Viii sinf jaxon tarixi kirish


Download 128.44 Kb.
bet14/43
Sana08.01.2022
Hajmi128.44 Kb.
#252161
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   43
Bog'liq
8 jahon tarixi tarixi savol javob

2014-yil darsligidan

22. “Petitsiya” so’zi qaysi tildan olingan? lotincha



23. Puritanlar kimlar? Anglikan cherkovini katolik qoldiqlaridan tozalash uchun kurashuvchilar

12 - PARAGRAF

  1. Angliyada fuqarolar urushi nechanchi yilda boshlanadi ? 1642-yil yozida

  2. Angliya parlamenti 1643-yilda qaysi davlat bilan ittifoq tuzadi ? Shotlandiya

  3. 1643-yilda Angliyada qirol qo’shinlari ustidan g’alaba qozonishda kimning qo’mondonlik mahorati katta ro’l o’ynaydi ? Oliver Kromvel

  4. Angliyada parlament va qirol qo’shinlari o’rtasidagi hal qiluvchi jang qachon va qayerda bo’ladi ? 1645-yil 14-iyunda Neyzbi qishlog’i yaqinida

  5. Angliyada fuqarolar urushi qachon va qayerni olinishi bilan tugaydi ? 1646-yil qirol yashiringan Oksfotdning olinishi bilan

  6. Angliyada fuqarolar urushi tugagach ... yangi dvoryanlar feodal to’lovlardan ozod etildi, yangi dvoryanlarning yer-mulklari hususiy mulk qilib berildi, savdogarlar savdo uchun ruxsatnoma olmaydigan bo’ldi, qirol, qirol tarafdorlari va yepiskoplarning yerlari musodara qilindi, cherkov parlamentga bo’ysundirildi.

  7. Angliya parlamenti qirol hukimiyatini qachon bekor qiladi ? 1649-yilda

  8. Angliyada lordlar palatasi qachon tarqatib yuboriladi ? 1649-yilda

  9. Angliya qachon respublika deb e’lon qilinadi ? 1649-yil 19-mayda

  10. 1649-yilda Angliyada bir palatali parlament o’zini nima deb e’on qiladi ? “ingliz ozodligini asrovchisi”

  11. 1649-yilda Angliyada ijro etuvchi hokimiyatni amalga oshiruvchi kengash tuzilib, unga kim rahbar etib tayinlanadi ? O.Kromvel

  12. 1649-yilda Angliya qayerni bosib oladi ? Irlandiyani

  13. Angliyada inqilobdan so’ng parlament mamlakatda fuqarolar totuvligini taminlay olmaganligini sababi nima ? quyi tabaqa manfaatlarini hisobga olmaslik, narx-navoni o’sishi va ommaviy ishsizlikning kuchayishi

  14. O. Kromvel parlamentni qachon tarqatib yuboradi ? 1653-yilda

  15. O.Kromvel qachon o’zini “Ozod davlat Angliya, Shotlandiya va Irlandiyaning lord protektori” deb e’lon qiladi ? 1653-yilda

  16. O. Kromvel harbiy diktaturasi qachon o’rnatiladi ? 1653-yilda

  17. Angliyada kim vijdon erkinligini e’lon qiladi ? O. Kromvel

  18. O. Kromvel dengiz savdosidagi asosiy raqibi Gollandiyani qachon mag’lubiyatga uchratadi? 1654-yilda

  19. “Qit’aning kalitlari uning belida osig’liq” iborasi kimga nisbatan ishlatilgan ? O. Kromvelga

  20. O. Kromvel qachon vafot etadi ? 1658-yilda

  21. Angliyada respublika tuzumi qachon barham topib monarxiya qayta tiklanadi ? 1660-yilda

  22. 1660-yilda Angliya taxtiga kim o’tiradi ? Karl I ning o’g’li Karl II

  23. 1685-yilda Angliya taxtiga kim o’tiradi ? Karl II ning ukasi Yakov II

  24. 1685-yildan Angliyada katolik dinini tiklashga kirishgan hukmdor kim? Yakov II

  25. Angliya qiroli Yakov II dan norozi bo’lgan burjuaziya va yangi dvaryanlar kimni taxtga o’tqazishga qaror qiladi ? Yakov II ning kuyovi Gollandiya hukmdori Vilgelm III Oran’yeni

  26. Vilgelm III Oran’ye qaysi masxab egasi bo’lgan ? Protestant

  27. Vilgelm III Oran’ye o’z qo’shini bilan Londonga qachon kirib keladi ? 1688-yilda

  28. Vilgelm III Oran’ye o’z qo’shini bilan Londonga kirib kelganda Yakov II qayerga qochib ketadi ? Fransiyaga

  29. Angliyada Vilgelm III Oran’ye amalga oshirgan 1688-yilgi inqilob qanday nom olgan ? “Sharafli inqilob”

  30. Angliyada qaysi inqilob qirol va parlament o’rtasidagi kurashga chek qo’yadi ? “Sharafli inqilob”

  31. Angliya parlamenti qirol Vilgelm III Oran’yega taqdim etgan hujjat qanday nomlangan ? “Huquqlar dekloratsiyasi”

  32. Angliyada qaysi hujjatga ko’ra, Vilgelm III Oran’ye qo’shin , sud , mamlakat moliyasi ustidan hukmronlikdan mahrum bo’ladi ? “Huquqlar dekloratsiyasi”

  33. Hukumatni biror tashkilotning muhim bir hujjatini, qonunini, voqeani ko’pchilik e’tiboriga yetkazuvchi bayonoti nima deyiladi ? Dekloratsiya

  34. Dekloratsiya so’zining ma’nosi nima ? Lotincha, “ma’lum qilaman”

  35. Hokimiyatning bir shaxs yoki shaxslar guruhi qo’lida to’planishi, siyosatda zo’ravonlik va terrorga tayanilishi nima deyiladi ? Diktatura

  36. Diktatura so’zining ma’nosi nima ? lotincha “cheklanmagan hokimiyat”

  37. “Protektorat” so’zining ma’nosi nima ? lotincha “homiy”, “himoyachi”


Download 128.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling