 2, 3, 5 B) 1, 2, 3 C) 3, 4, 5 D) 1, 2, 4, 5
3. Osiyoda yangi jamiyat shakllanishining o‘ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat bo‘lgan?
1) insonning qobiliyati, salohiyati, g‘ayrati va shijoatiga katta yo‘l ochganligi; 2) yerga to‘la xususiy mulkchilik qaror topmadi; 3) hunarmandchilik erkin oilaviy sharoitda rivojlandi; 4) shaxs tashabbuskorligini rag‘batlantirmagan; 5) xususiy mulkdan va yollanma mehnatdan foydalanishda kishilarga keng erkinlik berganligi; 6) kishini kishiga qonun bilan majburlab bog‘lab qo‘ymaganligi; 7) an’anaviy jamiyat hukm surganligi.
A) 2, 3, 4, 7 B) 1, 3, 5 C) 3, 4, 6 D) 3, 5, 6, 7
4. Nima sababdan Yevropa va Shimoliy Amerikada kapitalizm gurkirab rivojlanayotgan bir paytda deyarli butun Osiyoda o‘rta asrlarning mahsuli bo‘lgan an’anaviy jamiyat hukm suraverdi?
A) yerning otadan o‘g‘ilga meroz bo‘lib o‘tmasligi
B) savdo yo‘llarida urushlarning avf olib, savdo-sotiqning zavolga yuz tutishi
C) yerlarning deyarli yarmi vaqf yerlaridan iborat bo‘lganligi
D) yerga to‘la xususiy mulkchilik qaror topmaganligi sababli
5. Xristofor Kolumb yashagan yillar qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A) 1483-1522-yillar B) 1451-1506-yillar
C) 1454-1512-yillar D) 1438-1507-yillar
6. Amerigo Vespuchchi qaysi davlatlar flotiga xizmat qilgan edi?
A) Angliya va Italiya B) Ispaniya va Portugaliya
C) Italiya va Ispaniya D) Portugaliya va Fransiya
7. Kashf etilgan Yangi Dunyo “Amerika” deb atalgan birinchi globus qachon va qayerda yaratilgan?
A) 1515-yil Germaniyada B) 1569-yil Ispaniyada
C) 1605-yil Italiyada D) 1507-yil Italiyada
8. Abu Rayhon Beruniy o‘zining qaysi asarida okean ortida quruqlik borligi haqida bashorat qilgan edi?
A) “Geodeziya” B) “Osorul-boqiya”
C) “Hindiston” D) “Menirologiya”
9. Bir yilda sodir bo‘lgan voqealar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang?
A) Amerigo Vespuchchi vafot etdi, Ispan qiroli mahalliy hindularni qulga aylantirishni taqiqlovchi qonun chiqardi
B) Ispanlar Yangi Dunyoda konkista siyosatini boshlashdi, Kabral Braziliyani kashf etdi
C) Yelizaveta Angliya taxtiga chiqdi, “Engilmas armada” mag‘lubiyatga uchradi
D) Fransiyada Nant edikti imzolandi, Rus podshosi Boris Godunov vafot etdi
10. Avstraliya qit’asi nechanchi yil kashf qilingan?
A) 1507-yil B) 1600-yil C) 1598-yil D) 1605-yil
11. XVI asrning 1-yarmida Ispaniya Amerikadagi qaysi hududlarni egalladi?
1) Kolumbiya; 2) Meksika; 3) Ekvador; 4) Chili; 5) Argentina; 6) Peru; 7) Boliviya; 8) Braziliya.
A) 1, 3, 6, 7 B) 1, 2, 4, 5 C) 2, 6, 7, 8 D) 3, 4, 5, 7
12. 1650-yilga kelib Yevropa aholisi qanchaga yetdi?
A) 88 mln B) 100 mln C) 90 mln D) 150 mln
13. Qaysi qoida Osiyoda ishlab chiqarishning yiriklashuviga, daromadning bir qo‘lda to‘planishiga imkon bermagan?
A) yerlarning barchasi hukmdorning yaqinlariga bo‘lib berilishi
B) yerlarning deyarli barchasi hukmdorlar qo‘lida bo‘lganligi
C) mulkning barcha merosxo‘rlar o‘rtasida taqsimlanishi
D) vaqf yerlari miqdorining ko‘pligi
14. Nima sababdan yangi davrda Sharq hunarmandchiligi fabrika ishlab chiqarishi darajasiga ko‘tarila olmagan?
A) savdo-sotiqning faqat Sharq mamlakatlari bilangina yo‘lga qo‘yilganligi
B) ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning faqat qishloq xo‘jaligi mahsuloti bo‘lganligi
C) tashqi savdoning sustligi
D) yerga xususiy mulkning to‘la qaror topmaganligi sababli
15. XVI asrda Yevropa savdo sotig‘i rivojlanishi natijasida savdo kompaniyalari mavqeyi oshib borgan edi. Angliyada chetdan qalampir olib kelib sotish huquqi qaysi kompaniyaga berilgan edi?
A) “Levantiy” B) “Moskva” C) “Vest-Indiya”
D) “Ost-Indiya”
16. Negosiant nima?
A) arttilleriyaning qisqa masofaga balandlatib o‘q otadigan turi
B) ulgurji savdo bilan shug‘ullanadigan savdogar
C) savdo yoki ishlab chiqarish huquqini beruvchi hujjat
D) iqtisodiyotning bir sohasidagi tanho hukmronlik
17. Martin Lyuter o‘zining “95 tezis” yorlig‘ida ilgari surgan talablari to‘g‘ri berilgan javobni toping.
A) Rim Papasi taxtiga nemis millatiga mansub bo‘lgan kishini o‘tqazish
B) protestantlik mazhabini tashkil qilish
C) Germaniyadagi cherkovni Rim Papasi qaramog‘idan ozod etish
D) Inkvizetsiya sudini taqiqlash
18. O‘rta asr Yevropasida “Cherkov va dunyoviy ishlarning oliy hukmdori” unvonini olgan davlat boshlig‘i kim edi?
A) Lyudovik XIV B) Yelizaveta I C) Genrix VIII D) Filipp II
19. Fransiyada diniy urushlar necha yil davom etgan?
A) 40 yil B) 32 yil C) 36 yil D) 30 yil
20. Vasko da Gama Atlantika okeani orqali Hindistonga boradigan yo‘lni kasf qilganidan roppa-rosa 100 yil o‘tib sodir bo‘lgan voqeani aniqlang.
A) Rossiyada Ryurikovlar sulolasi barham topdi
B) Ispaniya Gollandiyaning mustaqilligini tan oldi
C) Angliyada Yelizaveta hukmronligi tugadi
D) Martin Lyuter vafot etdi
21. Nima sababdan yangi davrda Osiyoda Sharqda Yevropadagidek mashina kuchidan foydalaniladigan sanoat ishlab chiqarishi vujudga kelmagan?
A) xom-ashyolarning kamligi
B) hunarmandchilikning erkin oilaviy sharoitda rivojlanganligi
C) hukmdor tabaqa vakillarining bunday tadbirlarga yo‘l ochmaganligi
D) erkin savdoning rivojlanmaganligi
22. 1572-yil Fransiyada gugenotlar qirg‘ini uyushtirilib, 3 kun ichida qancha odam qurbon bo‘lgan?
A) 100 ming atrofida B) 24 mingga yaqin
C) 30 mingga yaqin D) 10 ming atrogida
23. Fransiyada diniy urushlar avj olgan davrda qattiq intizom o‘rnatilgan katoliklar ligasini kim tuzgan edi?
A) Genrix Giz B) Genrix Novarrskiy C) Karl IX
D) Genrix III
24. O‘rta asrlardagi regent atamasining mazmuni qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A) qirolning alohida muhim farmoni
B) vaqtinchalik hukmdor
C) mustamlaka hududdagi qirol hokimiyati vakili
D) istilo, bosib olish
25. Angliyada kimning hukmronligi davrida cherkovga qarashli yerlarning 2/3 qismi sotib yuborildi?
A) Mariya B) Yakov VI C) Genrix VIII
D) Yelizaveta I
26. Angliyada nechanchi yil Styuartlar sulolasi hukmronligi boshlanadi?
A) 1558-yil B) 1614-yil C) 1603-yil D) 1588-yil
27. Rus yerlari qancha vaqt davomida mo‘g‘ullarga qaram bo‘lib kelgan edi?
A) 1,5 asr B) 140 yil C) ikki asr D) 240 yil
28. Rossiyada oprichnina tashkil qilingan yilni aniqlang.
A) 1549-yil B) 1583-yil C) 1580-yil D) 1565-yil
29. Rossiyada Ivan IV davrida sodir bo‘lgan voqealarni xronologik ketma-ketlikda joylashtiring.
1) Zemstvo sobori chaqirildi; 2) Podsholik toji birinchi bor Rossiyaga ko‘chirildi; 3) Sibir xonliklari bosib olindi; 4) Qozon xonligi bosib olindi.
A) 1, 2, 4, 3 B) 2, 1, 4, 3 C) 3, 2, 4, 1 D) 2, 3, 4, 1
30. XVII asr boshlarida Rossiyada boshlangan toj-taxt talashish va alg‘ov-dalg‘ovliklar kuchayishi natijasida qaysi davlatlar davlat ichki ishlariga zo‘r berib aralasha boshladi?
A) Polsha va Shvetsiya B) Germaniya va Chexiya
C) Angliya va Beliya D) Fransiya va Germaniya
31. Qay tariqa Rossiya tabaqaviy vakillik monarxiyasiga aylandi?
A) Zemstvo soborining chaqirilishi natijasida
B) Ivan IV ning taxtga o‘tirishi natijasida
C) Rusning Oltin O‘rdadan mustaqil bo‘lib olishi natijasida
D) holimiyat tepasiga romanovlar sulolasining kelishi
32. Niderlandiyada Vilgelm Oranskiy shimoliy hududlar hukmdori deb e’lon qilingan yili Fransiyada …
A) Diniy urushlar boshlandi
B) Nant edikti imzolandi
C) Genrix Novarrskiy taxtga chiqdi
D) “Varfolomey kechasi” sodir bo‘ldi
33. Qanday omillar XV asr oxiridan boshlab buyuk geograflk kashfiyotlarning amalga oshirilishiga sabab bo‘lgan edi?
l) xomashyoga bo‘lgan talab; 2) hukmron tabaqalarning boylikka, pulga bo‘lgan ehtiyoji; 3) yangi dengiz savdo yo‘llarini ochishga ehtiyoj; 4) yerga xususiy mulkning to‘la qaror topmaganligi; 5) kapitalizmning shakllanishi; 6) iqlimning keskin o‘zgarishi.
A) 1, 4, 6 B) 1, 2, 3 C) 3, 5 D) 1, 2, 3, 4, 5, 6
34. Ispan qiroli gersog Albani Niderlandiya hukmdori etib tayinlanganidan so‘ng, bu yerda “o‘ndan bir” deb atalgan soliq joriy etiladi. U kimlardan olinar edi?
A) hunarmandlardan B) savdogarlardan
C) dehqonlardan D) chorvadorlardan
35. “Xudo odamlarni hukmdor uchun emas, hukmdorni odamlar manfaati uchun yaratadi”, ushbu fikrlar qaysi hujjatda qayd etilgan edi?
A) “Nant edikti” B) “95 tezes” C) “Jannat edikti”
D) “Utrext uniyasi”
36. Antverpen shahri hozirda qaysi davlat hududida joylashgan?
A) Belgiya B) Lyuksemburg C) Gollandiya
D) Fransiya
37. Buyuk geograflk kashfiyotlarni amalga oshirgan Xristofor Kolumb qanday harbiy lavozimga ega edi?
A) mayor B) admiral C) general D) leytinant
38. Yevropaliklar tomonidan qaysi hududlar Vest-Indiya deb atalgan.
A) Karib dengizidagi orollar
B) Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari
C) Hindiston yarim orolida joylashgan mamlakatlar.
D) Hindixitoy davlatlarini
39. Angliyada Styuartlar sulolasining birinchi vakili kim.
A) Yelizaveta I B) Genrix III C) Yakov VI
D) Genrix IV
40. Joyning geografik koordinatalarini, vaqtni, yulduzlarning chiqish va botish paytini aniqlovchi astronomik asbob – astrolyabiya nechanchi asrgacha xizmat qilgan?
A) XVII asrgacha B) XVI asrgacha
C) XIX asrgacha D) XX asrgacha
41. Ispanlarning Amerikadagi mustamlakalari bilan olib boriladigan savdo … tomonidan nazorat qilingan.
A) Vest - Indiya kompaniyasi
B) Hindiston kengashi
C) Levantiy kompaniyasi D) Sevilya savdo palatasi
42. Ispaniya Filippin orollari ustidan qachon o‘z hokimiyatini o‘rnatdi.
A) 1532-yil B) 1529-yil C) 1567-yil D) 1521-yil
43. Xristofor Kolumb o‘z oldiga nimani maqsad qilib qo‘ygan edi?
A) Hindistonga Tinch okeani orqali boradigan yo‘l topishni
B) Yerning dumaloq ekanligini amalda isbotlashni
C) Hindistonga Atlantika okeani orqali boradigan yo‘l ochishni
D) O‘rtayer dengizi orqali Hind okeaniga chiqishni
44. Qaysi Germaniya imperatori knyazlarga o‘zlari e’tiqod qilgan diniy ta’limotni o‘z knyazliklari hududlarida o‘rnatish huquqini beradigan qonun chiqarishga majbur bo‘lgan.
A) Genrix IV B) Konrad II C) Karl V
D) Genrix VI
45. Ispanlarning Amerikadagi mustamlakalarni boshqarish uchun nechta vitse-qirollik tuzilgan?
A) 1 B) 2 C) 3 D) 4
46. X. Kolumb bilan Ispaniya qirollik oilasi o‘rtasida tuzilgan shartnomada nimalar nazarda tutilgan edi?
l) Yangi ochiladigan yerlarga Yangi Dunyo nomi beriladigan bo‘ldi; 2) Kolumb yangi ochiladigan yerlarning vitse-qiroli etib tayinlanadigan bo‘ldi; 3) Kolumb yangi ochiladigan yerlardan olinadigan daromadning 1/10 qismiga, ular bilan olib boriladigan savdodan tushadigan daromadning 1/8 qismiga egalik qiladigan bo‘ldi; 4) qirol yangi ochiladigan yerlarni o‘zlashtirish uchun dehqonlarni imtiyozli tarzda jo‘natadigan bo‘ldi; 5) yangi ochiladigan yerlarga X.Kolumbning nomi beriladigan bo‘ldi; 6) qirol ekspeditsiyaning pul ta’minotini o‘z bo‘yniga oldi.
A) 2, 3, 6 B) 1, 2, 3, 4 C) 3, 4, 5 D) 1, 2, 3, 5
47. Buyuk geograflk kashfiyotlarning ahamiyati nimalardan iborat bo‘ldi?
1) Sharq va G‘arb xalqlarining madaniy aloqalari yo‘lga qo‘yildi; 2) yangi dengiz savdo yo‘llari ochildi; 3) jahon savdosini vujudga keltirdi; 4) xalqlarning o‘zaro hamkorligiga asos soldi; 5) manufakturalarning vujudga kelishiga imkon yaratdi; 6) geografiya, tarix, etnografiya va okeanshunoslik fanlari yangi xulosalar, ma’lumotlar bilan boyidi
A) 1, 2, 4, 5 B) 1, 3, 4 C) 3, 4, 5, 6 D) 2, 3, 6
48. Yangi davr boshlarida G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida dvoryanlar tarkibida qanday o‘zgarish yuz berdi?
1) savdo-sotiq va tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchilar shakllandi; 2) savdo kompaniyalarining aksiyadorlariga aylandilar; 3) hukumatdan turli soliq yig‘imlarini yig‘ib olish huquqini sotib oldilar; 4) ishlab chiqarishda yollanma mehnatdan foydalanardilar; 5) yer-mulkka egalik qila boshladilar; 6) o‘z qo‘rg‘onlarida sanoat korxonalari ham tashkil etganlar
A) 1, 6 B) 2, 4, 6 C) 3, 6 D) 1, 2, 3, 4, 6
49. Yangi davr boshlarida G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida jamiyat ijtimoiy hayotida burjuaziyaning soni va jamiyat hayotidagi o‘rni ortib borishi nimaning oqibati edi?
A) dengiz osha savdo-sotiq aloqalarining yo‘lga qo‘yilganligi
B) ichki va tashqi savdoda shaharlar mavqeyining tobora yuksalib borganligi
C) yollanib ishlaydigan aholi qatlamining qaramlikdan sekin-asta qutula borishi
D) yollanib ishlaydigan aholi qatlamining sekin-asta qaramlikka tushib qolishi
50. Nimaning hisobiga Yangi davrda bozorlar har kuni ishlay boshladi?
A) xomashyoning ko‘payishi bilan
B) yollanma mehnatning kuchayib borishi
C) shaharlarning o‘sib borishi
D) qul savdosining kuchayishi
51. Yangi davr bozorlarining o‘ziga xos tomoni bu – ...
A) tovarlarni savdogarlikni kasb qilib olgan kishilar tomonidan sotishning vujudga kelganligi bo‘ldi
B) usti yopiq bozorlarning paydo bo‘lishi va ko‘payishi bo‘ldi
C) tovarlar oldi-sotdisi, narx-navosi va sifati bo‘yicha Sharq bozorlarini ortda qoldirdi
D) savdo ishlarini barcha – dehqonlar, hunarmandlar, chorvadorlar va boshqa tabaqa vakillari ham amalga oshirishi bo‘ldi
52. Qaysi omil Yangi davrda savdo kompaniyalari sonining ko‘payishiga sabab bo‘ldi?
A) savdogarlar hayotiga, mol-mulkiga solinayotgan doimiy xavf-xatar
B) shaharlar to‘xtovsiz o‘sib borayotganligi
C) sexlar faoliyatining kengayishi
D) xomasyo va mahsulot hajmining oshishi
53. Dastlabki aksiyadorlik jamiyatlari qay tariqa tashkil topgan?
A) bir necha sex a`zolarining manfaatli birlashuvlari natijasida
B) sexlar faoliyatining tugatilishi natijasida
C) savdodagi raqobatni yengish maqsadida bir shahar savdogarlarining yagona ittifoqqa birlashishi natijasida
D) savdogarlarning savdo kompaniyalarga birlashishi natijasida
54. Yangi davr boshlarida qaysi sabab ingliz savdogarlarini kompaniyalarga birlashishga majbur etgan?
A) feodallar tazyiqidan muhofaza qilish
B) savdogarlardan alohida-alohida olinadiga to‘lov va bojlarning oshib ketishi
C) ba’zida tashkil etiladigan yarmarkalardagi raqobat
D) dengiz osha savdo qilish
55. Lotinchadan “taqsimlanadigan narsa” ma’nosini beradigan atamani aniqlang.
A) dividend B) patent C) negosiant D) monopol
56. XVII asrga kelib manufaktura ishlab chiqarish qaysi davlatlarda xo‘jalikning asosiy shakliga aylandi? A) Fransiya va Shvetsiyada
B) Angliya va Gollandiyada
C) Belgiya va Italiyada
D) Ispaniya va Portugaliyada
57. Nima uchun XVII asrga kelib shaharlar devor bilan emas, balki ulkan tuproq uyumlari bilan himoya qilina boshlangan edi?
A) Yevropada kuchli ritsarlar qo‘shining mavjud bo‘lganligi
B) devor qurilishida mehnat qilishi mumkin bo‘lgan aholini qolmaganligi
C) asosiy urushlarning dengizga ko‘chishi
D) artilleriya qal’a devorlarini bemalol qulata olganligi tufayli
58. Yangi davrda savdoning rivojlanishida qanday muhim belgilar ro‘y berdi?
1) moliya oligarxiyasining vujudga keldi; 2) bozor savdosining o‘sishi; 3) savdogarlikni kasb qilib olgan kishilar tomonidan sotishning vujudga kelganligi; 4) savdo kompaniyalarining vujudga kelishi; 5) savdo monopoliyalarning vujudga kelganligi; 6) usti yopiq bozorlar qurilishi avj oldi; 7) bozor savdosi bilan do‘kon savdosi o‘rtasida raqobat vujudga keldi; 8) tovar ishlab chiqarishga o‘tildi; 9) shaharlarning o‘sishi.
A) 2, 3, 4, 5, 7, 9 B) 3, 4, 6, 7, 8 C) 1, 3, 5, 7, 9
D) 1, 2, 3, 4, 5, 6
59. Qaysi voqelardan keyin Yevropa davlatlarining mustamlakachilik siyosati boshlandi?
A) X.Kolumbning 1492-yilgi dengiz osha sayohati
B) Ispaniya va Angliya o‘rtasida dendizdagi hukmronlik uchun kurashning boshlanishi
C) Angliyani Ispaniyaning dengizdagi qudratiga putur yetkazishi va Angliyaning eng qudratli dengiz davlatiga aylanishi
D) Ispaniya bayrog‘i himoyasi ostida yangi ochilgan yerlar Ispaniya qiroli mulki deb e’lon qilinishi natijasida
60. Angliyaga qaysi omil mustamlakalar bosib olishga imkon berdi?
A) inglizlarning Shimoliy Amerikadagi Virginiyaga asos solishi
B) qudratli dengiz davlatiga aylanishi
C) Hindistonni o‘z ta’sir doirasiga aylantirishi egallanishi
D) qudratli salohiyatga ega bo‘lgan harbiy qurollarning ixtiro qilinishi
61. Ispaniya o‘z mustamlakalariga tayinlagan vitse-qirollarga qaysi qatorlarda to‘g‘ri ta’rif berilgan?
1) ular oliy tabaqa vakillari orasidan 3 yil muddatga tayinlangan; 2) vetse-qirollar hukmdorning o‘g‘li yoki aka-ukasi bo‘lishi lozim bo‘lgan; 3) ularga o‘zi bilan oila a’zolarini olib ketish taqiqlangan; 4) ular 2 yillik vakolatga ega bo‘lgan; 5) vetse-qirolning mustamlaka yerida ko‘chmas mulk sotib olish va tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi taqiqlangan; 6) ular mustamlaka yeridan keladigan daromadning 1/8 qismiga egalik qilgan.
A) 1, 2, 3, 6 B) 2, 4, 5 C) 1, 3, 5 D) 1, 6
62. Nima uchun Rossiya XVII asrda G‘arbiy Yevropa davlatlari bilan savdo-sotiq ishlarida bevosita ishtirok eta olmagan?
A) chunki Rossiya dengiz savdo flotiga ega emas edi
B) Boltiq dengizi hududlarini bosib olmaganligi
C) mamlakatda ichki siyosiy ziddiyatlarni hali bartaraf eta olmaganligi
D) G‘arbiy Yevropa davlatlari bilan do‘stlik aloqalarining yo‘lga qo‘yilmaganligi
63. Poltava jangi qaysi urush taqdirini hal etdi?
A) “Shimoliy urush”
B) “30 yillik urush”
C) Angliya Ispaniya urushi
D) Fransiyadagi diniy urushlar
64. Pyotr I davrida quyidagi islohotlardan qay birlari amalga oshirildi?
1) krepostnoylikni bekor qilindi; 2) dehqonlar to‘lov evaziga ozod qilindi; 3) boyarlar mavqeyi tiklandi; 4) Rossiya ma’muriy boshqaruv jihatidan gubernyalarga bo‘lindi; 5) Senat tuzildi; 6) qo‘shinda harbiy xizmat umrbod muddatda o‘taladigan bo‘ldi.
A) 4, 5, 6 B) 1, 2, 3 C) 1, 3, 5 D) 2, 3, 4
65. Shimoliy urush yakunidan keyin Rossiya davlatidagi o‘zgarish to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni toping.
l) Rossiya Oltin O‘rda davlatidan to‘la ozod bo‘ldi; 2) Rossiya Boltiq dengiziga chiqish yo‘liga ega bo‘ldi; 3) Rossiya Yevropaning qudratli davlatlaridan biriga aylandi; 4) Rossiya imperiyaga aylandi; 5) Rossiyada mutlaq monarxiya to‘la qaror topdi; 6) Qora dengizida hukmronlik Rossiya ixtiyoriga o‘tdi; 7) Shvetsiya Rossiya bilan abadiy do‘stlik shartnomasini tuzdi; 8) Rossiya Saxalin orolini bosib oldi.
A) 1, 2, 5, 6, 8 B) 1, 3, 5, 7 C) 2, 3, 4, 5
D) 1, 2, 3, 4, 7
66. Qay tariqa 1649-yildagi Sobor nizomi Rossiyada krepostnoy huquqining shakllanishi jarayoni tugallandi?
1) dehqonlar dvoryanlarga uzil-kesil biriktirilib qo‘yildi; 2) dehqonlarning xo‘jayindan-xo‘jayinga o‘tishi taqiqlandi; 3) krepostnoylik nasldan-naslga o‘tadigan bo‘ldi; 4) dehqonlar obrokni pul bilan to‘lay boshladi; 5) dehqonlarni manufaktura tuzishi taqiqlab qo‘yildi.
A) 1, 2, 3 B) 1, 4, 5 C) 2, 3, 4, 5 D) 3, 4, 5
67. Genrix VIII qirol hokimiyatini yanada mustahkamlash uchun ...
A) yangi dengiz flotini tashkil qildi
B) cherkovni yerdan va boshqa mulklardan mahrum etish haqida farmon chiqardi
C) mamlakatda yagona pul, o‘lchov birliklarini joriy qildi
D) parlamentni butunlay tarqatib yubordi va uning o‘rniga “Maxsus qirol kengashi”ni tashkil qildi
68. Butun XVI asr Angliya tarixida chuqur iz qoldirgan uch yirik hodisa bilan ajralib turadi. Bular qaysi qatorda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A) Angliyaning dengizda hukmronligining o‘rnatilishi, burjua inqilob, mustamlakachilik
B) toifaviy monarxiyaning shakllanishi, Angliyaning dengizda hukmronligining o‘rnatilishi, burjua inqilob
C) reformatsiya, mutlaq monarxiyaning kuchayishi, Angliyaning dengizda hukmronligining o‘rnatilishi
D) parlamentning professional vakolatga ega bo‘lishi, kontrreformatsiya, burjua inqilob
69. Angliyada qanday cherkov anglikan cherkovi deb ataldi?
A) Mariya Tyudor tomonidan isloh qilingan yangi din
B) faqar Angliyada amal qilgan katolik dini
C) Angliyada provaslav ta’limotiga amal qiluvchi din
D) Angliyada protestant ta’limotiga amal qiluvchi din
70. Qaysi holat Angliyada Yakov I davrida manufaktura ishlab chiqarishi rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi?
A) mustamlakalardan xomashyo keltirishning taqiqlanishi
B) savdo kompaniyalarni tuzishning taqiqlanishi
C) yangi ixtirolarni qo‘llanilishining taqiqlanishi
D) chet el bilan savdo-sotiqning taqiqlanishi
71. Nima sababdan Angliyada Yakov I davrida savdogarlar xarajatlarni qoplash uchun narx-navoni oshirishga majbur bo‘lar edilar?
A) mustamlakalardan xomashyo keltirilmasligi
B) dengizda qaroqchilikning avj olishi va buning oqibatida chet el bilan savdo-sotiqni taqiqlanishi
C) qirolning savdo kompaniyalarni tuzishni taqiqlashi va sexlarning yopib qo‘yilishi
D) qirol ba’zi tovarlarni ishlab chiqarish va sotish uchun ruxsatnomani tadbirkor va savdogarlarga xohlagan narxda o‘zi sotishi
72. Nima sababdan Angliya qiroli Yakov I ning tashqi siyosatidan burjuaziyaning noroziligi kuchayib bordi?
A) Gollandiya bilan murosasozlik qilinayotganligi sababli
B) Ispaniya bilan murosasozlik qilinayotganligi sababli
C) Fransiya bilan murosasozlik qilinayotganligi sababli
D) Portugaliya bilan murosasozlik qilinayotganligi sababli
73. Qay tariqa Angliyada XVII asrda qirolning yakka hukmronligi o‘rnatildi?
A) parlament tomonidan qirolga cheklanmagan huquqlar berilganligi sababli
B) yirik zadoganlarni mavqeyini parlament tomonidan cheklab qo‘yilganligi tufayli
C) qirolning parlamentni tarqatib yuborishi tufayli
D) markazlashtirish jarayonini nihoyasiga yetishi tufayli
74. Karl I davrida chaqirilgan parlament qanday tadbirlarni amalga oshirdi?
1) favqulodda sudlarni tarqatib yubordi; 2) qirol Oliy sudni o‘zi amalga oshiradigan bo‘ldi; 3) qirol huzuridagi «Maxfiy Kengash»ning Oliy sudni amalga oshirish vakolati bekor qilindi; 4) siyosiy maxbuslar ozodlikka chiqarildi; 5) matbuot mustaqilligi e’lon qilindi; 6) qonunsiz to‘lovlar va jarimalar bekor qilindi; 7) qirolga parlamentning jamoalar palatasini roziligisiz tarqatmaslik majburiyati yuklatildi; 8) parlament vakolati 6 yil qilib belgilandi; 9) viloyat, tuman hokimlari parlament tomonidan tasdiqlanadigan bo‘ldi; 10) cherkov sudini ruhoniy bo‘lmagan shaxslarni sud qilish huquqidan mahrum etdi;
A) 2, 3, 5, 6, 7, 9 B) 1, 2, 4, 6, 8 C) 1, 2, 3, 5, 7, 8
D) 1, 3, 4, 5, 6, 7, 10
75. Remonstratsiya nima?
A) oliy davlat yoki hukumat boshlig‘iga beriladigan rasmiy ariza, iltimosnoma
B) amaldagi hukumat, uning siyosati bilan kelishmay boshqacha faoliyat yuritish tarafdorlari
C) qonun loyihasi, Konstitutsiyaga tenglashtirish hujjatlarning nomi
D) norozilik hujjati
76. Alohida voqealar, hodisalar yoki sharoit talabi bilan joriy etiladigan sudni aniqlang
A) Favqulodda sud B) Qirol sudi
C) Maxsus sud D) Siyosiy ishlar sudi
77. Lotinchadan ro‘yxatga olaman ma’nosini anglatuvchi atamani aniqlang.
A) edikt B) senzura C) tezis D) uniya
78. Angliyada fuqarolar urushidan so‘ng parlament qanday islohotlar o‘tkazdi?
1) yangi dvoryanlar feodal to‘lovlardan ozod etildi; 2) yangi dvoryanlar qo‘lidagi yer-mulklar o‘zlariga xususiy mulk qilib berildi; 3) favqulodda sudlar tarqatib yuborildi; 4) qirol, qirol tarafdorlari va yepiskoplarning yerlari musodara qilindi; 5) cherkov parlamentga bo‘ysundirildi; 6) savdogarlar savdo ishlarini yuritish uchun ruxsatnoma olib o‘tirmaydigan bo‘ldi; 7) qirol huzuridagi «Maxfiy Kengash»ning Oliy sudni amalga oshirish vakolati bekor qilindi.
A) 1, 2, 4, 5, 6 B) 1, 3, 5, 7 C) 2, 3, 4, 6, 7
D) 2, 3, 5, 6, 7
79. Angliya 1649-yil 19-mayda Respublika deb e’lon qilingach, barcha hokimiyat to‘laligicha ... qo‘liga o‘tdi.
A) ijro etuvchi hokimiyatni amalga oshiruvchi Kengash
B) “Ozod davlat Angliya, Shotlandiya va lirlandiyaning Lord-protektori” Kromvelning
C) o‘zini “ingliz ozodligining asrovchisi” deb hisoblovchi bir palatali parlamenti
D) yangi dvorayanlardan tashkil topgan Respublika Maxsus kengashi
80. Nima sababdan Angliyada inqilobdan so‘ng parlament mamlakatdagi fuqarolarning totuvligini ta’minlay olmadi?
A) hokimiyatning bir palatali parlamentning qo‘liga o‘tishi tufayli
B) aholining quyi tabaqalari manfaatlarini hisobga olmaslik hamda narx-navoning o‘sishi va ommaviy ishsizlikning kuchayishi sababli
C) Kromvelning yuritgan bosqinchilik siyosati sababli
D) ijro etuvchi hokimiyatni amalga oshiruvchi Kengashning amalda hech qanday huquqqa ega bo‘lmasligi sababli
81. Ma’lumki, Kromvelning tashqi siyosati hukmron tabaqa manfaatiga to‘la mos keldi. Quyidagi ko‘rsatilganlardan qay biri buning yorqin dalillari bo‘ldi?
A) Gollandiyaning mag‘lubiyatga uchratilishi, keyinchalik Ispaniya ustidan g‘alaba qozonishi
B) chet el bilan savdoda savdo kompaniyalarning o‘rnini kengaytirilishi
C) tashqi savdoda burjuaziyaga keng imkoniyatlar berilishi
D) yangi mustamlakalarni egallashga rag‘batlantirilishi
82. Nima sababdan Angliya taxtiga Gollandiya hukmdori Vilgelm Oranskiyning o‘tirishi mamlakatda katolikning kuchayishi xavfini butunlay bartaraf etardi?
A) Vilgelm Oranskiy Genrix Giz bilan yaqin qarindosh bo‘lganligi
B) Vilgelm Oranskiy Styuartlarga qarindosh bo‘lgani
C) Vilgelm Oranskiy protestant bo‘lgan Germaniya knyazlari bilan mustahkam aloqada bo‘lganligi
D) Vilgelm Oranskiyning o‘zi protestant bo‘lgani
83. Vilgelm Oranskiy nimaning evaziga taxtga o‘tirdi?
A) vijdon erkinligini joriy etishga rozi bo‘lganligi
B) fuqarolar totuvligini ta’minlashga rozi bo‘lganligi
C) parlament shartlariga rozi bo‘lganligi
D) sobiq qirolning qiz tomonidan nabirasi bo‘lganligi
84. Ingliz burjua inqilobining tarixiy ahamiyati nimalardan iborat.
l) mutlaq monarxiyani yo‘q qilindi; 2) Angliyada bozor munosabatlariga asoslangan yangi jamiyat – kapitalizmning to‘la qaror topishi uchun sharoit yaratildi; 3) sex va manufaktura sanoati gurkirab rivojlandi; 4) hunarmandlarning sex birlashmalari yo‘q qilindi; 5) mamlakatda qirol hokimiyati saqlangan bo‘lsada, uning vakolatlari protektor tomonidan cheklandi; 6) sanoat inqilobi uchun qulay sharoit yuzaga keldi; 7) aholi tarkibida yangi qatlam – sanoat burjuaziyasi va yollanma ishchilar sinfining shakllanishiga yo‘l ochildi; 8) qishloq xo‘jaligida ham bozor munosabatlarining tez rivojlanishini ta’minlandi.
A) 1, 2, 3, 4, 5 B) 1, 3, 5, 7 C) 2, 3, 5, 6, 8
D) l, 2, 4, 6, 7, 8
85. Angliya inqilobining qaysi g‘oyasi Yevropaning boshqa mamlakatlari aholisining ilg‘or qismini ham to‘lqinlantira boshladi?
A) vijdon erkinligi
B) parlamentning yetakchi o‘rin egallashi lozimligi, qonun oldida barcha fuqarolarning tengligi
C) sanoat ishlab chiqarishining gurkirab rivojlanishiga to‘siq bo‘lib turgan hunarmandlarning sex birlashmalari yo‘q qilinishi
D) kapitalizmning to‘la qaror topishi
86. Diktatura qaysi so‘zdan olingan va qanday ma’noni bildiradi?
A) inglizcha, homiy, himoyachi
B) lotincha, farmon, qaror
C) lotincha, cheklanmagan hokimiyat
D) yunoncha, ma’lum qilaman
87. Buyuk Britaniyada sanoat inqilobi yuz berishi uchun mavjud shart-sharoitlar nimalardan iborat edi?
1) agrar inqilob ortiqcha ishchi kuchini vujudga keltirdi; 2) tovar sotish bozori shakllandi; 3) mamlakat aholisining nufuzi va shaharlar soni tobora o‘sib bordi; 4) burjuaziyaning fabrikalar qurish va ularda texnikani qo‘llash imkoni; 5) fermerlarning xo‘jalikni yuritishi; 6) fermerlarning yerga ishlov berish uchun yollanma ishchilar yollashi.
A) 1, 2, 3, 4 B) 1, 5, 6 C) 2, 4, 6 D) 1, 2, 3, 5, 6
88. XVIII asrda ingliz burjuaziyasiga qaysi holat fabrikalar qurish va ularda texnikani qo‘llash imkonini berdi?
A) sanoat inqilobi
B) katta sarmoya
C) Yakov I ning tadbirkorlikka oid farmoni
D) yangi mustamlakalarga ega bo‘lish
89. Buyuk Britaniyada sanoat inqilobi dastlab to‘qimachilik sohasida yuz berishiga nima sabab bo‘lgan?
A) agrar inqiroz
B) qo‘yga bo‘lgan talabning oshib ketganligi
C) sex ishlab chiqarishning barham topganligi va sifatli matolarga talabning tobora ortib borishi
D) qishloq xo‘jaligida jamoalarning yemirilishi
90. Ma’lumki, to‘quv dastgohi ixtiro qilingach, to‘quvchi g‘altak iplari orasidan o‘rmakni oyoq qurilmasini bosib turishi orqali bajariladigan bo‘ldi. Ungacha to‘quvchi g‘altak iplari orasidan o‘rmakni ...
A) o‘zi o‘tkazib turishga majbur bo‘lgan
B) biror bir hayvon – ot yoki xo‘kizga bog‘langan va u o‘tkazib turishga majbur bo‘lgan
C) suv charxpalagi yordamida o‘tkazib turishga majbur bo‘lgan
D) bug‘ orqali o‘tkazib turishga majbur bo‘lgan
91. XVIII asrda Buyuk Britaniyada nimaning oqibatida yigirilgan ip tanqisligi yuzaga keldi?
A) sexlarning ko‘payishi natijasida
B) charxpalak bilan harakatga keltiriladigan yigirav mashinasi ixtiro qilinishi natijasida
C) mexanik urchuq ixtiro qilinishi natijasida
D) to‘quv dastgoh ixtiro qilinishi natijasida
92. XVIII asrda Buyuk Britaniyada ip tanqisligi muammosi qay tariqa hal qilindi?
A) bug‘ mashinasi ixtiro qilinishi natijasida
B) sexlarning ko‘payishi ta’minlash natijasida
C) mexanik urchuq ixtiro qilinishi natijasida
D) to‘quv dastgoh ixtiro qilinishi natijasida
93. Cho‘yan olishning va uni quyishning yangi usullari yaratilishi qaysi ixtiro bilan bog‘liq edi?
A) tosh ko‘mirdan koks olish bilan
B) charxpalak bilan harakatga keltiriladigan yigirav mashinasi ixtiro qilinishi bilan
C) cho‘yan quvurlar yasash bilan
D) tokarlik dastgohi yaratilishi bilan
94. Angliya qirolining mustamlakalardagi yevropaliklarning Amerika g‘arbiga siljishini taqiqlovchi qarori nimani ko‘zda tutgan edi?
A) tabiiy boyliklar zaxirasini uzoq muddatga saqlash imkoniyatini
B) mahalliy hindular bilan urush kelib chiqishining oldini olishni
C) Ispaniya, Fransiya singari mustamlakachi davlatlar bilan urush kelib chiqmasligini
D) ingliz aholisining Amerika qit’asiga ko‘chish tezligini kamaytirishni
95. Ma’lumki, 1789-yil AQSHda ikki palatali Kongress tashkil etilgan bo‘lib, yuqori palata – senatga har bir shtatdan ikki kishi, quyi palata – Vakillar palatasiga esa ...
A) Angliyada yangi ko‘chib kelgan aholidan 15 kishi saylanardi
B) deputatlar har bir shtatdan besh kishi saylanar edi
C) deputatlar shtatlar aholisining soniga mos ravishda saylanardi
D) deputatlar har bir shtatdan uch kishi saylanar edi
96. XVI-XVIII asrlarda Fransiya mutlaq monarxiyasi quyidagi qaysi iborada o‘z ifodasini topgan?
A) “Imperator yorug‘ dunyoning hukmdori, barcha uning soliq to‘lovchilaridar”
B) “Xudo odamlarni hukmdor uchun emas, hukmdorni odamlar manfaati uchun yaratadi”
C) “Xudoning irodasi shuki, har qanday qaram bo‘lib tug‘ilgan o‘ylab o‘tirmasdan bo‘ysunmog‘i lozim”
D) “Davlat – qirolning o‘zi”
97. Ma’lumki, XVI asrda Fransiya ikki dushman lagerga – katoliklar va protestantlar lageriga bo‘linib ketgan edi. Fransiyaning qaysi qismi katoliklar tomonida, qaysi qismi gugenotlarniki bo‘lib qoldi?
A) G‘arbiy Fransiya katoliklar tomonida, sharqi esa gugenotlarniki bo‘lib qoldi
B) Janubiy Fransiya katoliklar tomonida, shimoli esa gugenotlarniki bo‘lib qoldi
C) Shimoliy Fransiya katoliklar tomonida, janubi esa gugenotlarniki bo‘lib qoldi
D) Shimoliy Fransiya tomoni gugenotlarniki, janubi esa katoliklar bo‘lib qoldi
98. Qaysi voqea Fransiyada uzoq davom etgan diniy urushning boshlanishiga turtki bo‘ldi?
A) 3 kun ichida gugenotlarning qirg‘in qilinishi
B) Parijda Rim papasining gugenotlarni jazolash haqidagi farmonining o‘qib eshittirilishi
C) gugenotlar rahnamosi gersog Genrix Burbonning o‘zining qo‘riqchilari bilan Vassida katoliklarga hujum qilishi
D) katoliklar rahnamosi gersog Gizning o‘zining qo‘riqchilari bilan Vassida protestantlarga hujum qilishi
99. Genrix Giz rahbarligida katolik liga tomonidan tayyorlangan fitnaga ko‘ra, ...
A) yangi qirol olib qochilishi va majburan monax qilinishi, taxtni esa Genrix Giz egallashi lozim edi
B) Genrix Burbon va Margaritaning to‘yida gugenotlarning barcha rahbarlari qirib tashlanishi lozim edi
C) qirol yashirincha olib qochilib, taxtga Genrix Burbon o‘tirishi kerak edi
D) Fransiya ikkiga bo‘linishi va bir qismida katoliklar davlatini tuzish kerak edi
100. Qachon va qaysi hujjatga ko‘ra Fransiyada diniy murosasozlikka erishildi?
A) 1589-yilda imzolangan Urtext uniyasiga ko‘ra
B) 1598-yilda qabul qilingan Nant ediktiga ko‘ra
C) 1589-yilda imzolangan Vassi ediktiga ko‘ra
D) 1592-yil imzolangan Burbon sulhiga ko‘ra
101. Quyidagi qaysi omillar Fransiyada inqilob ro‘y berishini muqarrar qilib qo‘ydi?
1) o‘rta asr feodal tartiblarini hukm surishi; 2) o‘rta asr feodal tartiblari sanoat va savdoning rivojiga to‘siq bo‘lganligi; 3) Fransiyada mutlaq monarxiya hukm surishi; 4) tashqi siyosatda muvaffaqiyatsizlikka uchrashi; 5) urush va soliqlardan qiynalib ketgan xalqning ahvoli tobora og‘irlashib borishi; 6) tashqi siyosatda muvaffaqiyatga erishishi; 7) diniy urushlarning avj olishi; 8) Fransiyaning Angliyadan yengilishi.
A) 1, 3, 6, 7 B) 2, 4, 6, 8 C) 1, 2, 3, 4, 5
D) 2, 3, 5, 6, 7
102. 1792-yil 21-sentabrda Fransiyada bo‘lib o‘tgan voqealarni aniqlang.
1) Fransiya Respublika deb e’lon qilindi; 2) Lyudovik XVI qatl etildi; 3) “Inson va fuqaro huquqlari Deklaratsiyasi” qabul qilindi; 4) mamlakatda birinchi marta konstitutsiya qabul qilindi; 5) Parijda qurolli qo‘zg‘olon boshlandi va Fransiyada monarxiya ag‘darib tashlandi 6) Respublika feodal-tabaqaviy tengsizlikni bekor qildi.
A) 1, 2, 4, 5 B) 1, 2, 3, 4 C) 2, 5, 6 D) 1, 2, 6
103. Lotincha farmon, qaror ma’nosini ifodalaydigan so‘zni aniqlang.
A) edikt B) dekret C) uniya D) kommuna
104. Yakobinchilar yuritgan ichki siyosatini aniqlang.
1) feodal to‘lovlar butunlay bekor qilindi; 2) dehqonlar o‘z yerlarining ozod egalariga aylandilar; 3) chet ellarga qochib ketgan dvoryanlarning yerlari mayda bo‘laklarga bo‘linib sotildi; 4) cherkov davlatdan ajratildi; 5) birinchi iste’mol buyumlariga qat’iy narxlar o‘rnatildi; 6) ish haqining eng yuqori darajasini belgilab qo‘ydi; 7) diktatura o‘rnatildi; 8) o‘z raqiblariga qarshi terror o‘rnatildi; 9) qo‘shinni mustahkamlash choralarini ko‘rdilar.
A) 1, 2, 3, 4, 5 B) 2, 4, 5, 6 C) 2, 3, 5, 7, 8
D) Barchasi to‘g‘ri
105. Fransiyada boshlangan inqilob natijasida qaysi qo‘shni davlat qo‘shinlari Fransiyaga bostirib kirdi?
A) Shvetsariya, Polsha, Italiya
B) Avstriya, Germaniya, Italiya
C) Ispaniya, Buyuk Britaniya, Avstriya
D) Ispaniya, Portugaliya, Shvyetsariya
106. Qay tariqa yakobinchilar diktaturasi quladi?
A) M.Robespyer va uning tarafdorlari qamoqqa olinib, qatl etilishi
B) mamlakatga qo‘shni davlatlarning bostirib kirib, talon-taroj qilishi
C) Lyudovik XVI ning qatl etilishi
D) “Inson va fuqaro huquqlari Deklaratsiyasi” qabul qilinishi va monarxiyaning tiklanishi
107. Mahsulot sifati yomonlashadi, degan bahona bilan yangi ixtirolarni qo‘llashni taqiqlab qo‘ygan ingliz qirolini aniqlang.
A) Karl I B) Yakov I C) Karl II D) Yakov II
108. Angliya parlamenti qabul qilgan qaysi hujjatda “Barcha kulfatlarning ildizi – asosiy qonunlarni yo‘qqa chiqarish maqsadida qilinayotgan yovuz niyatli badkirdor urinishlar va ingliz qirolligining dinni hamda adolatni ko‘mib tashlagan boshqaruvi asoslaridir”, deb yozilgan edi?
A) “Huquqlar to‘g‘risidagi bill”
B) “Huquqlar to‘g‘risidagi petitsiya”
C) “Erkinlikning buyuk xartiyasi”
D) “Buyuk remonstratsiya”
109. Angliya inqilobning boshlanish sanasi qaysi javobda to‘g‘ri berilgan?
A) 1645-yil 14-iyun B) 1642-yil 21-iyul
C) 1640-yil 3-noyabr D) 1640-yil 31-may
110. Abu Rayhon Beruniy o‘z asarida Atlantika va Tinch okeanini qanday nom bilan ataydi?
A) Ummon okeani B) Muhit okeani
C) Ma’mura okeani D) Mag‘rib okeani
111. Buyuk geografik kashfiyotlarning tashabbuskorlari qaysi davlat dengiz sayyohlari bo‘lishdi?
A) Anglia va Fransiya B) Ispaniya va Germaniya
C) Portugaliya va Ispaniya
D) Angliya va Germaniya
112. XV asrda yashagan italiyalik olim P. Toskanellining dunyo xaritasida Osiyo qit’asi qirg‘oqlari …
A) Atlantika okeanining g‘arbiy sohillarida ekanligi belgilangan edi
B) Tinch okeanining sharqiy sohillarida ekanligi belgilangan edi
C) Atlantika okeanining sharqiy sohillarida ekanligi belgilangan edi
D) Hind okeanining sharqiy sohillarida ekanligi belgilangan edi
113. X. Kolumb Ispaniya qirollik oilasi bilan Hindiston sari suv yo‘li ochishga xizmat qiluvchi ekspeditsiyani boshlash haqida shartnoma tuzishganidan 30 yil o‘tib, …
A) dunyoni aylana birinchi sayohat nihoyasiga yetkazildi
B) Ispaniya qiroli mahalliy hindularni qulga aylantirishni taqiqlab qo‘yuvchi qonun chiqardi
C) Amerigo Vespuchchi vafot etdi
D) portugaliyalik dengizchi F. Magellan sayohati boshlandi
114. Amerigo Vespuchchi X.Kolumb kashf etgan yerlarni nima deb atadi?
A) “Amerika” B) “Yangi Dunyo” C) “Hindiston”
D) “Vest Indiya”
115. Kolumb ekspeditsiyasi 12-oktabr kuni Amerika qit’asidagi San-Salvador orolini kashf qildi. Bu orol hozirda qaysi davlat hududi hisoblanadi?
A) Dominikan respublikasi B) San-Marino
C) Bagama orollari D) Grenada
116. Xaritashunos olim M.Valdzemyuller Kolumb kashf etgan yangi qit’ani Amerigo Vespuchchi sharafiga Amerika deb atashni taklif etganidan 10 yil o‘tib …
A) portugaliyalik dengizchi F. Magellan sayohati boshlandi
B) Yangi Dunyo “Amerika” deb atalgan birinchi globus yaratildi
C) Rafael Santi vafot etdi
D) Martin Lyuter dindorlarga qarata yozgan mashhur “95 tezis”sini e’lon qildi
117. Ispaniya Amerika sivilizatsiyasining markazi bo‘lgan Mayya davlati hududlarini to‘la bo‘ysundirgan yilni aniqlang.
A) 1679-yil B) 1569-yil C) 1657-yil D) 1579-yil
118. Atlantika okeani orqali Hindistonga boriladigan dengiz yo‘li nechanchi yil, kim tomonidan kashf etildi?
A) 1605-yil L.Torres B) 1498-yil Vasko da Gama
C) 1492-yil X.Kolumb D) 1521-yil F.Magellan
119. Yevropalik mustamlakachilar nechanchi yildan boshlab konkista siyosatini yurita boshladilar?
A) 1512-yil B) 1515-yil C) 1510-yil D) 1529-yil
120. 1503-yildan 1565-yilgacha Amerika qit’asidan Ispaniyaga … oltin va … kumush tashib ketildi.
A) 170 tonna, 12 ming tonnadan ortiq
B) 169 tonna, 18000 tonnaga yaqin
C) 171 tonna, 19 ming tonnaga yaqin
D) 181 tonna, 17000 tonnaga yaqin
121. Ispaniya bosib olgan mustamlakalarni boshqarish uchun vitse-qirollik tashkil etgan bo‘lib, ulardan Yangi Ispaniya vitse-qirolligiga qaysi hududlar kirgan?
A) Meksika, Markaziy Amerika, Venesuela va Karib dengizi orollari
B) Braziliyadan tashqari, deyarli butun Janubiy Amerika hududi
C) Markaziy va Shimoliy Amerika hududlari
D) Janubiy Amerikaning yarmini egallagan Braziliya hududlari
122. Braziliyani kim va qachon kashf etdi?
A) Vasko da Gama, 1500-yil B) Kabral, 1500-yil
C) F.Magellan, 1510-yil D) L.Torres, 1510-yil
123. Ispaniya boshqa davlatlar savdogarlarining ispan mustamlakalari bilan savdo qilishini taqiqlab qo‘yishi natijasida …
A) Angliya – Ispaniya urushiga olib keldi.
B) Gollandiya – Ispaniya urushiga olib keldi
C) Kuba – Ispaniya urushiga olib keldi
D) Portugaliya – Ispaniya urushiga olib keldi
124. Inglizlarning Amerika qit’asidagi birinchi mustamlakasi qachon va qayerda asos solingan?
A) 1607-yil Kuba va Gaitida
B) XVI asr oxirida Feladilfiyada
C) 1609-yil Gvatemalada
D) XVII asr boshida Virginiyada
125. Konkista so‘zining ma’nosi nima?
A) ko‘chib kelish B) cheklanmagan hokimiyat
C) bosib olish D) homiylik qilish
126. XVI-XVII asrlarda butun Yevropa aholisining necha foizini dehqonlar tashkil etgan?
A) 90 % B) 92 % C) 88 % D) 80 %
127. Angliyaning Rossiya bilan savdo aloqasi olib borish huquqiga qaysi kompaniya haqli bo‘lgan?
A) “Levantiy” B) “Moskva” C) “Ost-Indiya”
D) “Vest_indiya”
128. XVI-XVII asrlarda Angliya qirollari savdo kompaniyalari tashkil etilishiga qarshilik qilmaganlar va aksincha ularni qo‘llab-quvvatlagan. Bunga sabab nima edi?
1) kompaniya tashkil etish uchun berilgan patent xazinaga juda katta miqdorda daromad keltirar edi; 2) savdo kompaniyalari o‘zlariga uzoq mamlakatlarda Angliya manfaatlarini himoya qilish majburiyatini ham olar edilar; 3) savdo kompaniyalari daromadning 1/3 qismini shaxsan qirolning o‘ziga berardi; 4) savdo kompaniyalari mustamlaka hududlarni egallab, uning yarmini ingliz qiroliga taqdim qilar edi.
A) 1, 3, 4 B) 1, 3 C) 2, 3, 4 D) 1, 2
129. Patent so‘zi qanday ma’noni anglatadi?
A) lotincha – ochiq, aniq-ravshan
B) yunoncha – taqdimot
C) lotincha – qog‘oz, hujjat
D) inglizcha – huquq, imtiyoz
130. Quyidagi qaysi tadbirlar ritsarlar mavqeyiga putur yetkazib, ritsarlik jasurlik belgisi bo‘lmay qoldi?
A) qurolsozlik sohasidagi yangi ixtirolar
B) asosiy janglarning dengizlarga ko‘chishi
C) ritsarlarning yersiz qoldirilishi
D) ritsarlarning o‘z kasbini tashlab savdogarlik bilan shug‘ullanib ketishi
131. Quyidagi qaysi davlat savdo kompaniyalari XVII asr boshlarida Erondan Shimoliy Amerikagacha, Shvetsiyadan Hindistongacha bo‘lgan katta hududni o‘z ta’sirida tutgan edi?
A) Ispaniya B) Fransiya C) Angliya D) Portugaliya
132. Patent atamasining mazmuni qaysi javobda to‘g‘ri aks ettirilgan?
1) biror-bir ixtironing davlat tomonidan e’tirof etilgani va ixtirochining o‘z ixtirosiga olgan huquqini tasdiqlovchi hujjat; 2) daromad topish maqsadida hissadorlik qoidalari asosida uyushgan sherikchilik jamiyati; 3) savdo va ishlab chiqarish huquqi yoki imtiyozini beruvchi hujjat; 4) aksiyadorlar jamiyati foydasining aksiya egasiga har yili beriladigan qismi.
A) 2, 3, 4 B) 2, 4 C) 1, 2, 3 D) 1, 3
133. Artilleriyaning yangi ixtiro qilingan qurol turi – mortira qanday ahamiyatga ega bo‘lgan?
A) u tuproq uyumlarini ham qo‘porib tashlash imkoniga ega edi
B) u devor teshish qudratiga ega bo‘lgan
C) u 200 metrgacha o‘q ota olgan
D) u olovli o‘q otish imkoniga ega bo‘lgan
134. Yevropada qachondan boshlab miltiqqa qo‘ndoq, to‘pponcha, qo‘l granatalari yasash boshlandi?
A) XVI asrning o‘rtalaridan
B) XVII asrning birinchi yarmidan
C) XVI asrning ikkinchi yarmidan
D) XVII asrning so‘nggi choragidan
135. Nima sababdan XVI asrda Germaniyada katolik cherkovining qudrati Angliya va Fransiyadagiga nisbatan ancha kuchli bo‘lgan?
A) Germaniya qirollarining Rim papasiga qarindosh bo‘lganligi sababli
B) Germaniyada barcha yerlarning teng yarmi katolik cherkovi tasarrufida bo‘lganligi sababli
C) Germaniyada siyosiy tarqoqlik hukm surganligi va mayda-mayda davlatlarga bo‘linib ketganligi sababli
D) Rim papalari va uning kardinallar kengashining aksariyati Germaniyalik bo‘lganligi sababli
136. XVI asrda Germaniya imperatorini saylab qo‘yadigan … nafar eng qudratli knyazning … nafari arxiyepiskoplar edi.
A) 5, 2 B) 7, 5 C) 9, 4 D) 7, 3
137. Martin Lyuter reformatsiyaga qadar qanday kasb egasi sifatida mashhur bo‘lgan?
A) Germaniya davlati yepiskopi
B) Vittenberg universitetining ilohiyot o‘qituvchisi
C) Qishloq ruhoniysi
D) Germaniyadagi 5 ta yirik knyazdan biri
138. Qaysi voqeadan keyin Rim Papasi M.Lyuterni shakkoklikda aybladi va Germaniyaga uni la’natlovchi yorliq yubordi?
A) cherkov eshigiga “95 tezis” deb atalgan xitobnomasini yopishtirib qo‘yganidan keyin
B) Germaniyadagi cherkovni Rim Papasi qaramog‘idan ozod etishni talab etganidan keyin
C) cherkov Papasiz ham yashashi mumkin deb baralla aytgani va bundan keyin Rimga soliqdan tushgan pullarni yubormaslikni taklif etganidan keyin
D) Germaniya imperatori sudi huzurida o‘z qarashlaridan qaytmasligini e’lon qilganidan keyin
139. 1526-yil Germaniya Reyxstagi qanday qaror qabul qildi?
A) har bir nemis knyazi o‘zi va fuqarosi uchun xohlagan dinni tanlash huquqiga ega ekanligi to‘g‘risida
B) protestant dinini taqiqlash va uni targ‘ib qilganlarni inkvizitsiya sudiga berish haqida
C) 5 ta kanyazlikdan tashqari barcha knyazliklarda protestantlikni taqiqlash to‘g‘risida
D) serchiqim bo‘lgan katolik dinini mamlakat bo‘yicha taqiqlash to‘g‘risida
140. Tomas Myunser boshchiligidagi dehqonlar qo‘zg‘oloni bo‘lib o‘rgan yilni aniqlang.
A) 1526-yil B) 1555-yil C) 1529-yil D) 1524-yil
141. 5 nafar knyaz protestant knyazlar Rim Papasi bilan bitim tuzgan yili Rossiyada …
A) Ivan IV taxtga o‘tirdi
B) “Saylanma rada” deb nomlangan parlament tashkil etildi
C) “Moskva savdo kompaniyasi” tuzildi
D) Moskva poytaxt bo‘lgan markazlashgan davlat tashkil topdi
142. Angliya qiroli Genrix VIII Tyudor hukmronlik qilgan yillarni aniqlang.
A) 1509-1547-yillar B) 1506-1539-yillar
C) 1498-1541-yillar D) 1509-1543-yillar
143. Angliyada Genrix VIII Tyudor hukmronligi davrida mamlakat ichki va tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishini …
A) qirolning o‘zi belgilar edi
B) Maxfiy Kengash belgilar edi
C) parlament belgilar edi
D) Toifaviy-vakillik organi va qirol kengashi belgilar edi
144. Qaysi ingliz qiroli ilk bor o‘zini mamlkatda cherkov boshlig‘i deb e’lon qilgan?
A) Mariya Tyudor B) Yelizaveta I C) Yakov VI
D) Genrix VIII Tyudor
145. Angliya qirolichasi Mariya Tyudor hukmronlik qilgan yillarni aniqlang.
A) 1553-1558-yillar B) 1558-1563-yillar
C) 1550-1553-yillar D) 1552-1558-yillar
146. Qaysi ingliz hukmdori o‘zining cherkov boshlig‘i ekanligidan foydalanib, protestantlikni shakkoklik deb e’lon qildi va katolik cherkovini tiklashga kirishdi?
A) Mariya Tyudor B) Yelizaveta I C) Yakov VI
D) Genrix VIII Tyudor
147. Fransiyada qaysi qirol dastlab protestant dinida bo‘lib, taxtga o‘tirishi tufayli katolik mazhabini qabul qilgan?
A) Karl IX B) Genrix III C) Genrix Burbon
D) Lyudovik XIV
148. Qaysi ingliz hukmdori davrida cherkov ibodatlari lotin tilida emas, ingliz tilida o‘tkaziladigan bo‘ldi?
A) Mariya Tyudor B) Yelizaveta I C) Yakov I
D) Genrix VIII Tyudor
149. Angliyada Mariya taxtga chiqqach, kontrreformatsiya boshlanib, quvg‘inga uchragan protestantlar qaysi davlatlarga qochishgan?
A) Fransiya va Shotlandiyaga
B) Germaniya va Shvyetsariyaga
C) Shvetsiya va Daniya D) Daniya va Irlandiyaga
150. 1603-yil Angliya taxtiga chiqqan stuartlar sulolasidan bo‘lgan Yakov VI shu paytgacha qayerning qiroli bo‘lgan?
A) Irlandiya B) Daniya C) Shotlandiya D) Fransiya
151. XVII asrda Fransiyadagi qaysi holat qirol hokimiyati Angliya qiroli hokimiyatidan ham kuchliroq bo‘lganligini ko‘rsatadi?
A) General shtatlarning 1614-yildan boshlab butun XVII asr davomida esa biror marta ham chaqirilmagani
B) Fransiya yirik urushlardan chetda turganligi va uning harbiy jihatdan o‘zini o‘nglab olganligi
C) Fransiya qiroli Rim papasi homiyligida bo‘lganligi
D) General shtatlarning qirolga to‘la-to‘kis bo‘ysunishi va har bir qonunning qirol roziligidan keyin qabul qilinishi
152. XVII asrda Fransiyada taxt vorisi yosh bo‘lsa, regent tayinlash huquqi kimga tegishli bo‘lgan?
A) General shtatlar
B) Katolik cherkovi
C) viloyatlardagi parlamentlar uyushmasi
D) Parij parlamenti
153. XVII asrda Fransiya fuqarolari viloyatlar sudlari ustidan kimga shikoyat qilishi belgilangan edi?
A) qirolga B) katolik cherkoviga C) Parij sudiga
D) viloyat parlamentiga
154. Fransiyada Yupiter haykali kimning siymosida tasvirlangan edi?
A) Rim papasi B) qirol Lyudovik XIV
C) qirol Karl IX D) Genrix Giz
155. Fransiyada protestant diniga mansub aholi nima deb atalgan?
A) shakkok B) varfolomeylar C) gugenotlar
D) fanatlar
156. Fransiya “Injil”ning fransuzcha tarjimasi qachondan boshlab paydo bo‘ldi?
A) XVI asr B) 1614-yil C) 1598-yil D) XV asr
157. XVII asrda Fransiyada qaysi parlament vakolati mamlakat hududining 1/3 qismida amal qilgan?
A) Parij parlamenti B) Shampan parlamenti
C) Tuluza parlamenti D) Marsel parlamenti
158. Fransiyada protestantlar davlati mamlakatning qaysi qismida tuzilgan va uning hukmdori kim bo‘lgan?
A) janubda, Karl V B) janubda, Genrix Burbon
C) shimolda, Karl IX D) g‘arbda, Genrix Giz
159. Fransiyada diniy urushlar vaqtida katoliklar rahnamosi Genrix Giz kim tomonidan o‘ldirilgan?
A) Genrix IV B) Genrix Burbon C) Karl IX
D) Genrix III
160. Fransiyada diniy urushlar vaqtida qaysi voqea cherkovning dindorlarga qirol so‘g‘lig‘i uchun duo o‘qishini taqiqlashiga sabab bo‘lgan edi?
A) “Varvolomey kechasi”dan protestantlarning qirg‘in qilinishi
B) katolik fanati Genrix Gizning o‘ldirilishi
C) Vassida protestant gimnini ijro etayotgan protestantlarning qirg‘in qilinishi
D) protestantlarning Fransiyani bo‘lib tashlab va mamlakat bir qismida o‘z davlatlarini tuzganligi
161. Moskva knyazi Ivan III qachondan butun Rus hukmdori unvonini qabul qildi?
A) 1485-yil B) 1521-yil C) 1480-yil D) 1498-yil
162. Yagona, markazlashgan, poytaxti Moskva shahri bo‘lgan Rusni birlshtirish to‘la nihoyasiga yetkazilganidan qancha vaqt o‘tib, Ivan IV Rossiya tarixida birinchi bor podsholik tojini kiydi?
A) 21 yil B) 26 yil C) 32 yil D) 19 yil
163. Rossiya podshosi Ivan IV davrida Zemstvo sobori yangi Sudebnik tuzdi. Unga ko‘ra, …
1) dvoryanlarning bundan buyon ayblari va nojo‘ya qilmishlari uchun boyar-noiblar sudiga borishlari taqiqlandi; 2) joylarda boyarlarga mustaqil siyosatni amalga oshirish huquqi beriladigan bo‘ldi; 3) dvoryanlardan ming nafariga Moskva uyezdidan yer-mulk ajratib beriladigan bo‘ldi; 4) davlat lavozimlarini kelib chiqishining zodagonligiga qarab egallash tartibiga chek qo‘yildi; 5) boyar-noiblar o‘zlari uchun aholidan soliqlarni yig‘ish huquqiga ega bo‘ldi; 6) boyar-noiblarning o‘zlari uchun aholidan yig‘adigan soliqlari bekor qilindi; 7) joylarda boyar-noiblar boshqaruvi o‘rniga Zemstvo (mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish organlari) tuzildi; 8) krepostnoy dehqonlarning bir yer egasidan boshqasiga o‘tishini yiliga bir kun – Yurev kuni bilan cheklab qo‘yildi.
A) 1, 2, 3, 6, 8 B) 2, 3, 5, 8 C) 1, 3, 4, 6, 7, 8
D) 1, 2, 3, 5, 6, 7
164. Rusdagi alg‘ov-dalg‘ovliklar davrida Polsha Moskvani bosib oldi. O‘sha yili Niderlandiyada ...
A) Ispaniya zulmiga qarshi kurash qo‘zg‘olonga aylanib ketdi
B) Vilgelm Oranskiy shimoliy hududlar hukmdori deb e’lon qilindi
C) “Utrext uniyasi” imzolandi
D) Ispaniya Gollandiyaning mustaqilligini tan oldi
165. Rossiya podshosi Ivan IV davrida tuzilgan Sudebnikka ko‘ra, krepostnoy dehqonlarning bir yer egasidan boshqasiga o‘tishini yiliga bir kun – Yurev kuni bilan cheklab qo‘yildi. Bu qaysi sanaga to‘g‘ri kelgan?
A) 9-aprel B) 26-noyabr C) 25-avgust
D) 3-noyabr
166. Rossiya imperiyasi XVI asrning ikkinchi yarmida qaysi hududlarni bosib oldi?
A) Qozon, Astraxan va Sibir xonliklari
B) Qrim, Shimoliy Kavkaz, Boltiq bo‘yi hududlari
C) Polsha, Markaziy Yevropaning bir qismi, Qrim xonligi
D) Qozon, Boltiq bo‘yi hududlari, Qrim, Shimoliy Kavkaz
167. 1584-yilda Ivan IV Grozniy vafot etgach, taxtga kim o‘tqazildi?
A) Boris Godunov B) Mixail Romanov
C) Kuzma Mini D) Fyodor Ivanovich
168. Zafarli bosqinchilik yurishlarini natijasida Rossiya imperiyasi hududi 1533-yilda … km. ni tashkil etgan XVI asr oxiriga kelib … km. ga yetdi.
A) 3, 9 mln., 6,2 mln. B) 1,8 mln., 4,5 mln.
C) 2,8 mln., 5,4 mln. D) 4,2 mln., 6,8 mln.
169. Rossiya podshosi Fyodor Ivanovich kasalmand bo‘lganligi uchun amalda hokimiyatni kim boshqargan?
A) qaynisi, boyar Boris Godunov
B) metropolit, Moskava knyazi Aleksiy
C) posad oqsoqoli Kuzma Minin
D) jiyani, sarkarda Dmitriy Pojarskiy
170. 1612-yilda Moskvani Polsha va boshqa bosqinchilardan ozod qilgan rus xalqi qahramonlarini aniqlang.
A) boyar Boris Godunov, sarkarda Mixail Romanov
B) Moskava knyazi Aleksiy, oqsoqol Kuzma Mini
C) posad oqsoqoli Kuzma Minin, sarkarda Dmitriy Pojarskiy
D) Ivan Grozniyning qarindoshi Mixail Romanov, sarkarda Dmitriy Pojarskiy
171. Moskvada chaqirilgan Zemstvo sobori Ivan IV Grozniy xotinining qarindoshi Mixail Fyodorovich Romanovni Rossiya podshosi etib saylagan yili O‘rta Osiyoda …
A) Xiva xoni Arab Muhammadga qarshi o‘g‘illari Habash va Elbars Sultonlar qo‘zg‘olon ko‘tardi
B) Xiva xoni Abulg‘oziy Bahodirxon tug‘ildi
C) Samarqandda Shardor madrasasining qurilishi boshlandi
D) Imomqulixon Toshkentni bosib olib, u yerga o‘g‘lini hokim etib tayinlaydi
172. Boyarlar dumasi nechanchi yildan boshlab Rus davlatida podsho huzuridagi Oliy davlat kengashi vazifasini bajargan?
A) 1547-yil B) 1584-yil C) 1613-yil D) 1565-yil
173. XVI asrda Niderlandiyaga hozirgi qaysi hududlar kirgan?
A) Germaniya va Fransiyaning bir qismi, Gollandiya, Lixtenshteyn
B) Belgiya, Lyuksemburg, Gollandiya va Fransiyaning bir qismi
C) Belgiya, Gollandiya, Portugaliya va Ispaniyaning bir qismi
D) Gollandiya, Shyetsariyaning bir qismi, Lixtenshteyn, Fransiyaning janubiy qismi
174. XVI asrda qaysi shahar Niderlandiyani daryo orqali Germaniya va Fransiya bilan, dengiz orqali esa Angliya hamda Skandinaviya mamlakatlari bilan bog‘lar edi?
A) Utrext B) Amsterdam C) Antverpen
D) Bryussel
175. XVI asrda Ispaniya qiroli xazinasiga yig‘iladigan soliq miqdorining Amerikadagi mustamlakalaridan keladigan daromaddan 4 marta ortiq bo‘lgan foydasini qayerdan olar edi?
A) Niderlandiyadan B) Karib dengizi davlatlaridan
C) Yaponiyadan
D) Janubiy-Sharqiy Osiyo davlatlaridan
176. U.Sheksperning qaysi asari bosh qahramoni o‘z qizlari tomonidan daydib yurishga va gadolikka mahkum etilgan?
A) “Gamlet” B) “Otello” C) “Qirol Lir”
D) “Romeo va Julyetta”
177. Niderlandiyada Ispaniya zulmiga qarshi kurash 1566-yilda qo‘zg‘olonga aylanib, qo‘zg‘olonchilar dastlab Ispaniya zulmining tayanchi bo‘lgan … vayron qildilar.
A) dvoriyanlarning qasrlarini
B) cherkov va monastirlarni
C) Niderlandiya rizedensiyasini
D) ekinzorlar va tabiiy boyliklar omborlarini
178. Ispaniya qiroli Filipp II gersog Albani Niderlandiya hukmdori etib tayinlangach, bu hududdagi barcha masalalar qayerda hal etilgan?
A) Ispaniyada, qirol huzuridagi kengashda
B) Albaning o‘zi tomonidan hal etilgan
C) “Maxsus Kengash”da
D) “Isyonlar bo‘yicha Kengash”da
179. Niderlandiya xalqining ispan mustamlakachilariga qarshi qo‘zg‘oloni … bilan yakunlandi.
A) mamlakat shimoliy qismining mustaqillikka erishishi
B) mamlakat janubiy qismining mustaqillikka erishishi
C) “Utrext uniyasi”ning imzolangani bilan
D) Ispaniyaning Gollandiya mustaqilligini tan olishi bilan
180. Ispan gersogi Albaning Niderlandiyani tark etgan yilni aniqlang.
A) 1572-yil B) 1579-yil C) 1573-yil D) 1568-yil
181. 1579-yilda niderland xalqi ispan bosqiniga qarshi “Utrext uniyasi”ni tuzgan bo‘lib, uning a’zolari nimaga va’da berdilar?
A) uniya a’zolari xuddi yagona viloyat kabi abadiy birlashishga, Ispaniyaga qarshi birgalikda ozodlik uchun kurashishga
B) chet mamalakatlar bilan boshqa aloqalar o‘rnatmaslikka
C) Ispaniyaga qarshi Amerika mustamlakalari bilan ittifoq tuzishga
D) o‘zaro janjallarga chek qo‘yishga va janubiy viloyatlarni Ispaniyga berishga
182. Gollandiya respublikasi tashkil topgach, Antverpen shahrining jahon savdosi markazi sifatida ahamiyati pasayib, uning o‘rnini qaysi shahar egalladi?
A) Utrext B) Amsterdam C) Rotterdam
D) Bryussel
183. Dushman bosib olgan joylarda ozodlik uchun ko‘ngilli ravishda qurolli kurash olib boruvchilar nima deyiladi?
A) inqilobchi B) boykot C) partizan
D) muxolifat
184. XIV-XVII asrlarda G‘arbiy Yevropada vujudga kelgan Renessans, ya’ni Uyg‘onish davrining asosiy belgilarini nimalar tashkil etgan?
1) jaholat va mutaassiblikni rad etish; 2) tabiatni ulug‘lash, protestant dinini ma’qullash; 3) insonni ulug‘lash, uning iste’dodi, aqliy imkoniyatlarini yuzaga chiqarish; 4) antik davr (qadimgi Yunon va Rim) madaniyatini tiklash va boyitish; 5) adabiyot va san’atda narigi dunyoni emas, hayotdagi go‘zallikni kuylash; 6) adabiyot va san’atda faqat hayotdagi go‘zallikni emas, narigi dunyoni ham kuylash.
A) 1, 2, 4, 6 B) 1, 2, 3, 4 C) 2, 3, 4, 6 D) 1, 3, 4, 5
185. Quyidagi qaysi hujjatda hukmdorlar haqida “O‘z fuqarolari manfaati uchun qayg‘urmagan hukmdor endi hukmdor emas. U bo‘ysunishi lozim bo‘lmagan zolimdir”, deb, qayd etilgan?
A) “Nant edikti” B) “95 tezes” C) “Jannat edikti”
D) “Utrext uniyasi”
186. G‘arbiy Yevropada vujudga kelgan Uyg‘onish davrining vatani nima sababdan Italiya bo‘ldi?
A) G‘arbiy Yevropaning boshqa davlatlariga nisbatan Italiyada kapitalizm ertaroq vujudga kelgan va tezroq rivojlana boshlagan
B) Italiya mustamlakachilik urushlari va diniy nizolardan uzoq muddat chetda turganligi
C) G‘arbiy Yevropaning boshqa davlatlariga nisbatan Italiyada sanoat to‘ntarilishining ertaroq vujudga kelganligi
D) Italiyaning O‘rtayer dengizida hukmron mavqeyining yuqorilidi va Atlantika okeanidagi savdoda yetakchilik
187. Uyg‘onish davrining qaysi namoyandasi “Inson – tabiatning ajoyib mo‘jizasi”, deb hisoblagan?
A) Leonardo da Vinchi B) U. Sheksper
C) Migel de Servantes D) Rafael Santi
188. Uyg‘onish davrining qaysi namoyandasi dunyoni sahna, odamlarni esa aktyorlar deb tasavvur qilgan?
A) Leonardo da Vinchi B) U. Sheksper
C) Migel de Servantes D) Rafael Santi
189. Bir yilda vafot etgan uyg‘onish davri allomalarini aniqlang.
A) Leonardo da Vinchi, U. Sheksper
B) Migel de Servantes, Rafael Santi
C) Migel de Servantes, U. Sheksper
D) Rembrandt, Mikelanjelo
190. Leonardo da Vinchi rasm chizish san’atini nima deb ta’riflagan?
A) “inson go‘zalligini sharaflovchisi”
B) “san’atning birinchisi”
C) “go‘zallikning haqiqiy mo‘jizasi”
D) “san’atlar malikasi”
191. U.Sheksper yashagan yillarni aniqlang.
A) 1554-1641-yillar B) 1561-1619-yillar
C) 1547-1616-yillar D) 1564-1616-yillar
192. Uyg‘onish davrining qaysi allomasi qahramoni shiori “Erkinlik uchun xuddi shon-sharaf uchun qilinganidek jonni xavfga qo‘yish kerak”, bo‘lgan?
A) Rembrandt B) U.Sheksper C) Rafael Santi
D) Migel de Servantes
193. Leonardo da Vinchi asarlari qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?
A) “Maxfiy kecha”, “Chaqaloq tutgan Madonna”
B) “Sikstin madonnasi”, “Maxfiy kecha”
C) “Adashgan o‘g‘ilning qaytishi”, “Chaqaloq tutgan Madonna”
D) “Maxfiy kecha”, “David”
194. Migel de Servantes yashagan yillarni aniqlang.
A) 1554-1641-yillar B) 1561-1619-yillar
C) 1547-1616-yillar D) 1564-1616-yillar
195. Leonardo da Vinchi vafot etgan yili …
A) F.Magellanning dunyo aylana sayohati boshlandi
B) Avstraliya qit’asi kashf etildi
C) ispaniya Filippin orolini bosib oldi
D) “Yangi dunyo” “Amerika” deb nomlangan birinchi globus paydo bo‘ldi
196. Rafael Santi yashagan yillarni aniqlang.
A) 1583-1620-yillar B) 1483-1520-yillar
C) 1463-1510-yillar D) 1464-1513-yillar
197. Quyidagi qaysi san’at asariga zamondoshlari “shu xildagilarning yagonasi” deb baho berishgan edi?
A) “Sikstin madonnasi”
B) “Maxfiy kecha”
C) “Chaqaloq tutgan Madonna”
D) “David” haykali
198. Usmoniy turklar tomonidan Qrim yarim oroli bosib olingan yili …
A) Nikolay Kopernik dunyoga keldi
B) Mikelanjelo dunyoga keldi
C) “Osmon jismlarining aylanishi haqidagi” asar chop etildi
D) Niderlandiyada shimoliy viloyatlar o‘zini mustaqil deb e’lon qildi
199. Quyidagi qaysi asarni muallif hayotining eng og‘ir damlarida – o‘g‘lining o‘limidan so‘ng yaratgan?
A) “Don Kixot”
B) “Maxfiy kecha”
C) “Adasgan o‘g‘ilning qaytishi”
D) “David” haykali
200. “Tiriklikdan, borliqdan ko‘ra, san’atning qismati buyukdir har dam, uni yenga olmas vaqt ham, o‘lim ham”, san’at haqida aytilgan ushbu she’r muallifi kim?
A) Rembrandt B) U.Sheksper C) Rafael Santi
D) Mikelanjelo
201. Golland rassomi Rembrandt nechanchi yillarda yashagan?
A) 1604-1667-yillar B) 1583-1667-yillar
C) 1606-1669-yillar D) 1603-1668-yillar
202. Injil rivoyatlariga ko‘ra, yosh cho‘pon yigitning dahshatli devsifat Goliaf bilan jangga tushish oldida turgan siymosi qaysi asarda o‘z aksini topgan?
A) “Don Kixot” B) “Maxfiy kecha”
C) “Sikstin madonnasi” D) “David” haykali
203. Rimning va Yevropaning bosh katolik ibodatxonasi bo‘lgan Pyotr sobori qurilishini kim nihoyasiga yetkazdi?
A) Rembrandt B) Mikelanjelo C) Rafael Santi
D) Leonardo da Vinchi
204. Tuyg‘u va istaklarni cheklash yoki bostirish, azob tortish, hayot ne’matlaridan voz kechish qanday atama bilan izohlanadi?
A) asketizm B) tolerantlik C) tasavvuf
D) xurofot
205. Quyidagi allomalarni yashagan yillarini aniqlang.
1) Nikolay Kopernik; 2) Jordano Bruno; 3) Galileo Galiley; 4) Mikelanjelo.
a) 1473-1543-yillar; b) 1475-1564-yillar; c) 1564-1642-yillar; d) 1548-1600-yillar.
A) 1-d, 2-a, 3-c, 4-b B) 1-a, 2-d, 3-b, 4-c
C) 1-a, 2-d, 3-c, 4-b D) 1-b, 2-c, 3-d, 4-a
206. Yerning Quyosh va o‘z o‘qi atrofida aylanishini birinchi bo‘lib isbotlab bergan allomani aniqlang.
A) Nikolay Kopernik B) Jordano Bruno
C) Galileo Galiley D) Leonardo da Vinchi
207. Teleskopni yaratgan va shu teleskop bilan osmonni kuzatgan Yevropaning birinchi olimini aniqlang.
A) Nikolay Kopernik B) Jordano Bruno
C) Galileo Galiley D) Leonardo da Vinchi
208. Nikolay Kopernik ... universitetlarida o‘qigan?
A) Krakov va Italiya B) Parij va Oksford
C) Kembridj va Parij D) Boloniya va Praga
209. Katolik cherkovi tomonidan Kopernik ta’limotini nechanchi yilda rasman taqiqlandi?
A) 1543-yil B) 1594-yil C) 1616-yil D) 1609-yil
210. “ … Yer ham, Quyosh ham olamning markazi emas. Olam – son-sanoqsiz yulduzlardir va har bir yulduz yiroqdagi bir quyoshdir. Ularning har biri atrofida o‘z yo‘ldoshlari aylanadi. Olam abadiy mavjud va u yo‘q bo‘lmaydi”, ushbu fikrlar kimga tegishli?
A) Nikolay Kopernikga B) Katolik cherkoviga
C) Galileo Galileyga D) Jordano Brunoga
211. Oyda ham Yerdagi kabi tog‘lar borligini va hatto Quyoshda dog‘lar mavjudligini qayd etgan allomani aniqlang.
A) Nikolay Kopernik B) Beruniy
C) Galileo Galiley D) Jordano Bruno
212. Qaysi allomaning qarashlari “Nola falsafasi” deb ataldi?
A) Nikolay Kopernik B) Leonardo da Vinchi
C) Galileo Galiley D) Jordano Bruno
213. “Bu xo‘rliklar olimning buyuk g‘oyalaridan voz kechishi va uqubatlardan yengilgan odamning azoblanishiga olib keldi”, manbalarda qayd etilgan ushbu ma’lumotlar qaysi alloma taqdiriga tegishli?
A) Uilyam Sheksper B) Leonardo da Vinchi
C) Galileo Galiley D) Jordano Bruno
214. Galileo Galiley asarini aniqlang.
A) “Osmon jismlarining aylanishi haqidagi”
B) “Yulduzlar axboroti”
C) “Astronomiya asoslari”
D) “Yer surati”
215. Qaysi jamoat arbobi insonning yashash, erkinlik va mulkka egalik qilish huquqlari haqidagi ta’limotni yaratgan?
A) Jon Lok B) Benjamin Franklin
C) P.Pestel D) Robert Ouen
216. XVI asrda ixtiro qilingan pompa nima?
A) rudani portlatuvchi qurilma
B) shaxtalardagi suvni tortib oladigan nasos
C) suratli kitoblar chop etiladigan bosma uskuna
D) devor o‘rnidagi tuproq uyumini parchalovchi qurol
217. Davlat hokimiyatini bo‘lish, ya’ni ijro etuvchi hokimiyatni qonun chiqaruvchi hokimiyatdan ajratish haqidagi ta’limotni ilgari surgan jamoat arbobini aniqlang.
A) Sharl Furye B) V.Belenskiy C) N.Muravyov
D) Jon Lok
218. Qachondan boshlab ruda portlatish yo‘li bilan olina boshlandi?
A) XVI asrdan B) XVII asrdan C) XVIII asrdan
D) XV asrdan
219. XVI asrda toshko‘mirdan foydalanishning o‘ylab topilishiga olib kelgan omilni aniqlang.
A) mortira qurol turining ixtiro qilinishi
B) yirik suv havzalarining suvdan ozod qilinishi
C) metallurgiya rivojlangan hududlarda o‘rmonlar maydonining qisqarib borishi
D) parovozlarning ixtiro qilinishi va uning yoqilg‘iga bo‘lgan ehtiyoji
220. Tog‘-kon metallurgiya sanoati vujudga kelgach, qaysi davlat ko‘mir qazib chiqarish markaziga aylandi?
A) Ispaniya B) Rossiya C) Angliya D) Fransiya
221. Xudo bilan tabiat bir narsa, ular bir butunni tashkil qiladi, deb hisoblovchi ta’limot qanday atama bilan izohlanadi?
A) panteizm B) tolerantlik C) asketizm
D) xurofot
222. Qaysi Rim Papasi 1992-yilda G. Galileyga nisbatan inkvizitsiya sudi qarori bekor qilinganligini va G. Galileyning oqlanganligini e’lon qilgan edi?
A) Ioann Pavel II B) Benidekt XVI C) Ioann XII
D) Benidekt XIV
223. 1628-yilda Angliya parlamenti qirolning “Huquqlar to‘g‘risidagi bill” va “Huquqlar to‘g‘risidagi petitsiya”ni imzolashiga erishdi. Bu ikki hujjat qirol oldiga qanday majburiyatni qo‘ygan edi?
A) burjuaziya vakillari, savdogarlar, yangi dvoryanlar va dindorlarni davlat ishlaridan chetlatish
B) parlament roziligisiz birorta yangi soliq joriy etmaslik va sudning ruxsatisiz qamoqqa olishlarni taqiqlash
C) qirolning Oliy sudni amalga oshirish vakolatini bekor qilish va siyosiy maxbuslarni ozod qilish
D) savdogarlar savdo ishlarini yuritish uchun qirol tomonidan ruxsatnoma berilmaydigan balki uni parlament beradigan bo‘ldi
224. Angliyada inqilob yuz berishi arafasida qaysi davlat Angliyaga hujum uyushtirgan edi?
A) Fransiya B) Ispaniya C) Shotlandiya
D) Portugaliya
225. Angliya qiroli Karl I hukmronlik yillarini aniqlang.
A) 1628-1645-yillar B) 1628-1646-yillar
C) 1621-1649-yillar D) 1625-1649-yillar
226. “Birja” so‘zining ma’nosi nima?
A) daromad B) hamyon C) stul, kursi
D) taqsimlangan narsa
227. arabcha “kelishmovchilik”, “munosabatning teskarilashuvi” ma’nosini anglatuvchi atamani aniqlang.
A) muxolifat B) mutaassib C) fanat D) muxtor
228. Angliyada inqilob davrida parlament qirolga qarshi qaysi chet mamlakat bilan harbiy ittifoq tuzadi?
A) Fransiya B) Ispaniya C) Shotlandiya
D) Irlandiya
229. Angliyada inqilob davrida parlament va qirol qo‘shinlari o‘rtasidagi hal qiluvchi jang qachon va qayerda bo‘lgan?
A) 1646-yil 9-avgustda Oksford shahrida
B) 1645-yil 14-iyunda Neyzbi qishlogi yaqinida
C) 1645-yi 12-mayda Smitfild yonida
D) 1646-yil 23-noyabrda Mayl-End yaqinida
230. Qaysi voqeadan keyin Angliyada 1640-yil boshlangan fuqarolar urushi tugadi?
A) 1649-yil 19-mayda Angliyaning respublika deb e’lon qilinishi bilan
B) 1646-yilda qirol yashiringan Oksfordning taslim bo‘lishi bilan
C) 1645-yil Neyzbi qishlog‘i yaqinidagi jangda qirol qo‘shilarning tor-mor etilishi bilan
D) O.Kromvelning 1649-yilda Irlandiyani, so‘ng Shotlandiyani bosib olishi bilan
231. Oliver Kromvel nechanchi yilda parlamentni tarqatib yuborib, butun hokimiyatni o‘z qo‘liga oldi? A) 1658-yil B) 1649-yil C) 1652-yil D)1653-yil
232. Oliver Kromvel parlamentni tarqatib yuborib. butun hokimiyatni o‘z qo‘liga olganidan keyin o‘zini qaysi siyosiy nom bilan atadi?
A) “Ozod davlat Angliya, Shotlandiya va Irlandiyaning Lord-protektori”
B) “Ingliz ozodligining asrovchisi – Lord-protektori”
C) “Ozod Anglia prazidenti”
D) “Ozod davlat Buyuk Britaniyaning Lord-protektori”
233. Angliyaning dengiz savdosidagi asosiy raqibi bo‘lgan Gollandiya nechanchi yilda mag‘lubiyatga uchratildi?
A) 1654-yil B) 1667-yil C) 1660-yil D) 1652-yil
234. 1660-yilda Angliya taxtiga o‘tirgan qirolni aniqlang.
A) Yakov II B) Karl II C) Vilgelm III Oranskiy
D) Genrix IX
235. 1685-yilda Angliya taxtiga o‘tirgan qirolni aniqlang.
A) Yakov II B) Karl II C) Vilgelm III Oranskiy
D) Genrix IX
236. Qaysi tadbirdan keyin Kromvel haqida manbalarda: “Qit’aning kalitlari uning belida osig‘liq”, degan jumlalar qayd etilgan?
A) 1649-yilda Irlandiyani, biroz fursatdan so‘ng Shotlandiyani bosib olishi
B) Neyzbi qishlog‘i yaqinidagi jangda Angliya qiroli qo‘shilarning tor-mor etilishi
C) Gollandiyaning mag‘lubiyatga uchratilishi, keyinchalik Ispaniya ustidan ham g‘alaba qozonishi
D) Portugaliyaning mag‘lubiyatga uchratilishi va dengizdagi savdoda Fransiya imtiyozlarining cheklab qo‘yilishi
237. Deklaratsiya so‘zining ma’nosi nima?
A) inglizcha – cheklangan imtiyoz
B) lotincha – qog‘oz, hujjat
C) yunoncha – farmon, qonun
D) lotincha – ma’lum qilaman
238. Angliya taxtini egallash uchun Gollandiya hukmdori Vilgelm III Oranskiy mamlakatga kirib kelgandan keyin, taxtdan tushirilgan qirol Yakov II qayerga qochadi?
A) Belgiyaga B) Shotlandiyaga C) Fransiyaga
D) Germaniyaga
239. Yagona birlik ma’nosini bildiruvchi atama qaysi javobda to‘g‘ri berilgan?
A) edikt B) uniya C) manifest D) petitsiya
240. “Sharafli inqilob” qachon va qaysi davlatda ro‘y bergan edi?
A) 1688-yil Angliyada B) 1789-yil Fransiyada
C) 1566-yil Gollandiyada D) 1645-yil Angliyada
241. Ma’limki, Gollandiya qiroli Vilgelm III Oranskiy Angliya taxtiga o‘tirgan edi. U parlament tomonidan taqdim etilgan “Huquqlar deklaratsiyasi”ni imzoladi. Unga ko‘ra …
1) qirol qo‘shin, sud, mamlakat moliyasi ustidan bo‘lgan hukmronlikdan mahrum bo‘ldi; 2) davlat lavozimlarini kelib chiqishining aslzodaligiga qarab egallash tartibiga chek qo‘yildi; 3) Angliyada kuchli parlamentli – cheklangan monarxiya tuzumi o‘rnatildi; 4) viloyat hokimlarining o‘zlari uchun aholidan yig‘adigan soliqlari bekor qilindi.
A) 1, 2, 4 B) 3, 4 C) 2, 3, 4 D) 1, 3
242. Sanoat to‘ntarishi nima?
A) qo‘l mehnatiga asoslangan manufaktura ishlab chiqarishdan mashinalar keng qo‘llaniladigan fabrika ishlab chiqarishiga o‘tish
B) biror-bir davlat yoki korxona tovarlarini xarid qilishdan voz kechish
C) o‘zga mamlakatlarni bosib olib, o‘z mustamlakasiga aylantirgan mamlakatdan xomashyo olib kelish va uni qayta ishlash
D) hunarmandlarning o‘zlari yetishtirgan mahsulot o‘rniga boshqa mahsulotlarni ayriboshlashni tugatib, oldi-sotdi tovarlari pul evaziga yuritilishi
243. 1716-yilga qadar Angliya parlamenti vakolati … yil bo‘lgan bo‘lsa, shu yildan uning vakolati … yilga uzaytirildi.
A) 2, 5 B) 3, 5 C) 3, 6 D) 4, 7
244. Angliya parlamentining quyi – jamoalar palatasidagi torilar va vigilar oqimi haqidagi ta’rif qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?
A) Torilar parlament huquqlarini himoya qilar, mamlakatda muhim iqtisodiy va siyosiy islohotlar o‘tkazilishining tarafdori edi, Vigilar esa qirolning huquq va manfaatlarini himoya qilar hamda mavjud tartiblarning buzilmasligi uchun kurashuvchilar
B) Torilar qirolning huquq va manfaatlarini himoya qilar hamda mavjud tartiblarning buzilmasligi uchun kurashuvchilar, Vigilar esa parlament huquqlarini himoya qilar, mamlakatda muhim iqtisodiy va siyosiy islohotlar o‘tkazilishining tarafdori edi
C) Torilar yangi dvoryanlar – yirik savdogarlar, korxona egalari manfaati uchun kurashuvchilar, Vigilar esa qirol va parlamentni murosaga keltirib turuvchi shaharliklardan tashkil topgan guruh edi
D) Torilar sanoat va katolik cherkovi borasida keng islohotlar o‘tkazish tarafdorlari, Vigilar esa yuqori tabaqa va qirol manfaatlarini himoya qiluvchilar
245. Angliya parlamenti Angliya va Shotlandiya o‘rtasidagi uniyani qonunlashtirgan va mamlakat Buyuk Britaniya deb ataladigan bo‘lgan yili O‘rta Osiyoda …
A) Ubaydullaxon II pul islohotini o‘tkazdi
B) Muhammad Amin Buxoriy “Ubaydullanoma” asarini yozib tugatdi
C) Xiva xoni Sherg‘ozixon taxtga o‘tirdi
D) Ubaydullaxon II Mahmudbiy hukmronlik qilayotgan Balx shahrini bosib oldi
246. 1701-1714-yillardagi Angliya-Fransiya urushi natijasida tuzilgan shartnomaga ko‘ra, Angliya …
A) Kanadadan Fransiyani siqib chiqardi
B) Fransiyaning Afrikadagi mulklariga ega bo‘ldi
C) Karib dengizi havzasidagi yerlaridan mahrum bo‘ldi
D) Gibraltarga ega bo‘lib oldi
247. Angliya Kanadadan Fransiyani siqib chiqargan yili …
A) Angliya qiroli mustamlakalardagi yevropaliklarning Amerika g‘arbiga siljishini taqiqlovchi qaror chiqardi
B) amerikalik inglizlar “Ozodlik farzandlari” deb ataluvchi tashkilot tuzdilar
C) tokarlik dastgohi ixtiro qilindi
D) dunyoda birinchi cho‘yan ko‘prik ixtiro qilindi
248. Angliya va Fransiya o‘rtasidagi “ikkinchi yuz yillik urush” nomi bilan ta’riflangan urushlar qaysi asrda bo‘lib o‘tdi?
A) XVII asrda B) XVI asrda C) XVIII asrda
D) XIX asrda
249. Angliyada “Sanoat va sanoatni rivojlantirish jamiyati”ning yigiruv mashinasini kashf etgan kishiga katta mukofot va’da qilgan yili O‘rta Osiyoda …
A) Turdi “Subhonqulixon haqida hajviya” nomli she’rlarini yozdi
B) Muhammad Amin Xiva xonligida inoqlik lazozimiga ko‘tarildi
C) Norbo‘tabiy Qo‘qon xonligi taxtiga chiqdi
D) Xiva xoni Abulg‘oziyxon Buxorogacha bo‘lgan hududlarga bostirib kirdi
250. Quyidagi ixtirochilar va ular amalga oshirgan ixtirolari bilan to‘g‘ri ko‘rsating.
1) Jon Key; 2) Jeyms Xargrivs; 3) Jeyms Uatt; 4) T. Modsli; 5) Abraxam Darbi; 6) Abraxam Darbi II; 7) Jon Uilkinson.
a) cho‘yan bo‘lagi markazidan o‘q chiqadigan teshik ochishga imkon beruvchi tokarlik dastgohi; b) toshko‘mirdan koks olish; c) shaxtalardan suvni chiqarishda ishlatiladigan bug‘ mashinasi; d) bug‘ mashinasi; e) tokarlik dastgohi; f) 15-18 yigirgich ishlaydigan mexanik urchuq; g) to‘quv dastgohi.
A) 1-g, 2-f, 3-d, 4-e, 5-b, 6-c, 7-a
B) 1-f, 2-g, 3-d, 4-b, 5-e, 6-a, 7-c
C) 1-g, 2-d, 3-f, 4-e, 5-b, 6-c, 7-a
D) 1-d, 2-f, 3-f, 4-a, 5-b, 6-c, 7-e
251. Quyidagi ixtirochilar va ularning amalga oshirgan yili bilan to‘g‘ri ko‘rsating.
1) cho‘yan bo‘lagi markazidan o‘q chiqadigan teshik ochishga imkon beruvchi tokarlik dastgohi; 2) charxpalak bilan harakatga keltiriladigan yigiruv mashinasi; 3) dunyoda birinchi cho‘yan ko‘prik; 4) cho‘yan quvur; 5) bug‘ mashinasi; 6) tokarlik dastgohi; 7) 15-18 yigirgich ishlaydigan mexanik urchuq; 8) to‘quv dastgohi.
a) 1733-yil; b) 1765-yil; c) 1767-yil; d) 1775-yil; e) 1774-yil; f) 1779-yil; g) 1788-yil; h) 1784-yil.
A) 1-e, 2-d, 3-f, 4-g, 5-c, 6-a, 7-b, 8-h
B) 1-c, 2-e, 3-d, 4-g, 5-f, 6-h, 7-a, 8-b
C) 1-e, 2-g, 3-f, 4-c, 5-d, 6-b, 7-h, 8-a
D) 1-e, 2-c, 3-f, 4-g, 5-d, 6-h, 7-b, 8-a
252. AQSHning birinchi prezidenti Jorj Vashington nechanchi yillarda yashagan?
A) 1744-1803-yillar B) 1732-1799-yillar
C) 1729-1798-yillar D) 1733-1796-yillar
253. AQSH qaysi davlat bilan “Do‘stlik va Tijorat Bitimi”, keyinroq esa “Ittifoq Shartnomasi”ni imzoladi?
A) Ispaniya B) Angliya C) Fransiya
D) Kanada
254. Nechanchi yilda Amerika va Fransiya qo‘shinlari Buyuk Britaniyaning asosiy kuchlarini taslim etdi?
A) 1782-yil B) 1783-yil C) 1789-yil D) 1775-yil
255. 1783-yildagi AQSH va Buyuk Britaniya o‘rtasida tinchlik shartnomasi qaysi shaharda imzolandi?
A) Londonda B) Filadelfiyada C) Virjiniyada
D) Parijda
256. 1787-yili Filadelfiya shahrida mamlakat shtatlari vakillarining Ta’sis Konventi chaqirildi va uning ishida nechta vakil qatnashgan?
A) barcha shtatlardan saylangan 55 ta vakil
B) 9 ta shtatdan 13 ta vakil
C) har bir shtatdan 2 tadan, jami 26 ta vakil
D) har bir shtatdan 4 tadan, jami 52 ta vakil
257. 1787-yilda qabul qilingan AQSH Konstitutsiyasiga muvofiq, …
1) AQSHda respublika tuzumini o‘rnatdi; 2) ijro etuvchi hokimiyatni 4 yil muddatga saylanadigan Prezident boshqaradigan bo‘ldi; 3) ijro etuvchi hokimiyatni parlament – Kongress boshqaradigan bo‘ldi; 4) prezident keng armiya va flotning Oliy bosh qo‘mondoni bo‘lishi belgilandi; 5) president xalqaro shartnomalar tuzish, barcha vazirlarni lavozimiga tayinlash va lavozimidan ozod qilish vakolatiga ega bo‘ldi; 6) AQSH Kongressi barcha vazirlarni lavozimiga tayinlash va ozod qilish vakolatiga ega bo‘ldi.
A) 1, 3, 4, 6 B) 1, 2, 4, 5 C) 1, 3, 5
D) 1, 2, 4, 5, 6
258. 1787-yilda qabul qilingan AQSH Konstitutsiyasiga muvofiq, Oliy Sudga sud ishidan tashqari yana qanday vakolat yuklatilgan edi?
A) AQSH Kongressi a’zolari faoliyatini nazorat qilish
B) Prezidentning chet mamlakatlari bilan olib boradigan munosabatlarini nazorat qilish
C) AQSH qonunlarining va Prezident farmonlarining Konstitutsiyaga mos kelishini nazorat qilib borish
D) qonunlarning qabul qilinishida bevosita ishtirok etish va veto huquqini beruvchi vakolat
259. Boykot so‘zining ma’nosi qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?
A) lotincha – savdo do‘koni
B) lotincha – bekor qilish, taqiqlash
C) inglizcha – tasdiqlash
D) inglizcha – chora
260. Jorj Vashington AQSHning birinchi prezidenti lavozimiga saylanganidan 10 yil o‘tib O‘zbekiston tarixida …
A) Jahon Otin Uvaysiy dunyoga keldi
B) Qo‘qon xoni Olimxonning Toshkentga yurishi muvaffaqiyatsiz tugadi
C) Xiva xonligi taxtiga Eltuzar chiqdi
D) Muhammad Niyoz Nishotiy “Husni dil” dostonini yozdi
261. Quyidagi qaysi hujjat “barcha odamlar ozod va teng huquqli bo‘lib tug‘iladilar” degan so‘zlar bilan boshlanadi?
A) “Inson va fuqaro huquqlari Deklaratsiyasi”
B) AQSHdagi “Mustaqillik Deklaratsiyasi”
C) “Buyuk remonstratsiya”
D) “Huquqlar to‘g‘risidagi petitsiya”
262. Fransiyada Ta’sis majlisi chiqargan qaysi hujjatga mamlakatda ko‘ra feodal tartiblar bekor qilindi?
A) “Inson va fuqaro huquqlari Deklaratsiyasi”
B) “Shubhali kishilar to‘g‘risida”gi qonun
C) “Imtiyozlarni tugatish haqida dekret”
D) “Monarxiyaning tugatilishi haqidagi dekret”
263. XVIII asr oxirlarida qaysi davlatda tez-tez “non isyonlari” bo‘lib turgan?
A) Angliya B) Germaniya C) Rossiya
D) Fransiya
264. Vestfaliya tinchlik shartnomasi imzolangan yilni aniqlang.
A) 1618-yil B) 1830-yil C) 1648-yil D) 1714-yil
265. Fransiyada inqilob qaysi qirol davrida boshlandi?
A) Lui Filipp B) Lyudovik XVI C) Karl X
D) Lyudovik XVII
266. 1791-yilda Fransiya tarixida birinchi marta qabul qilingan Konstitutsiyaga ko‘ra, …
A) 25 yoshga to‘lgan barcha erkak kishilar saylash huquqiga ega bo‘ldi
B) 20 yoshga to‘lgan barcha mulk senziga ega bo‘lgan shaxslar saylash huquqiga ega bo‘ldi
C) 23 yoshga to‘lgan barcha mulk senziga ega bo‘lgan shaxslar saylash huquqiga ega bo‘ldi
D) 21 yoshga to‘lgan barcha erkak bo‘lgan shaxslar saylash huquqiga ega bo‘ldi
267. Fransiyada inqilob davridagi yakobinchilar qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?
A) M.Robespyer, A.Sen-Semon, J.Berton, Ebert, Sh.Furye
B) M.Robespyer, P.Pestel, J.Danton, A.Gersen, Shomett
C) M.Robespyer, Lui Filipp, Gizo, Eber, Shomett
D) M.Robespyer, J.P. Marat, J.Danton, Eber, Shomett
268. Fransiyada 1793-yilning 2-iyunida jirondachilar hokimiyati ag‘darilib, hokimiyat Robespyer boshchiligidagi yakobinchilar qo‘liga o‘tdi. Bu hukumat nima deb atalgan?
A) xalq hokimiyat manbai qo‘mitasi
B) vatan xavf ostida qo‘mitasi
C) jamoat qutqaruv qo‘mitasi
D) direktoriya
269. Fransiyada hokimiyat tepasiga kelgan yakobinchilar partiyasining ichida bo‘linish mavjud bo‘lib, ularni faqat qaysi manfaat birlashtirib turgan?
A) chet el bosqinchilariga qarshi kurash va mamlakat ichkarisidagi isyonlarni bostirish
B) jirondistlarni Milliy Majlisdan surib chiqarish
C) qonunlarni xalq manfaatidan kelib chiqqan holda qabul qilish
D) asosiy raqib bo‘lgan Angliya bilan savdodagi raqobatda g‘alabaga erishish
270. Fransiyada hokimiyat tepasiga kelgan yakobinchilar partiyasining ichida bo‘linish mavjud bo‘lib, shundan “shafqatlilar” guruhiga kim rahbarlik qilgan?
A) M. Robespyer B) J. Danton C) Shomett
D) Eber

II BOB.

1. Oda Nobunaga Yaponiyada qanday islohotlar o‘tkazdi?
1) iqtisodiy taraqqiyotga to‘sqinlik qilayotgan mahalliy soliq va bojxona to‘lovlarini bekor qildi; 2) savdo yo‘llari va ko‘priklar ta’mirlandi; 3) Yevropa mustamlakachilari Yaponiyadan quvib yuborildi; 4) shaharlarning tashqi savdo faoliyati rag‘batlantirildi; 5) tilla va kumush tangalarni muomalaga kiritdi; 6) qo‘riq yerlar ochish hisobiga dehqonchilik qiluvchilarni rag‘batlantirdi; 7) yerni sotish, sotib olish yoki garovga qo‘yishni taqiqlavchi qonun chiqardi; 8) shaharlarga bozorlar ochish huquqi berildi
A) 1, 2, 4, 5, 8 B) 1, 2, 3, 6, 7 C) 2, 3, 5, 8
D) 1, 2, 3, 4, 7, 8
2. Hindiston hukmdori Akbarshoh nechanchi yilllar hukmronlik qilgan?
A) 1540-1603-yillar B) 1542-1605-yillar
C) 1538-1598-yillar D) 1556-1605-yillar
3. “Akbar Hindiston tarixidagina emas, balki jahon tarixida ham eng buyuk shohdir. Agar yevropalik hukmdorlar bilan taqqoslanadigan bo‘lsa, Akbar ulug‘vorlikda ham, omadlilikda ham ulardan ustun turadi”, ushbu fikrlar kimga tegishli?
A) Javohirlal Neru B) Indira Gandi
C) Ishvari Prasad D) Shayx Kamoliddin
4. O‘rta asrlardagi Manjuriya davlati hududi hozirgi kunda qanday nomlanadi?
A) Vey-Biy B) Uyg‘uriston C) Guanchjou
D) Dunbey
5. Hindistonda qaysi hukmdor davrida “jizya” solig‘i bekor qilingan edi?
A) Mirzo Bobur B) Humoyun C) Akbarshoh
D) Shoh Jahon
6. Xitoyga manjurlar bosqini davrida mamlakat shimolidagi hukumat qo‘shinlariga boshchilik qilgan qo‘mondonni aniqlang.
A) U San-guy B) Li Szi-chen
C) Chjan Syan-chjun D) Xun Syu syuan
7. Oda Nobunaga tezlik bilan qo‘shinini Yevropa qurol-aslahasi bilan to‘la qurollantirish maqsadida nima qiladi?
A) xristian ruhoniylarining Yaponiyani tark etishi haqida qonun chiqardi
B) Yaponiyada xristian dinining tarqalishiga homiylik qiladi
C) samuraylarga beriladigan yerlar miqdorini kengaytirdi
D) qo‘shni davlatlardan harbiy mutaxassislar jalb qildi
8. Bengaliyani inglizlar bosib olgan yili Xitoyda …
A) Min sulolasi hukmronligi o‘rnatildi
B) Mo‘g‘uliston va Qashg‘ar egallandi
C) Guanchjou portidan tashqari barcha portlar yevropaliklar uchun yopib qo‘yildi
D) Min sulolasi hukmronligiga qarshi dehqonlar qo‘zg‘oloni ko‘tarildi
9. 1636-yil o‘zini imperator deb e’lon qilgan hukmdorni aniqlang.
A) Abaxay B) Nurxachi C) U San-guy
D) Oda Nobinaga
10. Sin sulolasi hukmdorlari Xitoyni to‘la bo‘ysundirishda qaysi tashqi kuchning madadiga tayangan edi?
A) Jung‘orlar B) Hindiston C) Manjurlar
D) Yevropaliklar
11. Yaponiyaga Yevropaliklar birinchi marta qachon kirib kelgan edilar?
A) XVI asr 40-yillari B) XVI asr oxirlari
C) XVII asr 20-yillari D) XVII asr o‘rtalari
12. Yaponiyada xristian dinining tarqalishiga homiylik qilgan syogunni aniqlang.
A) Asikaga B) Oda Nobinaga C) Xidayosi
D) Tokugava Iaysu
13. 1603-yil Yaponiyada Tokugava syugunligi to‘la o‘rnatilsa-da, imperator hokimiyati daxlsizligi saqlab qolinadi. Bunga sabab nina bo‘lgan?
A) hali imperatorning siyosiy jihatdan kuchliligi
B) yapon xalqi uchun imperator xudoning avlodi hisoblanardi
C) syogunlar davlat boshqaruvidagi tajribasizligidan imperator asosiy maslahatchi bo‘lgan
D) syogunlar yapon milliy urf-odatlarini qattiq hurmat qilganligi
14. Yaponiyada nechanchi yil xristian dinini taqiqlovchi qonun chiqarildi?
A) 1587-yil B) 1592-yil C) 1603-yil D) 1614-yil
15. Yosimune Tokugava sulolasining … syuguni bo‘lgan.
A) o‘ninchi B) oltinchi C) sakkizinchi
D) to‘qqizinchi
16. Yaponiyada qaysi syugun yerni sotish, sotib olish yoki garovga qo‘yishni taqiqlovchi qonun chiqargan edi?
A) Oda Nobinaga B) Asikaga C) Xidayosi
D) Yosimune
17. XVI asrda Usmoniylar davlatining Osiyodagi eng yirik raqibini aniqlang?
A) Hindiston B) Misr C) Suriya D) Eron
18. Turkiyada shayx Jalol boshchiligidagi dehqonlar qo‘zg‘oloni nechanchi yilda bo‘lgan edi?
A) 1526-yil B) 1519-yil C) 1517-yil D) 1529-yil
19. Sulton Salim I Misr poytaxti Qohirani nechanchi yil bosib oldi?
A) 1519-yil B) 1514-yil C) 1516-yil D) 1517-yil
20. Usmoniylar hukmronligi davrida viloyatlarni kim boshqargan?
A) sanjoqbek B) vali C) noib D) beklarbegi
21. Ko‘rsatilgan qaysi yordam evaziga Angliyaning “Ost-Indiya” kompaniyasi Eron bilan savdo ishlarida katta imtiyozlarga ega bo‘lib oldi?
A) Portugaliyani Fors ko‘rfazidagi Ormuz orolidan quvib chiqarish evaziga
B) Eron – Turkiya urushida Eronning g‘alaba qozonishida yordam bergani evaziga
C) Fransiyani Fors ko‘rfazidagi barcha orollardan quvib chiqarish evaziga
D) Hind okeani bo‘ylab uyushtiriladigan savdoda
Eronning ishtirok etishiga rozi bo‘lganligi evaziga
22. XVIII asrda qaysi hol Safaviylar davlatida davlat xazinasiga tushadigan daromadning kamayishiga olib kelgan?
A) urushlarning haddan tashqari ko‘payib ketishi
B) yevropalik savdogarlarning kirib kelishi va savdoning kasodga uchrashi
C) vaqf yerlarining ko‘payib ketganligi
D) davlatga qarashli yer miqdorining kamayishi
23. Kimning hukmronligi davrida safaviylar davlati o‘z qudratining cho‘qqisiga erishdi?
A) Ismoil Safaviy B) Tahmasb II C) Abbos I
D) Abbos II
24. Quyidagi qaysi sulola 129 yil hukmronlik qilgan?
A) safaviylar B) qojarlar C) durroniylar
D) lo‘diylar
25. Hindiston hukmdori Akbarshoh nechanchi yilda afg‘onlarning Sur sulolasini butunlay mag‘lubiyatga uchratgan edi?
A) 1559-yil B) 1567-yil C) 1556-yil D) 1603-yil
26. O‘z davlatida yuritgan adolatli siyosati evaziga qaysi hukmdor “Xalq hukmdori” degan nom olgan edi?
A) Oda Nobinaga B) Akbarshoh C) Shoh Abbos I
D) Yosimune
27. XVIII asrda Safaviylar davlatida dehqon xo‘jaligining xonavayron bo‘lishi nimaga olib keldi?
A) tashqi savdoning keskin kamayishiga
B) yevropaliklar bosqinining kuchayishiga
C) yerlarning arzonlashib ketishiga
D) ichki savdoning keskin kamayishiga
28. Yaponiya syoguni Yosimune hukmronlik qilgan yillarni aniqlang.
A) 1749-1787-yillar B) 1716-1745-yillar
C) 1689-1703-yillar D) 1702-1742-yillar
29. Quyidagi qaysi davlatda “100 moddali Farmon” deb ataluvchi qonunlar to‘plami joriy qilingan edi?
A) Yaponiya B) Turkiya C) Eron D) Hindiston
30. Eron shohi Ismoil Safaviy qo‘shinlarini mag‘lubiyatga uchratgan Turk sultonini aniqlang.
A) Boyazid II B) Mehmed II C) Sulton Salim I
D) Sulton Murod II
31. Safaviylar davlatining dastlabgi poytaxti Tabriz shahri hozirda qaysi davlat hududida joylashgan?
A) Eron B) Turkmaniston C) Iroq
D) Ozarbayjon
32. 1587-1629-yillarda hukmronlik qilgan davlat arbobini aniqlang?
A) Sulton Husayn B) Shoh Abbos I
C) Tokugava Iyasu D) Shoh Jahon
33. Quyidagi sulolalarning qaysi biri toza, tiniq ma’nolarini anglatadi?
A) Safaviy B) Zend C) Qojar D) Sin
34. Yaponlarga o‘qotar qurollar yasash san’atini kim o‘rgatgan edi?
A) Mendish Pintu B) Oda Nobinaga C) Asikaga
D) Yosimune
35. Turkiyada “Adolat farmoni” deb nomlangan farmon nechanchi yilda chiqarilgan edi?
A) 1610-yil B) 1710-yil C) 1614-yil D) 1714-yil
36. 1684- yil …
A) Eron O‘rmuz orolidan Portugaliyani quvib chiqardi
B) Yevropa davlatlari Turkiyaga qarshi “Muqaddas Liga” tuzdilar
C) Yaponiyada xristian dinini ta’qiqlovchi qonun chiqarildi
D) Xitoy Koreyani vassalga aylantirdi
37. Eronda XVI-XVIII asrlarda nechta hukmron sulolalar almashgan?
A) 1 marta B) 2 marta C) 3 marta D) 4 marta
38. Hindistondagi Boburiylar imperiyasi o‘z qudratining cho‘qqisiga qaysi hukmdor davrida ko‘tarilgan?
A) Akbarshoh B) Bobur C) Shoh Jahon
D) Avrangzeb
39. Xitoyda Sin sulolasi nechanchi yilgacha hukmronlik qilgan?
A) 1867-yilgacha B) 1905-yilgacha
C) 1937-yilgacha D) 1911-yilgacha
40. Eron tarixida afg‘on istilosi davri qachon boshlangan?
A) 1709-yil B) 1722-yil C) 1730-yil D) 1736-yil
41. Qaysi omillar Eron mehnatkash qatlamlari orasida keskin norozilik kelib chiqishiga sabab bo‘ldi?
1) Eronning Buyuk Britaniyaning sanoat mahsulotlari sotiladigan bozoriga aylanib qolishi; 2) hukmdorning cheklanmagan mavqeyiga egaligi; 3) viloyat hukmdorlari, katta-katta yer-mulk egalari davlat xazinasiga soliq to‘lamay qo‘yishi; 4) Rossiya bilan Eron o‘rtasida imzolangan Turkmanchoy shartnomasi oqibatlari; 5) davlat apparatidagi mansablarni sotish va sotib olish nihoyatda kuchayishi; 6) Eronning Kavkazorti hududlarida bo‘lgan da’vosidan voz kechishi.
A) 1, 3, 5 B) 2, 4, 6 C) 1, 2, 3 D) 2, 3, 5
42. Boburiylarga qarshi kurashgan afg‘on qabilalarining yetakchisi Sherxon Sur qaysi hududda joylashib olgan edi?
A) Sind va Kashmirda B) Bixor va Bengaliyada
D) Panjob va Multonda D) Sikri va Kalikutda
43. Sherxon surdan mag‘lubiyatga uchragan Humoyun qayerga qochadi?
A) Xitoyga B) Balxga C) Eronga D) Turkiyaga
44. Hindistonda Akbarshoh davrida amalga oshirilgan tadbirlarni aniqlang.
1) taxt uchun boburiylarga qarshi kurashning yetakchi kuchlari – afg‘onlarning Sur sulolasi butunlay yanchib tashlandi; 2) hindlarning ziyoratgohlaridan olinadigan soliqni man etgan; 3) imperiya hududida yagona savdo solig‘i joriy etilgan; 4) musulmon bo‘lmagan fuqarolarni islom diniga o‘tkazish uchun harakat qildi; 5) ham xolisa, ham jogirdorlar yerlaridan teng miqdorda soliq undirilgan; 6) soliq yig‘uvchi idoralardagi mansabdor hindlar asta-sekinlik bilan lavozimlaridan bo‘shatila boshlandi; 7) davlat idoralaridagi lavozimlar, dini va mazhabidan qat`iy nazar, shaxsning salohiyatiga qarab taqsimlangan; 8) hindlar qaytadan “jizya” solig‘ini to‘lashga majbur etildi
A) 1, 2, 3, 5, 7 B) 1, 2, 4, 6, 8 C) 2, 3, 5, 6, 8
D) 3, 4, 5, 7, 8
45. Musulmon savdogarlari soliqdan ozod qilingani holda, hind savdogarlariga tovarning besh foizi miqdorida soliq joriy etgan hukmdorni aniqlang.
A) Bobur B) Akbar C) Shoh Jahon
D) Avrangzeb
46. Humoyun Hindiston taxtining da’vogarlarini tor-mor etib, yana hokimiyatni o‘z qo‘liga qaytarib olgan yili …
A) Antoniy Jenkinson Xiva va Buxoroga keldi
B) “Moskva kompaniyasi” tashkil etildi
C) boburiylar tomonidan afg‘on qabilalari butunlay mag‘lub etildi
D) Eronda Qalandar boshchiligida qo‘zg‘olon ko‘tarildi
47. Hindistonda Avrangzeb davrida amalga oshirilgan tadbirlarni aniqlang.
1) U o‘zini shoh deb e’lon qildi; 2) imperiya hududi yanada kengaydi; 3) musulmon bo‘lmagan fuqarolarni islom diniga o‘tkazish uchun hech narsadan qaytmadi 4) hindlar qaytadan “jizya” solig‘ini to‘lashga majbur etildi; 5) hindlarning muqaddas ziyoratgohlarga boruvchilaridan ham soliq olinadigan bo‘ldi; 6) musulmon savdogarlari soliqdan ozod qilingani holda, hind savdogarlariga tovarning besh foizi miqdorida soliq joriy etildi; 7) soliq yig‘uvchi idoralardagi mansabdor hindlar asta-sekinlik bilan lavozimlaridan bo‘shatila boshlandi; 8) imperiya hududida yagona savdo solig‘i joriy etilgan.
A) 1, 4, 6, 8 B) 2, 5, 6, 8 C) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7
D) barchasi to‘g‘ri
48. Yaponiyada Oda Nobinaga davrida amalga oshirilgan tadbirlarni aniqlang.
1) u mamlakat viloyatlarining deyarli yarmini birlashtirishga muvaffaq bo‘ldi; 2) har bir viloyat savdosi uchun misdan tangalar zarb qildirdi; 3) iqtisodiy taraqqiyotga to‘sqinlik qilayotgan mahalliy soliq va bojxona to‘lovlarini bekor qildi; 4) savdo yo‘llari va ko‘priklar ta’mirlandi; 5) shaharlarga bozorlar ochish huquqi berildi; 6) tilla va kumush tangalarni muomalaga kiritdi.
A) 1, 2, 3 B) 2, 4, 5 C) 1, 2, 3, 6 D) 1, 3, 4, 5, 6
49. Oda Nobinaga nima sababdan Yaponiyada xristianlik dini tarqalishiga homiylik qilgan edi?
1) Chunki bu davrda budda dini peshvolari Oda Nobunagaga dushman bo‘lgan kuchlarni qo‘llab-quvvatlamoqda edi; 2) Portugaliya yordamida markaziy hokimiyatni egallash va butun yapon xalqini bo‘ysundirish maqsadida shunday qilgan edi; 3) Oda tezlik bilan qo‘shinini Yevropa qurol-aslahasi bilan to‘la qurollantirish maqsadida ham shunday qilgan edi; 4) Oda shu yo‘l bilan Yaponiyaning tashqi savdosini rivojlantirmoqchi edi.
A) 1, 2, 3 B) 2, 3, 4 C) 2, 4 D) 1, 3
50. Bir yilda vafot etgan hukmdorlarni aniqlang.
1) Fyodor Ivanovich; 2) Abdullaxon II; 3) Abbos I; 4) Abaxay; 5) Abdulmo‘min ibn Abdullaxon; 6) Toyotomi Xidayosi; 7) Shoh Jahon; 8) Asikaga Takauden.
A) 1, 2, 5, 6 B) 4, 5, 7, 8 C) 1, 3, 5, 7
D) 2, 4, 6, 8

III BOB

1. Qachondan Angliya qishloq xo‘jaligida mashinalar va kimyoviy o‘g‘itlar ishlatish boshlandi?
A) XIX asr 40-yillari B) XIX asr 20-yillari
C) XVIII asr 80-yillari D) XIX asr 70-yillari
2. Buyuk Britaniya parlamenti nechanchi yilda ish tashlashda qatnashishni ta’qiqlovchi qonun qabul qildi?
A) 1832-yil B) 1825-yil C) 1851-yil D) 1868-yil
3. XIX asrning 60-yillari oxirigacha bo‘lgan davrda Buyuk Britaniya hayotidagi qaysi o‘zgarishlar Buyuk Britaniyaning “dengizlar hukmroni” mavqeyini yanada mustahkamladi?
1) tuproq yo‘llar o‘rniga asfalt yo‘llarning ishlay boshlashi; 2) temiryo‘l qurilishi; 3) parovozsozlik paydo bo‘lishi; 4) qudratli savdo va harbiy dengiz floti yaratilishi; 5) sanoat ishlab chiqarishning to‘liq mustamlakalarga bog‘lanib qolganligi; 6) sanoat inqilobining tugallanishi.
A) 2, 3, 4 B) 1, 2, 3, 4 C) 1, 3, 5 D) 2, 4, 6
4. Tarixga “Xalqlar urushi” nomi bilan kirgan urush qayerda bo‘lgan edi?
A) Vena yaqinida B) Borodino qishlog‘ida
C) Vaterloo yonida D) Leypsig ostonasida
5. Vena Kongressida qatnashgan davlatlarni aniqlang?
1) Buyuk Britaniya; 2) Italiya; 3) Daniya; 4) Ispaniya; 5) Avstriya; 6) Polsha; 7) Belgiya; 8) Rossiya; 9) Prussiya; 10) Shvetsiya; 11) Portugaliya; 12) Fransiya
A) 1,4,5,8,9,10,11,12 B) 1,2,3,8,10,11,12
C) 2,3,6,7,8,10,11,12 D) 3,4,5,6,7,9,10,11
6. Quyida keltirilgan monarxlarning qaysi biri moliyachi bo‘lgan?
A) Karl X B) Lyudovik XVIII C) Lui Filipp
D) Napoleon III
7. 1832-yilga kelib Angliyada saylovchilar soni … ga yetdi.
A) 2 mln. B) 600 ming C) 200 ming D) 1 mln.
8. Vena Kongressining qaroriga ko‘ra, g‘olib davlatlarga qo‘shib beriglan hududlarni to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni aniqlang. 1) Buyuk Britaniya; 2) Rossiya; 3) Prussiya; 4) Avstriya; 5) Gollandiya.
a) Malta, Seylon orollari, Afrikaning janubidagi Kapa yeri; b) Polshaning katta qismi; c) Reyn viloyati, Vestfaliya, Polshaning g‘arbiy yerlari; d) Shimoliy Italiya; e) Belgiya
A) 1-a; 2-e; 3-c; 4-d; 5-b B) 1-e; 2-c; 3-b; 4-d; 5-a
C) 1-b; 2-a; 3-c; 4-e; 5-d D) 1-a; 2-b; 3-c; 4-d; 5-e
9. Fransiyada “Iyul monarxiyasi” davridagi bosh vazirni aniqlang.
A) Lui Filipp B) Gizo C) Papin D) Lui Bonapart
10. Ma’lumki, Vena Kongressiga ko‘ra, parchalangan Germaniya o‘rnida 39 ta davlatdan iborat Germaniya ittifoqi tuzilgan edi. Bu ittifoqqa qaysi hudud yetakchilik qildi?
A) Prussiya B) Vestfaliya C) Reyn D) Avstriya
11. 1870-yil Rim shahri Italiya qirolligiga qo‘shib olingunga qadar qaysi davlat ta’sirida bo‘lgan?
A) Ispaniya B) Neapol qirolligi C) Fransiya
D) Germaniya
12. Rossiyada sanoat to‘ntarishi qachon tugallandi?
A) XIX asr 30-yillari B) XIX asr 90-yillari
C) XIX asr 60-yillari D) XIX asr 40-yillari
13. Italiya qirolligining bosh vaziri K. Kavur qanday tuzum tarafdori edi?
A) mutloq monarxiya
B) konstitutsiyaviy monarxiya
C) mo‘tadil respublika
D) parlamentar respublika
14. Prussiya qirolligida Konstitutsiya joriy qilingan yilni aniqlang?
A) 1848-yil B) 1860-yil C) 1861-yil D) 1852-yil
15. Quyidagi qaysi Yevropa davlati tashqi siyosatda “nifoq solib, hukmronlik qil” qoidasini ustalik bilan qo‘llagan?
A) Angliya B) Ispaniya C) Fransiya
D) Portugaliya
16. “Muqaddas ittifoq”qa qaysi davlatlar kirgan edi?
A) Angliya, Avstrya, Fransiya
B) Rossiya, Avstrya, Prussiya
C) Prussiya, Ispaniya, Angliya
D) Rossiya, Belgiya, Shvetsiya
17. Angliya parlamenti nechanchi yilda to‘qqiz yoshgacha bo‘lganlar mehnatini taqiqladi?
A) 1832-yil B) 1867-yil C) 1833-yil D) 1848-yil
18. Ma’lumki, 1830-yil Parijda inqilob boshlangan edi. Inqilobning maqsadi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A) Fransiyada yalpi parlament tashkil qilish
B) Voyaga yetmaganlar mehnatini taqiqlash
C) Konstitutsion monarxiya tuzumini o‘rnatish
D) Fransiyada respublika tuzumini o‘rnatish
19. 1866-yil Prussiyadan tashqari nechta nemis davlati “Shimoliy Germaniya Ittifoqi”ga kirdi?
A) 22 ta B) 39 ta C) 23 ta D) 42 ta
20. XIX asr o‘rtalarida Rossiya aholisining necha foizi shaharlarda istiqomat qilar edi?
A) 8 % B) 18 % C) 25 % D) 30 %
21. Borodino jangida ko‘rsatgan jasorati uchun oltin dastali qilich bilan mukofotlangan siyosiy arbobni aniqlang.
A) N. Muravyov B) P. Pestel C) Nikolay I
D) A. Suvorov
22. Rossiyada krepostnoy huquqning bekor qilinishi natijasida pomeshchik o‘z ixtiyorida bo‘lib kelgan yerning ..., cho‘l hududlarda esa ... qismini saqlab qolish huquqiga ega bo‘ldi.
A) 4/1, yarmini B) 5/1, 31 D) 1/3, 1/2
D) 9/1, 3/1
23. Vikup nima?
A) jazo tariqasida boshqa yerlarga jo‘natish
B) harbiy qism joylashtiriladigan maxsus bino
C) krepostnoy dehqonning o‘ziga berilgan yerni haq to‘lash evaziga sotib olish
D) barcha soliqlardan ozod bo‘lish
24. Dog‘iston, Checheniston va Adigey hududlarida Rossiya imperiyasi bosqiniga qarshi kim uzoq vaqt kurash olib bordi?
A) Shomil B) Edigey C) Ye.Pugachiyov
D) Netay
25. Dekabristlar Rossiyadagi mavjud tuzumni qay tartibda o‘zgartirishga harakat qilganlar?
A) muzokaralar yo‘li bilan
B) qurolli qo‘zg‘olon yordamida
C) parlament tashkil etish orqali
D) chet el davlatlari ko‘magi bilan
26. Rossiyada 1861-yilgi islohotga ko‘ra, dehqon shu vaqtgacha hukumat qarorida belgilanganidan ko‘proq miqdordagi yerdan foydalanib kelgan bo‘lsa, uning ortiqchasi pomeshchikka o‘tkazilar edi. Bunday yerlar nima deb atalgan?
A) chek yer B) otrezka C) vikup D) oprichnina
27. Otto fon Bismark nechanchi yildan Germaniyani birlashtirishga rahbarlik qila boshladi?
A) 1864-yil B) 1866-yil C) 1861-yil D) 1848-yil
28. Bir yilda sodir bo‘lgan voqealarni aniqlang?
A) Italiya qirolligi tashkil topdi, Butun Kavkaz Rossiya tarkibiga o‘tdi
B) Angliyada ikkinchi parlament islohoti o‘tkazildi, Kanada dominion maqomini oldi
C) “Tilzit shartnomasi” imzolandi, Napoleon qo‘shinlari Berlinni egalladi
D) Napoleon I vafot etdi, Rossiyada dekabristlar qo‘zg‘oloni bo‘lib o‘tdi
29. Napoleon I ning qaysi siyosati Fransiyani Yevropa va jahon hukmronligi uchun o‘z tinkasini quritadigan urushga duchor etdi?
A) Rossiya bilan ikki bor urushga kirishi
B) Markaziy Yevropaga tahdid solishi
C) Afrikadagi mustamlakalarni egallash siyosati
D) qit’a qamali
30. Vena Kongressiga ko‘ra, Belgiya…
A) Mustaqil deb e’lon qilindi
B) Ispaniyaga qo‘shib berildi
C) Gollandiyaga qo‘shib berildi
D) Abadiy betaraf maqomiga ega bo‘ldi
31. 1830-yil Parijda boshlangan inqilobning harakatlantiruvchi kuchlari kimlar edi?
A) yangi dvoryanlar, savdogarlar, ziyolilar, dehqonlar
B) burjuaziya, ishchilar, hunarmandlar, studentlar
C) savdogarlar, dehqonlar, chorvadorlar, mayda burjuaziya
D) savdogarlar, hunarmandlar, harbiylar, mayda yer egalari
32. Avstrya poytaxti Vena nechanchi yilda Napolion qo‘shinlari tomonidan egallandi?
A) 1805-yil B) 1806-yil C) 1807-yil D) 1812-yil
33. “Xalqlar urushi”dan keyin Napoleon qayerga surgun etildi.
A) Yelena oroliga B) Korsika oroliga
C) Elba oroliga D) Olviya oroliga
34. 1861-yilda kelib Avstraliyadagi oq tanli aholi qanchaga yetdi?
A) 600 ming B) 1 mln. 300 ming
C) 2 mln. D) 1 mln. 200 ming
35. Jahon tarixida birinchi marta qaysi davlat iqtisodiyotida qishloq xo‘jaligidan sanoatga o‘tildi?
A) Fransiya B) Gollandiya C) Italiya
D) Angliya
36. Ma’lumki, 1834-yil Lion to‘quvchilari ikkinchi marta qo‘zg‘olon ko‘targan edi. Ishchilarning hukumat qo‘shini bilan janglari necha kun davom etgan?
A) 3 kun B) 6 kun C) 11 kun D) 4 kun
37. Kim yaratgan konstitutsiya loyihasiga ko‘ra, samoderjaviyeni, krepostnoy huquqini yo‘q qilish va Rossiyada Respublika idora usuli joriy etish ko‘zda tutildi?
A) P. Pestel B) V. Belinskiy C) A. Gersenlar
D) N. Muravyov
38. 1845 va 1847-yillarda Fransiyada qanday tabiiy ofat yuz berdi.
A) suv toshqini B) yer qimirlashi C) qurg‘oqchilik
D) o‘rmon yong‘inlari
39. 1867-yilda Angliyada saylovchilar soni qanchani tashkil etgan.
A) 1 mln. 200 ming B) 600 ming C) 1 mln.
D) 2 mln.
40. XIX asr tarixga qanday nom bilan kirgan?
A) sanoat inqilobi asri B) temiryo‘l va telegraf asri
C) bug‘ asri D) industrial asr
41. Napoleon armiyasi Prussiya poytaxti Berlinni egallagan yil ...
A) Eltuzar Xiva xonligi taxtiga o‘tirdi
B) Muqaddas Rim imperiyasi faoliyati tugadi
C) Amir Haydarga qarshi ukasi Dinnosirbek qo‘zg‘olon ko‘tardi
D) “Tilzit shartnomasi” imzolandi
42. XIX asrning 60-yillarigacha bo‘lgan davrda Rossiya iqtisodiy hayotning o‘ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat edi?
1) krepostnoylik tartiblari mavjudligi; 2) kustar va manufaktura ishlab chiqarish hukmronligi; 3) mashinalashgan ishlab chiqarishni keng rivojlantirish uchun yetarli kapitalga ega emasligi; 4) natural xo‘jalik hamon kuchliligi; 5) to‘qimachilik, metallurgiya, mashinasozlik, kon sanoati yetakchi o‘rinni egalladi; 6) dunyoda ikkinchi marta temiryo‘l qurildi.
A) 1, 2, 3, 4 B) 1, 3, 5, 6 C) 2, 4, 6 D) 4, 5, 6
43. Rossiyada krepostnoy huquqning bekor qilinishi natijasida dehqon uchun eng noqulayi nima bo‘lgan?
A) dehqonning yer egasi bo‘lishi uchun vikup to‘lashning shartligi
B) dehqon shu vaqtgacha ko‘proq miqdordagi yerdan foydalanib kelgan bo‘lsa, uning ortiqchasi pomeshchikka o‘tkazilishi
C) pomeshchikning yordamisiz o‘z xo‘jaligini tiklashi va oila qurishi
D) dehqonning yer egasi bo‘lishi uchun obrok va barshchinani o‘tab berishi
44. Napoleon Bonapart nechanchi yilda o‘zini umrbod konsul deb e’lon qilinishiga erishdi?
A) 1804-yil B) 1799-yil C) 1805-yil D) 1802-yil
45. Quyidagi qaysi holat Napoleonga qit’a qamali siyosatidan ko‘zlangan maqsadiga erishish imkonini bermadi?
A) Buyuk Britaniya harbiy flotining g‘oyatda qudratliligi
B) AQSH tovarlarining kema orqali Angliya va boshqa Yevropa davlatlariga kirib kelishi
C) Napoleonga boshqa yevropa davlatlarining yordam bermaganligi
D) Napoleonga qarshi Avstriya, Rossiya, Prussiya davlatlarining harbiy ittifoqi yuzaga kelganligi
46. Nima sababdan Lyudovik XVIII monarxiyasi avvalgidek mutlaq monarxiya emas edi?
A) chunki, jamiyatda shaharliklar, ishchilar va yangi dvoryanlar tabaqalari shakllangan edi
B) chunki, jamiyat hayotida kapitalistik munosabatlar har tomonlama chuqur ildiz otib ulgurgan edi
C) chunki, Lyudovik XVIII ning hukmdor sifatida salohiyati pastroq edi
D) chunki, inqilob va ish tashlashlarning tez-tez bo‘lib turishi, norozilik harakatlari
47. Nima sababdan Napoleon I hokimiyatdan voz kechgach, mamlakatda ichki vaziyat murakkablashib bordi?
1) eski feodal tartiblar tarafdorlarining mutlaq monarxiyani tiklashni va qo‘llaridan ketgan mol-mulklarini qaytarib berishni talab qilishlari; 2) mamlakat aholisining Napoleon hukumatini qayta tiklashga intilishi; 3) Ittifoqchilar Fransiya bilan sulh shartnomasini imzoladilar, unga ko‘ra, Fransiya Napoleon davrida bosib olgan barcha hududlardan mahrum etildi; 4) Napoleon davrida xizmat qilgan zobitlarning va davlat xizmatchisining ishdan bo‘shatilishi; 5) Lyudovik XVIII ning hukmdor sifatida salohiyati nihoyatda pastligi; 6) Fransiyada inqilobning boshlanishi.
A) 2, 4, 6 B) 1, 3, 4 C) 1, 5, 6 D) 1, 2, 3, 4, 5
48. Quyidagi qaysi sabablar Fransiyada 1848-yil inqilobining yuzaga kelishiga sharoit yaratdi?
A) Napoleon III ning hokimiyatni egallashga urinishi
B) to‘quvchilarning qo‘zg‘oloni mamlakat bo‘ylab yoyilib ketishi
C) mustamlakalarning qo‘ldan chiqib ketishi
D) qurg‘oqchilik, inqiroz va ishsizlik
49. Ma’lumki, Fransiyada burjuaziya 1848-yilgi inqilobning oldini olish uchun hukumat oldiga islohotlar o‘tkazilish talabini qo‘ydi. Uning asosini qaysi masala tashkil etardi?
A) monarxiyani butunlay tugatish to‘g‘risidagi
B) mustamlakalarni ozod qilish to‘g‘risidagi
C) saylov huquqini kengaytirish to‘g‘risidagi
D) ish soatlarini kamaytirish to‘g‘risidagi
50. Buyuk Britaniyada aynan bir yilda bo‘lib o‘tgan voqealarni qayd eting.
A) dunyoda birinchi temiryo‘l qurildi va Buyuk Britaniya parlamenti ish tashlashda qatnashishni taqiqlovchi qonun qabul qildi
B) London shahrida ishchilarning «Umumiy saylov huquqi uchun kurash ishchi Assotsiatsiyasi» tuzildi va birinchi parlament islohoti o‘tkazildi
C) parlament ish tashlashda qatnashishni taqiqlovchi qonun qabul qildi va sanoat inqilobi tugallandi
D) ikkinchi parlament islohoti o‘tkazildi va London shahrida ishchilarning «Umumiy saylov huquqi uchun kurash ishchi Assotsiatsiyasi» tuzildi.
51. XIX asrning 60-yillari oxirlarigacha bo‘lgan davrda Buyuk Britaniyada qaysi holatlar sanoat inqilobi tugallanishining ro‘y berishiga olib keldi?
A) sanoat ishlab chiqarishning konsentratsiyalashuvining ro‘y berishi
B) bug‘ mashinalarining ixtiro qilinishi
C) sanoatning gurkirab rivojlanishi va ilm-fan taraqqiyoti
D) temiryo‘l qurilishining boshlanishi
52. Nimaning natijasida Buyuk Britaniyada parlament islohoti o‘tkazish masalasi zaruratga aylandi?
A) sanoat inqilobi natijasida
B) parlamenti tomonidan ish tashlashda qatnashishni taqiqlovchi qonunning qabul qilinishi natijasida
C) qishloq xo‘jaligida agrar to‘ntarish natijasida
D) mamlakatda yagona bozorning vujudga kelishi
53. Ma’lumki, Buyuk Britaniyada 1-parlament islohoti parlamentning yuqori va quyi palatalarining vakolatlari masalasini ham chetlab o‘tmadi. Xususan, quyi palataning mamlakat siyosiy hayotidagi o‘rni oshirilib, bu palataga qanday vakolatlar yuklatildi?
1) mamlakat byudjetini nazorat qilish huquqini saqlab qoldi; 2) Buyuk Britaniya hukumatining faqat quyi palata oldida javobgarligi belgilab qo‘yildi; 3) quyi palata hukumatga ishonchsizlik bildirgan taqdirda, hukumat iste’fo berishga majbur bo‘ladigan tartib o‘rnatildi; 4) veto huquqidan foydalanish imkoni berildi; 5) sanoat shaharlariga qo‘shimcha ovoz berish; 6) qonun loyihalarini yuqori palataning roziligisiz qabul qilish
A) 1, 2, 3, 4, 5 B) 1, 3, 6 C) 2, 4, 5 D) 1, 2, 3
54. Qirol Lyudovik XVIII 1815-yil mart oyida surgundan qaytgan Napoleonga qarshi qancha qo‘shin jo‘natgan?
A) 20 ming B) 10 ming C) 30 ming D) 45 ming
55. 1816-yil atrofida Buyuk Britaniya aholisi qancha kishini tashkil etgan?
A) 18 mln. B) 12 mln. C) 25 mln. D) 16 mln.
56. XIX asr birinchi yarmida Buyuk Britaniyadagi qanday tadbir yuk tashishning arzonlashuvini ta’minladi?
A) dengiz hukmronligining saqlab qolinishi
B) mustamlakalardagi arzon ishchi kuchidan foydalanish
C) dunyoda birinchi temiryo‘lning qurilishi
D) ichki bozorning kengayishi
57. Buyuk Britaniyadagi qaysi tadbir sanoat burjuasining siyosiy hukmronligini mustahkamladi? A) 1832-yilgi parlament islohotiga ko‘ra, yirik sanoat markazlariga parlamentdan 144 o‘rin ajratib berilishi
B) 1832-yilgi parlament islohotiga ko‘ra, quyi palataga keng vakolatlarning berilishi
C) 1867-yilgi parlament islohotiga ko‘ra, barcha erkaklarga saylov huquqining berilishi
D) 1833-yilda 8 soatlik ish vaqtining belgilanishi
58. Chartistlar harakati qaysi davlatda amalga oshirilgan edi?
A) Fransiya B) Rossiya C) Angliya D) Italiya
59. Angliyaning qaysi mustamlakasi aholisi Buyuk Britaniyaning o‘zidagiga nisbatan taxminan 10 baravar ko‘p edi?
A) Avstraliya B) Kanada C) Hindiston
D) Yangi Zellandiya
60. Biror narsaning muayyan bir joyda to‘planishi nima deyiladi?
A) dominion B) dividend C) monopoliya
D) konsentratsiya

IV BOB


1. AQSHda sanoat inqilobi qachon boshlandi?
A) XIX asr 30-yillarida B) XIX asr 50-yillarida
C) XVIII asr 90-yillarida D) XVIII asr 70-yillarida
2. Amerikalik oq tanli fermir Jon Braun qayerda qullar qo‘zg‘olonini ko‘tarishga urinib ko‘rgan edi?
A) Filadelfiyada B) Virginiyada
C) Vashingtonda D) Kaliforniya
3. Jon Braun otriadi qancha kishidan iborat bo‘lgan?
A) 55 ta B) 31 ta C) 13 ta D) 22 ta
4. Avraam Linkoln nechanchi yillarda yashagan?
A) 1803-1866-yillar B) 1811-1865-yillar
C) 1809-1867-yillar D) 1809-1865-yillar
5. AQSHda fuqarolar urushi qachon boshlandi?
A) 1861-yil 11-mayda B) 1861-yil aprelda
C) 1860-yil dekabrda D) 1860-yil 9-martda
6. Abolitsionistlar kimlar?
A) Amerikada qullikni bekor qilish tarafdorlari
B) Amerikada oq tanlilar manfaati himoyachilari
C) Respublika tuzumi tarafdorlari
D) Qullarga siyosiy huquq berilishi tarafdorlari
7. AQSHning shimolidagi hududlar xo‘jaligi ancha rivojlangan bo‘lib, uning asosini qaysi xo‘jalik tashkil qilgan?
A) kapitalistik ishlab chiqarish
B) qo‘l mehnatiga asoslangan hunarmandchilik
C) fermer xo‘jaligi
D) savdo-sotiq
8. Qullar qo‘zg‘olonini ko‘targan Jon Braun otriadida nechta qora tanli kishi bo‘lgan?
A) 9 ta B) 7 ta C) 5 ta D) 11 ta
9. 1865-yil AQSH konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritildi. Unga ko‘ra …
A) butun mamlakatda qulchilik bekor qilindi
B) oq tanlilar bilan qora tanlilar bir xil fuqarolik huquqiga ega bo‘ldi
C) yangi ozod bo‘lgan qullarga yerlar berildi
D) hindular AQSH fuqaroligi tan olindi
10. Ispaniya mustamlakalarida ommaviy qo‘zg‘olon nechanchi yilda boshlandi?
A) 1820-yil B) 1810-yil C) 1800-yil D) 1804-yil
11. Migel Idalgo kim bo‘lgan?
A) qishloq ruhoniysi B) maktab o‘qituvchisi
C) kambag‘al dehqon D) kreol dvoriyan
12. Quyidagi qo‘zg‘olon rahbarlarining qaysi biri Allegan tog‘ida joylashib olib, harakatni butun mamlakatga yoyishga harakat qilgan?
A) Migel Idalgo B) Xose San-Marten
C) Xose Morelos D) Jon Braun
13. Meksika nechanchi yilda respublika deb e’lon qilindi?
A) 1821-yil B) 1819-yil C) 1826-yil D) 1824-yil
14. Migel Idalgo o‘ldirilganidan qancha vaqt o‘tib, Meksika mustaqillikni qo‘lga kiritdi?
A) 11 yil B) 20 yil C) 10 yil D) 14 yil
15. Venesueladagi mustaqillik urushiga boshchilik qilgan qahramonni aniqlang?
A) Xose San-Marten B) Xose Morelos
C) Simon Bolivar D) Migel Idalgo
16. “Ispaniya mening mamlakatimni bandi qilgan zanjirlarni parchalab tashlamagunimcha xotirjam bo‘lmayman”, ushbu gaplar qaysi vatanparvarga tegishli?
A) Jon Braun B) Migel Idalgo
C) Xose Morelos D) Simon Bolivar
17. Qaysi hudud milliy qahramon – Simon Bolivar sharafiga Boliviya deb ataldi?
A) Yuqori Peru B) Janubiy Chili
C) Quyi Granada D) Markaziy Venesuela
18. Simon Bolivar vatanparvarlik kurashi uchun qanday unvon olgan edi?
A) Xaloskor B) Polkovnik C) General
D) Qahramon
19. Kuba nechanchi yilda mustaqil Respublika deb e’lon qolindi?
A) 1869-yil B) 1830-yil C) 1829-yil D) 1827-yil
20. “Inqilobga xizmat qilish – bu dengizni shudgor qilish bilan barobardir”, ushbu so‘zlar kimga tegishli?
A) Avraam Linkoln B) Simon Bolivar
C) Jon Braun D) San Martin
21. Yuqori Peru nechanchi yilda Ispaniya zulmidan uzil-kesil ozod bo‘ldi?
A) 1821-yil B) 1824-yil C) 1825-yil D) 1819-yil
22. Quyidagi qaysi sana Argentina xalqining milliy bayrami hisoblanadi?
A) 25-may B) 26-iyun C) 4-iyul D) 13-mart
23. Ispaniya mustamlakachiligiga qarshi o‘z mustaqilligi uchun kurashayotgan Yuqori Peru vatanparvarlari qo‘shiniga qo‘mondonlik qilgan qaysi sarkarda boshchiligida ispan qo‘shini tor-mor etildi?
A) Sukre B) San-Martin C) Xose Morelos
D) Simon Bolivar
24. Janubiy Amerikada kim birinchilardan bo‘lib hindularga solinadigan o‘lponni bekor qilgan edi?
A) San-Martin B) Migel Idalgo
C) Xose Morelos D) Simon Bolivar
25. Qaysi hududlar X.Kolumb sharafiga Buyuk Kolumbiya deb ataldi?
A) Yuqori Peru va Chili
B) Janubiy Chili va Gvatemala
C) Quyi Granada
D) Yangi Granada va Venesuela
26. Bir yilda sodir bo‘lgan voqealarni aniqlang?
A) S. Bolivar iste’foga chiqdi, Urugvay Respublika deb e’lon qilindi
B) Xose Morelos o‘ldirildi, Braziliya Portugaliyadan ajralib chiqdi
C) Boliviya Respublikasi barpo etildi, Argentina Respublikasi tuzildi
D) AQSHda fuqarolar urushi yakunlandi, Kuba Respublika deb e’lon qilindi
27. Argentinani Ispaniya zulmidan ozod qilishga erishgan xalq qahramonini aniqlang?
A) Xose San-Martin B) Simon Bolivar
C) Migel Idalgo D) Xose Morelos
28. Venesuela nechanchi yilda mustaqil deb e’lon qilindi?
A) 1811-yil B) 1822-yil C) 1819-yil D) 1824-yil
29. Noto‘g‘ri berilgan javobni toping.
A) Bolivar yirik pomeshchiklarning yerlarini musodara qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ishlab chiqdi
B) 1825-yil Argentina respublikasi barpo etilgan
C) Xose San-Martin Peru va Chilining ozod bo‘lishiga yordan bergan
D) Braziliyadan tashqari barcha Janubiy Amerika davlatlarida respublika tuzumi o‘rnatildi
30. Ispaniyadan ozod qilingan barcha Amerika respublikalari konfederatsiyasini tuzishni orzu qilgan davlat arbobini aniqlang.
A) Xose San-Martin B) Migel Idalgo
C) Fransisko Vilya D) Simon Bolivar
31. Abolitsionist so‘zining ma’nosi nima?
A) inglizcha – bekor qilish
B) lotincha – og‘dirib olish
C) inglizcha – qullikka qarshi
D) yunoncha – o‘zgartirish, almashlash
32. AQSHda qabul qilingan Gomstedlar to‘g‘risidagi qonunning mazmuni qaysi javobda to‘g‘ri berilgan?
A) qora tanlilar oq tanlilar qanday fuqarolik va siyosiy huquqlarga ega bo‘lsalar, ularga ham shunday huquqlar berilishi to‘g‘risidagi qonun
B) G‘arbdagi bo‘sh yotgan katta yer jamg‘armasini fermer xo‘jaligi yuritishni istagan shaxslarga bepul bo‘lib berish to‘g‘risidagi qonun
C) hindularni qul qilishni taqiqlashga qaratilgan qonun
D) Afrikadan qul olib kelib sotushni taqiqlash va qulchilikni bekor qilish to‘g‘risidagi qonun
33. AQSHda qullik bekor qilingan yilni aniqlang.
A) 1865-yil B) 1866-yil C) 1870-yil D) 1863-yil
34. Idalgo boshchiligidagi dehqonlarning qo‘zg‘oloni nechanchi yilda bo‘lgan edi?
A) 1810-yil B) 1811-yil C) 1812-yil D) 1819-yil
35. Amerika qit’asida mustaqillik uchun kurash yillarida qaysi qahramon quldorlarga o‘zlarining hamma qullarini o‘n kunlik muddatda ozod qilib yuborishni buyurgan va hindu jamoalarining mustamlakachi ma’murlarga to‘lab kelgan o‘lponini bekor qilgan?
A) Simon Bolivar B) Sukre C) Xose Morelos
D) Migel Idalgo
36. Bir yilda sodir bo‘lgan voqealarni aniqlang.
A) Buxoroda Amir Nasrullo hukmronligi boshlandi, Braziliya Portugaliyadan ajralib chiqdi
B) Yangi Marv shahriga asos solindi, Sukre boshchiligidagi Yuqori Peru qo‘shinlari ispanlarni tor-mor keltirdi
C) Peru Ispaniya zulmidan uzil-kesil ozod bo‘ldi, Muhammad Rahimxon I Marvni bosib oldi
D) Ispanlarga qarshi ozodlik kurashi rahbari Idalgo otib tashlandi, Qo‘qon xonligi taxtiga Umarxon o‘tirdi
37. Argentinada Ispaniya zulmidan ozodlik uchun kurash nechanchi yilda boshlandi?
A) 1810-yil B) 1811-yil C) 1812-yil D) 1819-yil
38. Simon Bolivar qanday oilada tug‘ilgan?
A) perulik boy savdogar oilasida
B) meksikalik boy hindu pomeshchigi oilasida
C) venesuelalik badavlat kreol – pomeshchik va savdogar oilasida
D) venesuelalik kreol, kambag‘al dehqon oilasida
39. Amerika qit’asida mustaqillik uchun kurash yillarida qaysi qahramon qora tanli qullarning bir qismini o‘z qo‘shiniga jalb etgan va hindu dehqonlarga esa urush tamom bo‘lishi bilanoq ular o‘z yerlariga ega bo‘lishiga va’da bergan?
A) Simon Bolivar B) Xose San-Martin
C) general Sukre D) Migel Idalgo
40. Amerika qit’asida mustaqillik uchun kurashgan Simon Bolivar qaysi davlatning prezidenti bo‘lgan?
A) Venesuela B) Yuqori Peru C) Kolumbiya
D) Yangi Granada

V BOB


1. So‘nggi Boburiy hukmdor Bahodirshoh II ning tirik qolgan o‘g‘li to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni toping.
A) Mirzo Abdug‘offor B) Murodbaxsh
C) Ziyovuddin Tusiy D) Mirzoquyosh
2. Quyidagi qaysi tashkilot Buyuk Britaniyaning Hindistondagi mustamlakachilik siyosatining yo‘nalishlarini belgilab borardi?
A) “Hindiston ishlari bo‘yicha nazorat kengashi”
B) “Ost-Indiya”
C) “Hindiston savdo palatasi”
D) “Buyuk Britaniya Oliy Sudi”
3. Birinchi afyun urushida qaysi omil Xitoyning mag‘lubiyatga uchrashiga sabab bo‘lgan edi?
A) asosiy janglar dengizda bo‘lganligi va dengizda ingliz flotining kuchliligi
B) Xitoyning iqtisodiy va harbiy texnika jihatdan qoloqligi
C) Yevropa davlatlarining inglizlarni qo‘llab quvvatlashi
D) vatanparvarlik janggida Xitoy xalqining birlashmaganligi
4. Ikkinchi afyun urushida qaysi davlat qo‘shinlari inglizlar bilan ittifoqchilikda harakat qilgan edi?
A) Rossiya B) Yaponiya C) Fransiya
D) Portugaliya
5. Taypinlar davlati Xitoyning qaysi viloyatida tashkil qilingan edi?
A) Guansi B) Nankin C) Yanszi D) Guanjou
6. Taypinlar davlatining markazi qaysi shahar edi?
A) Guansi B) Nankin C) Yanszi D) Pekin
7. Xun Syu syuan kim bo‘lgan?
A) qishliq ro‘honiysi B) maktab o‘qituvchisi
C) qurolsoz hunarmand D) yirik mulkdorlar vakili
8. Taypinlar davlatini mag‘lubiyatga uchratish uchun hukumat qo‘shinlariga qaysi davlatlar yordam ko‘rsatgan edi?
A) Hindiston, Yaponiya, Rossiya
B) Angliya, Fransiya, AQSH
C) Portugaliya, Angliya, Yaponiya
D) Ispaniya, Hindiston, Rossiya
9. O‘zini Buddaga tenglashtirgan shaxsni aniqlang?
A) Sisi B) Xun Syu syuan C) Musixito
D) Lakshmi Bay
10. Eksterritorial huquq nima?
1) chet el fuqarolari shaxsining daxlsizligi; 2) bir davlat fuqarolarining boshqa davlat hududiga ruxsatnomasiz o‘tish tartibi; 3) davlat chegarasining mustamlakachi davlat tomonidan belgilanishi; 4) chet el fuqarolarining uy-joyi va mol-mulkining daxlsizligi; 5) o‘z davlati chegarasi o‘zi belgilash huquqi; 6) chet el fuqarolarining mahalliy davlat sudlaridan ozod qilinganligi.
A) 1, 3, 4, 5 B) 2, 4, 5 C) 1, 2, 3, 4, 5 D) 1, 4, 6
11. Hindistonda XIX asr o‘rtalarida hindlarning birdan-bir uyushgan tashkilotini kimlar tashkil qilar edi?
A) hind rojalari B) hunarmadlar C) knyazlar
D) sipohiylar
12. Hindlarning qaysi diniga ko‘ra, sigir muqaddas hisoblanadi va uning go‘shti ham yeyilmaydi?
A) buddaviylik B) braxmanizm C) hinduiylik
D) sintoizm
13. 1867-yil Yaponiyada Meydzi dastlab qaysi sohada islohot o‘tkazgan edi?
A) ma’muriy islohot B) agrar islohot
C) harbiy islohot D) moliya islohoti
14. Yaponiyaning bosh xudosi Amiterasu – …
A) Oy xudosi bo‘lgan
B) imperator homiysi bo‘lgan
C) Quyosh xudosi bo‘lgan
D) Osmon va Yer xudosi bo‘lgan
15. Yaponiyada inqilobdan so‘ng qo‘shin zamonaviy qurollar bilan ta’minlandi va … dan mutaxassislar taklif qilinadi.
A) Fransiya B) Angliya C) Rossiya D) Xitoy
16. Londonda Buyuk Britaniya, Fransiya va Rossiya o‘rtasida Gretsiyaga muxtoriyat berishni ko‘zda tutuvchi bitim nechanchi yil imzolangan edi?
A) 1819-yil B) 1829-yil C) 1831-yil D) 1827-yil
17. 1709-yil Qandahorda qaysi qabila yetakchisi qo‘zg‘olon ko‘targan?
A) barakzay B) gilza C) abdali D) afshor
18. Ma’lumki, 1863-yil Afg‘oniston hukmdori Do‘st Muhammad vafot etadi va uning o‘g‘illari orasida taxt talashish avj olib ketadi. Buyuk Britaniya esa bu nizolarga aralashmasligini bildirgan. Bunga sabab nima edi?
A) Rossiya bilan aloqalar yomonlashishidan qo‘rqqan
B) Angliya Hindistonda bo‘lib o‘tgan sipohiylar qo‘zg‘olonidan cho‘chib qolgan edi
C) Britaniya Afg‘onistonning ichki urushlardan kuchsizlanib qolishidan manfaatdor edi
D) Bu paytda Buyuk Britaniyaning Xitoydagi urushlarda bandligi
19. Quyidagi qaysi Eron shohi 12 ming eronlik jangchini oilalari bilan Kobulga ko‘chirgan edi?
A) Mir Mahmud B) Nodirshoh C) Abbos II
D) Og‘a Muhammad
20. XIX asrning 70-yillariga kelib Turkiyaning chet davlatlardan qarzi qanchaga yetdi?
A) 2,4 mlrd. frank B) 5,4 mln. frank
C) 7,2 mln. lira D) 4,2 mlrd. rubl
21. Konsessiya so‘zi qanday ma’noni anglatadi?
A) ortga surish, kechiktirish B) xususiy tashkilot
C) ruxsat, yon berish D) homiylik qilish
22. Eron afg‘on bosqinchilaridan ozod qilingan yilni aniqlang.
A) 1736-yil B) 1727-yil C) 1755-yil D) 1730-yil
23. Turkmanchoy shartnomasiga ko‘ra Eron …
A) Kavkazorti hududlariga bo‘lgan davosidan voz kechdi
B) Kavkazdagi mavqeyini yanada mustahkamladi
C) Armaniston va Gruziyaning bir qismini oldi
D) Rus savdogarlariga Eron hududida bojsiz savdo qilish huquqini berishga majbur bo‘ldi
24. XIX asrda Eron taxti vorisining qarorgohi qaysi shahar hisoblangan?
A) Tehron B) Tabriz C) Sheroz D) G‘ilon
25. Erondagi Bobiylar harakatining nomi bo‘lgan “Bob” qanday ma’noni anglatgan?
A) haqiqat, adolat B) bilim, ma’rifat
C) eshik, darvoza D) uy, hujra
26. XIX asrning oxirlariga kelib qaysi Afrika davlatlari o‘z mustaqilliklarini saqlab qolgan edi?
A) Transvaal, Oranj B) Gana, Mali, Misr
C) Tunis, Marokash D) Efiopiya, Liberiya
27. Amerikaliklar Afrika qit’asida tashkil qilgan Monroviya manzilgohining hududi qancha bo‘lgan?
A) 13000 km.kv B) 11000 km. kv
C) 21000 km.kv D) 17000 km.kv
28. Afrika davlatlaridan qaysi birining nomi “Erkin” ma’nosini bildiradi?
A) Angola B) Liberiya C) Efiopiya D) Oranj
29. Buyuk Britaniya nechanchi yilda Oranj Respublikasini vaqtinchalik tan oldi?
A) 1852-yil B) 1855-yil C) 1854-yil D) 1867-yil
30. Efiopiyada Kassa hokimiyati qachon ag‘darildi?
A) 1855-yil B) 1867-yil C) 1862-yil D) 1865-yil
31. Eronda bosh vazir nima deb atalgan?
A) Hakimboshi B) Amin ud-davla
C) Sadr a’zam D) Beklarbegi
32. Afg‘oniston hukmdorlarining qaysi biri inglizlar tomonidan taxtga chiqarilgan edi?
A) Fathxon B) Shuju C) Zamonshoh
D) Do‘st Muhammad
33. Quyidagi qo‘zg‘olon rahbarlaridan qaysi biri mag‘lubiyat natijasida o‘z joniga qasd qilgan?
A) Tantiya Topi B) Lakshmi Bay
C) Mir Vaysxon D) Xun Syu syuan
34. Sipohiylar kimni hind xalqini mustamlakachilarga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tarish haqidagi chaqiriqqa imzo qo‘yishga majbur etganlar?
A) Tantiya Topini B) Lakshmi Bayni
C) Bahodirshoh II ni D) Mirzo Abdug‘offorni
35. Quyidagi qaysi davlat xalqi ongiga: ”Hukmdor yorug‘ dunyoning xudosi va boshqa barcha davlatlar uning soliq to‘lovchilaridir” degan g‘oya singdirilgan edi?
A) Yaponiya B) Xitoy C) Turkiya D) Eron
36. Malika Sisi nechanchi yil imperatorlik taxtiga chiqqan?
A) 1861-yil B) 1850-yil C) 1864-yil D) 1867-yil
37. Quyidagi qaysi xalq qahramoni oxirgi o‘qi qolguncha dushman bilan jang qilib, arqondan yasalgan narvonda shahar minorasidan pastga tushib, dushman qo‘liga tushmay qochib ketdi va u halok bo‘lgach, xoki muqaddas hisoblanuvchi Ganga daryosiga tashlangan?
A) Tantiya Topi B) Lakshmi Bay
C) Abdulg‘affor C) Xun Syu syuan
38. 1854-yil qaysi davlat harbiy-dengiz floti Yaponiyani ochilishga majbur etdi.
A) AQSH B) Fransiya C) Rossiya D) Angliya
39. Dushman bosib olgan joylarda ozodlik uchun ko‘ngilli ravishda qurolli kurash olib boruvchilar guruhining a’zosi nima deb yuritiladi?
A) sipohiy B) mudofaachi C) mamluk
D) partizan
40. Yaponiya hukumati quyidagi qaysi masalaga chet davlatlarining Yaponiyani yevropaliklar mustamlakasiga aylanib qolish xavfidan himoya qiluvchi asosiy omil deb qaradi?
A) Yaponiya xalqining imperator atrofida jipslashuvi
B) zamonaviy armiya va flotga ega bo‘lish
C) ishlab chiqarishni industrlashtirish
D) Yaponiyani chet elliklar uchun yopib qo‘yish
41. Meydzi islohotlari Yaponiyada ...
1) yagona yapon ichki bozorini vujudga keltirdi; 2) yagona pul birligi – iyen joriy qilindi; 3) feodal tarqoqlikka chek qo‘ydi; 4) samuraylar huquqini tikladi; 5) yagona din vujudga kelishini ta’minladi; 6) Yevropa davlatlariga Yaponiya eshiklarini ochdi.
A) 1, 4, 5 B) 1, 2, 3 C) 4, 6 D) 1, 3, 5, 6
42. Nechanchi yilda tuzilgan shartnoma Buyuk Britaniya uchun Afg‘onistonni vassal davlatga aylantirish yo‘lidagi birinchi qadam bo‘ldi?
A) 1843-yil B) 1829-yil C) 1857-yil D) 1863-yil
43. XIX asr o‘rtalarida Eronda amin ad-davla qanday vazifani amalga oshirgan.
A) bosh vazir B) moliya va ichki ishlar vaziri
C) saroy bosh tabibi D) devon boshqaruvchisi
44.1857-yil Buyuk Britaniya va Eron o‘rtasida tuzilgan shartnomaga ko‘ra, Eron Hirotga va Afg‘onistonning boshqa hududlariga bo‘lgan da’vosidan voz kechdi. Shuningdek, Eron-Afg‘oniston o‘rtasida nizo kelib chiqqudek bo‘lsa, bu nizo Buyuk Britaniya vositachiligida hal etiladigan bo‘ldi. Ushbu shartnoma qayerda imzolangan?
A) London B) Parij C) Berlin D) Vena
45. XIX asr o‘rtalarigacha Angola va Mozambik eng muhim qul savdosi bazalari edi. Ushbu mamlakatlar qaysi davlat mustamlakasi bo‘lgan.
A) Portugaliya B) Fransiya C) Belgiya
D) Buyuk Britaniya
46. XVIII asr birinchi yarmida Afg‘onistonni itoatda tutish uchun Eron shohi qanday siyosatni yuritgan?
A) pul evaziga mahalliy hokimlarni o‘z tomonida og‘dirib olgan
B) qo‘zg‘olonlarni shafqatsizlik bilan bostirgan
C) Afg‘onistondagi jangari qabilalarni o‘z yerini tashlab ketishga majbur qilgan
D) Erondan 12 ming jangchini oilalari bilan Kabul shahriga ko‘chirgan
47. Meydzi hukumati o‘z oldiga qanday vazifasini qo‘ydi?
A) Yaponiyada yagona dinning vujudga kelishini ta’minlash va guruhiy nizolarga barham berish
B) milliy an’analardan voz kechmagan, mustaqillikni to‘la saqlab qolgan holatda g‘arb namunasida Yaponiyani zamonaviylashtirish
C) Yaponiya xalqining imperator atrofida jipslashuvini
D) Yevropa davlatlariga Yaponiya eshiklarini ochish va shu orqali iqtisodiy yuksalishga erishish
48. Imperator Meydzi davrida knyazlar qudratini sindirish uchun dastlab ...
A) yerlarning bir qismi musodara qilindi, so‘ng ular boshqaruv huquqidan mahrum etildi
B) sumuraylar mavqeyini tiklab, ularga vakolatlar bergan
C) butun mamlakat uchun yagona bo‘lgan pullar zarb qildirgan va knyazlar pullari bekor qilingan
D) mahalliy hokimlar va knyazlarni soliqlardan ozod qilib, ularni qarzdor qilib tashlagan
49. “Taypin tyango” so‘zining ma’nosi nima?
A) samoviy tenglika davlati
B) yuksak adolatlar davlati
C) samoviy mo‘l-ko‘llik davlati
D) samoviy tinchlik davlati
50. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovga xat yo‘llagan boburiy avlodini aniqlang.
A) Mirzoquyosh B) Mirzo Abdulshoh
C) Ziyovuddin Tusiy D) Laylo Ummaxoni
51. Quyidagi qaysi qo‘zg‘olon rahbarini xoinlar bosqinchilarga tutib bergan?
A) Sayid Ali Muhammad B) Xun Syu syuan
C) Tantiya Topi D) Shayx Jalol
52. Hindistonda sipohilar qo‘zg‘olonining boshlanishiga bevosita turtki bo‘lgan voqeani aniqlang.
A) mahalliy knyazliklar va hind jamiyati turli tabaqalarining tarqoqligi bo‘ldi
B) qo‘shinda patron bilan o‘qlanadigan miltiqning joriy etilishi bo‘ldi
C) sipohiylar qo‘shiniga ingliz zobitlari qo‘mondonlik qiladigan bo‘lishi bo‘ldi
D) hindlarning milliy va diniy jihatdan kamsitilishi bo‘ldi
53. Hindistonda sipohiylar qo‘zg‘oloni bostirilgandan keyin, aholi noroziligidan cho‘chib qolgan Britaniya hukumati yengillik uchun qanday chora-tadbirlarni amalga oshirdi?
A) yer egalarining soliqlarni oshirishi taqiqlab qo‘yildi, mahalliy knyazlarning o‘z yerlariga egaligi daxlsiz deb e’lon qilindi
B) dehqonlarning ijara haqi haqidagi talablari qondiriladigan bo‘ldi, barcha qullar ozod qilinadigan bo‘ldi
C) hind yigitlari askarlikdan ozod qilindi, ularga jamoa yerlari hisobidan yangi yerlar ajratib berildi
D) ingliz tartibidagi barcha soliqlar bekor qilindi, hindlarning diniy marosimlarni o‘tkazishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilishini ta’minladi
54. XVIII asrda Xitoyda feodal tartiblarining saqlanishiga xizmat qilgan asosiy omilni aniqlang.
A) hukmron tabaqalar siyosatiga qarshi har qanday bosh ko‘tarishning shafqatsizlik bilan bostirilishi
B) tashqi savdoda faqat imperator amaldorlari nazorati ostida olib boriladigan tartibning joriy etilishi
C) imperator tomonidan fan va texnika sohasida yutuqlardan foydalanishni taqiqlanishi
D) Xitoyning o‘zini-o‘zi yakkalab qo‘yish siyosati
55. Bir yilda yakun topgan urushlarni aniqlang.
A) taypinlar davlatining qulatilishi, ikkinchi ingliz-afg‘on urushi
B) ikkinchi afyun urushi, Sayid Ali Muhammad qo‘zg‘oloni
C) sipohiylar qo‘zg‘oloni, taypinlar qo‘zg‘oloni
D) birinchi afyun urushi, birinchi ingliz-afg‘on urushi
56. Xitoyning 1856-yilgi mag‘lubiyatidan keyin tuzilgan shartnomaga muvofiq, ingliz va fransuz fuqarolari jinoyatlari uchun qanday tartibda sud qilinadigan bo‘ldi?
A) ingliz va fransuzlarni o‘z mamlakatining Xitoydagi elchisi o‘z mamlakatining qonunlariga binoan sud qiladigan bo‘ldi
B) ingliz va fransuz millatiga mansub aholini faqat o‘z davlatida sud qilishlari mumkin bo‘lgan, Xitoyda esa ularning shaxsi daxlsizligi ta’minlangan
C) ingliz va fransuzlar Xitoy-Angliya sudlari doirasida tashkil qilingan Maxsus sud kengashida sud qilinadigan bo‘ldi
D) ingliz va fransuz fuqarolari Xitoy hududida Xitoy qonunlari va sudiga bo‘ysunadigan bo‘ldi
57. Prussiya Konstitutsiyasi qabul qilingan yili Eronda …
A) Eron-Rossiya urushida Eron yengildi
B) bobiylar qo‘zg‘oloni boshlandi
C) Buyuk Britaniya va Eron o‘rtasida shartnoma imzolandi
D) Sayid Ali Muhammad o‘ziga bob taxallusini oldi
58. Quyidagi qaysi tarixiy shaxsning g‘oyasiga ko‘ra, “jamoada hech bir narsada tengsizlik bo‘lmasligi, hammaning to‘q va kiyimi but bo‘lishi uchun yerga ega bo‘lgan holda uni birgalikda ishlash, oziq-ovqat bo‘lganida birgalikda tanovul qilish, kiyim-kechak bo‘lganida ularni baravar taqsimlash, pul bo‘lganida uni birgalikda sarflash lozim” edi?
A) Sayid Ali Muhammad B) Xun Syu syuan
C) Tantiya Topi D) Meydze
59. Quyidagi qaysi davlatda barcha erkaklar bitta mehnat lageriga, xotin-qizlar va bolalar boshqa lagerlarga joylashtirildi?
A) Durroniylar davlatida B) Usmoniylar davlatida
C) Taypinlar davlatida
D) Meydze davridagi Yaponiyada
60. Boburiylar avlodiga mansub Husnijahonorobegim va Laylo Ummaxonilar kimning qizlari bo‘lgan?
A) Mirzoquyosh B) Mirzo Abdulshoh
C) Mirzo Abdug‘ofur D) Ziyovuddin Tusiy
61. Boburiy Bahodirshoh II vafotidan o‘n yil oldin …
A) Bobiylar qo‘zg‘oloni bostirildi
B) Angliya Transval respublikasini vaqtincha tan oldi
C) Kasa o‘zini Efiopiya imperatori deb e’lon qildi
D) Buyuk Britaniya va Afg‘oniston o‘rtasida harbiy shartnoma imzolandi
62. Bir yilda sodir bo‘lgan voqealarni aniqlang.
1) Musuxitoga Meydzi nomi bilan toj kiydirildi, Efiopiyada Kasa hokimiyati ag‘darildi;
2) Buyuk Britaniya bilan qayta urushni istamagan Do‘st Muhammad ingliz-afg‘on do‘stlik sulhini imzoladi, Kasa Efiopiyada o‘zini imperator deb e’lon qildi;
3) Angliya Erkin Oranj Respublikasini vaqtincha tan oldi, Buyuk Britaniya Eronni rasman Hirotga da’vosidan voz kechishga majbur etdi;
4) Liberiya davlati tuzilganligi e’lon qilindi, Jazoirliklar yo‘lboshchisi Abdulqodir halok bo‘ldi;
5) Afg‘oniston hukmdori Do‘st Muhammadxon vafot etdi, Yaponiyada amerikaliklarga yana bir nechta port ochib qo‘yildi.
A) 1, 3, 5 B) 2, 3 C) 1, 2, 4, 5 D) 1, 2, 4
63. Quyidaga javoblarning qaysi biridagi voqealar bir-biridan 10 yildan farq qiladi?
A) Sayid Ali Muhammad o‘ziga bob taxallusini oldi – Angliya Erkin Oranj Respublikasini vaqtincha tan oldi – taypinlar davlati ag‘darildi
B) Fransiya Jazoirni bosib oldi – «Ost-Indiya» kompaniyasi Hindistonning Sind viloyatini bo‘ysundirdi – Xitoy taxtiga malika Sisi o‘tirdi
C) Adrionopol tinchlik shartnomasi imzolandi – birinchi ingliz-afg‘on urushi boshlandi – ikkinchi afyun urushi ro‘y berdi
D) Qandahor viloyatida Eron bosqinchiligiga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tarildi – Mir Mahmud o‘zini Eron shohi deb e’lon qildi – Nodirshoh Afg‘onistonni bo‘ysundirdi
64. Taypinlar qo‘zg‘olonida ishtirok etayotgan mulkdor tabaqalarning qo‘zg‘olondan uzoqlashishiga olib kelgan omilni aniqlang.
A) Sin sulolasining pul evaziga mulkdorlarni sotib olishi
B) yerlarning katta qismining yersiz dehqonlarga bo‘lib berilishi va mulkdorlarning yersiz qolishi
C) mulkdor tabaqalarning qo‘l ostidagi barcha qul va xizmatkorlarning ozod qilinishi
D) taypinlarning yerni har bir oilaga oila a’zolari soniga qarab teng bo‘lib berish haqidagi rejalari
65. Xitoyni qudratli davlatga aylantirish uchun maxsus dastur e`lon qilingan yili Rossiyada …
A) Turkiya-Rossiya urushida Rossiya mag‘lubiyatga uchradi
B) krepostnoylik huquqining bekor qilinishi to‘g‘risidagi qonun imzolandi
C) dekabristlar qo‘zg‘oloni bostirildi
D) Bessarabiya va Kavkazorti qo‘shib olindi
66. XVII asrda quyidagi qaysi davlatda qabul qilingan farmonning oxirida “hatto o‘lim xavfi ham bu farmonni bekor qila olmasligi lozim”, deb yozib qo‘yilgan edi?
A) Xitoy B) Turkiya C) Yaponiya D) Eron
67. Bir yilda sodir bo‘lgan voqealarni aniqlang.
A) AQSH harbiy-dengiz floti Yaponiyani ochilishga majbur etdi, AQSH bilan Yaponiya o‘rtasida “Tinchlik va do‘stlik to‘g‘risida” shartnoma imzolandi
B) Tokugava sulolasining oxirgi syoguni hokimiyatdan voz kechdi, Yaponiya amerikaliklarga bir nechta portni ochib qo‘ydi
C) Misr hukmdori Muhammad Ali usmoniylar sultoni qo‘shinini tor-mor etdi, Fransiya Jazoirni bosib oldi
D) Nodir Quli boshchiligida Eron afg‘on bosqinchilaridan to‘la ozod etildi, Nodir Quli Eron shohi deb e’lon qilindi
68. Buyuk davlatlarning Turkiya imperiyasiga qaram o‘lkalarga ega bo‘lib olish uchun olib borgan o‘zaro kurashlari tarixga qanday nom bilan kirgan?
A) Konkista davri B) Sharq masalasi
C) Qit’a qamali D) Yaqin Sharq operatsiyasi
69. Adrionopol tinchlik shartnomasiga ko‘ra, Rossiyaga berilgan hududni aniqlang.
A) Shimoliy Kavkaz
B) Bolqonning g‘arbiy va shimoliy hududlari
C) Qora dengizning sharqiy qismi
D) Kaspiy dengizining shimoliy qismi
70. 1832-yil Misr hukmdori Muhammad Alining usmoniylar hukmdoriga qarshi urush boshlashida uni qaysi davlat qo‘llab-quvvatlagan?
A) Rossiya B) Avstriya C) Fransiya D) Eron
71. Turkiya imperiyasiga qaram o‘lkalarda yashovchi barcha pravoslav xalqlarining homiysi ekanligini tan olishini talab etgan hukmdorni aniqlang.
A) Aleksandr I B) Aleksey C) Nikolay I
D) Karl Gabsburg
72. Yevropa davlatlari tomonidan Usmonli turklar imperiyasining “hududiy yaxlitligi va mustaqilligini” ta’minlash ustidan nazorat o‘rnatish to‘g‘risida bitim imzolangan yilni aniqlang.
A) 1840-yil B) 1833-yil C) 1829-yil D) 1842-yil
73. Nodir Quli Afg‘onistonni bo‘ysundirgan yilni aniqlang.
A) 1736-yil B) 1730-yil C) 1740-yil D) 1738-yil
74. 1793-1801-yillarda hukmronlik qilgan davlat boshlig‘ini aniqlang.
A) Muhammad Ali B) Temurshoh
C) Do‘st Muhammad D) Zamonshoh
75. 1841-yilda Kobul aholisining inglizlarga qarshi ko‘targan qo‘zg‘oloniga kim asosiy rolni o‘ynagan edi?
A) Shuju B) Fathxon C) Akbarshoh D) Sherali
76. Afg‘onistonda hukmronlik qilgan sulolalar nomi to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang.
A) barakzay, durroniy B) gilza, qojar
C) afshor, zend D) gilza, shujular
77. Bobiylar harakati rahbari Sayid Ali Muhammad qachon va qayerda tug‘ilgan?
A) 1809-yil Isfahonda B) 1819-yil Sherozda
C) 1813-yil Tabrizda D) 1821-yil Damashqda
78. “Jirg‘a” so‘zining mohiyati qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A) suv bo‘yi B) kengash C) eshik D) yo‘l, tariqat
79. XIX asr o‘rtalarida Eronda mavjud islom dinini bekor qilish tarafdori bo‘lgan oqimni aniqlang.
A) bayoniylar B) sayidlar C) mahdiylar
D) bobiylar
80. Monroviya manzilgohi tashkil etilgan hudud AQSHliklar tomonidan sotib olingan yili Buxoro amirligida ...
A) Dinnosirbek Xiva xoni yordamida amirlik taxtini egallashga harakat qildi
B) Miyonqolda amirga qarshi qo‘zg‘olon bo‘ldi
C) Amir Haydar hukmronligi tugadi
D) Amir Haydarga qarshi Marv aholisi qo‘zg‘olon ko‘tardi
81. G‘arb davlatlari siquviga qarshi turish uchun barcha Osiyo davlatlarini o‘z hokimiyati ostiga birlashtirish g‘oyasi bo‘lgan davlatni aniqlang.
A) Yaponiya B) Xitoy C) Turkiya D) Eron
82. Buyuk Britaniya va Fransiya nima maqsadda Usmoniylar imperiyasini saqlab qolishga harakat qilganlar?
A) Rossiyaga qarshi urushda qurol vazifasini o‘tashi uchun
B) Avstriya va Rossiya hukmron tabaqalarining imperiya hududida ta’sir doirasining oshib borishining oldini olish
C) imperiya xalqlarining milliy-ozodlik harakatini bostirishda sultonga yordam ko‘rsatish orqali imperiyani o‘z ta’sirlarida tutish
D) imperiya hududi orqali O‘rtayer dengizi va Hind okeanidagi savdo ishlarini o‘z qo‘llariga olish
83. Usmoniylar imperiyasining zaiflashuvi oqibatida imperiyaga kirgan Bolqon masalasida qaysi davlatlarning raqobati yuzaga keldi?
A) Angliya va Fransiya B) AQSH va Ispaniya
C) Angliya va Germaniya D) Rossiya va Avstriya
84. 1832-yil Misr hukmdori Muhammad Alining usmoniylar hukmdoriga qarshi urush boshlaganda, sultonni halokatdan qaysi davlat ko‘magi qutqarib qolgan?
A) Angliya B) Fransiya C) Avstriya D) Rossiya
85. Misr hukmdori Muhammad Ali turk sultonidan o‘z qo‘l ostidagi hududlarni boshqarish huquqini meros qoldirishga ruxsat berilishini talab etgan yili O‘rta Osiyoda …
A) Rossiya-Xiva o‘rtasida “Majburiyatlar akti” imzolandi
B) Perovskiy boshchiligidagi rus armiyasi Xiva xonligiga yurish qildi
C) Amir Nasrullo to‘pchilar qo‘shinini tuzdi
D) Qo‘qon xonligi Amir Nasrullo qo‘shinlari tomonidan ishg‘ol qilindi
86. XIX asr 30-yillarida Misr hukmdori Muhammad Ali turk sultonidan o‘z qo‘l ostidagi hududlarni boshqarish huquqini meros qoldirish huquqi uchun kurashi natijasida qaysi hududlarni boshqarishni meros qoldirish huquqini qo‘lga kiritdi?
A) Misr va Sudanni B) faqat Misrni
C) Misr va Tunisni D) Mist, Jazoir, Liviyani
87. Rossiya va Turkiya o‘rtasida Qrim urushi boshlangan yili O‘rta Osiyoda …
A) Qo‘qon xonligida qipchoqlar qirg‘ini uyushtirildi
B) Oqmachit qal’asi ruslar tomonidan bosib olindi
C) Amir Nasrullo Shahrisabz va Kitob bekliklarini bosib oldi
D) Rossiyaning N. Ignatyev boshchiligidagi diplomatik missiyasi Xiva va Buxoroga keldi
88. Qrim urushida Turkiyani qo‘llab-quvvatlagan davlatlarni aniqlang.
A) Avstriya, Fransiya, AQSH B) Angliya, Fransiya
C) Eron, Angliya, Portugaliya D) Avstriya, Eron
89. Qrim urushi yakuni natijasi qayerda sulh shartnomasi imsolangan edi?
A) Londonda B) Moskvada C) Parijda D) Anqarada
90. 1709-yilda Qandahor viloyatida Eron bosqinchiligiga qarshi kim boshchiligida qo‘zg‘olon ko‘tarildi?
A) Mir Mahmud B) Qalandar C) Mir Vaysxon
D) Fathxon
91. 1747-yil Afg‘oniston davlatining tashkil topishi uchun qanday qulay tashqi sharoit yetilgan edi?
A) Boburiylar davlatining zaiflashib qolganligi
B) Eronning yevropaliklar ta’sirida qolib ketishi
C) O‘rta Osiyo xonliklarining Afg‘on tuprog‘idan quvib chiqarilishi
D) inglizlarning Fors qo‘ltig‘i bandargohlaridan portugallarni haydab chiqarishi
92. Afg‘onistonda Ahmadshoh vorislari o‘rtasida o‘zaro urushlardan qaysi sulola vakillari foydalanib, hokimiyatni egallaydilar?
A) gilza B) qojar C) afshor D) barakzay
93. Bir yilda amir deb e’lon qilingan Buxoro va Afg‘oniston hukmdorlarini aniqlang.
A) Amir Haydar va Fathxon
B) Shohmurod va Shuju
C) Amir Nasrullo va Do‘st Muhammadxon
D) Doniyolbiy va Zamonshoh
94. Nechanchi yilda “Ost-Indiya” kompaniyasi Hindistonning Sind viloyatini bo‘ysundirdi?
A) 1843-yil B) 1841-yil C) 1819-yil D) 1838-yil
95. “Bayon” asarining muallifini aniqlang.
A) Og‘a Muhammad B) Sayid Ali Muhammad
C) Lakshmi Bay D) Muhammad Tarziy
96. Eronda hakimboshi qanday lavozim bo‘lgan?
A) moliya vaziri B) ichki ishlar vaziri
C) saroy bosh tabibi D) xo‘jalik ishlari boshlig‘i
97. Misrda XVIII-XIX asrlar chegarasida, asosan qullikka tushirilgan Gruziya va Shimoliy Kavkaz aholisi nima deb atalgan?
A) xatib B) bur C) mulat D) mamluk
98. G‘arbiy Afrikadagi qaysi davlatlar eng qadimgi davlatlar hisoblanadi?
A) Gana va Mali B) Senegal va Marokash
C) Jazoir va Marokash D) Kamerun va Jazoir
99. Efiopiya hukmdori Kasa asli qanday tabaqaga mansub bo‘lgan?
A) kichik yer egasi B) oddiy dehqon
C) oddiy hunarmand D) boy yevropaliklar avlodi
100. Janubiy Afrikadagi golland, fransuz, nemis mustamlakachilarning avlodlari nima deb yuritilgan?
A) mamluk B) kreoll C) mites D) bur

VI BOB (11 tasi yangi)



1.“Sotsializm” atamasi qachon va qayerda vujudga kelgan edi?
A) XIX asr 70-yillarida Angliyada
B) XIX asr 30-yillarida Fransiyada
C) XVIII asr 90-yillarida Rossiyada
D) XVIII asr 70-yillarida Germaniyada
2. Utopik sotsializm tarafdorlarining qaysi biri fabrika egasi bo‘lib, ishchilarga ish vaqtini kamaytirib bergan edi?
A) Sen-Simon B) Sharl Furye C) Robert Ouen D) A.Gersen
3. Quyidagi sotsialistlarning qaysi biri mehnat jamoalarini falanga deb atadi?
A) Sharl Furye B) Robert Ouen C) A. Gersen
D) V.Belinskiy
4. Utopiya so‘zi qaysi tildan olingan?
A) ingliz B) fransuz C) nemis D) yunon
5. Kimning fikriga ko‘ra, kishilar birgalikda sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarganda hamda umumiy uyda yashaganda ularga mehnat quvonch va zavq manbaiga aylanishi lozim edi?
A) Sen-Simon B) Sharl Furye C) Robert Ouen D) A. Gersen
6. Kimning fikricha, Rossiyadagi dehqonlar jamoasi sotsializmning asosi bo‘lishi lozim edi?
A) N. Muravyov B) K. Marks C) V. Belenskiy D) A. Gersen
7. Sotsialistlar nima orqali kishilarga erkinlik, tenglik, farovonlik va baxt-saodat beradigan jamiyatni sotsialistik jamiyat deb hisoblaganlar?
A) jamiyatdagi xususiy mulkni umumxalq mulkiga aylantirish orqali
B) xotin-qizlar va yosh bolalar mehnatidan foydalanishni taqiqlash orqali
C) barchaning mehnatga jalb qilinishi, hech kim undan chetda qolmasligi orqali
D) barchaning 8 soatlik ish kunini qonun bilan mustahkamlash orqali
8. Sen-Simon, Sh. Furye va R. Ouenlar orzu qilgan adolatli jamiyatni ular taklif etgan qanday yo‘l bilan qurib bo‘lmas edi?
A) urushlarga chek qo‘yish yo‘li bilan
B) barchaning 8 soatlik ish kunini qonun bilan mustahkamlash yo‘li bilan
C) mulkdor tabaqalarni insofga chaqirish yo‘li bilan
D) xalq boshqaruvini tashkil qilish yo‘li bilan
9. XIX asrning 40-50-yillarida ijod qilgan Rossiya imperiyasidagi ijtimoiy harakatning yetakchi arboblaridan qay biri jamiyatga aql-idrokka va adolatga mos keluvchi qonunlar kerakligi to‘g‘risidagi g‘oyalarni ilgari surdi?
A) N. Muravyov B) K. Marks C) V. Belenskiy D) A. Gersen
10. Xususiy mulkchilik bo‘lmagan orol haqida asar yozgan allomani aniqlang.
A) N. Muravyov B) K. Marks C) R. Ouenlar
D) Tomas Mor
11. “Utopiya” so‘zining ma’nosi nima?
A) xayolparast B) yo‘q joy, xayoliy C) orzu
D) ishonch, umid
12. Podsholik hokimiyatiga va krepostnoylikka qarshi kurash xalq orasida ma’rifat tarqatishdan boshlanishi kerak, deb hisoblagan sotsialistni aniqlang.
A) Sharl Furye B) K. Marks C) V. Belenskiy D) A. Gersen
13. Tomas Mor qachon, qayerda yashagan?
A) XIV asrda Irlandiyada B) XV asrda Rransiyada
C) XIX asrda Angliyada D) XVI asrda Angliyada
14. Utopik sotsializmning fransiyalik vakillari qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A) R.Ouen, A. Gersen
B) Sh.Furye, Sen-Semon
C) V.Belenskiy, R.Ouen
D) Sen-Semon, A.Gersen
15. Utopik sotsializmning buyuk britaniyalik vakili qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A) R.Ouen B) Sh.Furye C) V.Belenskiy
D) Sen-Semon

VII BOB


1. I. Nyuton necha yoshga to‘lganida fan uning asosiy mashg‘ulotiga aylanadi?
A) 11 B) 15 C) 17 D) 14
2. I. Nyuton shisha linzani nechanchi yilda ixtiro qiladi?
A) 1671-yil B) 1682-yil C) 1691-yil D) 1669-yil
3. “Umumiy, zaruriy bilimning asosi faqat aql bo‘lishi mumkin”, deb kim yozgan edi?
A) M.V. Lomonosov B) G.V. Leybnis
C) I. Nyuton D) Yu. Mayer
4. Fizikada “yetarli asos qonuni”ni kim birinchi bo‘lib izohlab bergan edi?
A) M.V Lomonosov B) I. Nyuton C) V. Leybnis
D) D. Joul
5. Quyidagi ko‘rsatilgan qaysi holatlar XIX asrda astronomiyani rivojlantirishga qudratli turtki berdi?
A) yer osti foydali qazilmalariga talabning tobora ortib borishi
B) kalendar (taqvim), geografik xaritalar tuzish, dengizdagi kema qatnovi
C) matematikaning muvaffaqiyatlari, Nyuton kashfiyotlari va teleskopning takomillashtirilishi
D) elektr simli telegrafning kashf etilishi
6. Ingliz olimi I. Nyuton nechanchi yillarda yashagan?
A) 1642-1727-yillar B) 1632-1699-yillar
C) 1648-1712-yillar C) 1636-1719-yillar
7. Matematikada differensial va integral hisoblashni kashf etgan allomani aniqlang.
A) D.Joul B) I. Nyuton C) V.Leybnis
D) M.V Lomonosov
8. Nemis olimi G.V.Leybnis nechanchi yillarda yashagan?
A) 1642-1727-yillar B) 1632-1699-yillar
C) 1646-1716-yillar C) 1636-1719-yillar
9. O‘z mamlakatida birinchi kimyo laboratoriyasini tashkil etgan allomani aniqlang.
A) D. Joul B) I. Nyuton C) V. Leybnis
D) M.V.Lomonosov
10. Berlin Fanlar Akademiyasiga asos solingan yilni aniqlang.
A) 1700-yil B) 1709-yil C) 1691-yil D) 1710-yil
11. “U tarixchi, notiq, mexanik, kimyochi, minerolog, rassom va shoir. U hamma narsani sinab ko‘rgan va hamma narsani o‘rgangan”, ushbu ta’rif kimga nisbatan ishlatilgan edi?
A) D.I.Mendeleyevga B) M.V.Lomonosovga
C) G.V.Leybnisga D) I.Nyutonga
12. Quyidagi qaysi olim Shvetsiya va Boloniya Fanlar akademiyasining faxriy a’zoligiga saylangan?
A) I.Nyuton B) Yu.Mayer C) G.V.Leybnis
D) M.V.Lomonosov
13. J. Sviftning “Gulliverning sayohati” nomli romanida nimaning karikaturasi tasvirlangan?
A) ingliz cheklangan monarxiya va ingliz qiroli
B) Angliya burjua-inqilobi
C) ingliz mehnatkash xalqi
D) cherkov va ruhoniylar uyushmasi
14. Neptun planetasi nechanchi yilda kashf etilgan edi?
A) 1846-yil B) 1851-yil C) 1837-yil D) 1842-yil
15. Chechak kasalligiga qarshi emlash usulini kash qilgan olimni aniqlang?
A) D.I. Mendeleyev B) Yu. Mayer C) E. Jenner D) R. Kox
16. 300 marta kattalashtirib ko‘rsatadigan mikroskopni yaratgan Levenguk qaysi davlat olimi edi?
A) nemis olimi B) golland olimi
C) ingliz olimi D) fransuz olimi
17. Germaniya va Fransiyada temir yo‘l qurilishi qachon boshlandi?
A) XIX asr 40-yillarida B) XIX asr 30-yillarida
C) XIX asr 50-yillarida D) XIX asr 70-yillarida
18. Buyuk Britaniyadan Amerikaga Atlantika okeani tubi orqali dastlabki telegraf kabeli qachon o‘tqaziladi?
A) XIX asr 60-yillari oxirlarida
B) XIX asr 50-yillari boshlarida
C) XIX asr 40-yillari o‘rtalarida
D) XX asr birinchi choragida
19. 1870-yilga kelib dunyodagi jami temir yo‘llarning uzunligi qanchaga yetadi?
A) 332 ming km. B) 200 ming km.
C) 191 ming km. D) 220 ming km.
20. Shotlandiyalik dengizchi A. Selkrikning hayoti sarguzashtlari haqida qaysi yozuvchi asar yuzgan edi?
A) J.Svift B) F.Shillir C) P.Bomarshe
D) Daniel Defo
21. J. Sviftning “Gulliverning sayohati” asari nechanchi yilda bosmadan chiqqan edi?
A) 1726-yil B) 1719-yil C) 1729-yil D) 1731-yil
22. Quyidagi qaysi sahna asari Fransiya qiroli Lyudovik XVI ga yoqmagan va u g‘azab bilan “buni sahnada qo‘yish uchun Bastiliyani vayron qilish kerak”, degan edi?
A) “Gulliverning sayohati”
B) “Figaroning uylanishi”
C) “Siveliya sartaroshi”
D) “Insoniy komediya”
23. I. Gyote o‘zining “Faust” tragediyasini necha yilda yozgan edi?
A) 25 yil B) 40 yil C) 60 yil D) 50 yil
24. Zamondoshlari kimni “XVIII asrning haqiqiy mo‘jizasi” deb atashgan edi?
A) A.S Pushkinni B) V. Motsartni
C) L. Betxovenni D) F.Shillirni
25. D.Defo qahramoni Robinzon Kruzo sarguzashtlari yozuvchi qalamida necha yilga aylangan edi?
A) 27 yil B) 4 yil C) 28 yil D) 21 yil
26. “Menga xuddi o‘zimdek bir necha shoir kishilarni beringlar va Germaniya Respublika bo‘ladi”, ushbu so‘zlar qaysi yozuvchi qahramoni tilidan olingan?
A) F. Shillir B) I. Gyote C) Onore de Balzak D) I. Bax
27. Rus shoiri A.S. Pushkin nechanchi yilda duelda halok bo‘lgan edi?
A) 1831-yil B) 1837-yil C) 1829-yil D) 1841-yil
28. “Matveyning uqubatlari” asari kimning qalamiga mansub?
A) L.Betxoven B) V.Motsart C) I.Bax
D) O.Balzak
29. Motsartning so‘nggi asari qanday nomlanadi?
A) “Figaroning uylanishi”
B) “Fantaziya yo‘lida sonata”
C) “Qahramon simfoniyasi”
D) “Rekviyem”
30. Motsart necha yoshida yozgan operasi Milan teatrida qo‘yilgan edi?
A) 12 yosh B) 5 yosh C) 11 yosh D) 14 yosh
31. Quyidagi qaysi alloma-yozuvchilar bir yilda tavallud topgan?
A) I.Gyote, F.Shillir B) P.Bomarshe, J.Svift
C) O.Balzak, A.S.Pushkin D) V.Motsart, I.Gyote
32. Motsart nechanchi yilda Bomarshening “Figaroning uylanishi” komediyasiga musiqa bastalagan edi?
A) 1786-yil B) 1782-yil C) 1779-yil D) 1791-yil
33. D.I.Mendeleyev elementlar davriy tizimini nechanchi yilda tuzgan edi?
A) 1867-yil B) 1861-yil C) 1869-yil D) 1870-yil
34. Akademiya so‘zi qaysi tildan olingan?
A) yunon B) ingliz C) nemis D) fransuz
35. Berlin Fanlar Akademiyasiga kim asos slogan edi?
A) I. Nyuton B) G.V. Leybnis C) A. Jenner
D) M. Lomonosov
36. I. Nyuton necha yosh arafasida Qirollik jamiyati a’zosi etib saylangan edi?
A) 30 B) 25 C) 40 D) 35
37. M. Lomonosov qaysi davlatdagi universitetlarda kimyo va metallurgiya fanlaridan ta’lim olgan?
A) Fransiya B) Italiya C) Germaniya
D) Angliya
38. Daniel Defo yashagan yillarni aniqlang.
A) 1660-1731-yillar B) 1667-1745-yillar
C) 1648-1712-yillar C) 1636-1719-yillar
39. A.S.Pushkin qaysi shaharda tug‘ilgan.
A) Moskva B) Yekaterenburg C) Novgorod
D) Sankt-Peterburg
40. Nimaning vujudga kelishi elektrdan amalda foydalanishning asosiy sohasi bo‘ldi?
A) radio B) televizor C) lampochka D) telegraf
41. Kimning asar qahramonlardan biri insonning erki va qadriyatini quyidagi satrlarida himoya qilgan?
Inson qahrliroq siz o‘ylagandan, asrlik uyquning yo‘lin buzib u o‘zining huquqini so‘rar qaytadan.
A) F. Shiller B) Onore de Balzak C) I.Gyote
D) P.Bomarshe
42. Kimning qaysi asaridagi qahramon mangu haqiqatni anglashga yetib keladi va bunday deydi: faqat shu munosib hayot va erkka, kim har kun ular uchun kurashga kirsa?
A) I.Gyotening “Faust”
B) F.Shiller “Germaniya”
C) O.Balzak “Insoniy komediya”
D) P.Bomarshe “Figaroning uylanishi”
43. Kimning romanlarining qahramonlari jinoyatlar evaziga o‘z boyliklarini ko‘paytirayotgan bankirlar va savdogarlar, berahm sudxo‘rlar, o‘z hayotini behuda o‘tkazayotgan mansabparast kishilar bo‘lgan?
A) I.Gyote B) F.Shiller C) O.Balzak
D) P.Bomarshe
44. Qaysi yozuvchining asarlari burjuaziya jamiyatiga qarshi o‘ziga xos aybnoma bo‘lgan?
A) I.Gyote B) F.Shiller C) O.Balzak
D) P.Bomarshe
45. “Rekviyem” nima haqidagi asar?
A) bo‘ysunmas, isyonkor, taqdirning hech qanday zarbasi ham sindira olmaydigan jasur, qo‘rqmas inson obrazi ta’riflangan asar
B) cherkovlarda marhumning xotirasiga bag‘ishlab ijro etiladigan hayot va o‘lim, inson qismati haqida asar
C) Isoning uqubatlari tarannum etilgan asar
D) o‘z maqsadlariga har qanday vositalar bilan erishadigan kishilar dilidagi hissiyotni tarannum etuvchi asar
46. Betxovenning “Fantaziya yo‘lida sonata» va “Qahramonnoma simfoniyasi” asarlari markazida qanday inson obrazi turadi?
A) bo‘ysunmas isyonkor, taqdirning hech qanday zarbasi ham sindira olmaydigan jasur, qo‘rqmas inson
B) dili pok, har qanday insonga yotdam qo‘lini chozuvchi cherkov ruhoniylari
C) o‘z maqsadlariga har qanday vositalar bilan erishadigan, mag‘rur va shuhratparast kishilar
D) o‘z boyliklarini ko‘paytirayotgan bankirlar va savdogarlar, berahm sudxo‘rlar
47. Shiller vafotidan qancha vaqt o‘tib “Nemis millatining Muqaddas Rim imperiyasi” o‘z intihosini topdi?
A) 8 yil B) 13 yil C) 1 yil D) 3 yil
48. Quyidagi qaysi qonunga asoslanib buyuk rus olimi D. I. Mendeleyev elementlarning davriy tizimini yaratdi?
A) yetarli asos qonuni
B) butun olam tortishish qonuni
C) energiyaning saqlanish qonuni
D) richag qonuni
49. Yangi fan – fizikaviy kimyo faniga asos solgan allomani aniqlang.
A) A) I. Nyuton B) G.V. Leybnis C) A. Jenner
D) M. Lomonosov
50. 1840-yilda jahon mamlakatlarida barcha temiryo‘llarning uzunligi necha kelometrni tashkil etgan?
A) 7700 km. B) 2000 km. C) 200 ming km.
D) 70000 km.

jami: 15
varaqning old qismi:


60,1,58,3,56,5,54,7,52,9,50,11,48,13,46,15,44,17,42,19,40,21,38,23,36,25,34,27,32,29
======
varaqning orqa qismi:
30,31,28,33,26,35,24,37,22,39,20,41,18,43,16,45,14,47,12,49,10,51,8,53,6,55,4,57,2,59

zamonov@bk.ru

Download 499.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling