Vijdon erkinligi


Download 140.07 Kb.
Pdf ko'rish
Sana04.12.2020
Hajmi140.07 Kb.
#158407
Bog'liq
Maktab ichki nizomlarida hijobga taqiq qo’yish qonuniymi – Tashabbus


Views: 7218

VIJDON ERKINLIGI

Maktab ichki

nizomlarida hijobga

taqiq qo’yish

qonuniymi?

Savol: Maktabga qizim ro’molda borardi. Mana shu 2 yildan beri maktab

direktori  va  zouchlari  tamonidan  “maktabda  ro’molda  yurish  mumkin

emas”, degan gaplar bilan  janjal bo’lib keladi. Bir amallab eplab keldik.

Lekin bu yildan ahvol ancha murakkablashgan ko’rinadi.

Hozir ta’til bo’lishiga qaramasdan kuni kecha maktabdan direktor telefon

qildi. Tezda maktabga yetib kelishimni so’radi. Borsam yana shu masala,

ro’mol  haqida.  Direktorning  aytishicha,  bu  yilgi  o’quv  davrida  ro’mol

bilan  umuman  maktabga  kiritishmas  ekan.  Maktab  eshigida

hokimiyatdan, SNB xodimlari bilan turib, birma-bir maktabga kiritishar

ekan.  Ro’molli  qizlarni  maktabning  alohida  xonasiga  kiritishib,  ota-

onasini  chaqirtirib  ro’molini  yechishar  ekan.  Bo’ysunmaganlarga  qarshi

kerak  bo’lsa  qonun  bilan  chora  ko’rishar  ekan.  O’zim  qonundan  ancha

xabarim  bo’lsa  ham,  lekin  hali  bunaqa  qonunni  hech  ko’rmagan  edim.

Lekin 


direktorning 

aytishicha, 

bunaqa 

qonun 


chiqqanmish.

Bo’ysunmaganlarni 3 yilga qamasharmish.

Buni eshitib farzandimni maktabga chiqarishdan qo’rqib turibman.

Sizlardan  iltimos,  shu  qonun  bilan  bizni  tanishtirsangiz  va  qanday  qilib

o’z  haq-huquqlarimiz  uchun  kurashishimizni  o’rgatsangiz.  Oldindan

rahmat.


 

 

 



 

 

MAQOLALAR



YURIDIK KLINIKA



KUTUBXONA



HUQUQIY TA’LIM

НА РУССКОМ

IN ENGLISH

 

 





Sayt haqida

Qoidalar


Yuristga savol bering

Aloqa


РУ

EN



Javob:  O’zbekiston  Respublikasining  amaldagi  qonun  hujjatlarida

maktab,  litsey,  kollej  yoki  Oliy  ta’lim  muassaslarida  va  umuman  jamoat

joylarda    ro’mol  o’rab  yurish  (hijobda  bo’lish)ni  taqiqlovchi  normalar

mavjud  emas.  Agar  qizlaringiz  tahsil  olayotgan  maktab  direktori

ayganidek,    hijobda  bo’lishni  taqiqlovchi  qonun  qabul  qilingan  va

bo’ysunmaganlarga nisbatan 3 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi

qo’llaniladigan  bo’lsa,  avvalo 

O’zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasi

,

“Vijdon  erkinligi  va  diniy  tashkilotlar  to’g’risida”

gi  qonun, 

“Ta’lim

to’g’risida”

gi  qonun, 



Ma’muriy  javobgarlik  to’g’risidagi  Kodeks

,

Jinoyat kodeksi 

va yana o’nlab boshqa qonun hamda qonunosti aktlariga

o’zgartirish kiritish lozim bo’ladi.

To’g’ri,  O’zbekiston  Respublikasi  Ma’muriy  javobgarlik  to’g’risidagi

Kodeksiga  184-1-modda  qo’shilgan  bo’lib,  unga  ko’ra,  O’zbekiston

Respublikasi 

fuqarolarining(diniy 

tashkilotlarning 

xizmatidagilar

bundan  mustasno)  jamoat  joylarida  ibodat  liboslarida  yurishlari  –  eng

kam  ish  haqining  besh  baravaridan  o’n  baravarichaga  miqdorda  jarima

solishga  yoki  o’n  besh  sutkagacha  muddatga    ma’muriy  qamoq  olishga

sabab bo’ladi, deyiladi. Maktab direktorlari ushbu moddani ro’kach qilib

qizingizni  maktabga  kiritmaslikka  haqli  emasliklari  haqida  quyida

batafsil izoh beramiz.

Birinchidan, O’zbekiston Respublikasi Konstititsiyasining 18-moddasiga

ko’ra,  O’zbekiston  Respunblikasida  barcha  fuqarolar  bir  xil  huquq  va

erkinliklarga  ega  bo’lib,  jinsi,  irqi,  millati,  tili,  dini,  ijtimoiy  kelib

chiqishi,  e’tiqodi,  shaxsi  va  ijtimoiy  mavqeidan  qat’iy  nazar,  qonun

oldida  tengdirlar.  Shuningdek  Konstitutsiyaning  31-moddasida  vijdon

erkinligi,  41-moddasida  esa  bepul  ta’lim  olish  huquqi  kafolatlangan.

Konstitutsiyaning yuqorida keltirib o’tilgan moddalariga ko’ra,  qizingiz

e’tiqodidan  qat’i  nazar,  huquqlardan  foydalanishda  teng  bo’lib,  albatta

bepul ta’lim olish huquqiga ega.

Ikkinchidan,  O’zbekiston  Respublikasi  “Vijdon  erkinligi  va  diniy

tashkilotlar  to’g’risida”gi  qonunining  4-moddasi  Fuqarolarning  dinga

munosabatidan qat’i nazar teng huquqliligi deb nomlanib, unga ko’ra, “

O’zbekiston  Respublikasi  fuqarolari  dinga  munosabatidan  qat’i  nazar,

qonun  oldida  tengdirlar.  Rasmiy  hujjatlarda  fuqaroning  dinga

munosabati  ko’rsatilishiga  yo’l  qo’yilmaydi.  Fuqarolarning  dinga

munosabatiga qarab ularning huquqlarini har qanday cheklash va ularga

bevosita  yoki  bilvosita  imtiyozlar  belgilash,  dushmanlik  va  adovat

uyg’otish yoxud ularning diniy yoki dahriylik e’tiqodi bilan bo’g’liq his-

tuyg’ularini haqoratlash, diniy ziyoratgohlarni oyoqosti qilish qonunda

belgilangan javobgarlikni keltirib chiqaradi”, deyiladi. Ya’ni, fuqarolarni

dinga  bo’lgan  munosabati  uchun  kamsitish  yoki  huquqlarini  cheklash

O’zbekiston  Respublikasi  Jinoyat  Kodeksi  141-moddasi  hamda  156-

moddasi 2-qismi talablariga ko’ra jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaradi.

Uchinchidan,  yuqoridagi  qonunning  7-moddasiga  ko’ra,  O’zbekiston

Respublikasi fuqarolarining dunyoviy ta’lim olish huquqi ularning dinga



bo’lgan  munosabatidan  qat’i  nazar  ta’min  etiladi.  Demak,  qizingizni

ro’mol o’rab yurishi uni dunyoviy ta’lim olishiga to’sqinlik qilmaydi.

To’rtinchidan,  O’zbekiston  Respublikasining  “Ta’lim  tog’risida”gi

qonuni  4-moddasi  Bilim  olish  huquqi  deb  nomlanadi.  Mazkur  moddaga

ko’ra,  jinsi,  tili,  yoshi,  irqiy,  milliy  mansublgi,  e’tiqodi,  dinga

munosabati,  ijtimoiy  kelib  chiqishi,  xizmat  turi,  ijtimoiy  mavqei,  turar

joyi  kabilardan  qat’i  nazar,  har  kimga  bilim  olishda  teng  huquqlar

kafolatlanadi.

Beshinchidan,  agar  maktab  direktori  shu  maktabning  ichki  tartib-

qoidasiga ko’ra qizingiz maktabga ro’molda kelishi mumkin emas degan

bahonani qiladigan bo’lsa, unda siz maktab deriktoridan avvalo shu ichki

tartib  qoidasi  bilan  sizni  shaxsan  tanishtirishini  hamda  qizingizni

maktabga  ro’molda  kelishini  nima  sababdan  rad  etayotgani  to’g’risida

sizga  yozma  ravishda  javob  berishini  talab  qiling.  Agar  direktor  sizga

yozma  ravishda  javob  berishga  majbur  emasligini  aytsa,  unda  siz

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 35-moddasi hamda O’zbekiston

Respublikasining 

“Fuqarolarning murojaatlari to’g’risida

“gi qonunining

2-moddasi, 4-qismiga ko’ra belgilangan tartibda berilgan murojaatni rad

etish  taqiqlanishini  tushuntiring.  Imkon  qadar  maktab  direktoridan

yozma  javob  olishga  harakat  qiling.  Chunki  sizni  ishontirib  aytamanki,

amaldagi qonun hujjatlarimizda maktabga ro’molda kelsa kirgizilmasin

degan  qoida  yuq.  Agar  maktabning  ichki  nizomida  hijob  bilan  maktabga

kelmaslik  qayd  etilgan  bo’lsa,  shuni  aytish  kerakki,  O’zbekiston



Respublikasining  Konstitutsiyasi  16-moddasi  hamda 

“Normativ

huquqiy hujjatlar to’g’risida”

gi qonuniga ko’ra, har qanday ma’muriy-

boshqaruv  organlari  va  tashkilotlarning  o’z  doirasida  qabul  qiladigan

hujjatlari  O’zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasi  hamda  amaldagi

qonun hujjatlariga zid kelishi mumkin emas. Konstitutsiya va amaldagi

qonunlarda  diniy  e’tiqodiga  kora  ajratish,  ya’ni  maktabga  ro’molda

kelishni  taqiqlovchi  bironta  norma  bo’lmay  turib,  maktab  ma’muriyati

bunday qoida chiqara olmaydi, chiqarishi mumkin ham emas. Sizga iloji

boricha  yozma  ravishda  javob  oling  deyishimning  sababi  esa,  maktab

ma’muriyati  qizingizni  ro’molda  maktabga  kelishiga  qarshilik  qilishda

davom  etsa,  unda  siz  maktab  ma’muriyati  ustidan  tegishli  organlarga

shikoyat qilashingiz uchun mana shu yozma javob asos bo’ladi.

Hurmatli  Lobarxon,  oxirida  yana  shuni  ta’kidlab  o’tmoqchimanki,

maktab  direktori  aytgan  qonun,  ya’ni  maktabga  ro’molda  kelsa  3  yilga

ozodlikdan  mahrum  etiladi(qamaladi)  degan  qonun  mavjud  emas.  Siz

yuqorida  keltirilgan  qonun  hujjatlarini  asos  qilib  maktab  direktoridan

qizingizning  huquqlari  buzilmasligini  talab  qilishingiz  kerak.  Agar  bu

talabingizni rad etsalar, unda asosli  yozma javob berishlarini talab qiling.

Mazkur  muammo  yuzasidan  avvalo,  Xalq  ta’limi  vazirligining  tuman

bo’limlariga,  shahar  boshqarmasiga  hamda  Xalq  ta’limi  Vazirligiga,

shaxsan Xalq ta’limi vaziri nomiga yozma ravishda ariza bilan murojaat

qiling. Qaysi organ yoki tashkilotga murojaat qilishingizdan qat’i nazar,

arizangizni  ikki  nusxada  olib  boring  va  arizangizni  qabul  qilib  olgan


organ  yoki  tashkilot  xodimidan  ikkinchi  nusxaga  qabul  qilib  oldim  deb

qabul  qilib  olgan  sanani  yozib  imzo  qo’yib  berishini  talab  qiling.  Mana

shu  ikkinchi  nusxa  o’zingizda  qolsin.  Va  shuni  yodda  tutungki,  qaysi

organ  yoki  tashkilot  bo’lmasin,  arizangiz  yuzasidan  ular  sizga  o’n  kun

ichida  yozma,  asosli  javob  berishlari  shart.  Agar  ulardan  javob  kelmasa,

siz  yuqoridagi  organlarga  murojaat  qilganingiz  haqidagi  arizalarni  ilova

qilgan  holda  Vazirlar  Mahkamasiga  yoki  O’zbekiston  Respublikasi

Prezidenti  Devoniga  murojaat  qilishingiz  kerak.  Bu  ikki  organga  bir

paytda  murojaat  qilsangiz  ham  bo’ladi.  Yuqorida  ta’kidlab  o’tilganidek,

maktab 


direktorining 

xatti-harakatlariga 

nisbatan 

O’zbekiston

Respublikasi  Jinoyat  qonuni  tegishlicha  javobgarlik  belgilaydi,  shuning

uchun  siz  direktorning  noqonuniy  xatta-harakati  ustidan  maktab

joylashgan tuman prokuraturasiga shikoyat qilishingiz mumkin. Mazkur

shikoyatingizda 

maktab 

direktorining 



xatt-harakatlari 

Jinoyat


kodeksining  141-moddasi  (Fuqarolarning  teng  huquqligini  buzish)

hamda 144-moddasiga ko’ra jinoyat hisoblanishi va direktorga nisbatan

qonuniy  chora  ko’rishlarini  talab  qilishingiz  kerak.  Agar  tuman

prokuraturasidan  ham  javob  ololmasangiz,  prokuratura  organlarining

bo’ysunuviga  ko’ra  avval  Toshkent  shahar  prokuraturasiga  hamda

Respublika  prokuraturasiga  shikoyat  bilan  murojaat  qilishingiz  kerak.

Shuningdek,  shikoyat  bilan  maktab  joylashgan  tuman  jinoyat  ishlari

bo’yicha  sudiga  ham  shikoyat  bilan  murojaat  qila  olasiz.  Chunki,

amaldagi  qonun  normalari,  jumladan,  Jinoyat  protsesual  Kodeksi  321-

moddasiga  ko’ra  sud  ham  jinoyat  sodir  etilganligi  to’g’risidagi  sabab  va

yetarli asoslar mavjud bo’lgan barcha hollarda jinoyat ishini qo’zg’atishi

shart.  Ya’ni  faqat  prokuratura  organlari  emas,  sud  ham  jinoyat  ishini

qo’zg’ata oladi.

Aloqador Maqolalar:

1. 


Maktab uchun ota-onalardan pul yig’ish qonuniymi? 

© Photo


Odnoklassniki.ru Читайте эту статью на русском Xabarlarga ko’ra,...

2. 


3-podkast: Maktab uchun ota-onalardan pul yig’ish qonuniymi?

O’zbekiston davlat byudjetidan 2015-yil umumta’lim maktablarini ta’mirlash uchun

400 mlrd....

3. 


Ichki ishlar organlariga qarindoshlari sudlanganlar ishga olinadimi?

Savol: Men 2015-yil IIB ga ishga kirish uchun borib, 2016-yil...

4. 

Aliment to’layotganim uchun OVIR olishimga taqiq qo’yiladimi? 

Savol:


Men 2016-yilli yanvar oyida chet elga ketdim. Ketganimdan so’ng...

Tags: 


ariza

din



hijob


jinoyat


konstitutsiya

maktab


prokuror


shikoyat


,

talaba


vijdon erkinligi



12 Comments

Pingback: 

HIJOB O’RASH JINOYATMI? » Qonun ustuvorligi yo'lida



BILASIZMI?

Bayram (ishlanmaydigan) kunlari

arafasida kundalik ish (smena) muddati

barcha xodimlar uchun kamida bir soatga

qisqartirilishi kerak.

1. 

Yevropada o'qish bo'yicha grantlar

ro'yxati (Ma'lumotnoma)

74 comments

2. 

"Grin karta"ni qo'lga kiritish yo'llari

(Birinchi maqola)

65 comments

3. 

OVIR haqida qisqa savol-javoblar

54 comments

4. 

Kanadaga immigratsiya qilishning

yangi imkonlari (Ikkinchi maqola)

44 comments

5. 

Milliy xavfsizlik xizmati ustidan

qayerga shikoyat qilish mumkin?

41 comments

Saytimizga obuna bo’ling!

E-mail manzilingiz



Obuna

KO’P IZOH BERILGAN

KO’P KO’RILGAN

huquqiy talim-maslahat

Savol-javoblar-button

Savol-javoblar-button

TASHABBUS

Sayt haqida

 

Qoidalar



 

Aloqa


 

Arxiv


 

Homiylar uchun

Barcha huquqlar himoyalangan © 2020 

Tashabbus

. Maqolalarda

bildirilgan  krlar tahririyat qarashini ifodalamaydi

Tashabbus

Tashabbus

6,371 likes

6,371 likes



Like Page

Sign Up

Download 140.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling