Viii sinf jaxon tarixi kirish
Download 128.44 Kb.
|
8 jahon tarixi tarixi savol javob
1-PARAGRAF
1. Buyuk geografik kashfiyotlar nechanchi asrlarda bo’lib o’tgan? XV asr oxiri XVII asr o’rtalarigacha 2. Byuk geografik kashfiyotlarning amalga oshishiga nima sabab bo’lgan? 1-Yevropada xomashyoga bo’lgan talabni ortishi, 2- Hukmron tabaqa vakillarining boylikka bo’lgan talabini ortishi, 3- O’rta yer dengizidagi va Buyuk Ipak yo’lining Usmonli turklar qo’liga o’tishi 3. Buyuk geografik kashfiyotlarning tashabbuskorlari qaysi davlat dengiz sayyohlari bo’lishgan? Portugaliya va Ispaniya 4. Xritofor Kolumb yashagan yillarni aniqlang. 1451-1506-yillar 5. Xristofor Kolumb o’z oldiga qanday maqsadni qo’ygan? Atlantika okeani orqali Hindistonga boradigan dengiz yo’lini ochish 6. Pablo Taskanelli qayerlik olim edi? Italiyalik 7. Qaysi olimning xaritasida Osiyo qit’asi Atlantika okeanining g’arbiy sohilida ekanligi belgilangan? Toskanelli 8. Xritofor Kolumb qachon Ispaniya qirollik oilasi bilan ekspeditsiya boshlash haqida shartnoma tuzadi? 1492-yilda 9. Xristofor Kolumb yangi ochiladigan yerlardan olinadigan daromadning qancha qismiga egalik qilgan? 1/10 10. Xristofor Kolumb yangi ochiladigan yerlar savdosidan olinadigan daromadning qanchasiga egalik qilgan? 1/8 11. Xristofor Kolumb birinchi ekspeditsiyani qachon boshlaydi? 1492-yil 6-avgustda 3 ta kema 90 kishilik dengizchi bilan 12. Xristofor Kolumb 1492-yil 12-oktabr kuni qayerga kelib tushadi? San Salvadorga 13. Qaysi orol “Muqaddas xaloskor”manosini anglatib, hozirgi Bagama orollari davlati hududiga to’g’ri keladi? San Salvador 14. P. Toskanelli yerning ekvator uzunligini aniqlashda necha kilometrga adashgan? 12000 km 15. Amerika qit’asini rasman kashf etilgan kunni aniqlang? 1492-yil 12-oktabr 16. Qaysi dengiz sayyohi Amerikaning mahalliy aholisini hindular deb atagan? X. Kolumb 17. X. Kolumb Amerika qit’asiga necha marta ekspeditsiya uyushtirgan? 4 marta 18. X. Kolumb kashf etgan qit’aga Amerika deb nom berilishi kimning nomi bilan bog’liq? Amerigo Vespuchchi 19. Amerigo Vespuchchi qayerlik olim bo’lgan? Italiyalik 20. Quyidagi shaxslardan qaysi biri 1454-1512-yillarda yashagan? Amerigo Vespuchchi 21. A. Vespuchchi qaysi davlatlar dengiz flotlarida xizmat qilgan? Ispaniya va Portugaliya 22. A. Vespuchchi nechanchi yillarda portugaliyaliklar ekspeditsiyasi tarkibida Braziliya qirg’oqlarini tadqiq etadi? 1499-1501-yillarda 23. A. Vespuchchi o’zining nomi bilan atalgan qit’aga keyinchalik qanday nom beradi? Yangi Dunyo 24. Kim 1507-yilda Kolumb kashf etgan qit’ani Vespuchchi sharafiga Amerika deb atashni taklif etadi? Valtzemyuller 25. 1515-yilda Yangi Dunyo Amerika deb atalgan 1-globus qayerda yaratiladi? Germaniyada 26. Nechanchi yildan Yangi Dunyo boshqa xaritalarda ham Amerika deb yoziladigan bo’ladi? 1569-yildan 27. Atlantika okeani orqali Hindistonga boradigan dengiz yo’lini kim kashf etgan? Vasko da Gamma 28. Atlantika okeani orqali Hindistonga boradigan dengiz yo’li qachon kashf etiladi? 1498-yilda 29. 1519-yilda Amerika qit’asini aylanib o’tib Hindistonga boradigan dengiz yo’lini kim ochadi? Fernando Magellan 30. Fernando Magellan qayerlik dengizchi bo’lgan? Portugaliyalik 31. Vasko da Gamma qayerlik bo’lgan? Portugaliyalik 32. Dunyoni aylanib suzish qachon nihoyasiga yetadi? 1522-yilda 33. Avstraliyani kim kashf etgan? L,V,Torres 34. Avstraliya qachon kashf etilgan? 1605-yida 35. “Admiral” so’zining manosi nima? Arabcha “dengiz hukmdori” 36. “Yerning choragi mamuradir. Mamurani g’arb va sharq tomondan muhit okeani o’rab turadi” Bu fikrlar kimga tagishli? Beruniy (“Hindiston” asarida)
Download 128.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling