Viii bob. ÒErmodinamika asoslari
Download 206.27 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Òabiatni muhofaza qilish.
- Sinov savollari
- Masala yechish namunalari 1 - m a s a l a .
- 2 - m a s a l a .
- Mustaqil yechish uchun masalalar
- Òest savollari 1.
- Asosiy xulosalar
- Òermodinamikaning birinchi qonuni
Reaktiv dvigatel. 79- rasmda reaktiv dvigatelning sxemasi kel- tirilgan. Uning ish prinsiði quyidagicha. Samolyot uchganda qar- shidan kelayotgan havo oqimi bosim hosil qiladigan soplo orqali 13 Fizika, I qism 194 o‘tib, forsunka sochayotgan yoqilg‘ini qo‘shib oladi. Hosil bo‘lgan ishchi yoqilg‘i so‘ngra yonish kamerasiga tushadi va o‘t oldiruvchi svecha yordamida yonadi. Ishchi aralashmaning yonishi natijasida hosil bo‘lgan gazlar katta tezlik bilan chiqarish tirqishi — soplo orqali chiqarib tashlanadi. Aralashmaning yonishi bosimning keskin ortishiga olib keladi va natijada soplodan chiqadigan gazning tezligi dvigatelga kirayotgan gazning tezligidan juda katta bo‘ladi. Aynan shu tezliklar farqi natijasida harakat miqdorining saqlanish qonu- niga muvofiq, reaktiv tortish kuchi vujudga keladi. Hozirgi issiqlik mashinalarining FIK 40% dan (ichki yonish dvigatellari) 60% gacha (reaktiv dvigatellar) bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ham olimlar mavjud dvigatellarni takomillashtirish yo‘lida tinimsiz izlanishlar olib borishmoqda. Shu bilan birga, ichki yonish dvigatellarining tinimsiz ko‘payib borayotganligi tabiatga va atrof-muhitga katta xavf tug‘dirmoqda. Ekologik toza dvigatellarni yaratish bugungi kunning eng dolzarb muammolaridan biridir.
inson, qolaversa boshqa jonzotlar ham shu tabiatning bir qismidir. Ular yashashi va rivojlanishi uchun esa zarur ne’matlar — toza havo, toza suv va toza mahsulotlar kerak. Biz nafas oladigan havo Yer atmosferasini tashkil qiluvchi gazlarning aralashmasidir. Uning tarkibida kislorod, azot, vodorod va boshqa tabiiy gazlardan tashqari chang, tutun, tuz zarralari va boshqa aralashmalar mavjud. Bundan tashqari, havo tarkibida sanoat chiqindilari ham bo‘ladi. Issiqlik dvigatellarining ko‘p miqdorda ishlatilishi ham atrof- muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Hisob-kitoblarga qaraganda, hozirgi paytda har yili 2 milliard tonna ko‘mir va 1 milliard tonna neft yoqiladi. Bu esa Yerdagi temperaturaning ko‘tarilishiga va natijada muzliklarning erib, okeanlardagi suv sathining ko‘tarilishiga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, atmosferaga 120 million tonna kul va 60 million tonnagacha zaharli gaz chiqarib tashlanadi.
Yoqilg‘i
O‘t oldiruvchi svecha
Bosim soplosi Chiqish soplosi Yoqilg‘i kamerasi
F o rs u n ka 195 Dunyodagi 200 milliondan ortiq avtomobil har kuni atmosfera- ni uglerod (II) oksid, azot va uglevodorodlar bilan zaharlaydi. Issiqlik va atom elektr stansiyalari quvvatlarining ortishi bilan suvga bo‘lgan ehtiyoj ham ortib boradi. Shuning uchun hozir havo va suv havzalarining ifloslanishidan saqlanishning bevosita va bilvosita us- ullaridan foydalaniladi. Bevosita usul — bu, turli tutunlar va gazlarni tozalab chiqarish; atmosferani kam ifloslantiradigan yoqilg‘ilar — tabiiy gaz, oltingugurtsiz neft va boshqalardan foydalanish; benzin- siz yuradigan avtomobil dvigatellarini yaratish va hokazolar. Bilvosita usullar atmosferaning pastki qatlamidagi zaharli mod- dalar konsentratsiyasining keskin kamayishiga olib keladi. Bular chiqindi chiquvchi manbalarning balandligini orttirish, meteor- ologik sharoitlarini hisobga olib aralashmalarni havoga sochib yu- borishning turli usullaridan foydalanish va hokazolar. Yer maydoni va suv zaxiralaridan oqilona foydalanish maq- sadida esa suv ta’minotining yopiq sikli asosida ishlovchi ele- ktrostansiyalar majmuasini qurish nazarda tutiladi. Hozirgi paytda havoga kul, chang, qorakuya, zaharli gazlar chiqaradigan issiqlik elektr stansiyalari va boshqa korxonalarni to- zalash qurilmalarisiz ishga tushirish taqiqlangan. Òabiatga ziyon keltiradigan korxonalar, odatda, shahar tashqarisida qurilmog‘i kerak. Ko‘kalamzorlashtirish ishlarining ko‘lamini esa iloji boricha kengaytirish maqsadga muvofiqdir.
1. Issiqlik dvigatellariga nimalar kiradi? 2. Bug‘ mashinasi. 3. Ichki yonish dvigateli. 4. Ichki yonish dvigatelining ish prinsiði. 5. Karburatorli dvigatelning ish prinsiði. 6. Karburatorli dvigatelning ishchi diagram- masini tushuntiring. 7. Karburatorli dvigatel nimaning hisobiga foydali ish bajaradi? 8. Ichki yonish dvigatelining FIK qancha? 9. Ichki yonish dvigateli FIK ni oshirishning nima qiyinchiligi bor? 10. Dizelning ish prinsiði. 11. Dizelning ish prinsiði karburatorli dvigatelnikidan nimasi bilan farq qiladi? 12. Dizelning FIK qancha? 13. Dizelda FIK ning yuqoriroq bo‘lishiga qanday erishiladi? 14. Dizelning qanday afzallik tomonlari bor? 15. Reaktiv dvigatelning ish prinsiði. 16. Reaktiv tortish kuchi qanday vujudga keltiriladi? 17. Reaktiv dvigatellarning FIK qan- cha? 18. Ichki yonish dvigatellari tabiatni ifloslamaydimi? 19. Òurli sanoat chiqindilari inson, hayvonot va o‘simlik dunyosiga zarar kel- tirmaydimi? 20. Yoqilg‘ilarning ko‘p ishlatilishi Yerdagi o‘rtacha tem- peraturaning ko‘tarilishiga olib kelmaydimi? 21. Òabiatni muhofaza qi- lish uchun qanday chora-tadbirlar ko‘rilmoqda? 22. Sanoat korxonalar- ining qurilishiga qanday talablar qo‘yilgan? 196 Masala yechish namunalari 1 - m a s a l a . 5 kg massali azot hajmi o‘zgarmasdan 150 K gacha qizdirildi. Gazga berilgan issiqlik miqdori, ichki energiyaning o‘zgarishi, gaz bajargan ish topilsin.
DT = 150 K; V = const; i = 5. Q = ? DU = ? A = ? Ichki energiyaning o‘zgarishi DU ni 2
× D = × D formuladan topish mumkinligini e’tiborga olamiz. Bu yerda i = 5 — azot molekulasining erkinlik darajasi, 3 kg 28 10 mol
M - = × — azotning molyar massasi, R = × 8 31 , J Ê mol — gaz molyar doimiysi. Berilganlar yordamida topamiz: - ×
= × × × = 3 5 5 2 28 10
8,31 150J 556,5 kJ. U J a v o b : A = 0, DU = 556,5 kJ; Q = 556,5 kJ. 2 - m a s a l a . Foydali ish koeffitsiyenti 0,4 ga teng bo‘lgan Karno siklida gazning izotermik ravishda kengayishda bajarilgan ish 8 J bo‘lsa, gazning izotermik ravishda siqilishidagi ish aniqlansin.
h = 0,4;
A k = 8 J; Ò = const. A s = ? bu yerda: Q 1 — gaz isitkichdan olgan issiqlik miqdori, Q 2 — gaz
sovitkichga bergan issiqlik miqdori. Izotermik kengayishda bajarilgan Yechish. Gazning tashqi kuchlarga qarshi bajar- gan ishi
À = ð × DV. Àgar V = const ekanligini nazarda tutsak, DV = 0, demak, À = 0 bo‘ladi. Unda ushbu jarayon uchun termodinamikaning birinchi qonuni Q = DU ko‘rinishni oladi. Yechish. Siklning ðV — diagrammasini tuza- miz (75- rasm). 1 — 2 o‘tish — gazning izo- termik kengayishini; 3 — 4 o‘tish esa izotermik siqilishini ko‘rsatadi. Karno siklining FIK quyi- dagicha aniqlanadi: - h = 1 2 1 , Q Q Q 197 A k ish gaz isitkichdan olgan Q 1
issiqlik miqdoriga, izotermik siqil- ishdagi A s
ish esa gaz sovitkichga bergan Q 2 issiqlik miqdoriga teng bo‘ladi, ya’ni Q 1 = A k ; Q 2 = A s . Unda siklning FIK quyidagi ko‘rinishni oladi: - h = k s k A A A yoki bundan A s ni topsak, A s = (1 — h)A k . Berilganlar yordamida olamiz: s (1 0,4) 8J 4,8J.
- × = J a v o b : A ] = 4,8 J.
Mustaqil yechish uchun masalalar 1. Òemperaturasi 20 °C ga ortganda 200 g geliyning ichki ener- giyasi qanchaga o‘zgaradi? (DU = 12,5 kJ.) 2. 320 g kislorodni 10 K ga izobarik qizdirilganda qancha ish bajarila- di? (A = 830 J.) 3. 15 °C temperaturali 1,5 kg suv bo‘lgan idishga 100 °C tem- peraturali 200 g suv bug‘i kiritildi. Bug‘ kondensatsiyalangan- dan keyin umumiy temperatura qanday bo‘ladi? (t = 89 °C.) 4. Ideal issiqlik mashinasi qizdirgichining temperaturasi 117 °C, sovitgichiniki 27 °C. Mashinaning 1 s da qizdirgichdan olayo- tgan issiqlik miqdori 60 kJ ga teng. Mashinaning FIK ini, 1 s da sovitgichga berilayotgan issiqlik miqdorini va mashinaning quvvatini hisoblang. (h = 23%; Q s = 46 kJ; R = 14 kW.) Òest savollari 1. Berilgan formulalar orasidan gazning bajargan ishi ifodasini toping:
A. A = pDV. B. A = F · Dl. C. A = F · Dh. D. A = Q · U. E. A = Q · j.
198 2. Izoxorik jarayonda ideal gazga 300 J issiqlik uzatilgan. Gaz- ning ichki energiyasi qanchagacha o‘zgargan? A. 150 J ga ortgan. B. 300 J ga ortgan. C. 200 J ga ortgan. D. 200 J ga kamaydi. E. O‘zgarmagan.
1 °C ga o‘zgartirishda unga beriladigan yoki undan olinadigan issiq- lik miqdori... deyiladi. A. ... solishtirma erish issiqligi ... B. ... solishtirma qotish issiqligi ... C. ... solishtirma issiqlik sig‘imi ... D. ... issiqlik miqdori ... E. ... solishtirma yonish issiqligi ... 4. 27 °C da bir atomli 20 mol gazning ichki energiyasi qanday? A. 74,8 kJ. B. 748 J. C. 075 J. D. 4,3 J. E. To‘g‘ri javob yo‘q. Asosiy xulosalar Òermodinamik sistema deb, o‘zaro va tashqi jismlar bilan ta’- sirlashadigan va energiya almashadigan makroskopik jismlar maj- muasiga aytiladi.
ning o‘zaro ta’sir energiyalari va ularning issiqlik harakat ener- giyalarining yig‘indisiga aytiladi.
2 . m i U v RT =
Q T С D = . Uning SI dagi birligi 1
K .
=D + .
Karno siklining foydali ish koeffitsiyenti. 1 2
2 1 1 . Q Q T T Q T -
h = = Download 206.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling