1. Bir yilda sodir bo’lgan voqealar to’g’ri ko’rsatilgan javobni aniqlang?


Download 47 Kb.
Sana02.02.2023
Hajmi47 Kb.
#1146834
Bog'liq
8 sinf nazorat ishi


8-sinf nazorat ishi
1. Bir yilda sodir bo’lgan voqealar to’g’ri ko’rsatilgan javobni aniqlang?
A) Amerigo Vespuchchi vafot etdi, Ispan qiroli mahalliy hindularni qulga aylantirishni ta’qiqlovchi qonun chiqardi
B) Ispanlar Yangi Dunyoda konkista siyosatini boshlashdi, Kabral Braziliyani kashf etdi
C) Yelizaveta Angliya taxtiga chiqdi, “Engilmas armada” mag’lubiyatga uchradi
D) Fransiyada Nant edikti imzolandi, Rus podshosi Boris Godunov vafot etdi
2. Xristofor Kolumb yashagan yillar qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?
A) 1483-1522 yillar
B) 1451-1506 yillar
C) 1454-1512 yillar
D) 1438-1507 yillar
3. Kashf etilgan Yangi Dunyo “Amerika” deb atalgan birinchi globus qachon va qayerda yaratilgan?
A) 1515 yil Germaniya
B) 1569 yil Ispaniya
C) 1605 yil Italiya
D) 1507 yil Italiya
4. Martin Lyuter o’zining “95 tezis” yorlig’ida ilgari surgan talablari to’g’ri berilgan javobni toping?
A) Rim Papasi taxtiga nemis millatiga mansub bo’lgan kishini o’tqazish
B) Protestantlik mazhabini tashkil qilish
C) Germaniyadagi cherkovni Rim Papasi qaramog’idan ozod etish
D) Inkvizatsiya sudini taqiqlash
5. Abu Rayhon Beruniy o’zining qaysi asarida okean ortida quruqlik borligi haqida bashorat qilgan edi?
A) “Geodeziya”
B) “Osorul-boqiya”
C) “Hindiston”
D) “Minerologiya”
6. 1650 yilga kelib Yevropa aholisi qanchaga yetdi?
A) 88 mln.
B) 100 mln.
C) 90 mln
D) 150 mln.
7. Avstraliya qit’asi nechanchi yil kashf qilingan?
A) 1507 yil
B) 1600 yil
C) 1598 yil
D) 1605 yil
8. Yengilmas armada deb nom olgan harbiy flot qaysi davlatga tegishli bo’lgan?
A) Angliya
B) Italiya
C) Ispaniya
D) Portugaliya
9. Monopoliya so’zining ma’nosi nima?
A) ochiq, aniq ravshan
B) tanho sotaman
C) taqsimlanadigan narsa
D) ulgurji savdo qilish
10. Protestatsiya, yani norozilik bildirish deb nomlangan xrisrianlik dinining oqimi nechanchi yilda vujudga keldi?
A) 1558-yil
B) 1557-yil
C) 1555-yil
D) 1600-yil
11. Xristofor Kolumb tomonidan Amerika qit’asi kashf etilgan yilni aniqlang.
A) 1492-yil
B) 1498-yil
C) 1499-yil
D) 1500-yil
12. Birinchi marta dunyo aylana sayohatni amalga oshirgan shaxsni aniqlang.
A) Amerigo Vespuchi
B) Fernando Magellan
C) L.V.Torres
D) Vasko da Gama
13. 1492-yilda kashf qilingan San-salvador oroli hozirda qaysi davlat hududida joylashgan?
A) Kuba
B) Gaiti
C) Dominikan
D) Bagama orollari
14. Xristofor Kolumb Amerika qit’asiga necha marta ekspeditsiya uyushtirgan?
A) 4 marta
B) 2 marta
C) 3 marta
D) 5 marta
15. Atlantika orqali Hindistonga boriladigan dengiz yo’li kim tomonidan kashf etilgan?
A) Amerigo Vespuchi
B) Fernando Magellan
C) L.V.Torres
D) Vasko da Gama
16. Admiral so‘ziga to’g’ri ta’rif berilgan qatorni toping.
A) harbiy dengi floti qo’mondoni
B) katta flot, yengilmas flot
C) qaroqchilar kemasi kapitani
D) dendiz ekspeditsiyasi boshlig’i
17. Ispaniya tomonidan Lotin Amerikasi qit’asining bosib olinishi nima deyiladi?
A) mustamlakachilik
B) konkista
C) anneksiya
D) anshlyus
18. Ispanlar Mayya davlati hududini nechanchi yilda to’liq bo’ysundirdi?
A) 1679-yil
B) 1680-yil
C) 1512-yil
D) 1650-yil
19. Ispanlar tomonidan 1529-yilda bosib olingan hududni aniqlang.
A) Filippin
B) San-Salvador
C) Kuba
D) Peru
20. 1600-yilda bo’lgan voqeani aniqlang.
A) Yengilmas armada mag’lubiyatga uchradi
B) Avstraliya qit’asi kashf etildi
C) mayya davlati Ispaniya tomonidan egallab olindi
D) “Ost-Indiya” kompaniyasi tuzildi
21. Xristofor Kolumb kimning xaritasi asosida G’arbga qarab suzgan edi?
J: _______________________
22. San-Salvador so’zining ma’nosi nima?
J: ________________________
23. Vittinburg universiteti professori bo’lgan reformatsiya tarafdorini aniqlang.
J: ________________________
24. Protestant so’zining ma’nosi nima?
J: ________________________
25. P.Toskanelli dunyo xaritasini tuzishda qancha xatoga yo’l qo’ygan edi?
J: ________________________
Download 47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling