Viii sinf jaxon tarixi kirish


– PARAGRAF ANGLIYADA BURJUA INQILOBNING BOSHLANISHI


Download 128.44 Kb.
bet13/43
Sana08.01.2022
Hajmi128.44 Kb.
#252161
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   43
Bog'liq
8 jahon tarixi tarixi savol javob

11 – PARAGRAF ANGLIYADA BURJUA INQILOBNING BOSHLANISHI

1.London nechanchi asrda tashqi savdoda monopol huquqni qo’lga kiritadi ? XVI asrda

2. Londonda dastlabki birja nechanchi yilda ochiladi ? 1600-yilda

3. XVI asrda Londonda o’rta tabaqa vakillari asosan qaysi dinga e’tiqod qilgan ? Isloh qilingan dinga

4. Angliyada burjua inqilobining boshlanishiga nima sabab bo’lgan? Angliya qirolining parlament va puritanlarga qarshi kurashi

5. Angliya qiroli Yakov I ning maqsadi nima edi ? parlament mavqeyini yo’qqa chiqarish va eski feodal tartiblarni saqlab qolish

6. Angliya qiroli Yakov I qanday bahona bilan yangi ixtirolarni taqiqlab qo’yadi? Maxsulot sifati yomonlashdi

7. Qirol Yakov I ni tashqi siyosatidan burjuaziyaning noroziligini kuchayishiga nima sabab bo’ladi ? Asosiy dushmani bo’lagan Ispaniya bilan murosasozlik siyosatini yuritishi

8. Angliya qiroli Karl I ning hukm surgan davri ?1625-1649-yillar

9. Karl I parlamentning “Huquqlar to’g’risidagi bill”, “Huquqlar to’g’risidagi petitsiya” nomli hujjatlarni qachon imzolaydi ? 1628-yilda

10. 1628-yildagi “Huquqlar to’g’risidagi bill”, “Huquqlar to’g’risidagi petitsiya” nomli hujjatlar qirolga qanday majburiyat yuklaydi ? parlamentning roziligisiz bironta yangi soliq joriy etmaslik, sudning ruxsatisiz qamoqqa olishni taqiqlash

11. 1640-yil 3-noyabr Angliyada ... parlament ish boshladi, Angliya burjua inqilobi boshlandi

12. Angliyada 1640-yil 3-noyabrda ish boshlagan parlament birinchi navbatda ... fovqulotda sudlarni tarqatib yubordi, Cherkov sudini ruhoniy bo’lmagan shaxslarni sud qilish huquqi bekor qilindi, qirol huzuridagi Mahfiy kengashning Oliy sudni amalga oshirish vakolati bekor qilindi, siyosiy mahbuslar ozodlikka chiqarildi, matbuot mustaqilligi e’lon qilindi, qonunsiz to’lovlar va jarimalar bekor qilindi, qirol parlamentning jamoalar palatasini uning roziligisiz tarqatmaslik to’g’risidagi qonunni imzolashga majbur etildi

13. Angliyada “buyuk remonstratsiya” deb atalgan hujjat qachon qabul qilingan ? 1641-yilda

14. “Barcha kulfatlarning ildizi – asosiy qonunlarni yo’qqa chiqarish maqsadida qilinayotgan yovuz niyatli batkirdor urunishlar va ingliz qirolining dinni hamda adolatni ko’mib tashlagan boshqaruvi asoslaridir” Bu so’zlar qaysi hujjatdan olingan ? “Buyuk remonstratsiya”

15. Angliya qiroli va parlament o’rtasida uzil-kesil ajralish qachon ro’y beradi ? 1642-yilda

16. Inglizcha, qonun loyihasi, konstitutsiyaga tenglashtirilgan hujjat nima deyiladi ? “Bill”

17. Nemischa “hamyon”, tovarlar va qimmatbaho qog’ozlar ulgurji savdo bozori nima deyiladi ? Birja

18. Arabcha, kelishmovchilik, munosabatlarning teskarilashuvi nima deyiladi ? Muxolifat

19. Oliy davlat yoki hukumat boshlig’iga ko’pchilik tomonidan berilgan rasmiy ariza, iltimosnoma nima deyiladi ? Petitsiya

20. Lotinchada norozilik hujjati nima deyiladi ? Remonstratsiya

21. Lotinchada “ro’yxatga olaman” nima deyiladi ? Senzura




Download 128.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling