Viii sinf jaxon tarixi kirish


Download 128.44 Kb.
bet15/43
Sana08.01.2022
Hajmi128.44 Kb.
#252161
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   43
Bog'liq
8 jahon tarixi tarixi savol javob

13 – PARAGRAF

  1. XVIII asrda Angliyada davlat tuzumi qanday edi ? Cheklangan monarxiya

  2. XVIII asrda Angliyada hukumat kimni qo’lida bo’lgan? Parlament

  3. XVIII asrda Angliyada Parlamentning Jamoalar palatasida qaysi partiyalar faoliyat ko’rsatgan? Torilar va vigilar

  4. XVIII asrda Angliyada qirolning huquq va manfaatlarini himoya qiluvchi va mavjud tartiblarni buzilmasligi uchun kurashuvchi partiya qaysi bo’lgan? Torilar

  5. XVIII asrda Angliyada qaysi partiya parlament huquqlarini himoya qilar, muhim iqtisodiy va siyosiy islohotlar o’tkazilishini tarafdori edi? Vigilar

  6. Angliya parlamenti Angliya va Shotlandiya o’rtasidagi uniyani qachon qonuniylashtiradi ? 1707-yilda

  7. Nechanchi yildan Angliya parlamenti vakolat muddati 6 yil bo’ladi ? 1716-yildan

  8. 1716-yilgacha Angliya parlamenti vakolat muddati necha yil edi ? 3 yil

  9. Angliyada professional parlamentga qachon asos solinadi ? 1716-yilda

  10. XVIII asrda Angliyaning tashqi siyosatdagi ikki bosh yo’nalishi qaysilar ? 1-Yevropada hech qaysi davlatning kuchayib ketishiga yo’l qo’ymaslik, 2-yangi mustamlakalarni egallash

  11. XVIII asrda Angliyaning asosiy raqibi qaysi davlat edi ? Fransiya

  12. Nechanchi yildan Angliya Buyuk Britaniya deb atalgan ? 1707- yilda

  13. 1701-1714-yillarda ispan taxti uchun qaysi davlatlar o’rtasida urush bo’ladi ? Britaniya va Fransiya

  14. 1701-1714-yillarda Britaniya va Fransiya o’rtasidagi urush Britaniya uchun foydali sulh tuzilishi bilan yakunlanadi. Sulhga ko’ra qaysi hudud Britaniyaga o’tadi ? Gibraltar

  15. Butun XVIII asr davomida Britaniya va Fransiya o’rtasida bo’lgan urush tarixga qanday nom bilan kirgan ? “ikkinchi yuz yillik urush”

  16. Qachon Britaniya Fransiyani Kanadadan siqib chiqaradi ? 1763-yilda

  17. XVIII asrning 60-yillari davomida Britaniya egallagan hududlar qaysilar ? Shimoliy Amerikadagi 13 ta shtat, Kanada, Karib dengizi orollari. Hindistonning bir qismi

  18. Britaniya mustamlakachilik imperiyasiga qachon asos solinadi ? XVIII asrning 60-yillari davomida

  19. Sanoat yana qanday nom bilan ataladi ? Industriya

  20. Sanoat qanday sanoat sohalariga bo’linadi ? Og’ir va yengil sanoat sohalariga

  21. Sanoatning ishlab chiqarish qurollari va vositalarini ishlab chiqaradigan tarmog’i nima deyiladi ? Og’ir sanoat

  22. Sanoatning keng iste’mol buyumlarini ishlab chiqaradigan tarmog’i nima deyiladi ? Yengil sanoat

  23. Qo’l mehnatiga asoslangan manufaktura ishlab chirarishidan mashinalar keng qo’llaniladigan ishlab chiqarishga o’tilishi nima deyiladi ? sanoat to’ntarishi

  24. Britaniyada sanoat to’ntarishi uchun barcha shart-sharoit nechanchi asrda yetiladi ? XVIII asrda

  25. Angliyada “San’at va sanoatni rivojlantirish jamiyati” nechanchi yilda ip yigiruv mashinasini kashf etgan kishiga katta mukofot vada qiladi ? 1761-yilda

  26. Angliyada dastlab sanoat to’ntarishi qaysi sohada yuz beradi ? to’qimachilikda

  27. Sanoat to’ntarishining dastlab to’qimachilikda yuz berishiga nima sabab bo’lgan ? sex ishlab chiqarishining barham topganligi va sifatli matoga talabni ortishi

  28. Mexanik va to’quvchi Jon Key qachon to’quv dastgohini ixtiro qiladi ? 1733-yilda

  29. Jon Keyning to’quv dastgohi mehnat unumdorligini necha martaga oshiradi ? 2 marta

  30. Jeyms Hargrivs bir yo’la 15-18 yigirgich ishlaydigan mexanik urchuqni nechanchi yilda ixtiro qiladi ? 1765-yilda

  31. Jeyms Hargrivs ixtiro qilgan mexanik urchuq nima deb nomlangan ? qizining nomiga “Jenni” deb atagan

  32. Xeys tomonidan charxpalak bilan harakatga keladigan yigiruv mashinasi qachon ixtiro qilinadi ? 1767-yilda

  33. Mexanik to’quv dastgohini kim yaratgan ? Edmund Kartrayd

  34. Edmund Kartrayd yaratgan mexanik to’quv dastgohi ish unumdorligini necha marta oshiradi ? 40 marta

  35. Bug’ mashinasi qachon va kim tomonidan yaratilgan ? 1775-yilda Jeyms Uatt

  36. 1784-yilda kim tokarlik dastgohini yaratadi ? T. Modsli

  37. Toshko’mirdan ko’ks olishni kim yaratgan ? Abraxam Darbi

  38. Shaxtalardan suvni chiqarishda ishlatiladigan bug’ mashinasini kim yaratadi ? Abraham Darbi II

  39. Dunyoda birinchi cho’yan ko’prik qachon va kim tomonidan ixtiro qilingan ? 1779-yilda Darbilar oilasi tomonidan

  40. Kim 1774-yilda cho’yan bo’lagi markazidan o’q chiqadigan teshik ochishga imkon beradigan tokarlik dastgohini yaratadi ? Jon Uilkinson

  41. Nechanchi yilda dastlabki cho’yan quvurlar yasashga muvaffaq bo’linadi ? 1788-yilda

  42. Britaniya nechanchi asrda birinchi sanoat mamlakatiga aylanadi ? XVIII asr oxirida

  43. Deputatlar doimiylik asosida ishlaydigan , asosiy vazifasi qonun yaratishdan iborat bo’lgan parlament nima deyiladi ? Professional parlament

  44. “Uniya” so’zining ma’nosi nima ? Yagona birlik


Download 128.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling